ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT
کانال بسته
Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs
نمایش بیشتر3 617
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
آرشیو پست ها
#attention #diqqat #mustread
IELTS GA TAYYORGARLIK KO'RUVCHILAR YO'L QO'YADIGAN ENG KATTA XATO
IELTS ni yildan yilga ancha ahamiyati oshib boryapti. IELTS topshirishni istovchilar soni ham ko'paymoqda, shuning uchun ham til markazlari asosiy etiborini turli xil IELTS kurslar tashkil qilishga qaratmoqda.
Hozirda ko'pchilik yurtimizdagi xorijiy institutlarning filiallarida, yoki chet elda tahsil olishni istaydi. Buning uchun qo'yiladigan birinchi qadam— IELTS
Lekin, ochig'ini aytaman hamma ham tayyorlanish jarayonida to'gri yo'ldan bormaydi. Natijada turli xil savollar paydo bo'ladi.
"1 yildan beri IELTS ga tayyorgarlik ko'ryapman lekin hali ham yuqori ball ololmayapman"
"Doim mock test ishlasam bir xil natija, oldinga siljish deyarli yo'q"
"Gramatikani tugatdim, IELTS ga tayyorgarlikni boshlasam bo'ladimi?"
"IELTS juda qiyin, 8 va 8,5 olish uchun yillab tayyorgarlik ko'rish kerak va kamida bir necha marta topshirish kerak."
Qisqasi sanasam muommolar ko'p!
Lekin bilasizmi eng katta muommo nimada?
INGLIZ TILIDA UMUMIY DARAJANGIZ HALI YETARLI DARADA EMAS, SHUNING UCHUN HAM IELTS DA OLDINGA SILJISH JUDA QIYIN
Ko'ryapsizmi, mana nima uchun juda ko'pchilik qiynaladi IELTS ga tayyorlanish davomida, ko'p hollarda muommo sizni qobiliyatingizda yoki IELTS o'qituvchingizda emas, asosiy sababi umumiy ingliz tilini yetarli darajada rivojlantirmaganligingizda
Men doim qachon IELTS ga tayyorgarlikni boshlash kerak deganda (agar yuqori ball olmoqchi bo'lsangiz) kamida umumiy ingliz tili darajangiz INTERMEDIATE bo'lganda boshlang deb maslahat beraman.
Yana bir tushunmovchilikka oydinlik kiritib ketaman:
"Ingliz tili gramatikasini tugatganman" degani INTERMEDIATE darjasidaman degani emas!
Ingliz tili faqat gramatikadan iborat emas. Ko'pchilik IELTS ga tayyorman deb o'ylaydi 6 oy gramatika o'qigandan so'ng. Speaking, Listening, Reading, Writing skillaringiz ham intermediate bo'lishi kerak.
"Faqat gramatikani o'qib IELTS ga tayyorgarlikni boshlashni nima yomon tomoni bor?" degan savol paydo bo'lishi mumkin sizda.
Minus tarafi shundaki oldin umuman Speaking va Listening bilan shug'ullanmagan bo'lsangiz juda ko'p vaqtingizni bu skillarni ustida ishlash bilan o'tkazasiz. Va yana bir minus tarafi shundaki IELTS Speaking va Listening sizni qolipga tushirib qo'yadi.
Do'stlar, bir gapni qayta-qayta takrorlashim mumkin:
Agar maqsadingiz IELTS da yuqori ball olish bo'lsa, unda umumiy INGLIZ TILI darajangizni rivojlantirishingiz kerak bo'ladi.
IELTS sizni Ingliz tilini bilish darajangizni tekshiradi. IELTS SPEAKING ni rivojlantirmoqchimisiz, unda birinchi navbatda realniy hayotda ishlatiladigan SPEAKING skilingizni rivojlantiring. SPEAKING ni "IELTS SPEAKING" degan kitoblarni o'qib rivojlantira olmaysiz. "Mashina haydashni faqatgina mashina haydab o'rganish mumkin". LISTENING va READING ni ham shu usulda rivojlantirishingiz kerak.
Taxminan, ikki yillar oldin IELTS LISTENING va READING bo'yicha Youtubeda bir nechta videolarni ko'rdim. Keyin esa LISTENING va READING mock qilib ko'rdim, natijam 35–36 ta atrofida chiqdi. Bunday natijaga birinchi martani o'zida erishgan edim. Sababi, mening LISTENING va READING skillarim allaqachon ADVANCED darajada edi. Mana sizga nimani tushuntirishga harakat qilyapman.
Agar maqsadingiz IELTS dan 8 ball olish bo'lsa, shaxsan men sizga darajangizni ADVANCED ga chiqarmaguncha IELTS ni uniting deb maslahat bergan bo'lardim.
IELTS juda katta tema albatta, bunga yana qaytamiz.
P.s. Aksariyat obunachilar IELTS ta tayyorgarlik ko'rayotganligini yaxshi bilaman, botda menga IELTS bo'yicha ko'plab savollar kelib turadi. Do'stlar, postni o'qib yaxshilab fikr yuriting. 90% foiz rezultat faqat SIZGA bog'liq. Qolgan 10% o'qituvchilargizga. O'zingizga ishonchingizni yo'qotmang. Doim hayotda yuqori maqsadlar bilan yashang!
📚 In Order to Live: A North Korean Girl's Journey to Freedom
#review
Ushbu kitobda Shimoliy Koreyalik Yeonmi Park ismli qizning boshidan o'tkazgan qiyinchiliklari, tirik qolish uchun kurashi aks ettirilgan. Ochig'ini aytaman, bu kitobni o'qiganimdan so'ng, hayotga, insoniyatga bo'lgan munosabatim tubdan o'zgardi. Kitobni tugatganimda ichimdan o'tgan birinchi tuyg'u — minnatdorchilik hissi bo'ldi. O'zimni dunyoda aksariyat insonlar bilan solishtirganda jannatda yashayotganimni his qildim.
Yeonmi Park inson boshidan o'tkazishi mumkin bo'lgan qiyinchililarning eng o'g'irlariga duch keldi. Yo'lida uchragan muommolarni yengib o'ta oldi. Erkinlikka erishganidan so'ng esa, bor kuchi bilan dunyo hamjamiyatini Shimoliy Koreya va Xitoy hukumatlari yuritayotgan siyosatning ayanchli oqibatlariga qaratishga harakat qilyabdi.
Ushbu kitobni o'qishni barchaga tavsiya qilaman. Ishoning, vaqtingizga achinmaysiz.
#attention #diqqat #mustread
O'ZINGIZNI QIZIQTIRGAN MAVZUNI USTIGA BOSING!
▪️Ingliz tilini o'rganishni nimadan boshlash kerak (part1)
▪️Ingliz tilida chat qisqartmalar.
▪️Listening — Eshitib tushunish (part1)
▪️Shadowing texnikasi qanchalik foydali (part1)
▪️Har kuni yangi so'z yodliman, lekin speakingda o'rgangan so'zlarimni qo'llay olmayman ishlata olmayman (part1)
▪️Ingliz tilini o'rganish uchun YouTube kanallar.
▪️Ingliz tilida eng ko'p ishlatiladigan qisqartmalar.
▪️SPEAKING — og'riqli nuqta.
▪️Online kurslar qanchalik effektiv
▪️Ingliz tilida tez gapirish yo'li
▪️Ingliz tilini o'rganish va o'qitish uchun foydali saytlar
▪️Ieltsga tayyorgarlik ko'ruvchilar yo'l qo'yadigan eng katta xato.
⚠️ ESLATMA: BU KANALDA FAQAT ORIGINAL KONTENT BERIB BORILADI
Do'stlar ushbu postni yaqinlaringizga ulashib, kanalimiz rivojiga hissa qo'shishingizni so'rab qolaman.
🤯 Ingliz tilida eng uzun soʻz qaysi??
Siz uni talaffuz qila olasizmi?
✅ 🔰 Buni bilmasangiz albatta bilib oling!..
Kinoni ochganingizdan keyin audiosini koreys tilidan ingliz tiliga o'zgartirishingiz mumkin.
90 ta davlatda xit bo'lgan SQUID GAME ni inglizchasini kanalga joylashimni istaysizmi?
90 ta davlat xit bo'lgan Squid Game ni inglizchasini kanalga joylashimni istaysizmi?
