cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Yurist_Mamayusupov_KHusan.

Mazkur kanal sizlar bilan 24 soat davomida faoliyat olib boradi. Murojaat uchun: https://t.me/Yuristmaslahatlari Advokat bilan bog'lanish uchun. @Mamayusupov_KHusan Savollar uchun: @YuristVIPbot Yaratildi: 6.08.2021.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 393
مشترکین
+424 ساعت
+807 روز
+9430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

01:31
Video unavailableShow in Telegram
Uy-joy olish uchun subsidiyaga arizalar 15 maydan 1 noyabrgacha qabul qilinadi Shuningdek, Farmonga muvofiq, dastur doirasida subsidiyalar to'lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritiladi: — 2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo'yicha foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar bo'yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to'lanadi; — birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo'yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi Dasturdan boshlab qat'iy belgilangan 30 million so'm miqdorida to'lanadi. 👉@professional_yuristlar - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 2
Assalomu alaykum xurmatli obunachilar. Koʻchma fotoradar va mobil komplekslar (Multiradar) orqali qayd etilgan jarimalar sud tomonidan bekor qilinmoqda. Bizga murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlariga asosan multiradar boʻyicha jarimani bekor qilish toʻgʻrisida ariza namunasi va jarimalar bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi bir nechta qaror nusxalarini qoldiryapman. Agarda sizlarda ham multiradar boʻyicha jarima boʻlsa, uni toʻlashga shoshilmang va yuqoridagi hujjatlar asosida jarimani bekor qildiring. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 1
Ishsizlik tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan aliment miqdori oshirildi. Oila kodeksining 140-moddasida, agar aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs shu davrda ishlamagan boʻlsa yoki uning ish haqi yoki daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqiladi deb koʻrsatilgan. Ishsizlar tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan hozirgi aliment miqdorlari avvalgiga qaraganda farq qilmoqda.  Demak, Davlat statistika agentligi tomonidan Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqi qayta xisoblab chiqilgan va bu miqdor hozirgi kunda 5 519 392 soʻmni tashkil qilmoqda. Yuqoridagilarga koʻra, bugungi kun holatiga MIBning rasmiy mib.uz sayti orqali ishsiz boʻlgan aliment toʻlovchi uchun har oylik aliment miqdori, bolalar soniga qarab; Bir nafar bola uchun— 1 379 848 soʻm; Ikki nafar bola uchun— 1 839 797; Uch va undan ortiq bola uchun— 2 759 696 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorida undiriladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 5
“Telegram”, “Instagram”, “TikTok” va “You Tube”da kanallar ochib tadbirkorlik qilsam boʻladimi? Bu qonunga zid emasmi? ✅ Yoʻq bu faoliyat qonunan taqiqlanmagan. Ushbu faoliyatdan olayotgan daromadingizni qonuniylashtirish va soliq toʻlashdan qonuniy usulda qochish uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishni maslahat beramiz. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 16-bandiga koʻra oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanadi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega boʻlishi uchun Pensiya jamgʻarmasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. 💁‍♂ Demak, siz ham ish staji kerak boʻlsagina yilda bir marta BXM 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlaysiz xolos. Asosiysi Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etiladi. Oʻzbekiston Respublikasining 08.06.2020 – yildagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4742 – son qarori 1 – ilovasida oʻzini oʻzi band qilganlik yuzasidan roʻyxatdan oʻtish mumkin boʻlgan mashgʻulotlar roʻyxati keltirilgan, unga koʻra: Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama boʻyicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi) kiritilgan. ✅ Shunday ekan siz ham hududiy soliq organidan yoki soliq.uz ilovasidan roʻyxatdan oʻtib, shu faoliyat bilan shugʻullanishingiz mumkin. 👉@professional_yuristlar- энг муҳим, ҳуқуқий, расмий хабарлар каналига обуна бўлинг
نمایش همه...
👍 1
YTT qanday tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi? Hozirda tadbirkorlik faoliyati yuritishning eng qulay va oson yoʻli bu YTTdir. YTT – yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va olib borish usulidir. Yuridik shaxsga qaraganda YTT tashkil etish nisbatan oson. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan YTTni 2 usulda roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. 1-usul. Davlat xizmatlari markaziga bevosita borgan holda ariza berishdir. Bu usulda DXM masʼul xodimi ariza beruvchidan tegishli maʼlumotlarni olgan holda soʻrovnomani toʻldiradi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada jismoniy shaxsning fotosurati aks ettirilgan boʻlishi kerak. Davlat boji toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq DXM orqali roʻyxatdan oʻtkazish uchun BHMning 1 baravari miqdorida davlat boji toʻlanadi. 2-usul. Elektron shakldagi interaktiv xizmatlar yordamida roʻyxatdan oʻtish. Bu usulda my.gov.uz yoki fo.birdarcha.uz platformasi orqali online ariza berish mumkin boʻladi. Elektron shaklda roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun esa yuqoridagi qonunga binoan davlat boji BHMning 90 foizi miqdorida undiriladi. ❗️Har ikki usulda ham YTT roʻyxatdan oʻtkazilganda bank hisobravari ochish talab etiladi. Yuqoridagi nizom 19-bandiga koʻra davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng tadbirkorlik subyekti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank hisob raqamlarini ochish uchun banklarga murojaat qiladi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida ularga milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin. 💁‍♂ Soddaroq aytganda, YATTni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida avtomatik ravishda elektron usulda bank hisobvaragʻi ochilishi mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 2
00:59
Video unavailableShow in Telegram
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 44-maslahat. ⭕️ Diqqat: Prava va bir oylik harbiy xizmat toʻlovlari davlat tomonidan toʻlab beriladi. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 4
❗️ALIMENT TOʻLASH MAJBURIYATINING TUGATILISHI. Oila kodeksining 147-moddasiga asosan, sud tartibida undiriladigan aliment toʻlash: ➖ bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib toʻla muomala layoqatiga ega boʻlganda; ➖ foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda; ➖ sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj boʻlmay qolgan deb topganda; ➖ mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda; ➖ aliment oluvchi yoki aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs vafot etganda tugatiladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 5
Ota bolaga to'lagan alimentni vaqti kelib qaytarib olishi mumkinmi? Savol; Turmush oʻrtogʻim xozirda bir nafar farzandimga aliment toʻlaydi. U menga bola 18 yoshga toʻlganida uni alimentga berib toʻlagan pullarimni qaytarib olaman deyabdi. Javob: Shunday boʻlishi mumkinmi ? 👉 Toʻlagan alimentini qaytarib ololmaydiyu lekin oʻzi uchun taʼminot talab qilishi mumkin. Ota-ona uchun taʼminot berish tartibi Oila kodeksida belgilab qoʻyilgan. Faqat qonunda bu aliment emas taʼminot deb yuritiladi. Kodeksda nafaqat ota, ona xam ularni moddiy tomonlama ixtiyoriy taʼminlamay kelayotgan voyaga yetgan bolalaridan sud tartibida taʼminot talab qilishi mumkin. Xamma ota-ona xam bu taʼminotni talab qilsa bola toʻlayverishi kerakmi ? 👉 Bu taʼminotni tayinlashda sudlar ota-onaning mehnatga layoqatsizligi va yordamga muhtojlik darajasidan kelib chiqib ish koʻradi. Kim sudga taʼminot soʻrab ariza yozsa masala uning foydasiga xal boʻldi degani emas bu. Bunday taʼminot bolalarning nechtasidan undiriladi ? 👉 Ota-ona uchun aliment miqdorini belgilashda sud voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga olgan holda qaror qabul qiladi. Masalan voyaga yetgan bola oʻqishda boʻlsa u taʼminotni toʻlashga imkoni boʻlmaydiku ? Shu sababli taʼminot miqdorini belgilashda sud bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan xolda ish koʻradi. Bu taʼminotni eng kam miqdori qancha boʻladi ? Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdori (1 050 000)ning 11,75 foizi ( 123 375 soʻm) dan kam boʻlmasligi kerak. Bu taʼminotni toʻlamasa xam boʻladimi ? Agar sud ota-onaning oʻz vaqtida bolalari oldidagi ota-onalik majburiyatini bajarishdan boʻyin tovlaganligini aniqlasa, bolalarni mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga xam taʼminot berish majburiyatidan ozod qilishi mumkin. Ushbu postni huquqshunos @Mamayusupov_KHusan tayyorladi. Savollar boʻlsa murojaat qilishingiz mumkin. Kanalga ulanish👇👇👇👇 https://t.me/Professional_yuristlar
نمایش همه...
Yurist_Mamayusupov_KHusan.

Mazkur kanal sizlar bilan 24 soat davomida faoliyat olib boradi. Murojaat uchun:

https://t.me/Yuristmaslahatlari

Advokat bilan bog'lanish uchun. @Mamayusupov_KHusan Savollar uchun: @YuristVIPbot Yaratildi: 6.08.2021.

👍 3
❗️Kontragingizning bir qismi to'lab berilishini xohlaysizmi😉 Unda bu post aynan siz uchun😊 Demak bir chekkadan boshlaymiz. Avvalo siz bu imkoniyatdan foydalanish uchun yoshlar daftariga kirgan bo'lishingiz kerak. 👉Yoshlar daftariga kimlar kirishi haqida batafsil 👉 Yoshlar daftariga ariza topshirish ❓Ushbu imkoniyatdan qaysi ta'lim muassalarida o'qiyotgan talabalar yoki magistratura o'quvchilari foydalanishi mumkin ❗️Respublikamizdagi professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlarida (davlat, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalar foydalanishi mumkin. Qisqa qilib aytganda O'zbekistondagi barcha oliy ta'lim muassasasining o'quvchilari foydalanishi mumkin ❓Qancha summa to'lab berilishi mumkin ❗️«Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan ya'ni 15 mln so'mdan  oshmagan miqdorda  to'lab beriladi ⚠️  Istisno tariqasida 👉ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik, 👉 qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha, 👉 tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganlar uchun to'lab berilmaydi ❓Biz  qayerga va qanday hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qilamiz O‘quvchi-talabalar to‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini to‘lab berishni so‘rab Vasiylik kengashiga (shu yerda aniqlik kiritib ketaylik vasiylik kengashi deganda siz yoshlar ishlari agentligining 1093 ishonch telfon raqamiga bog'lanishingiz kerak) to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) nusxasini taqdim etgan holda murojaat qiladilar. Kontraktda o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi talab etiladi. 👆Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi. ❓Muddatlari qanday bo'ladi. ❗️Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi. 👉Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplashni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi. Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi. 👉Eng oxirida murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida belgilangan miqdordagi to‘lov-kontrakt mablag‘lari professional ta’lim yoki oliy ta’lim tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi. ✅Ma'lumot o'rnida: arizalar 5-sentabrdan boshlab qabul qilina boshlaydi Savol yo'llash uchun. @YuristVIPbot 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 So'm ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 Kanalga ulanish👇👇👇👇 https://t.me/Professional_yuristlar
نمایش همه...
Huquqiy ko'mak

YOSHLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRADI? ✅ «Yoshlar daftari»ni yuritish orqali yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha VAQTINCHALIK TARTIBning 4-bandiga asosan: ❇️ Tuman (shaharlar)dagi har bir sektor kesimida mahallabay «Yoshlar daftari»ga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi: 👉 ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar — muomalaga va mehnatga layoqatsiz, nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan (nafaqa olmaydigan), boquvchisini yo‘qotgan, yetim, «Mehribonlik» uylari va bolalar shaharchalarida tarbiyalangan, muqaddam sudlangan, probasiya hisobida, profilaktik hisobda yoki ma’muriy nazorat ostida turuvchi ijtimoiy yordamga muhtoj yoshlar, shuningdek, «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi farzandlari; 👉 iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar — tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini boshlash…

❗️YOSHLAR DAFTARIGA QANDAY TOIFADAGI YoSHLAR KIRITILADI ? 📄 Hukumatning 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, “Yoshlar daftari”ga 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi: ✅ oila aʼzosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan; ✅ ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan; ✅ boquvchisini yoʻqotgan, yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan; ✅ oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan; ✅ oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan ishga layoqatsiz; ✅ I yoki II guruh nogironligi boʻlgan; ✅ farzandida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan; ✅ jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan; ✅ ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini toʻxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʻlgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi boʻlgan; ✅ yuzaga kelgan holatlar sababli ogʻir turmush sharoitida qolgan; ✅ zoʻravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga, mulkiga zarar yetgan; ✅ “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan; ✅ haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan; ✅ davolanishga muhtoj boʻlgan bemor yoshlar; ✅ jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan; ✅ muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan; ✅ psixologik maslahatga muhtoj; ✅ nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila; ✅ dehqonchilik yoki tomorqa xoʻjaligini yuritayotgan; ✅ yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtgan yoshlar kiritiladi. 👉 Yoshlar daftariga ariza topshirish 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
نمایش همه...
👍 4