fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur

Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur

رفتن به کانال در Telegram
3 476
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-930 روز
آرشیو پست ها
Yaqin akamiz sotishayotgan ekan, yaxshi variant. So'rasangiz tushib berishadi. :))

HP Probook 6: 8Gb DDR-4 operativka, Ssd 256 Gb, HDD 1Tb, core i7 8 generation 15,6 inch ekran 950 $ kami bor 2019 yanvarda olingan 1 yil bo‘magan. Document bor, zaryadnik bor. Ishonchli deyarli ishlatilmagan. Pul zaril shunga sotilyapti! Kontakt: @Sirdaryo11111

Aliexpress da yaxshi dronlarni arzon narxda sotuvga qo'yishibdi. Alam qiladigani oddiy bir dronni sotib olish, uchirish uchun ham jarima bor. Varrakni ham ta'qiqlash kerak. Shamolni to'sgani uchun. Mayli hozircha eng yaxshi kubik-rubikni buyurtma beraman. Taqiqlanmasidan avval mazza qilib o'ynab yuraman. :))

Yakshanba kuni kechroq bir Zoomda suhbat qilmaymizmi?
Anonymous voting

​​Dasturlashga qadam qo'yayotgan barcha ko'rishi kerak bo'lgan video 🧐 Dasturlash o'zi nima? Dasturlashni o'rganish uchun nima qilish kerak? Dasturlashdagi qaysi yo'nalishni tanlasam ekan? Dasturlashni bitirib ish topa olamanmi? Dasturchilar o'zi yaxshi pul topadimi? Qaysi dasturlash tilini o'rganganim yaxshi? Shu kabi savollar kunma-kun kelishi odatga aylanib qolgan. 😇 Bu narsa bizni albatta quvontiradi. Chunki, bizning yurtimizda ham IT sohasini o'rganishga bo'lgan ishtiyoq ortishi rivojlanish yo'limizdagi muhim qadam sanaladi. Shu bois, biz Najot Ta'lim markazi yoshlarda har taraflama IT'ga bo'lgan ishtiyoqni, bilim va nazariyani oshirish maqsadida, 1-noyabr yakshanba kuni katta formatdagi dasturlashga bag'ishlangan tadbirni tashkil etgan edik. Tadbirdan so'ng, ko'plab yoshlar tadbir videosini qachon chiqishini so'rab murojaat qilishdi, bu esa bizga yana-da motivatsiya berdi. 🚀 Har narsani vaqt-soati bor deganlaridek, bugun katta formatdagi tadbir videosini sizlar bilan bo'lishishga muyassar bo'ldik. Ushbu videoda siz: 🔹 Dasturlashni o'rgatish davomida erishilgan yutuqlar, tajribalar; 🔹 Muammolarga yechim sifatida taklif qilingan foundation o'zi nima ekanligi; 🔹 Foundation qancha oy davomida o'qitiladi va undan qanday natija kutsa bo'lishi; 🔹 Foundationga o'qimasdan turib bootcamp (intensiv) kurslarga qanday kirish mumkinligi va shu kabi bir biridan qiziqarli savollarga javob olishingiz mumkin bo'ladi. 💡 Eslatma tariqasida bu videoni ko'rishdan oldin, bitta achchiq qora choyni damlab, o'zingizni bezovta qiladigan har qanday narsadan bir munchaga voz kechib turishni tavsiya qilamiz. Yana aytib qo'yaylik, bu videoni ko'rib faqatgina dasturchi bo'laman, deb turib olsangiz bizdan emas 😉 📌 Videoni ko'rish uchun havola: https://youtu.be/3KAn4tChGa0 🌐 Bizning tarmoqlar

Mazza qildim lekin. Tavsuyu :)) @muhammadyunus_uz

#eslatma #1111 11.11 ya'ni 11 - noyabr kuni Aliexpressda katta chegirmalar e'lon qilinadi. Pulingizni o'sha kunga tejab yuring, 😊 https://aliexpress.com

"php haqiqatdan o'lyabdimi?". Shu haqida maqola o'qishni istaysizmi?
Anonymous voting

Ayni narsani chuqur emas, ko'p narsa texnik bilish to'g'ri deb bilaman. Shu sabab ayni paytda Frontend, Backend, Telegram Bot
Ayni narsani chuqur emas, ko'p narsa texnik bilish to'g'ri deb bilaman. Shu sabab ayni paytda Frontend, Backend, Telegram Bot, React Native dasturchiman :)) Lekin endi hammasini ichiga birma-bir chuqur kirib chiqaman. Keyingi bosqich C va P 😋 Rasmdagi esa Fullstack developer haqida mem. @muhammadyunus_uz

Telegram Bot API sini 5.0 ga yangiladi. • O'zingizni API serveringizni qurish imkoniyati. • Bot egaligini boshqa kishiga o'tkazish. • Webhookning yangi uslublari. • Yangi method :)) copyMessage. • Fayl albumlar. • Anonim adminlar. • ⚽️ va 🎰 smayllari. • va boshqa bu yerdagi narsalar: https://core.telegram.org/bots/api-changelog#November-4-2020

Ba'zan data modellarni metroda qilib ketishga to'g'ri keladi. @muhammadyunus_uz
Ba'zan data modellarni metroda qilib ketishga to'g'ri keladi. @muhammadyunus_uz

NFC smartfonda qanday ishlaydi va u nima maqsadda ishlatiladi? NFC- Near Field Communication, toʻliq maʼnoda “yaqin maydon uchun aloqa” kabi tarjima qilinadi. Ushbu texnologiya 10 smgacha boʻlgan masofada maʼlumotni uzatishda qurilmalar orasida ishlatiladi. Aloqa esa magnit maydon induksiyasi orqali amalga oshiriladi. NFC faol va passiv rejimlarda ishlashi mumkin. Birinchisi uchun har ikkala qurilma ham oʻz taʼminot manbasiga ega boʻlishi kerak, ikkinchisi uchun yesa bittasining oʻzi yetarli. Soʻnggi holatda qurilmalardan biri ish kuchini boshqasining elektromagnit maydonidan oladi. NFC chipining oʻzi juda kichik hajmga yega boʻlib, uni smartfonlar, audio karnaylar, planshetlar va boshqa mobil gadjetlariga oʻrnatish imkonini beradi. NFC ʻni nima maqsadda ishlatish mumkin? - Boshqa qurilmalardan maʼlumot almashish uchun; - Skanerlash va yorliqlarni dasturlash uchun; - Kartalar yemulyatsiyasi uchun; NFCga ega gadjetlar toʻlov, ruxsatnoma yoki oylik yoʻl chiptalari sifatida smart-karta emulyatsiyasi uchun ishlatilishi mumkin. Toʻlovlarni NFC orqali amalga oshirish uchun smartfonni kassa terminaliga yaqinlashtirishning oʻzi kifoya. Asosiysi- bank plastik kartangizni smartfoningizda mavjud toʻlov tizimiga, masalan Android Pay, Apple Pay, Samsung Pay, avvaldan ulab qoʻygan boʻlishingiz lozim. Agar Siz Android - smartfoningizda NFC mavjud yoki mavjud emasligini bilmasangiz, buni sozlamalarni qidirish orqali tekshirishingiz mumkin. Odatda, ushbu texnologiya ulanish boʻlimlarida yoki simsiz tarmoqlar boʻlimida mavjud. Bundan tashqari, NFC belgisi yuqori panelda tezkor boshlash belgilari ichida boʻlishi kerak. Manba: olcha.uz @muhammadyunus_uz

Najot Ta'lim odatiy dasturlash kurslarini yig'ishtirib, eng avval Foundation kursini o'qitib, keyin yo'nalishga o'qitishni maqsad qilib qo'yibdi. Agar siz bu haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishni istasangiz, https://t.me/najottalim/1201 dagi havola bilan ro'yxatdan o'ting. Man ham o'sha yerda bo'laman anaqqisa)

Nima deb o'ylaysiz, yangi boshlagan dasturchiga OOPni birinchi bo'lib o'rgatish qanchalik to'g'ri?

#we_love_mohammad_ﷺ_challenge Payg'ambarimizni yaxshi ko'raman. U kishini siyratlarini eshitib chiqqanman. O'limlari haqida eshitganimda rosa yig'lagan edim. Din mani ancha tubanlikdan olib chiqqan. Barcha yomonliklarni tark etishga, barcha yaxshiliklarni qilishga buyurgan. Kimdirni nasroniyligini, kimdirni ateistligini inson omili tarafidan to'g'ri qabul qilaman. Ko'plar shunday qabul qilishadi. Fikrlar, e'tiqod, yashash tarzi va boshqa jihatlardan. Lekin bu boshqa din vakillariga Islomni ustidan kulishlari huquqini bermaydi. Har bir ateist, har bir nasoro, har bir agnost, har bir inson o'zi sevgan insonni haqorat qilganda jim turmaganidek, man ham o'z pozitsiyamdaman. Islomda bo'lmasangiz, iltimos shunchaki unga tosh otmang. Qalbingizni oching.

Bugun ajoyib video ko'rib qoldim, avvalroq shu haqida maqola ham o'qigan edim. "Biz panoptikum ichida yashaymiz va har birimiz uning mahbuslarimiz." Videoni egasini tanimayman, shuning uchun kanalga qo'yishga ruxsat olmadim. Youtube orqali ko'rishingiz mumkin: https://youtu.be/0UGl3qhapWM

Motivatsiya haqida (motivatsiya) Eng kuchli motivatsiya ham ikki haftaga bormaydi. Biror ishni qilging kelmasa nafsing seni motivatsiya yo’qligi, qachon kelsa shunda boshlashingni aytib aldaydi. Biror video/ maqola/ rasm yoki muvaffaqiyatga erishgan tengdoshingni ko’rasan, ichingda motivatsiya qo’ziydi va ertadan boshlayman deysan. Ba’zilar boshlaydi hatto. O’quv markazimizdagi o’quvchilarning yarmidan ko’pi endi boshlayotganlar (Beginner). Kuchli motivatsiya bilan kelishadi. Lekin statistikamiz bo’yicha 12 kishilik guruhda 4 kishi oxirigacha olib boradi o’qishni. Onlayn kurslarda esa ko’rsatgich yanada past. Chunki motivatsiya o’rtoqlaring oldida ochilgan Orbit pachkasiga o’xshaydi. Endi ishlataman desang tugab qolgan bo’ladi. Demak uni doimiy paydo qilib turish kerak. Doimiy motivatsiya esa progressdan keladi. Ya’ni sen o’sayotganingni his qilsang, shuni o’zi seni ilhomlantiradi. Men doim shunday qilaman. Biror natijaga erishgunga qadar chidab, o’zimni majburlab shu ishni 21 kun davomida qilaman. Natija ko’ringach esa majburlashni hojati qolmay, motivatsiya o’zi tortib ketadi. O’zimcha “3 hafta qoidasi” deb nomlaganman. (sen hohlaganingcha nomlayver) Xulosa: 1. Hamma o’ylagandek motivatsiyani kutib o’qish(ish/biznes/kurs)ni boshlash emas, boshlab keyin motivatsiyani kutish kerak. 2. Darrov emas, 21 kun ichida kutish kerak. Maqolani tayyorlashda Djeff Heydenning “The Motivation Myth” kitobi va shaxsiy tajribamdan foydalinildi. Aziz Rahimov @muhammadyunus_uz

php dasturlash tili haqida hazil video (Rus tilida) 😁 @muhammadyunus_uz

Telegram (MacOS) clientida Multi-Pin funksiyasini sinovdan o'tkazmoqda. Yaqin orada barcha guruhlar va kanallarda, eng asosiysi barcha klientlarda shu imkoniyat qo'shilishi mumkin. Manimcha, bu kanallarda reklama narxlariga ta'sir qiladi. PS: Ba'zi yangi smile lar ham qo'shilarmish :)

Tatu Qarshi filialini 4 daqiqada Injection bilan buzib tashlashibdi. 😄 Facebookdan oldim. @muhammadyunusuz