Toshkent viloyati FVBB / Rasmiy kanal
رفتن به کانال در Telegram
2 413
مشترکین
+124 ساعت
+27 روز
+6430 روز
آرشیو پست ها
#Ijtimoiy_tarmoqlardan
Dengiz sohilida cho‘kib ketayotgan qizaloqni voqeani ko‘rgan fuqaro qutqarib qoldi.
Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizni, ayniqsa, suv havzalari yaqinida hech qachon nazoratsiz qoldirmang. E’tiborsizlik bir zumda fojiaga olib kelishi mumkin.
—
#Из_социальных_сетей
Очевидец спас тонущую девочку на морском побережье. Уважаемые родители, не оставляйте без присмотра своих детей, особенно вблизи водоёмов.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi sel-toshqin hodisalarining oldini olish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Jumladan, ayni kunlarda Toshkent viloyatida sel va suv toshqinlarining oldini olish, shuningdek, qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda.
——
Специальное, инженерно-строительное управление МЧС продолжает работу по предупреждению селе-паводковых явлений.
Так, в Ташкентской области в эти дни проводятся берего-укрепительные работы.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+7
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida “O‘qotar qurol, o‘q-dorilar va portlovchi moddalarni qonunga xilof ravishda egallash — xavfsizlikka qarshi jinoyatlar” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida xodimlarga mazkur turdagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, qonun talablariga qat’iy rioya etish, fuqarolar va jamiyat xavfsizligini ta’minlash borasida tushuntirishlar berildi.
Bunday profilaktik tadbirlar huquqiy madaniyatni yuksaltirish, hushyorlikni oshirish hamda xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
+7
Kuch va vositalar — shay holatda!
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni xavfsiz va ko‘ngildagidek tashkil etish — eng muhim vazifalardan biri.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2026-yil 10-avgustdagi 3/5/20-1605-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Bekobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tuman Markaziy o‘yingohida maxsus tekshiruv va amaliy ko‘rik o‘tkazildi.
Unda ochiq maydonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish, shuningdek, FVDT davlat quyi tizimi xizmatlarining o‘zaro hamkorligi hamda mavjud kuch va vositalarining shaylik darajasi ko‘zdan kechirildi.
🚒 Tadbir yakunida xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlarini yanada kuchaytirish, xavfsizlik choralarini qat’iy ta’minlash va tadbirni ko‘ngilsiz hodisalardan xoli, betalofat o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
#kun_prognozi
20-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, janubda va cho‘l hududlarida 41-43° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-38° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 20 АВГУСТА
Сегодня днем без осадков. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с, в отдельных районах с пыльным позёмком. Температура 34-39°, по югу и пустынной зоне до 41-43°.
В столице без осадков. Ветер 3-8 м/с, возможно усиление до 10-12 м/с, в отдельных районах с пыльным позёмком. Температура 36-38°.
По горным районам без осадков. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с. Температура 27-32°.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+6
🔥 CHIRCHIQ SHAHRIDA YONG‘IN-TAKTIK MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
Chirchiq shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan obyektda shaxsiy tarkibning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida yong‘in-taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni tezkor bartaraf etish, maxsus texnika va vositalardan samarali foydalanish, shuningdek, shaxsiy tarkibning hamjihatlikda harakatlanish ko‘nikmalari amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
#Ijtimoiy_tarmoqlardan
Har doim xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. Bu sizga ishonchni oshirishga va kutilmagan vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga yordam beradi.
—
#Из_социальных_сетей
Соблюдайте технику безопасности во всём. Это придаст вам уверенности и поможет в самый неожиданный момент.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti: birinchi qadamdan boshlab katta biznesga aylangunga qadar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda.
—
Открытый диалог Президента с предпринимателями: создаются огромные возможности для всесторонней поддержки – от первых шагов до становления крупного бизнеса.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#kun_prognozi
19-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, janubda 41-43° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-31° bo‘ladi.
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 19 АВГУСТА
Сегодня днем без осадкова. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с, в отдельных районах с пыльным позёмком. Температура 34-39°, по югу до 41-43°.
В столице без осадков. Ветер 5-10 м/с. Температура 36-38°.
По горным районам без осадков. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с. Температура 26-31°.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+4
🔥 CHIRCHIQ SHAHRIDA YONG‘INLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILMOQDA
📍 Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ko‘riklar o‘tkazilmoqda.
🧯 Tadbirlar davomida aholi gavjum maskanlarda yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
🔎 Shuningdek, ko‘rik jarayonida aniqlangan kamchiliklar mas’ullarga tushuntirilib, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.
⚠️ Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish — har bir fuqaroning burchi!
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz Xiva shahridan Urganch aeroportiga yangi avtomobil yo‘li orqali qaytdi va Toshkentga jo‘nab ketdi.
—
Президент нашей страны вернулся из Хивы в аэропорт Ургенча по новой автодороге и отбыл в Ташкент.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar:
📌Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi;
📌Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi;
📌Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi;
📌ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi;
📌Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
📌Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak;
📌Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi;
📌Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi;
📌Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi;
📌Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi;
📌Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi;
📌Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur.
Facebook|Instagram|X
