Digital Generation Uzbekistan
رفتن به کانال در Telegram
O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿 Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring! ✅ Facebook.com/digitalgeneration.uz ✅ Instagram.com/DGUzbekistan ✅ Telegram.me/digitalgeneration_uz
نمایش بیشتر7 169
مشترکین
-724 ساعت
-127 روز
-7330 روز
آرشیو پست ها
Natijalar gapiradi ! 💥
92- maktab 9-sinf o‘quvchisi Zokirjonov Ibrohim allaqachon $1000+ daromadda !
Ibrohim “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kurisining AKT yo'nalishida o'qib, ta’lim jarayonidayoq bir nechta loyihalari bilan daromadga chiqishni boshladi 💻
Hozir esa: 💸 $1000+ daromad 🎓 Real tajriba 🚀 Kelajak sari aniq yo‘lSiz-chi? Hali ham “qachondir boshlayman” deysizmi yoki bugun harakat qilasizmi? 👇 Kommentda o'z fikringizni qoldiring: #OliyMajlis #Fond #IHMA #raqamliavlod #motivatsiya #yoshlar #daromad #ituzbekistan #natija #DigitalGeneration #AKT #IT ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
📢 Mahorat darsi: Konstruktorlash va 3D modellashtirish.
2026-yil 12-mart kuni “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun texnik va innovatsion yo‘nalishda — konstruktorlash va 3D modellashtirish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
🎓 Mazkur darsni
Ibodullayev Sardor Nasriddin o‘g‘li — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,
“Televizion va media texnologiyalari”kafedrasi katta o‘qituvchisi olib bordi.
Dars davomida o‘quvchilarga
3D
modellashtirishning asosiy prinsiplari, virtual obyektlar yaratish, konstruktorlik ishlari va zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. 📐 Amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar turli modellarni yaratishda faol ishtirok etib, o‘z g‘oyalarini loyihalarga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.🚀Bunday mahorat darslari yoshlarning texnik bilimlarini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashga tayyorlash va kelajak muhandislarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. #OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #ituzbekistan #3D #Mahoratdarsi ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
📢 Mahorat darsi: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
📅 2026-yil 3-mart kuni “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun AKT yo‘nalishida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
🎓Darsni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta o‘qituvchisi Narziyev Nosir Baxshilloyevich olib bordi.
💻 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar AKT yo‘nalishida amaliy bilimlarga ega bo‘lib, dasturlash, kompyuter tizimlari hamda zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy vazifalar ustida ishladilar. Shuningdek, mutaxassis tomonidan IT sohasida muhim bo‘lgan ko‘nikmalar, muammolarni samarali hal qilish usullari va ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish strategiyalari batafsil tushuntirildi.Bunday mahorat darslari o‘quvchilarning bilim va tajribasini oshirish bilan birga, ularning kelajakdagi kasbiy yo‘lini aniqlashda ham muhim o‘rin tutadi. 🚀 Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari yana bir qadam! #OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #ituzbekistan #AKT #Dasturlash #Mahoratdarsi ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
📢 Mahorat darsi: Foto va video ishlari
2026-yil 19-fevral kuni “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun ijodiy va amaliy yo‘nalishda — foto va video ishlari bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
🎓 Mazkur darsni
Beknazarova Saida Safibullayevna — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,
“Televizion va media texnologiyalari”kafedrasi professori, texnika fanlari doktori hamda Jaumitbayeva Maxriban Karomatdin qizi olib borishdi. Shuningdek ushbu mahorat darsida Nukus shahridagi “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov markazi hamda Samarqand shahridagi Inklyuziv markaz o‘quvchilari online formatda faol ishtirok etishdi.
Dars davomida o‘quvchilarga professional suratga olish texnikalari, yorug‘lik bilan ishlash, kompozitsiya qoidalari, video montaj asoslari va sifatli media kontent yaratishning muhim jihatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
📹
Shu bilan birga, zamonaviy media sohasida talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalar, kontent yaratuvchilar uchun zarur bilimlar hamda kreativ yondashuvning ahamiyatli jihatlari alohida ta’kidlandi.🚀Bunday darslar yoshlarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. #OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #ituzbekistan #Videografiya #Media #Foto ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
📢 Mahorat darsi: Robototexnika va mexatronika tizimlar.
2026-yil 12-fevral kuni “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun zamonaviy va dolzarb yo‘nalishda — robototexnika hamda mexatronika tizimlarga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi.
🎓 Ushbu darsni
Shukurov Kamoliddin Elbobo o‘g‘li — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Robototexnika va intellektual tizimlar kafedrasi mudiri, PhD, dotsent olib bordi.
🌐 Mazkur mahorat darsida Nukus shahridagi “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov markazi hamda Samarqand shahridagi Inklyuziv markaz o‘quvchilari ham online ishtirok etishdi.
Dars davomida o‘quvchilarga robototexnikaning asosiy tushunchalari, aqlli tizimlar yaratish jarayonlari, sensorlar va avtomatlashtirish texnologiyalarining ishlash prinsiplari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, real hayotda robototexnika qanday qo‘llanilayotgani, sanoat va kundalik turmushdagi o‘rni misollar orqali tushuntirildi.🚀 Professor va tajribali mutaxassis bilan tashkil etilgan bunday uchrashuvlar yoshlarning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni innovatsion fikrlashga undash va kelajak kasblariga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. #OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #ituzbekistan #Robototexnika #Mexatronika ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
+7
📢 Mahorat darsi: Robots — From Science Fiction to Reality
2026-yil 23-aprel kuni
👍“Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun zamonaviy va qiziqarli mavzuda — robototexnika yo‘nalishiga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi.
🎓Mazkur darsni
Rahman Sejuti — Yangi O‘zbekiston Universiteti, Kompyuter muhandisligi kafedrasi associate professori (Hindiston) hamda
Djurayev Sirojiddin — Yangi O‘zbekiston Universiteti, Kompyuter muhandisligi kafedrasi associate professori olib borishdi.
Dars davomida o‘quvchilarga robotlarning paydo bo‘lish tarixi, dastlab faqat tasavvur va ilmiy g‘oyalar sifatida qaralgan tushunchalarning bugungi kunda real texnologiyaga aylangani haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, zamonaviy robotlarning ishlash prinsiplari, ularning sanoat, tibbiyot va kundalik hayotdagi o‘rni misollar orqali tushuntirildi.🤖 Bugungi uchrashuvda oʻquvchilar robototexnika sohasining kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari, sun’iy intellekt bilan integratsiyasi hamda innovatsion yechimlari haqida muhim bilimlarga ega bo‘lishdi. #OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #IHMA #Digitalgeneration #ituzbekistan ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
23-aprel — Xalqaro AKT sohasidagi qizlar kuni.
(International Girls in ICT day)👩💻
Bugun butun dunyoda texnologiya sohasida faoliyat yuritayotgan, kelajakni yaratishda o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha qizlar uchun muhim sana — Xalqaro AKT sohasidagi qizlar kuni (International Girls in ICT day)
⚡️Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari har bir sohaning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Aynan shu yo‘nalishda qizlarning faol ishtiroki, ularning bilimga chanqoqligi va yangilikka intilishi jamiyat taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyatga ega.🌟 Bugungi kunda AKT sohasida muvaffaqiyatga erishayotgan qizlar nafaqat o‘zlari uchun, balki kelajak avlod uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Ular dasturlash, sun’iy intellekt, dizayn, kiberxavfsizlik kabi ko‘plab yo‘nalishlarda o‘z o‘rnini topmoqda. ✨Barcha AKT sohasiga qiziqadigan va unda faoliyat yuritayotgan qizlarni ushbu sana bilan samimiy tabriklaymiz. Siz — kelajak yaratuvchilarisiz! 🌍 ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
+8
Samarqand shaxridagi Inkluziv rivojlanish markazida ochiq tanishtiruv kuni tashkil etildi 🚀
Samarqand shahridagi 44-maktab o‘quvchilari hamda “Yoshlar” MFY “Raqamli Avlod”inkluziv rivojlanish markaziga tashrif buyurib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida yoshlarga markazdagi zamonaviy yo‘nalishlar, innovatsion ta’lim imkoniyatlari va yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jarayon interaktiv va qiziqarli tarzda tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.⚡️ Tashrif yakunida o‘quvchilar o‘z qiziqishlariga mos yo‘nalishlarni tanlab, o‘qishga yozilishdi. ✨Har bir qiziqish — bu kelajak sari qo‘yilgan muhim qadam! #raqamliavlod #IHMA #Oliymajlis #Fond #Digitalgeneration #ituzbekistan ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
+6
📢 Mahorat darsi: Sun’iy intellekt (AI)
2026-yil 16-aprel kuni “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari uchun zamonaviy va dolzarb mavzuda mahorat darsi tashkil etildi.
🎓Mazkur darsni
Alipour Sharareh Malek — Yangi O‘zbekiston Universiteti, Software Engineering yo‘nalishi professori hamda
Xudoyberdiyev Xurshidjon — Yangi O‘zbekiston Universiteti, School of Management kafedrasi o‘qituvchisi olib borishdi.
Dars davomida o‘quvchilar sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining bugungi kundagi ahamiyati, qo‘llanilish sohalari va kelajakdagi rivojlanish yoʻnalishlari haqida muhim bilimlarga ega bo‘lishdi.🚀Professor va tajribali mutaxassislar bilan bunday uchrashuvlar yoshlarning zamonaviy kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. 🔥“Raqamli avlod — yangi davr imkoniyatlari markazi!” #OliyMajlis #Fond #ituzbekistan #raqamliavlod #Zamineducation #IHMA #AI ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
#natija
Inklyuziv jamiyat sari dadil qadamlar…
👫 Samarqand shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi huzuridagi Inklyuziv rivojlanish markazida yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
💻 Kompyuter savodxonligi va texnik xizmat ko‘rsatish;
😯 Robototexnika asoslari;
🎬 Videomontaj va kontent yaratish;
🧩 3D dizayn va modellashtirish yo‘nalishlarida yoshlar zamonaviy bilimlarni egallab, o‘quv jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunlamoqda.
👫 Markazda tahsil olayotgan yoshlar orasida o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yganlar talaygina. Ulardan biri yosh oʻquvchilardan biri Isoxon videomontaj yo‘nalishida bilim olib, kelajakda professional kontent yaratuvchi bo‘lishni niyat qilgan. Yana bir o‘quvchi Abduqodir esa media sohasida 3D modellashtirish orqali kreativ loyihalar ustida ishlashni boshlagan.
🏃 Bunday imkoniyatlar yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib, ularni jamiyatda faol va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.
❗️ Bilimga qaratilgan har bir qadam yorqin kelajak sari mustahkam poydevordir!
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Repost from N/a
+6
📍"Raqamli avlod" Kásiplik tayarlaw kurslarımızda áhmietli sapar
Búgin, 15-aprel kúni 55-sanlı ulıwma bilim beriw mektebine Ózbekstan Respublikası Bas prokuraturası hám Ishki isler ministrligi wákillerinen ibarat delegaciya bardı.
Sapar dawamında olar "Raqamli avlod" kásiplik tayarlaw kurslarınıń jumısı menen jaqınnan tanıstı. Kurslarda oqıwshılar ushın jaratılǵan zamanagóy sharayatlar menen tanısıp, ámeliy sabaqlar procesin baqladı.
Delegaciya wákilleri oqıwshılardıń texnologiyalarǵa bolǵan qızıǵıwshılıǵın hám bilim alıwǵa bolǵan umtılısın joqarı bahaladı.
📍 “Raqamli avlod” Kasbiy tayyorlash kurslarimizda muhim tashrif
Bugun, 15-aprel kuni 55-sonli umumta’lim maktabiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ular “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlash kurslari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kurslarda o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishib, amaliy mashg‘ulotlar jarayonini kuzatdilar.
Delegatsiya vakillari o‘quvchilarning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi va bilim olishga intilishini yuqori baholadilar.
📍 Manzil: Nukus shahri
🌐 Telegram: @kasipliktalim
📞 (99) 038-99-89
📞 (90) 702-77-99
Repost from N/a
+4
"Raqamli avlod" kásiplik tayarlıq sabaqları kózden ótkerildi.
✅2026-jıl 14-aprel kúni 55-sanlı ulıwma bilim beriw mektebine Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriwi ministriniń orınbasarı Farxod Boqiyev bardı.
Sapar etiw sheńberinde miymanlar mektepte jumıs alıp barıp atırǵan "Raqamli avlod" joybarı sheńberinde kásiplik tayarlıq kursları menen jaqınnan tanıstı.
Sóylesiw dawamında jaslar ózlerin ámelde kórsetip, úyrenip atırǵan bilimleri haqqında maǵlıwmat berdi.
"Raqamli avlod" kaspiy tayorlov darslari ko‘zdan kechirildi.
📍2026-yil 14-aprel kuni 55-sonli umumta’lim maktabiga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farxod Boqiyev tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlar maktabda faoliyat yuritayotgan "Raqamli avlod" loyihasi doirasida kaspiy tayorlov kurslari bilan yaqindan tanishishdi.
Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini amalda ko‘rsatib, o‘rganayotgan bilimlari haqida ma’lumot berishdi.
Raqamli avlod kasbiy tayyorlov kursi o‘quvchilari muvaffaqiyatli bitirishdi!
Mazkur kursni jami 187 nafar o‘quvchi yakunladi.
O‘quvchilarimiz o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda ko‘rsatib,
bitiruv kuni o‘z loyihalarini taqdim qilishdi.
Kurs davomida o‘quvchilar zamonaviy kasblar
Mexatronika va Robototexnika AKT Texnikligi 3D Modellashtirish Videografiyabo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashdi. Bitiruv kuni esa ular o‘z loyihalari bilan chiqish qilib, erishgan natijalarini namoyish etdilar. Mazkur natijalar o‘quvchilarning nafaqat bilim olganini, balki ularni amaliyotda qo‘llay olish darajasiga yetganini ko‘rsatadi. 🚀 Raqamli avlod — bu kelajak egalaridir. ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
"Raqamli Avlod " loyihasi doirasida tashkil etiladigan IT haftaliklari yuzlab yoshlarni birlashtirib kelmoqda. Keyingi manzilimiz qayerda bo‘lishini siz belgilang! 🗺
📥 Javoblaringizni izohlarda kutib qolamiz!
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
🎖 9-aprel — Amir Temur tavallud topgan kun.
🇺🇿Bugun buyuk sarkarda, mohir davlat arbobi va adolat timsoli Amir Temur tavallud topgan kunni yod etamiz.
1336-yil 9-aprel kuni dunyoga kelgan sohibqiron Amir Temur tavalludiga bugun 690 yil to‘ldi.
U zot nafaqat qudratli imperiya barpo etgan, balki ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk shaxsdir.📌 “Kuch adolatda” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. ✨ Biz — buyuk zotlar avlodimiz. Bizning kuchimiz — bilimimizda, g‘ayratimizda va birligimizda! ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
+9
👍2026-yil 3-aprel kuni “Raqamli avlod” kasbiy tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan oʻquvchilarga sertifikatlar topshirildi. Tadbir yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning erishgan natijalarini e’tirof etish maqsadida tashkil etildi.
💬Kurslar davomida ishtirokchilar zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy tajribalarni ham egallashdi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berildi.
⌨️Yo‘nalishlar:
✅Mexatronika va robototexnika
✅AKT (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari)
✅3D modellashtirish
✅Videografiya
Mazkur yo‘nalishlar orqali yoshlar nafaqat kasb egallashdi, balki o‘z iqtidorlarini rivojlantirib, mustaqil fikrlash va innovatsion yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tadbir yakunida bitiruvchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.🎓Barcha bitiruvchilarni tabriklaymiz! Siz — raqamli kelajak egalarisiz! ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
+9
🏆 Taqdirlash marosimi — mehnat natijasi!
Zamin Education hamda Raqamli avlod loyihasi doirasidagi sayyor inklyuziv IT oromgohida bugun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🎉 Barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi, kreativ yondashuvi va bilimlari bilan ajralib turgan yoshlar munosib ravishda taqdirlandi.
💡 Ushbu marosim — harakat, izlanish va mehnatning yorqin natijasidir.✨ Bu faqat boshlanish — oldinda yanada katta marralar kutmoqda! #Zamin #OliyMajlis #PIIMA #IHMA #InklyuzivTa’lim #XivaPM #RaqamliAvlod ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
🎤 Yoshlar fikri — eng muhim ovoz!
#Intervyu
Zamin Education hamda Raqamli avlod loyixasi doirasidagi sayyor inklyuziv IT oromgohida ishtirokchilar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
💬 Yoshlar o‘z tajribalari, o‘rgangan bilimlari va oromgohdan olgan ilhomlari haqida samimiy fikr bildirishdi.✨ Yoshlar gapiryapti — demak kelajak shakllanyapti! #Zamin #OliyMajlis #PIIMA #IHMA #InklyuzivTa’lim #XivaPM #RaqamliAvlod ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
+9
🚀 Xivada "Inklyuziv IT oromgoh"
🏛 Tarix va sayohat birlashgan kun!
Zamin Education hamda Raqamli avlod loyixasi doirasidagi sayyor inklyuziv IT oromgohi ishtirokchilari uchun bugun unutilmas ekskursiya tashkil etildi.
📍 Yoshlar Ichan Kala majmuasiga tashrif buyurib, qadimiy tarix, milliy meros va betakror me’morchilik bilan yaqindan tanishishdi.
✨ Ushbu sayohat ishtirokchilarga nafaqat dam olish, balki yangi tasurotlar va ilhom bag‘ishladi.🤝 Bilim va tarix uyg‘unligi — haqiqiy rivojlanish sari qadam! #Zamin #OliyMajlis #PIIMA #IHMA #InklyuzivTa’lim #XivaPM #RaqamliAvlod ___ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
