UzFHM
رفتن به کانال در Telegram
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
نمایش بیشتر3 730
مشترکین
-324 ساعت
-67 روز
-5030 روز
آرشیو پست ها
3 730
Ta’ziya
Samarqand viloyati futboli hamda o‘zbek futboli rivojiga munosib hissa qo‘shgan, tajribali hakam va hakamlar inspektori Xushvaqt Sergeyevich Muxtorov vafot etdi.
O‘zbekiston Futbol Hakamlari Markazi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
3 730
+1
🖥 “Lokomotiv” jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi.
Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.
Hozirda "Lokomotiv" stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.
Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
+2
📋 Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi yurtimizga qaytdi.
FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatidagi faoliyatidan so‘ng yurtimizga qaytdi.
Ma’lumki, Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Andrey Sapenko (yordamchi hakam) hamda Timur Gaynullin (yordamchi hakam) AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan FIFA Jahon chempionati uchrashuvlarida hakamlik qildi.
Bugun hakamlar jamoasini Toshkentda oila a’zolari, O‘zbekiston Futbol Hakamlari Markazi rahbariyati hamda taniqli hakamlar kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi musobaqa doirasida Shotlandiya — Marokash hamda Paragvay — Fransiya uchrashuvlarini boshqarib bordi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
+9
📋 OAV vakillari, futbol sharhlovchilari va blogerlar uchun o‘yin qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan seminar tashkil etildi
⚡️ O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan OAV vakillari, futbol sharhlovchilari va jurnalistlari uchun o‘yin qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar yuzasidan maxsus seminar tashkil etildi.
🚩 Tadbir davomida IFAB tomonidan futbol o‘yin qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar, ularning mazmun-mohiyati hamda amaliyotda qo‘llanish tartibi yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, videolavhalar orqali turli o‘yin vaziyatlari tahlil qilinib, yangi qoidalar asosida hakamlar tomonidan qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlar yuzasidan amaliy misollar ko‘rib chiqildi.
🏳 Seminar davomida mutaxassislar va OAV vakillari o‘rtasida muloqot tashkil etilib, futbol sharhlovchilari hamda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
📋 Superliga hakamlari yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda.
Yig‘in doirasida hakamlar jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan o‘tib, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida o‘yin qoidalari, VARdan samarali foydalanish, murakkab vaziyatlarni tahlil qilish hamda psixologik tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
+7
⚽️Superliga-2026: 12-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.
Superliganing 12-tur o‘yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari va komissarlar tayinlandi.
🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
+1
🖥 “Qo’qon-1912” jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi.
Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.
Hozirda "Qo’qon-1912" stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.
Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
+4
📋 Superliga davom ettirilishi oldidan klublar uchun maxsus seminarlar davom etmoqda.
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tajribali instruktorlari tomonidan futbolchilar va murabbiylar shtabiga o‘yin qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar, o‘yin tempini oshirishga qaratilgan yangiliklar hamda xalqaro musobaqalarda qo‘llanilayotgan zamonaviy hakamlik yondashuvlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, mazkur qoida va o‘zgartirishlarning kelgusida Superliga, Proliga, Birinchi liga hamda ayollar Oliy ligasi uchrashuvlarida ham amaliyotga tatbiq etilishi, ularni qo‘llash tartibi va mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirilmoqda.
“Xorazm” va “Respublika FA” jamoalari uchun mazkur seminarlar o‘tkazildi. Belgilangan reja asosida yaqin kunlarda barcha professional klublarda ham shunday mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Mazkur seminarlar o‘yin qoidalarining yagona talqinda qo‘llanilishini ta’minlash, futbol ishtirokchilarining qoidalarga oid bilimlarini mustahkamlash hamda Superliga, Proliga, Birinchi liga va Ayollar oliy ligasi uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qiladi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
📹 IFAB tomonidan o‘yin qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar bilan tanishing.
Futbol qoidalariga IFAB tomonidan kiritilgan eng so‘nggi o‘zgartirishlar, FIFA Jahon chempionatida qo‘llanilayotgan yangi talqinlar hamda hakamlik amaliyotidagi dolzarb yangiliklar bilan tanishing.
Videoda o‘yin qoidalaridagi muhim o‘zgarishlar, ularning amaliy qo‘llanilishi va uchrashuvlarni boshqarishdagi ahamiyati batafsil yoritilgan.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
+6
📋 Superliga hakamlari yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan fotogalereya.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
+5
📋Superliga hakamlari yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.
Yig‘in dasturiga muvofiq, hakamlar jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida belgilangan test sinovlarini topshirdi. Shuningdek, psixolog ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazilib, uchrashuvlar davomida ruhiy barqarorlikni saqlash, bosim ostida to‘g‘ri qaror qabul qilish va stressni samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, hakamlar nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘yin qoidalari, turli o‘yin vaziyatlarini tahlil qilish, VAR tizimidan samarali foydalanish, hakamlar o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish hamda hakamlik amaliyotiga oid muhim masalalar yuzasidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
+9
📋 Superliga davom ettirilishi oldidan klublar uchun maxsus seminarlar bo'lib o'tmoqda.
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tajribali instruktorlari tomonidan futbolchilar va murabbiylar shtabiga o‘yin qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar, o‘yin tempini oshirishga qaratilgan yangiliklar hamda xalqaro musobaqalarda qo‘llanilayotgan zamonaviy hakamlik yondashuvlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, mazkur qoida va o‘zgartirishlarning kelgusida Superliga, Proliga, Birinchi liga hamda ayollar Oliy ligasi uchrashuvlarida ham amaliyotga tatbiq etilishi, ularni qo‘llash tartibi va mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirilmoqda.
Xususan, "Qizilqum", "Paxtakor", “Xorazm” (U-21), “Buxoro” (U-21, U-19, qizlar) jamoalarida mazkur seminarlar o‘tkazildi. Belgilangan reja asosida barcha professional klublarda ham shunday mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Mazkur seminarlar o‘yin qoidalarining yagona talqinda qo‘llanilishini ta’minlash, futbol ishtirokchilarining qoidalarga oid bilimlarini mustahkamlash hamda Superliga, Proliga, Birinchi liga va Ayollar oliy ligasi uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qiladi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
+9
📋 Superliga davom ettirilishi oldidan klublar uchun maxsus seminarlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tajribali instruktorlari tomonidan futbolchilar va murabbiylar shtabiga o‘yin qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar, o‘yin tempini oshirishga qaratilgan yangiliklar hamda xalqaro musobaqalarda qo‘llanilayotgan zamonaviy hakamlik yondashuvlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, mazkur qoida va o‘zgartirishlarning kelgusida Superliga, Proliga, Birinchi liga hamda ayollar Oliy ligasi uchrashuvlarida ham amaliyotga tatbiq etilishi, ularni qo‘llash tartibi va mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirilmoqda.
Bugunga qadar OKMK, “Surxon”, “Mash’al” va “Bunyodkor” jamoalarida mazkur seminarlar o‘tkazildi. Belgilangan reja asosida yaqin kunlarda barcha professional klublarda ham shunday mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Mazkur seminarlar o‘yin qoidalarining yagona talqinda qo‘llanilishini ta’minlash, futbol ishtirokchilarining qoidalarga oid bilimlarini mustahkamlash hamda Superliga, Proliga, Birinchi liga va Ayollar oliy ligasi uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qiladi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
+8
📋 Superliga hakamlari yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.
Superliga hakamlari ishtirokida navbatdagi yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.
Yig‘in dasturiga muvofiq, hakamlar jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida belgilangan test sinovlarini topshirdi. Shuningdek, psixolog ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazilib, uchrashuvlar davomida ruhiy barqarorlikni saqlash, bosim ostida to‘g‘ri qaror qabul qilish va stressni samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, hakamlar nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘yin qoidalari, turli o‘yin vaziyatlarini tahlil qilish va hakamlik amaliyotiga oid muhim masalalar yuzasidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.
Yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 9-iyulga qadar davom etadi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
📋 Milliy futbol markazida VAR hakamligiga nomzod yosh hakamlar uchun seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida tajribali instruktorlar tomonidan VAR tizimining ishlash tamoyillari, undan samarali foydalanish, murakkab o‘yin vaziyatlarini tahlil qilish hamda hakamlik qarorlarini qabul qilish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
Mazkur seminarlar yosh hakamlarni VAR tizimida ishlashga tayyorlash, ularning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, xalqaro talablarga mos malakali VAR hakamlarini tayyorlashga xizmat qiladi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
🇺🇿 O‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionatining 1/8 finalida ishlaydi!
O‘zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Paragvay – Fransiya uchrashuviga tayinlandi.
Ilgiz Tantashevga qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur G‘aynullin yordam beradi.
Uchrashuv 4-iyul kuni AQSHning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalar doirasiga to‘g‘ri kelayotgani bois, stadionda mamlakatning yuqori martabali davlat amaldorlari ham tashrif buyurishi kutilmoqda.
💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA
3 730
🖥 “Nasaf” jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi.
Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.
Hozirda "Nasaf" stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.
Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
🏆 Ilgiz Tantashev jamoasi Jahon chempionatidagi navbatdagi o'yinini boshqarib boradi.
Ayni kunlarda AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida FIFA Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Musobaqaning 3-turidan o‘rin olgan Jazoir — Austriya uchrashuvi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirilgan.
Mazkur bahsni FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.
Uchrashuv 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
📋 O‘zbekistonlik hakam CAFA Women’s Futsal Championship 2026 musobaqasida faoliyat olib boradi
Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida ayollar CAFA Women’s Futsal Championship 2026 musobaqasida doirasida Qirg‘iz Respublikasi Tojikistonga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur bahsda o‘zbekistonlik ayol hakam Nilufar G‘oibnazarova ikkinchi hakam sifatida ishlaydi.
Uchrashuv "Dushanbe Indoor Hall" arenasida bo‘lib o‘tadi.
⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
3 730
🇺🇿 Ilgiz Tantashev bilan maxsus intervyu
Ilgiz Tantashevning bolalik xotiralari, muvaffaqiyat siri va bugungi kunga qadar kechgan mashaqqatli yo‘li bilan tanishing.
👉 https://youtu.be/29XqlC8Rsn4
