fa
Feedback
Fitratdan gapiramiz

Fitratdan gapiramiz

رفتن به کانال در Telegram

Shaxsiy yoziqlar,xulosalar va bilgilar.

نمایش بیشتر
أوزبكستان64 747دسته بندی مشخص نشده است
189
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-37 روز
-530 روز
آرشیو پست ها
Men deyarli yigʻlamaydigan(yigʻlolmaydigan) biriman. Lekin bu video qalbimni mumdek eritib yubordi... Qani imkonim boʻlsayu Toshkentga uchib borib shu bolalar uchun nimadir qilolsam. Butun ummat qarzdormizki Falastin xalqi oldida, bu qarzni umrimiz bilan ham toʻlolmasak kerak ...
Bu qarz meni yuragimni doim tosh kabi bosib turadi
@Mufarridaa

Savolga javob bergan hammaga rahmat! Komment koʻpligi uchun bittalab javob yozmadim. Oʻzimni fikrim- suv xavfli. Olovni jilovlash mumkin,lekin oʻzanidan toshib chiqqan suv oʻzi toʻxtamaguncha uni toʻxtatish qiyin. @Mufarridaa

Qiziq savol: Suv xavfliroqmi yoki olovmi?! @Mufarridaa

Shu kunlarda bor diqqatimni oʻrganishga sarflayotgan narsam: @Mufarridaa

Bulut bo'lsam senga soya berolarmidim? Daraxt bo'lsam, ayt mevamdan totinarmiding?! Gul bo'lsamchi,dimog'ingni bo'yga burkasam. Gar suv bo'lsam bir ho'plashga botinarmiding?! Shamol bo'lsam sochlaringga daxl etolmay, Gir aylanib ro'molingni uchirarmidim? Sochiq bo'lsam,afsuslarning iziga qo'shib Yuzingdagi pardozingni o'chirarmidim?! Buloq bo'lsam bir o'pmoqqa jur'at etmagan Yanog'ingni faqat o'zim yuvib qo'yardim. Bolish bo'lsam ,silamoqqa qo'lim yetmagan Sochlaringni iforiga har tun to'yardim. Senla yashash istagida o'rtanib yonib Ko'zgu bo'lsam ,menga qarab jilmayib boqsang. Ketsang hamki mendan,bebosh ishqimdan tonib Ne qilay ayt menga faqat sen o'zing yoqsang. Rozi edim hayotimdan,chandon roziman. Hayotingning eng eski bir ertagi bo'lsam Kapalakka aylansamu umrimni yashab Va shu kunning oxirida qo'lingda o'lsam. 2016-yil #arxiv @Mufarridaa

Uyqusizligimga rossa 40 soat boʻldi. (Agar bu davom etaversa ertaga texnik koʻrikka boraman) @Mufarridaa
Uyqusizligimga rossa 40 soat boʻldi. (Agar bu davom etaversa ertaga texnik koʻrikka boraman) @Mufarridaa

Kayfiyatim rasvo! Kino koʻrmoqchiman, -"Mister va miss Smit" degan kinoni. Oʻzbekchasini otvoringlarey.

#Kayfiyat Koʻzingga bir tomchi uyqu kelmasa ham tuni bilan oʻzingni uxlaganga solib yotish majburiyatini sen qaerdan ham bila
#Kayfiyat Koʻzingga bir tomchi uyqu kelmasa ham tuni bilan oʻzingni uxlaganga solib yotish majburiyatini sen qaerdan ham bilarding ey Ramesh:) @Mufarridaa

Bugungi kunimga bag'ishlanadi... @Mufarridaa

Odam va inson farqi haqida gaplashdik. Oxirida uni erkalab qoʻydim)) @Mufarridaa
Odam va inson farqi haqida gaplashdik. Oxirida uni erkalab qoʻydim)) @Mufarridaa

Uni savoliga siz nima deb javob bergan boʻlardingiz!
Uni savoliga siz nima deb javob bergan boʻlardingiz!

To'rt taraf sensan-u, to'rt taraf sensin. Barcha yo'l sen tomon, senga hech yetmas... Usmon Azim. @Mufarridaa

Талабалик дафтаридан ЭШИТЯПСАНМИ... Олийгоҳ.... Маъруза... Эшитяпсанми? Орқа партадаги юрак зарбини. Сен илк бор ўргандинг шу маърузада Улкан муҳаббатнинг кичик ҳарфини. Қизларнинг шовқини... Йигитлар сўкар, Булар - иккимиздан бегона дунё. Улар бошқа гуруҳ бўлиб ўқийди, Бошқа гуруҳдамиз иккимиз гўё. Парталар оралаб синфхонанинг Шовқинида сузар сезилмас севги. Манави нигоҳга қараб тўймайман, Секин жилмаяди. Бу қандай белги? Дарс эса давомлар... Ёз, чиз ва тингла.... Норизо овози келди устознинг. Бир онда ўзгарди шундоқ манзара, Мен эсимдан оғдим... Сен эса ёздинг. Дарслар тугаб кетди.... Танаффуслар ҳам, Соғинчларнинг охир келдими гали? Сабоқдошлар ҳам йўқ. Сен ҳам узоқда. Қанисан жонажон маъруза зали? Олийгоҳ... Маъруза... Эшитяпсанми? Орқа партадаги юрак зарбини? ©Abdurashid @Mufarridaa

Billur tomchilarning shiviri aro Mung'aygan xonamga oqib kirar tun. Pol uzra orzular sochilib yotar. Qaysisi yarimta, Qaysisi
Billur tomchilarning shiviri aro Mung'aygan xonamga oqib kirar tun. Pol uzra orzular sochilib yotar. Qaysisi yarimta, Qaysisi butun. Qizg'anchiq g'ururning hiylalariga Laqqa tushganimga qistasa kulgim. Senimas, Biznimas, O'zni tanlagan Holimga uyatdan  keladi o'lgim. Qadamlar kesishmas endi yo'llarda. Kelishuv qilindi, Qo'yildi nuqta! Hanuz hilpiraydi titroq qo'llarda Ayri manzillarga olingan chipta Ostonada turgan qishning adili Sovuq barmoqlarin ko'zimga sanchar. Ustimizdan kular "taqdir hazili"¹ "Qushdek yengil"¹ bo'ldik, Choramiz qancha... 1-"Taqdir hazili yohud qushdek yengil bo'ling" filmiga ishora qilinyapti. 30.11.2024 23:00 @Mufarridaa

Uvv solar noyabr so'nggi kechasi Qorishiq uvlaydi ichimda isyon Bir-bir ketib borar, ilib nimchasin Derazam tagida mizg'igan
Uvv solar noyabr so'nggi kechasi Qorishiq uvlaydi ichimda isyon Bir-bir ketib borar, ilib nimchasin Derazam tagida mizg'igan mezon Peshonang o'yilar tug'ilgan oning O'zingdan qaroring so'rar kishi yo'q. Dunyoni na sening hayot-u joning Na mening mamotim bilan ishi yo'q. Charxpalak aylandi. Bosildi qadam! Takror boshlanadi eski iddao Sen yana gunohni yegan u Odam Menchi?! Qovurg'angdan yaralgan Havvo Kelishing- Taqvimga teskari  bezak. Qiyshiq qovurg'ani to'g'irlab ketding. Hamon anglolmadim Senimi kuzak, Yo sen kuzaknimi o'g'irlab ketding?! 30.11.2024 01:20 @Mufarridaa

Сен менга келтирдинг миллионта ғамни, Бизга насиб эмас бахтнинг нечаси. Устимиздан кулар, сезаяпсанми, Ташқарида кузнинг сўнг
Сен менга келтирдинг миллионта ғамни, Бизга насиб эмас бахтнинг нечаси. Устимиздан кулар, сезаяпсанми, Ташқарида кузнинг сўнгги кечаси... @Mufarridaa

Yer ustidagi jonsiz yaratiqlarni ichida eng ko'p tog'larni yaxshi ko'raman. @Mufarridaa
Yer ustidagi jonsiz yaratiqlarni ichida eng ko'p tog'larni yaxshi ko'raman. @Mufarridaa

Ruhiy yaqinlik jismoniy yaqinlikdan keyingina komil bo'ladi(mi?)... @Mufarridaa
Ruhiy yaqinlik jismoniy yaqinlikdan keyingina komil bo'ladi(mi?)... @Mufarridaa

Yolg'izlik noixtiyoriy qudrat, munosabat esa ixtiyoriy zaiflikdir. @Mufarridaa
Yolg'izlik noixtiyoriy qudrat, munosabat esa ixtiyoriy zaiflikdir. @Mufarridaa

#retro_vaqti ... Qumsayman shu kuz bog'larini.. @Mufarridaa