Termiz tumani hokimligi
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali Veb sayt: www.tertu.uz Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi Twitter: @TermizX Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
نمایش بیشتر2 139
مشترکین
+324 ساعت
+147 روز
-130 روز
- مشترکین
- پوشش پست
- ER - نسبت تعامل
در حال بارگیری داده...
معدل نمو المشتركين
در حال بارگیری داده...
Repost from АОКА | Сурхондарё
“Бугун Ўзбекистоннинг барча мактабларида сўнгги қўнғироқ жаранглади.
Барча устозлар ва ўқувчиларни ўқув йилининг якуни билан табриклайман! Катта ҳаёт остонасида турган битирувчиларга омад тилайман.
Ҳар бир шогирдининг ёрқин келажаги учун беқиёс ҳисса қўшаётган ўқитувчи ва мураббийларга чин юракдан миннатдорчилик билдираман. Сизнинг меҳнатингиз қанот бағишлайди!“ — Саида Мирзиёева.
Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Termiz tumanidagi 31 ta maktabda so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi
Bugun 25-may – tumanimizdagi barcha maktab bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarang sochdi. Xususan, 29 ta umumta’lim va 2 ta ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘tiladigan maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarida 1 ming 188 nafar 11-sinf bitiruvchilari o‘qishni yakunlamoqda.
Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov Qahramon mahallasi hududida joylashgan 5-sonli maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tuman hokimi bitiruvchilarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabriklab, ularga katta hayotda omad va oq yo‘l tiladi. Iqtidorli o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Vatanparvar yoshlar milliy sport o‘yinlarida kuch sinashishdi
Bugun yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy sport o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan Termiz tumanida joylashgan Qorabayir otlari mahorat maktabida shahar va tumanlardan tashrif buyurgan yoshlar ishtirokida Vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
Tadbirda Milliy gvardiya, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, yoshlar ishlari agentligi rahbariyati, Termiz tumani hokimligi, faxriylar, otaliqqa olingan yoshlar hamda umumta’lim maktablaridagi "Yosh gvardiyachilari" sinflari o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Festivalda ot sportining konkur, ot ustida kurash va jamoaviy uloq ko‘pkari, kamondan otish, arqon tortish, tosh ko‘tarish, armrestling, kurash, shaxmat-shashka, stol tennisi, boks, kikboks, karate hamda badiiy gimnastika turlari bo‘yicha yoshlar o‘z jismoniy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Shuningdek, kitoblar yarmarkasi, Milliy gvardiya bo‘linmalaridagi maxsus jihoz va texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda iqtidorli o‘g‘il-qizlarning musiqa va san’atdagi ijrochilik mahoratlari namoyish etildi.
Yakunda festival doirasida uyushtirilgan musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda faol ishtirok etgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍 4🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga tabrik yo'lladi
Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang.Tabrikning to'liq matni: https://president.uz Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍 4
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining oltmish to‘qqizinch sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiya ishini Kengash raisi o‘rinbosari Soatmurod Nazarov boshqarib bordi. Unda Kengash deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash kotibiyati, aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Deputatlar tomonidan kun tartibidagi o‘n yettita masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Har bir masala yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Deputatlar masalalar yuzasidan mas’ullarga savol va takliflarini berishdi hamda ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan mas’ullarning javoblari olindi.
🌐 Sessiya ishi tuman hokimligi Axborot xizmatining Facebook.com ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatib borildi.
Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍 2