cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

ESDALIK.UZ

ESDALIK.UZ - Oh, sening yoshliging menda bo'lsaydi... 📪 @Guli21_22 yoki @Esdalikuzbot ✉️ [email protected] ‼️ Ushbu kanal ESDALIK.UZ veb-saytining rasmiy kanali hisoblanadi.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
519
مشترکین
-124 ساعت
-37 روز
-2030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
*** Айтсам ишонмайсан - борман ҳали ҳам, Елкамга юкланган тўрт фасл, тўрт қиш. Ўзи бўладими, қирқ йил наридан - Энг оғир юракни кўтариб келиш. Чарчадим. Оғриқлар кўксимга ботди, Бу ҳолда дунёдан ўтаман қандай? Юрагим тўхтади бир зум - Ҳаётнинг Қўрқинчли жойига етиб келгандай. Хосият  РУСТАМОВА
نمایش همه...
4😢 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
АДАШГАН МЕҲР (.......га) Мен сизга адашиб меҳр қўйибман, Илтимос меҳримни қайтариб беринг. Сизнинг илтифотсиз истеҳзонгиздан, Мана юрак-бағрим не бўлди кўринг. Эҳтимол хонимсиз, балки бегойим, Менга деса Ҳаво бўлмайсизми, бас. Менинг ҳам бу кўнглим хаста ва лекин, Сиз тепиб ўтгувчи остона эмас. Эҳтимол қонингиз шоҳлар қонидан. Эҳтимол дунёни тутган шонингиз. Менга чикорадир Сиз сиғинган тахт, Мени қизиқтирмас хонумонингиз. Мен назмлашганда Нодира билан, Сўз сўраб Худога ёлворганим дам. Сиз парқу болишда ухлаб ётасиз, Эй бир тун ҳам уйқудан қолмаган одам! Мен сизга адашиб меҳр қўйибман, Тавба, мен гуллашни кутибман куздан. Бир бора озорлар берганим учун, Минг бора узрлар сўрайман Сиздан.. Кечиринг... адашиб меҳр қўйибман... 2006 й Guljamol Asqarova @wwwesdalikuz
نمایش همه...
❤‍🔥 5🔥 1😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
Allaqachon to’zib ketardim, balki, Va yo g’amlar meni etardi ado. Kimningdir ko’nglini olgandirmanki, Yuragimni asrab kelyapti Xudo. O’zi yaqin oldi meni O’ziga, Kunda Quyosh bo’lib yo’qlab turibdi. Men aytgan toza bir So’z evaziga Qilday hayotimni saqlab turibdi. Nimaga ko’zimda yulduz kam – Ishq kam, Men noshud umrimni kimlarga berdim? Ko’ksim nurga to’lib bitta gul eksam, Orqasidan o’nta nihol sindirdim… Baribir, ko’nglimga kelaverdi U, Kechirilib ketdi har qanday xato. Axir, men sevishni o’rganyapman-ku. Sevgini sevganni sevadi Xudo… Behzod Fazliddin 🆔----> @dengizgaketamiz
نمایش همه...
4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#ko'ngilga_yaqin 🍀«Тонги шабнамдек бўлинг, ёмғирмисиз, сувмисиз, кўзёшмисиз - билолмасинлар...» Шуҳрат Ориф @wwwesdalikuz
نمایش همه...
🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Гўдакдек мўлтираб ўтяпман, Соғинчим ўзимдан-да дайди. Нафас олмай яшамоқ мумкин, Соғинмасдан яшаб бўлмайди! Кимдир ёрни қучиб шодумон, Кимдир зарга кўмилиб бахтли. Биз бечора ошиқлар учун Яхшиям бор соғиниш бахти! Саломатлик - чиройли гаплар, Соғинсангиз яшаб қоласиз! Бор бўлгин-а бўғзимдаги сир, Бор бўлгин-а, эй куйдирги қиз... Ҳаёт хоҳлаганча тўзғитар - Буғдойи юлинган сомонман. Изсиз кетолмайман, кимлардир Соғингани учун омонман... Мен - дунёнинг соқов куёви (Неки бўлса бўғзимда қолди). Қисмат, ҳаммасига розиман, Соғинишни ўзимга қолдир... Шуҳрат Ориф 🆔----> @dengizgaketamiz
نمایش همه...
4🔥 2
Begzod va Zulhumor – Soʻnggi qoʻngʻiroq 🎊 Bugun 25-may barcha maktablarda soʻnggi qoʻngʻiroq kuni. Kimlar uchundir bu qoʻngʻiroq oxirgi marta chalinyapti. Kimlar uchundir ancha oldin chalingan 😢😢😢 @Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!
نمایش همه...
2
Photo unavailableShow in Telegram
Nazm kechasiga marhamat! 😊 Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi. • Dastur qahramoni: “Shuhrat” medali sohibi, shoir BEK ALI • Mehmon: shoir va aktyor ERKIN BOZOROV 📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 29-may (kuni) soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz. Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu soʻrovnomani to’ldiring: https://forms.gle/LdKWstnmxBg4RPD26 BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI! Telegram | Instagram | YouTube
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kitob oʻqiydigan kishi vafotiga qadar minglab hayotda yashaydi. Hech narsa oʻqimaydigan kishi esa faqat bitta hayotda yashaydi. Jorj R.R. Martin
نمایش همه...
8🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Sen unchalar badbaxt emassan, Tanimaysan, Baxtingni xalos! Farida Afro'z
نمایش همه...
👍 5🔥 2
00:30
Video unavailableShow in Telegram
Agar sevsang edi meni mendayin, Borimni yuz bora fido etardim. Kechib ketar kuning boʻlsa ham tayin, Umrbod bir senga vafo etardim! Yursang yoʻllaringa jonim toʻshardim, Qoninga qaynatib qonim qoʻshardim. Bir bora ishqingda adoman desang, Ishonsang men yana ming yil yashardim. Sovuq, ayozlardan boʻlardim panoh, Oʻzimga olardim dard kelsa nogoh, Borki balolarga koʻksimni tutib, Oʻlib, shu balodan etardim ogoh. Qani sevsang edi meni menchalik, Choʻqqilar poyimga choʻkardilar tiz. Soʻng esa ket desang, boshimni olib, Bu yorugʻ dunyodan ketardim izsiz! Sevsang, suysang edi meni menchalik, Choʻgʻ berib, ol desang, olib yutardim. Yoki shoir boʻlib kunni kun demay, Tunni tun demasdan sheʼrlar bitardim! Agar tikan kirsa tovonlaringa, Zumda kipriklarim bilan terardim. Tirik qolmoq uchun bir imkon boʻlsa, Men oʻsha imkonni senga berardim! Oʻtsang izlaringni koʻzimga surib, Kelsang mehr toʻla koʻnglim tutardim. Oʻlim haq, joningga haridor kelsa, Men seni qoldirib, oʻzim ketardim!
نمایش همه...
7👍 1🔥 1