fa
Feedback
sharoitplus.uz

sharoitplus.uz

رفتن به کانال در Telegram

Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi Tel: +998 (55) 500-50-60 E-mail: info@sharoitplus.uz www.sharoitplus.uz Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС» Tel: +998 (55) 500-50-60 E-mail: info@sharoitplus.uz

نمایش بیشتر
1 721
مشترکین
-124 ساعت
-117 روز
-3830 روز
آرشیو پست ها
#новости 💙🇺🇸 Представители The Stirling Foundation посетили главный офис «Sharoit Plus» и ознакомились с нашей деятельностью
4 декабря 2024 года менеджеры проектов The Stirling Foundation Энди и Шири Ларсен провели встречу в главном офисе ООИ «ШАРОИТ ПЛЮС» с председателем нашей организации Мухаббат Рахимовой и членами Кенгаша.
На собрании председатель Кенгаша ООИ «ШАРОИТ ПЛЮС» Мухаббат Рахимова, а также члены Кенгаша Улугбек Маматхонов, София Акрамова и недавно избранный Мамур Ахлиддинов, а также исполнительный директор нашего социального предприятия «PRAXIS PLUS» Азиз Абдуллаев подробно рассказали о деятельности организации и реализуемых проектах. Представители The Stirling Foundation выразили удовлетворение начатым сотрудничеством и сообщили, что фонд выделил грантовые средства на реализацию двух наших проектов. 👉 Читайте подробно на нашем вебсайте Доступные условия для всех! Поддержи проекты | Стань волонтёром | Стань членом www.sharoitplus.uz/ru

#yangilik 💙🇺🇸 The Stirling Foundation vakillari «Sharoit Pluys» bosh ofisiga tashrif buyurib faoliyatimiz bilan tanishishd
+2
#yangilik 💙🇺🇸 The Stirling Foundation vakillari «Sharoit Pluys» bosh ofisiga tashrif buyurib faoliyatimiz bilan tanishishdi 2024-yil 4-dekabr The Stirling Foundation loyiha menejerlari Endi va Shiri Larsen Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi bosh ofisida tashkilotimizning raisi Muhabbat Rahimova va Kengash a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Yig‘ilishda «SHAROIT PLYUS» NJB Kengashi raisi Muhabbat Rahimova hamda a’zolari Ulug‘bek Mamatxonov, Sofiya Akramova va yangi saylangan Ma’mur Ahliddinovlar tashkilotimiz faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil gapirib berishdi. The Stirling Foundation vakillari tashkilotimizning ikkita loyihasini amalga oshirishga grant mablag‘larini ajratganligi va boshlangan hamkorlikdan mamnun ekanliklarini bildirishdi. 👉 Batafsil veb-saytimizda o’qing Barcha uchun qulay sharoitlar! Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling www.sharoitplus.uz

Repost from N/a
🏛 «Sharoit Plyus» yangi bosh ofisda! 28-noyabr kuni «Sharoit Plyus» nodavlat notijorat tashkiloti bosh ofisi tantanali ochildi. Ochilish marosimida tashkilotning doimiy hamkorlaridan biri Jahon banki, Yandex O‘zbekiston, shuningdek, Yunusobod tumani hokimiyati, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, bosh ofis joylashgan «Bobodehqon» mahallasi vakillari ishtirok etishdi. Ochilish marosimida «Sharoit Plyus» nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Muhabbat Rahimova so‘zga chiqib, kelgan mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi va tashkilot faoliyati haqida qisqa taqdimot bilan tanishtirdi. Mehmonlardan Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova so‘zga chiqib, «Sharoit Plyus» tashkiloti bilan uch yildan beri hamkorlik qilayotgani va bundan mamnun ekanini aytar ekan, kelajakda yangi loyihalar ustida birga ishlashini davom etishini bildirdi. Maqolani quyida havola orqali batafsil o‘qishingiz mumkin. Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | X

#проект Развитие специальной онлайн библиотеки аудиокниг для людей с инвалидностью Kitob Plus (продолжение проекта) Как вам и
#проект Развитие специальной онлайн библиотеки аудиокниг для людей с инвалидностью Kitob Plus (продолжение проекта) Как вам известно, 30 ноября 2023 года совместно с Агентством по делам молодежи состоялась презентация проекта «Китоб Плюс» — первой открытой и бесплатной онлайн-библиотеки аудиокниг для людей с инвалидностью. ООИ «ШАРОИТ ПЛЮС» смог получить грант Фонда Стерлинга в США на продолжение реализации данного проекта. 👉 Читайте подробно о проекте на нашем вебсайте Поддержите наши проекты: Поддержи проекты | Стань волонтёром | Стань членом Доступные условия для всех! www.sharoitplus.uz/ru

#loyiha 📚➕ Kitob Plus — nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun audiokitoblar onlayn kutubxonasini rivojlantirish (davomiy loyiha
#loyiha 📚Kitob Plus — nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun audiokitoblar onlayn kutubxonasini rivojlantirish (davomiy loyiha) 💁🏻‍♀️ Xabaringiz boʻlsa, 2023-yilning 30-noyabr kuni Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda birinchi koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va bepul audiokitoblarning onlayn kutubxonasi “Kitob Plus” loyihasini taqdimot qilgan edik. 🇺🇸Ushbu loyihani davomiy amalga oshirish uchun «SHAROIT PLYUS» NJB AQShning Stirling Jamg’armasidan grant olishga muvaffaq boʻldi. 👉 Loyiha haqida batafsil veb-saytimizda o’qing 🤝Loyihaning milliy hamkori: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Kitob Plus mobil ilovalarini yuklab oling: 📱 Play Market: http://bit.ly/kitobplus 📱 App Store: http://bit.ly/kitoblus-ios Ro‘yxatdan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz +998 (90) 808-73-31; +998 (99) 831-69-83 telefon raqamlariga murojaat qiling.
Loyiha kanaliga obuna bo‘ling: 📱 https://t.me/kitobplus_uz Kitob Plus — siz uchun maxsus! www.sharoitplus.uz

Специально ко Всемирному дню инвалидов подготовили карточки с полезными советами для властей и бизнеса Что бы добавили вы? Ка
+6
Специально ко Всемирному дню инвалидов подготовили карточки с полезными советами для властей и бизнеса Что бы добавили вы? Как общество может помочь людям с инвалидностью социализироваться и адаптировать город под их потребности? Пишите в комментариях В 2022 году Хук разбирался, как живут люди после ампутации, какая организация занимается развитием протезирования и почему частные инициативы не очень помогают 👊 Поддержать Хук и помочь нам делать работу качественнее можно тут, или поставив платную реакцию на этот пост Наш YouTubeНаш Instagram @hook_report

«Людям с инвалидностью нужны не льготы, а возможности». История Мирали Гиясова Герой очередного проекта «Воля» — Мирали Гиясо
«Людям с инвалидностью нужны не льготы, а возможности». История Мирали Гиясова Герой очередного проекта «Воля» — Мирали Гиясов, один из создателей проекта Kitob Plus и разработчик синтезатора речи для узбекского языка. Он преподаёт в школе для незрячих детей и считает, что человек ощущает себя инвалидом только тогда, когда между ним и обществом есть барьеры. https://www.gazeta.uz/ru/2024/12/03/iroda/ Telegram | Instagram | YouTube

3-dekabr – xalqaro nogironligi bor shaxslar kuni, bu sanada ularning muammolari haqida ko‘p va xo‘b gapiriladi. Nogironligi bor shaxslarning aytishicha, ular uchun bu kun bayram emas. Xo‘sh, ularning qanday muammolari bor, o‘zlari ko‘proq nima istashadi? Kun.uz shu savollar bilan ularga mikrofon tutdi. ▶️ YouTubdeda tomosha qiling: https://youtu.be/ljvGBl5ikD4?si=OjHhmsH7bUnNLt8b

Har kim ham qalbidagini ayta olsin: 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kunida USAIDning Biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi yordamida ZN Standard MChJ tomonida tashkil qilingan imo-ishora tili kursida tahsil olgan Marg'ubaning ajoyib hikoyasi bilan tanishing. U ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotida yosh avlodga imo-ishora tili orqali o‘z fikrlarini ifoda etishda yordam bermoqda. - - - - - Пусть каждый сможет сказать, что у него на сердце: в Международный день людей с инвалидностью присоединяйтесь к нам, чтобы отметить вдохновляющий путь Маргубы — талантливой участницы курса жестового языка, организованного ZN Standard ООО при поддержке Проекта USAID по поддержке бизнеса. Посмотрите, как она делится силой общения с юными воспитанниками специализированного детского сада, помогая им выражать свои мысли с помощью жестового языка. Telegram | Facebook | YouTube | LinkedIn

🌐 Dunyoda 1,3 milliarddan ortiq nogironligi bo'lgan odam bor, bu esa global aholi sonining 16 foizini tashkil etadi. Ular orasida 700 millioni ayollar va qizlar, 240 millioni esa bolalardir.
🇺🇸🇺🇿 Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuniga tashkilotimizning asosiy hamkorlardan biri va donori USAID O‘zbekiston tomonidan ajoyib rolik tayyorlanibdi. Videoda "SHAROIT PLYUS" NJB faol a’zolari va xodimlari O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirishdagi to‘siqlar haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan bo‘lishishgan.
▶️ YouTubeda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=d3nchwYGhuQ 📱 USAIDning «Barcha bolalar muvaffaqiyatli» dasturining Telegram kanaliga obuna bo‘ling: https://t.me/AllChildrenSucceeding #BarchaBolalarMuvaffaqiyatli #BizHaqimizdaFaqatBizOrqali

🎉3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni " QANDAY NISHONLASH KERAK" mavzusida suhbatlashamiz. 👍👍👍Volontyorlar, "Oltin Qanot" v
🎉3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni " QANDAY NISHONLASH KERAK" mavzusida suhbatlashamiz.
👍👍👍Volontyorlar, "Oltin Qanot" volontyorlar tomonidan tashkil etilayotgan ovozli chatga taklif etamiz!
🗓Sana: 3-dekabr, 2024-yil ⏰Vaqt: 20:00da 🔠Spikerlar:
⏺️ Akramova Sofiya 🔰Toshkent shahar”Sharoit plyus” nogironlar jamoat birlashmasi hodimi, 🔰Ijtimoiy ishchi, 🔰Xelsinki Fondi :"Nogiron farzandi bor onalarni huquqiy koʻnikmasini oshirish" loyihasi koordinatori, 🔰Jahon banki: Oʻzbekistonda nogironligi bor shaxslarga iqlim oʻzgarishining taʼsir qilishi haqida tadqiqotchisi, 🔰Toshkent shahrida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sharoitlar monitorinigi oʻtkazish mutaxassisi
🎁Yangi bilimlarga va yangi loyihalar haqida xabardor bo'ling. 🌐Bizni kuzatib boring👇 Telegram  | Instagram | Facebook | YoutubeWeb

🌐♿️ Сегодня, 3 декабря — Международный день людей с инвалидностью! 🇺🇳 Организация Объединённых Наций (ООН) провозгласила 3
🌐♿️ Сегодня, 3 декабря — Международный день людей с инвалидностью! 🇺🇳 Организация Объединённых Наций (ООН) провозгласила 3 декабря Международным днем людей с инвалидностью. Этот день посвящен защите прав людей с инвалидностью и повышению осведомленности общества о необходимости создания условий, при которых они могли бы быть полноправными членами нашего общества. 🗣 Каждый год ООН определяет тему для 3 декабря, чтобы привлечь внимание к существующим проблемам и способствовать их решению. Тема этого года:
"Укрепление лидерства людей с инвалидностью на пути к инклюзивному и устойчивому будущему." Эта тема подчеркивает важную роль людей с инвалидностью в создании инклюзивного и устойчивого мира для всех. Она также акцентирует внимание на значении их участия в процессах принятия решений, которые влияют на их жизнь, следуя принципу "Ничего о нас без нас"!
🇺🇿 А каких лидеров с инвалидностью вы знаете в Узбекистане? Что мы можем сделать, чтобы такие лидеры, особенно среди молодежи, становились более заметными? Поделитесь своими мыслями и предложениями в комментариях! Доступные условия для всех! Поддержите наши проекты: Поддержи проекты | Стань волонтёром | Стань членом www.sharoitplus.uz/ru

🌐♿️ Bugun 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni! 🇺🇳 Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan 3-dekab
🌐♿️ Bugun 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni! 🇺🇳 Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan 3-dekabr –Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni deb e’lon qilingan. Bugun dunyo bo‘ylab nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish va ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zolari bo‘lishlari uchun keng jamoatchilikni xabardorligini oshirish kuni. 🗣️ Har yili BMT 3-dekabr mavzusini tanlaydi va jamiyatimizda to‘planib qolgan muammolarni yechishga e’tibor qaratadi. Bu yilgi mavzu:
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv va barqaror kelajak yo‘lidagi yetakchiligini kuchaytirish." Ushbu mavzu nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha uchun inklyuziv va barqaror dunyo yaratishdagi muhim rolini tan oladi. Shuningdek, bu mavzu nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotlariga ta’sir ko‘rsatadigan qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etishining ahamiyatini ta’kidlaydi.
🇺🇿 O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan qaysi yetakchilar bilasiz? Bunday yetakchilarni ayniqsa yoshlar orasida ko‘paytirishimiz uchun nimalarni qilishimiz kerak? Izohlarda o‘z fikr-mulohazalaringiz bilan bo‘lishing! Barcha uchun qulay sharoitlar! Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling www.sharoitplus.uz

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar! 🎙 BMT Taraqqiyot Dasturi va HuquqPlus.uz veb-portali huquqshunoslari bilan Instagramdagi jonli efirimiz boshlandi! 🔗 Ishtirok etish uchun havola: https://www.instagram.com/undpuzbekistan/live/18067041715662629?igsh=aWZ3MWFwOXoweGFz ‼️Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun huquqiy yordam va xizmatlar haqida haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyatini boy bermang. Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

Repost from huquqplus.uz
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar! 🎙 Ertaga BMT Taraqqiyot Dasturining 16 kunlik kampaniyasi doirasida HuquqPlus.uz — n
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar! 🎙 Ertaga BMT Taraqqiyot Dasturining 16 kunlik kampaniyasi doirasida HuquqPlus.uz — nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali huquqshunoslari bilan jonli efir o‘tkaziladi.
🗓 Sana: 3-dekabr ⌛ Vaqt: 14:00 📱 Jonli efir BMT Taraqqiyot Dasturining Instagram sahifasida: https://www.instagram.com/undpuzbekistan/
ℹ️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun huquqiy yordam va xizmatlar haqida bilib oling! 🟠 Mavzular: 🔸Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari va qonunchilik; 🔸Ijtimoiy himoya va imtiyozlar; 🔸 Adolatga erishishda diskriminatsiyani bartaraf etish; 🔸Savol-javob va huquqiy resurslar haqida ma’lumot. 📢 Tafsilotlar uchun kuzatishda davom eting!

#podkast
🎗🇺🇿Eslatib o‘tamiz "O‘zbekistonda OIV bilan yashovchi insonlarning huquqlari qanday himoya qilinadi?" mavzusida “ISHONCH VA HAYOT” “ISHONCH VA HAYOT” RNNT Toshkent shahar bo‘limi boshlig‘i va o‘quv dasturi koordinatori — Tashmatov Davron Abdurahmanovich bilan ochiq suhbat qilgan edik.
💁🏻‍♀️ Ushbu podkastni tinglab, siz OIV/OITS bilan bog'liq barcha savollaringizga javob topishingiz mumkin. 🔗 Batafsil vebsaytimizda o‘qing va tinglang: https://sharoitplus.uz/podkast-ozbekistonda-oits-bilan-yashovchi-insonlarning-huquqlari-qanday-himoya-qilinadi/ 📲 Podkastlarimizga obuna bo‘ling: Yandex.Музыка | Google Podcasts | Apple Podcasts | Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

🌐🎗1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni Ushbu kun har yili butun dunyo odamlarini OIVga qarshi kurash, OIV bilan
🌐🎗1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni Ushbu kun har yili butun dunyo odamlarini OIVga qarshi kurash, OIV bilan yashayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va OITS tufayli hayotdan ko‘z yumganlarni yod etishda birlashtiradi.
Ushbu kun bizga OIV epidemiyasi hali tugamagan va oldimizda muhim vazifalar turgani haqida eslatma. 2024-yil mavzusi — “To‘g‘ri yo‘lni tanlang — inson huquqlari yo‘lini.” Biz faqat har bir insonning huquqlari himoya va hurmat qilish orqali OITSni yengishimiz mumkin.
🔴 Nega bu muhim? OIV bilan yashayotgan insonlar hanuzgacha kamsitish va stigma bilan yuzlashmoqda. Tengsizlikni kamaytirish, ijtimoiy to‘siqlarni bartaraf etish va inson huquqlarini himoya qilish epidemiyani yengishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. 🤝 Bu yil "SHAROIT PLYUS" NJB bu sohada "ISHONCH VA HAYOT" RNNT bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Birgalikda biz OIV tamg‘asidan xoli jamiyat yaratishimiz mumkin. Har bir kishiga yordam va qo‘llab-quvvatlash imkoniyati taqdim etilishi kerak!
ℹ️ Hamkorimiz “ISHONCH VA HAYOT” RNNT haqida batafsil ma’lumot uchun: https://plwh.uz/ ☎️Ishonch telefoni: (55) 503-06-00 📱 Telegram kanal: https://t.me/plwhuz
Inson huquqlari yo‘lini tanlang — bu epidemiyani yengish yo‘lini! ❤️ #OITSgaQarshiKurash

📣 Информационное агентство UzNews.uz подготовило репортаж об открытии нашего головного офиса. Выражаем благодарность журналистке UzNews.uz Азизе Жураевой и всей команде информационного агентства за отличный репортаж. 👉 Подробно читайте на нашем веб-сайте Равные условия для всех! Telegram | Instagram | YouTube | Facebook www.sharoitplus.uz/ru

Hurmatli obunachilar!
🎙️ 29-noyabr "Nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlik nima va undan qanday himoyalansa boʻladi?" mavzusida Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), gender tengligi masalalari bo‘yicha mutaxassis, ayollar huquqlari himoyachisi — Kamola Aliyeva bilan bo’lib o’tgan Huquq+ podkastni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, yozib olingan audioni tinglang.
❓Ovozli chatda mehmonimiz tomonidan quyidagi savollarga batafsil javob berildi: 2:07 Mehmonimiz bilan tanishuv 2:59 Tazyiq va zo’ravonlik nima va ularning bir-biridan farqi? 5:50 Shilqimlik uchun javobgarlik belgilanganmi? 7:19 Zo’ravonlik turlari, belgilari, amalga oshirilish shakllari va bir-biridan farqi 8:07 Jismoniy zo’ravonlik 9:33 Jinsiy zo’ravonlik 10:39 Iqtisodiy zo’ravonlik 11:23 Ruhiy zo’ravonlik 12:13 Shahvoniy tegajog’lik, shilqimlik 15:06 Nogironligi bo’lgan ayol-qizlarning zo’ravonlik va tazyiqqa uchrashlari 15:46 Nogironligi bo’lgan ayol-qizlarning zo’ravonlik va tazyiqdan himoyalanishdagi huquqlari 17:51 Ishonch telefonlari orqali zo’ravonlik haqida xabar berish (1259, 1140, 1146) 19:11 Ijtimoiy ishchi, xotin-qizlar faoli va uchastka noziri orqali murojaat qilish 22:38 Murojaat qilishda qiyinchilikka duch keladigan eshitishda nogironligi bo’lgan ayol-qizlarni himoya qilishga oid tashabbuslar 27:08 “Inson” ijtimoiy markazlarining nogironligi bo’lgan ayol-qizlarni himoya qilishdagi o’rni 28:01 Hech qanday yordam olish imkoni bo’lmaganda OAV ga murojaat qilish. “Sukut saqlama” (“Не молчи”), huquqplus.uz loyihalari haqida 29:56 “Xotin-qizlar qo’mitasi” faoliyati haqida 32:33 Mahallalardagi xotin-qizlar faollari va ularning vazifalari 35:30 Himoya orderi nima, uning imkoniyatlari va qanday olish mumkin? 45:06 Shelterlar-ayol-qizlarni reabilitatsiya qilish markazlari haqida 57:33 daqiqadan boshlab podkast ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berib o’tildi Telegram | Instagram | YouTube #podkast

📣 28-noyabr kuni Toshkentda bo’lib o’tgan yangi bosh ofisimiz ochilish marosimi haqida UzNews.uz axborot agentligi reportaj tayyorladi. UzNews.uz jurnalisti Mohinur Umrzoqova va axborot agentligi jamoasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 👉 Batafsil veb-saytimizda o’qing Barcha uchun qulay sharoitlar! Telegram | Instagram | YouTube | Facebook www.sharoitplus.uz