cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati

Sariosiyo tumani hokimligining rasmiy kanali Tuman hokimiga @Sariosiyo_404bot orqali murojaatingizni yo'llashingiz mumkin.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
6 443
مشترکین
+1224 ساعت
+97 روز
+8830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
🇯🇵KOBE-2024 (Yaponiya). Sariosiyo o‘g‘loni Ma’ruf Murodullayev – Jahon chempionati sovrindori 🏃🏻‍♂️2024-yilning 17-25-may kunlari Yaponiyaning Kobe shahrida Para yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida 400 metr (T47)ga yugurish bo‘yicha Sariosiyolik Murodullayev Ma’ruf Fayzullayevich 🥉3-o‘rinni egallab, bronza medalni qo‘lga kiritdi. ☝🏻Eslatib o‘tamiz: Ma’ruf Murodullayev 2024-yilning 13-15-iyun kunlari Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro Gran-pri musobaqasida ishtirok etadi! 🇫🇷 "Parij - 2024" XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritish arafasida!!! 💐Sportchimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklab, navbatdagi musobaqasida ulkan zafarlar tilaymiz! |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
نمایش همه...
👍 3🔥 2
00:53
Video unavailableShow in Telegram
📢 Sariosiyo tumani aholisi diqqatiga! 📆 Bugun, 25-may kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Sariosiyo tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi. 📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin. ☎️ Murojaat uchun telefonlar: (76) 223-54-58; (76) 223-54-67 📲 Telegram: (99) 482-00-77 📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televideniye orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Sariosiyo tumanidagi 18-maktab - 2023-2024-o‘quv yili davomida "Otalar yig‘ilishi" va "Otalar qabul kunlari"ni o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi namuna ko‘rsatgan maktab 🔹Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra, Sariosiyo tumanidagi 18-maktab - 2023-2024-o‘quv yili davomida "Otalar yig‘ilishi" va "Otalar qabul kunlari"ni o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi namuna ko‘rsatgan maktab deb topildi. 🫥Mazkur maktab jamoasini Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev va boshqarma jamoasi nomidan qutlab, kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! 🗣So‘rovnomada ishtirok etgan barchaga rahmat! Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
نمایش همه...
👍 1
02:19
Video unavailableShow in Telegram
Xayr, maktabim! ⚡️Aziz bitiruvchilar, qadrli o‘g‘il-qizlar! 🔘Mana, hayotingizdagi eng hayajonli va unutilmas kun ham yetib keldi — siz jonajon maktabingiz bilan xayrlashmoqdasiz… ☑️Sizga mustaqil hayotda omad, muvaffaqiyat yor bo‘lsin! Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
نمایش همه...
1
01:20
Video unavailableShow in Telegram
#Tabrik Aziz bitiruvchilar, qadrli o‘g‘il-qizlar! Mana, hayotingizdagi eng hayajonli va unutilmas kun ham yetib keldi — siz jonajon maktabingiz bilan xayrlashmoqdasiz… Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Qoʻngʻiroq tarixi: sinflarda chalingan dastlabki qoʻngʻiroqlar Ta’lim muassasalarida dastlabki qoʻngʻiroqlardan foydalanish Qadimgi Yunonistondagi Aflotun akademiyasida joriy qilingan. Aflotun foydalangan qoʻngʻiroq bugungi qoʻngʻiroqlardan ancha farq qilgan. Unda jarang hosil qilish uchun suv va naydan foydalanilgan. XVII asrga kelib, qoʻngʻiroq uchun yangi tizimdan foydalanishga oʻtiladi. Chexiyalik oʻqituvchi Yan Amos Komenskiy darslarni qoʻngʻiroq bilan tugatish gʻoyasini ilgari surib, sinfda koʻchma yoki statsionar qoʻngʻiroqdan foydalangan. XX asrga kelib, qoʻngʻiroqning ancha takomillashgan turi – elektr qoʻngʻiroqlar keng tarqaldi. XIX asrda ingliz muhandisi Uilyam Sterjen birinchi elektromagnitni yaratdi. Shundan keyin Iogan Vagner va Kristian Niff tebranish bolgʻasini ixtiro qildi. Bu – elektr qoʻngʻiroqning paydo boʻlishi uchun muhim ixtiro edi. |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
نمایش همه...
👍 1
06:02
Video unavailableShow in Telegram
🎤 Tonggi tarona 🎼 “Xayr, maktabim!“. 🎬 “Setora“ guruhi va Ravshan Sobirov ijrosida. |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
25-may sanasini soʻnggi qoʻngʻiroq sifatida nishonlash qachondan boshlangan? Soʻnggi qoʻngʻiroqni 25-may sanasida nishonlash 1948 yilda Rossiyada boshlangan. Bu an’ana Krasnodar shahridagi 182-maktab direktori Fyodor Bryuxovetskiy tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, bilimlar kuni, maktabda navbatchi sinflarni tashkil qilish, 1-sinf oʻquvchilari uchun alifbo bilan xayrlashish kabi an’analarni ham Fyodor Bryuxovetskiy olib kirgan. Keyinchalik bu gʻoyalar butun ittifoq boʻylab yoyilgan va ularning aksari hozirgacha davom etadi. |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga tabrik yo'lladi
Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang.
Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
نمایش همه...
👍 6 1👏 1🤗 1
#yer_nazorati ⚡️Sariosiyo tumanida yer nazorati tadbirlari davom etadi 📍Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Sariosiyo tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan, tumanning “Gulobod” mahallasi hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. 📑 Nazorat tadbirlari davomida fuqarolar tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz davlat zaxirasidagi qishloq xo‘jalik xaritasining 7q-dala konturidan 8 ta holatda 0.50 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi holati aniqlandi. 📝Holat yuzasidan tuman inspektorlar tomonidan fuqarolarga tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ogohlantirish xatlari berilgan. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
نمایش همه...
👍 5👏 1🤔 1🫡 1