cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

SAMDCHTI | RASMIY KANALI

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmatiga murojaat 👉 @Axborot_xizmatiga_murojaat_bot Reklama 👉 @reklama_talablari Reklama va murojaatlar uchun 👉 @jurnalist_nutqi

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
6 061
مشترکین
-424 ساعت
-307 روز
+4130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Mahalla Mahallalardagi yoshlarning holidan xabar olish ishlari davom etmoqda Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan mahallardagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning holidan xabar olish ishlari tizimli yo’lga qo’yildi. Bu borada mas’ullarga kerakli ko’rsatmalar berilib, mahalla yoshlariga biriktirildi. Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti mas'ullariga biriktirilgan mahalla yoshlarining holidan xabar olish maqsadida institut prorektorlari Fazliddin Ro'ziqulov hamda Otabek G'aybullayevlar Samarqand shahridagi “Mulyoni-poyon” va “Guliston” mahallalarida bo’lishdi. Jarayon davomida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazilib, ularning fikr-mulohazalarini tinglandi. Jumladan, ularning extiyojiy jihatlari eshitilib, institut tomonidan moddiy ko'mak berish ishlari amalga oshirildi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
نمایش همه...
👍 5👌 1
Institut qabul kamissiyasi a’zolari bilan ogohlantiruv suhbati o’tkazildi Hozirgi vaqtda respublikamizda 2024/2025 o'quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar institutida abituriyentlarning murojaatlariga javob berish va ular batafsil ma’lumot olishlari uchun “Call-markaz” va ''Maslahat markazlari"ning faoliyatini yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi bosh mutaxassisi F.Abduraxmonov SamDCHTI qabul kamissiyasi a’zolari bilan ogohlantiruv suhbatini o’tkazdi. Unda qabul jarayoni vaqtida korrupsiyaviy holatlarga yo’l qo’ymaslik, agarda ushbu holat sodir etilgan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda qattiq jazo choralarining ko’rilishi alohida uqtirildi. Shuningdek, xodimlar o‘z vazifalarini halol va vijdonan bajarishlari, korrupsion xatti-harakatlarga toqatsiz bo'lishlari bildirib o’tildi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
نمایش همه...
👍 4👏 3
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi bitiruvchilari kumush medallar bilan taqdirlanishdi Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi bitiruvchilari o'quv yilini muvaffaqiyatli yakunlab, yangi hayot sari qadam qo'ymoqda. SamDCHTI o’quv ishlari bo’yicha prorektori, akademik litsey direktori Fazliddin Ro'ziqulov litsey bitiruvchilarini ta'lim dargohini muvaffaqiyatli yakunlagani munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. Jarayon davomida bitiruvchilarga diplomlar topshirish bilan bir qatorda a'lo baholar bilan tamomlayotganlari kumush medallar bilan taqdirlanishdi. O’zlashtirish ko'rsatkichlari yuqori, fan olimpiada va musobaqalardagi faxrli natijalarga erishgan bitiruvchilar sertifikat va esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi. Batafsil: 👉 https://samdchti.uz/uz/news/view/2901 SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
نمایش همه...
👍 7 2🔥 1👏 1
#Tabrik Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Muborak Qurbon hayiti mohiyatida mujassam bo‘lgan xayr-u saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda jamiyatimizda keng targ‘ib etish xalqimizga xos bo’lgan insoniy fazilatlardandir. Avvalo, bu qutlug‘ bayramda barchamiz shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. Ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan Sizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni diyonat, ezgulik va fayz-baraka ayyomi – muborak Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu muqaddas kunda barcha ezgu amallaringiz, xayrli ishlaringizni Yaratganning o‘zi ijobat qilsin! Xonadoningizga fayz, dasturxoningizga baraka, el-yurt ravnaqi, kelajak avlod tarbiyasi, ta’lim dargohimizning nufuzini yanada yuksaltirish borasidagi fidokorona faoliyatingizda omad yor bo‘lsin! Jonajon Vatanimiz, xonadonimizda tinchlik, osoyishtalik bardavom bo‘lsin! Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin! Hayotimizning faravonligi, turmushimizning obodligi hamda ilm-fanning jadal sur'atlarda taraqqiy etishiga tilakdoshman. Kelgusi yilda ham Yaratgan barchamizni muqaddas Qurbon hayitida shod-u xurramlikda, yorug' yuz bilan uchrashtirishni nasib aylasin. Sog‘ va omon bo‘ling! Bahodir Aliqulovich Xoliqov, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori
نمایش همه...

👍 38🕊 7 6🔥 4👏 2👌 1
Repost from Edu.uz
#Ovozli_chat #qabul2024 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat boshlandi Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi. Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Chatga ulanish: 👉https://t.me/BaholashUz?livestream ❕ Eslatma: oldingi ovozli chatlarda javob berilgan yoki mavzuga aloqador boʻlmagan savollar berilmasligi so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👍 4👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
🎓 Gid-ekskursovod kursiga start boshlandi. 🥇 Ushbu kursni bitiruvchilar bir mavsumda o'qish uchun qilgan xarajatlarini 10 barobar ishlab topishi mumkin. 💸 Bizni kursimizni bitirganlardan so‘rashingiz mumkin. Hozirgi kunda Gid-ekskursovodlik bilan o'rtacha bir kunda endi boshlaganlar 52$, mutaxassislar esa 500$ gacha topmoqda. ✔️ Bitiruvchilarga maxsus diplom TURIZM mavsumi boshlangan vaqtda beriladi; ✔️ Kurs davomiyligi 4 oy, 4,000,000uzs 🏦 To'lovlar istalgan shaklda shartnoma asosida amalga oshiriladi: ❗️Samarqand davlat chet tillar instituti talabalariga ma'lum talablar asosida maxsus chegirmalar, bonuslar mavjud. 🏃 Shoshiling joylar soni cheklangan. Guruh to‘lishiga 5 kishi qoldi. 🤩 Agar qiziqsangiz +998933515157 raqamiga yozing yoki quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting ⬇️ @ZukkoEdu_bot
نمایش همه...
👍 5 2💋 1
Photo unavailableShow in Telegram
💵High-Paying Job Offer for Auto Transport Brokers -💸 From $600 to $3000 monthly salary -👨‍🏫 Free training -🤝 Friendly team -🏬 Comfortable workplace 🗣 Requirements: Basic English speaking and listening skills -🏢Location: Samarkand Sizda Logistika kompaniyasida ishlab, yuqori maosh olish imkoni bor: -💸 Oylik $600 dan $3000 gacha -👨‍🏫 Bepul training -🤝 Do'stona jamoa -🏬 Qulay ish joyi Talablar juda oddiy: Ingliz tilida erkin muloqot qilish 🏢Manzil: Samarqand -Murojaat uchun📩 Samarqand: @Contact_AFC
نمایش همه...
👍 5 2🔥 1😍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#O'qishga_marhamat ⚡️ IELTS ballini 2oyda +1,5 ballga ko’tarmoqchi bo’lganlar uchun ajoyib yangilik! Sizni 2 oyga mo’ljallangan “IELTS TURBO” o'quv kursimizga taklif qilamiz. ⏰ Haftada 5 kun dars. 2 ta professional tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi! ✅ O’quvchilar 5.5 yoki yuqoriroq darajadagi bilimga ega bo’lishlari lozim. 🤙Natija 100% kafolatlanadi! ☎️ Kursga qo'shilish uchun: +99888 131 27 00 yoki @Samarkand_Manager ga murojaat qiling! @Registan_Samarkand
نمایش همه...
👍 3👌 2
Rektor bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov Sharq tillari fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili ta‘lim yo'nalishi bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashdi. Jarayon davomida bitiruvchi bosqich talabalariga bo‘sh vaqtlarida mazmunli, samarali hamda ilmiy ishlar ishlar bilan shug‘ullanishlari kerakligi ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, rektor yakuniy davlat attestatsiya sinovlariga mukammal tayyorgarlik ko‘rishlari hamda talabalarga o‘quv dargohini muvaffaqiyatli tamomlashida omad yor bo‘lishini bildirdi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
نمایش همه...
👍 10
Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari jarayonlarining shaffofligi ta'minlanmoqda Xabaringiz bor, hozirgi vaqtda Samarqand davlat chet tillar institutida bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiya sinovlari o‘tkazilmoqda. Jarayon davomida institut rahbariyati vakillari va komissiya a’zolari bitiruvchi talabalar bilan uchrashishdi hamda ularga yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini muvaffaqiyatli o’tkazishida omad yor bo’lishini ta’kidlab o’tishdi. Jarayonning shaffofligi, adolatliligi hamda ochiqligini ta'minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari nazorat qilishmoqda. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
نمایش همه...
👍 7💋 1
آرشیو پست ها