cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Bor gaplar...

Bor gaplar, bo‘ladigan gaplar. Biroz yumor, sarkazm va satira...

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
149
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Dunyo bo’yicha shifokorlarga eng yuqori oylik beriladigan AQSh va Kanadada “Shifokorlar shaharchasi” yo’q, bizda esa shifokorlarning oyligi “kopeyka”, biroq “Shifokorlar shaharchasi” bor. Dunyo tan olgan yozuvchilari Nobel mukofotiga loyiq topilgan Anglya, AQSh va Kanadada “Yozuvchilar uyushmasi” yo’q, bizda esa bironta yozuvchi Nobelga loyiq topilmagan, biroq “Yozuvchilar uyushmasi” bor. Kashfiyotlari bilan insoniyat tarixida muhim rol o’ynagan, ko’plab olimlari Nobel mukofotini olgan AQSh, Germaniya, Anglya, Fransiyada “Professorlar shaharchasi”, “Akademiklar shaharchasi” yo’q, bizda esa ikkilasiyam bor faqat nobel olgan olim yo’q. Oliy ta’limni sanoat darajasida daromad keltiruvchi sohaga aylantirgan, butun dunyodan talabalarni qabul qiluvchi AQSh va Anglyada “Talabalar shaharchasi” yo’q, bizning universitetlarimiz esa endi Top-1000ka kirish harakatida, biroq “Talabalar shaharchasi” bor. O’qituvchilariga Imperatordek hurmat ko’rsatadigan Yaponiyada “O’qituvchilar kuni” yo’q, bizda o’qituvchilar paxtadan endi qutilib, xashardan esa hali qutila olmayotgan, ota-onalardan (bazan o’quvchilardan ham) kaltak yeb, hokimdan so’kish eshitib turadi, biroq “O’qituvchilar kuni” bor. Mehnatkashlar huquqini himoya qilib ish tashlash bo’yicha rekorchi davlat Fransiyada “Kasaba uyushmalari kuni” yo’q, bizda esa bor-yo’qligi bilinmaydigan kasabachilarning alohida kuni bor. Va nihoyat, matbuot erkinligi reytingida eng yuqori o’rinlarda turuvchi davlatlarning birontasida “Jurnalistlar bog’i” borligini eshitmaganmiz, ammo jurnalist “ovi” faol ketayotgan, maqolalar tez-tez “404” bo’lib qoladigan yurtda endi “Jurnalistlar bog’i” bor. Qanaqadir boshqa ko’chalarda yuribmiz. Asosiy ish qolib mayda narsalarga o’ralashib, shakl va xo’jako’rsin bilan ovvora bo’lib qolgandekmiz go’yo. Davlat hamma narsaga tashabbuskor, olomon esa bayroq ko’tarib “uraaa” deb berish kerakdek. Komunizmning hidi kelyapti. Obidjon Latipov
نمایش همه...
🔥 4👍 1
Repost from Yoshlar ovozi
Photo unavailableShow in Telegram
#moliyaviy_savodxonlik 🤔 Kreditmi yoki “rassrochka” Bizga doimiy kelib tushadigan savollardan biri — bu bankdan kredit olish foydaliroqmi yoki do‘konning o‘zida “rassrochka”dan foydalanish? Keling, buni aniq misol bilan ko‘rib chiqamiz. “Rassrochka” O‘zbekistondagi elektron do‘konlardan biriga kiramiz, bizga kerak bo‘lgan kir yuvish mashinasini topamiz. Uning narxi deyarli 6,5 mln (6 589 000) so‘m ekan. 12 oyga eng arzon muddatli to‘lovni tanlaymiz. Jami biz bir yilda 6,5 mln so‘mlik kir yuvish mashinasi uchun 9 mln 389 ming so‘m to‘lar ekanmiz. Bu bir yilda texnika narxiga nisbatan 42,4 foiz ko‘proq to‘laysiz degani. 🏦 Endi O‘zbekistondagi banklardan biridagi iste’mol krediti bilan qiziqamiz... Batafsil https://yoshlarovozi.uz/oz/news/kreditmi-yoki-rassrochka 👋 Bizni kuzatib boring: Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
نمایش همه...
👍 1
❗️Jins boʻyicha kamsitishni targʻib qilish endilikda 6,6 mln so‘mgacha jarimaga sabab bo‘ladi Jins boʻyicha kamsitishni targʻib qilish, shu jumladan, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan ochiq inkor etish, ushbu mazmundagi qarashlarni, gʻoyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, xuddi, shuningdek, bunday xatti-harakatlarni omma oldida oqlash va (yoki) ragʻbatlantirish quyidagicha ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi: BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 300 ming soʻmdan 6 mln 600 ming soʻmgacha) miqdorda jarima.
نمایش همه...
🙏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Sizlarda ham shu ahvolmi?
نمایش همه...
😁 8
Urush bu – ko‘z yoshlar va qon, bu – bevalar va boshpanasizlar, bu – to‘zitilgan kulba, o‘ldirilgan yoshlik va tahqirlangan keksalikdir.
نمایش همه...
😢 4 1
Munosabatlar darz ketsa, yoki oilada ajrimlar boʻlsa, nega bir-biri bilan dushmandek boʻlib qoladi odamlar? Xoʻp, bir-biringizni sevib yurgan ekansiz, taqdir ekan (jurʼatsizlar oʻylab topgan gap), yoki xarakteringiz bir-biriga toʻgʻri kelmadi, munosabatlarni toʻxtatdingiz. Keyinchi? Bir-birini koʻrarga koʻzi yoʻq, tepa sochi tikka boʻlgan, alamzadalik bilan yurishadi doim. Ogʻzidan qoni kelsin, hammasi bir gʻoʻr, qaydanam uchratdim, u haqda boʻladigan suhbatlarda doim shu gap aytiladi. Ajrashgan er-xotinlarni olaylik. Ona doim otasini farzandlariga yomonlagan, bir-birining ustidan magʻzava agʻdargan. Shunchaki haqiqatni tan olib, hurmatni yoʻqotmay, sogʻlom munosabatlarni saqlab qolsa, boʻladiku. Eng kulguli tuyiladigan tomoni, erining yoki ayolining qarindoshlari bilan ham umuman aloqani uzib yuborishadi. Sobiq kelnoyimni koʻrib qolib, salomlashishga qoʻl uzatgan men ahmoq, Oʻzbekistonda yashayotganimni unutib qoʻyibman. Munosabatlar tugadimi, sobiq juftingizga nisbatan agressiya, nafrat, hammasini unutib yuborish kerak, tamom. Koʻrganda shunchaki salomlashish, gaplashishga toʻgʻri kelib qolsa, hech nima boʻlmagandek bosiq boʻlish kerak. Mardlik yaxshi narsa, ayriliqni ham mardlarcha tan ola bilish kerak. Xullas, yanga, akam (tugʻishgan emas) bilan ajrashganingizda mening nima aybim bor, salom berganda, alik olinge😂
نمایش همه...
😁 3👍 1
Kanalga qanday qoʻshilgansiz?Anonymous voting
  • Oʻzing qoʻshib qoʻygansan😒
  • Boshqa kanallarda postlaringni koʻrib qolib
  • Facebook orqali
  • Izohlarda javob yozaman
0 votes
Savolimga hamma javob berishi shart! Kanalni qancha vaqtdan beri kuzatasiz va aynan nima uchun? P/s: Eng koʻp vatdan buyon kuzatayotgan obunachimga sovgʻam bor)
نمایش همه...
Savolimga hamma javob berishi shart! Kanalni qancha vaqtdan beri kuzatasiz va aynan nima uchun? P/s: Eng koʻp vatdan buyon kuzatayotgan obunachimga sovgʻam bor)
نمایش همه...
Qizlaringizni oʻqitmang! Koʻpchilik ota-onalar qizini oʻqitishni xohlamaydi, bu fakt. Oʻgʻlining taʼlimiga koʻproq investitsiya kirgizadi. Ayrim qizlarni koʻrib, shunday qilishgani ham toʻgʻri deb oʻylayman baʼzida. Yon-atrofingizga qarang, birinchi, ikkinchi kursni tugatiboq, turmushga chiqayotgan, filologiyani tugatgan boʻlsa ham, oʻz ismini toʻgʻri yoza olmaydigan, viloyatdan kelib, 4 yil kayf-safo qilib, ota-onasining pulini shilib yurgan, keyin amallab turmushga chiqayotgan qizlar necha-necha. Oliy taʼlim faqatgina oʻqigan degan statusga ega boʻlish uchungina kontrakt, super kontrakt bilan, eng balli past joylarni tanlagan talaba qizlar bilan liq toʻla. Ular faqat pulning kushandasi. Har oy ijarasiga pul, yeb-ichishi, kiyinishi, kontrakt, yana qanchadan-qancha mayda xarajatlar. Oʻqishni tugatiboq turmushga chiqadi, eri ishlatadimi, ish topa oladimi, bu bilan qiziqmaydi ham koʻpisi. Bunday qizlarni juda koʻp koʻrganman, necha yil repitirorga qatnadim, kontraktimni toʻlashdi, soham boʻyicha ish topay, ota-onamga koʻmaklasha olmasam ham hech boʻlmasa oʻzimni eplay degan qizlar barmoq bilan sanarli. Viloyatdan shaharga kelib, u burchakdan bu burchakka biqinadigan, na biror kasb, na biror hunarning boshini tutmagan bunday qizlarga sarmoya kiritish gʻirt beʼmanilik, achchiq haqiqat shu. Oʻqigan qizning dunyoqarashi keng boʻladi degan fikr ham gʻirt absurd bu holatta. Yiqorida aytganimdek, filologiyani tugatib, oʻz ismini tuzuk yozolmaydigan, inyazni bitirib, inglizchada tuzukroq gaplasha olmaydigan qizdan nimadir kutish gʻalati. Prinsiplarimga qarshi chiqib, bu gaplarni aytish oson boʻlmadi, lekin haqiqat shu. Qizlarni oʻqitish kerak, faqat arziydiganini. Dardi koʻngilxushlik, kiyim-kechak boʻlgan qizni egasiga ertaroq topshirish kerak, choʻntak kushandalari ular shunchaki. Baʼzi qizlar, afsuski, sizlar shunga loyiqsizlar... @bor_gaplar
نمایش همه...
🔥 8
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.