cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Muslima - Qizlar Maktabi

Oʻzbekistondagi - ilk bor Qizlar Maktabining Telegram sahifasiga xush kelibsiz ✨ Turmush qurishga qadam ✨ Xech kimga aytilinmagan nozik sirlar ✨ Torlikdan-cheksizlikka qadar Sizdagi kamchilik bu sizni eng kuchli tomoningiz! @Muslima_Tolibjonovna

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
Advertising posts
189مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Birlik… Yuzning terisi bo'yin terisidan terining xossalari bilan farq qiladi. Ular bir-biriga juda yaqin bo'lsa-da, biri tugashi va ikkinchisi boshlanadigan aniq chiziq yo'q… Kaft terisi bilak terisidan xossalari jihatidan farq qiladi. Ammo yana, bu terini ajratuvchi chegaralar yo'q va uning barchasi bir xil teridir. Shuningdek… Odamlarning ruhlari xam xuddi shundaydir… Bir kishining ruhining namoyon bo'lishi va qiziqishlari bilan boshqa odamning ruhidan juda farq qiladi. Ammo bir kishining ruhining tugashi va boshqasining ruhi boshlanadigan aniq chegara yo'q. Chunki biz hammamiz birmiz…
نمایش همه...
Insonning Sanoqli Variantlari bor Yaratuvchining esa imkoniyatlari Cheksiz….
نمایش همه...
Niyat siz uchun nima?
نمایش همه...
QUCHOQLASHISH YURAK TANLAGAN YO'LDIR. I qism. Savol: Osho, nima uchun quchoqlashish bunchalik benihoya foydali terapevtik vosita? P.S. Men tiniqlik, donolik va analizni eng yaxshi terapevtik vositalar deb yurardim, ammo ularning bari quchoqlashish oldida axlatdek bo'lib qolarkan. Javob: Prem Amida, inson unga muhtoj bo'lishlariga muhtoj. Bu odamning eng fundamental istaklaridan biridir. Odam o'zini qayg'urilgandek sezmas ekan, u o'lishni boshlaydi. U toki o'zini kim uchundir ahamiyatli deb hisoblamas ekan, har holda bir odam uchun bo'lsa ham, uning butun hayoti ahamiyatsizlik kasb etadi. Shuning uchun, sevgi mavjud eng yaxshi terapiyadir. Dunyo terapiyaga muhtoj, chunki dunyoga sevgi yetishmayapti. Haqiqatda sevuvchi insonlardan iborat dunyoda hech qanday terapiyaga muhtojlik qolmaydi; sevgining o'zi yetarli bo'ladi, hatto yetarlidan ham ko'proq bo'ladi. Quchoqlashish bu sevgining, iliqlik va qayg'urishning bir ko'rinishi, xolos. O'zga insondan oqayotgan iliqlikni his qilishning o'zi sizdagi ko'plab kasalliklarni, muzliklarni, sovuq egoni eritib yuboradi. U sizni yana yosh bolaga aylantiradi. Hozirda psixologlar shuni aniqlashganki, bolani quchoqlamaguncha, o'pmaguncha, u ozuqa ololmaydi. Xuddi tana oziq-ovqatga muhtoj bo'lgani kabi, qalb sevgiga muhtoj. Siz bolaning barcha jismoniy ehtiyojlarini qondirarsiz, unga barcha jismoniy komfortni berarsiz, ammo agar quchoqlashish bo'lmasa, bola sog'lom borliqda ulg'aymaydi. U ich-ichining qayeridadir g'amginligicha, e'tiroz qilingancha, bee'tibor qoladi. Unga hamshiralik qilingan, lekin onalik qilinmagan. Shu narsa yana kuzatilganki, agar bola quchoqlanmasa, u kichrayishni boshlaydi - u hatto o'lishi ham mumkin - garchi qolgan barcha narsa uning uchun muhayyo qilinsa ham. Gap tana haqida ketar ekan, barcha g'amxo'rliklar qilingan, ammo bolani hech qanday muhabbat qurshab olmagan. U ajralib qolgan, borliq bilan aloqasi uzilgan. Sevgi bizning aloqamizdir, sevgi bizning tomirimizdir. Xuddi siz nafas olganingizdek - tana uchun bu nihoyatda muhim: nafas olishdan to'xtang va siz yo'qsiz - yana shu tarzda, sevgi bu ichki nafasingizdir. Qalb sevish orqali yashaydi. Analiz bu ishni qilolmaydi. Tiniqlik va donolik, bilim va olimlik bu narsani qilolmaydi. Siz terapiya haqida bilish kerak bo'lgan barcha narsani bilishingiz mumkin, siz bu borada mutaxassis bo'lishingiz mumkin, ammo agar siz sevgi san'atini bilmasangiz, siz faqatgina terapiya mo'jizasining yuzasida qolasiz. Siz bemorga, azob chekayotgan odamga ko'ngil berishni boshlagan lahza... yuzta holatdan to'qsonta odam asosan sevilmaganliklari uchun azob chekayotgan bo'ladi. Agar siz bemorning sevgiga bo'lgan ehtiyojini seza boshlasangiz, bemorning holati deyarli mo'jizaviy tarzda o'zgaradi. Davomi bor... ✍️ Ishqshunoslik
نمایش همه...
Ayolni yaratuvchi shunaqangi mukammal va goʻzal yaratganki… Faqat bu mukammalikni ayolni oʻzi bilmaydi, chunki bu mukammallik ayolni ichiga yashiringan. Keling siz bilan bu yashiringan mukammallikni ochamiz, xamma joyga sevgi boʻlib sachrab ketamiz…
نمایش همه...
Stress yoki depressiyadan chiqish xaqida gaplashamizmi?Anonymous voting
  • Xaa
  • Aynan menga kerakli mavzu 😊
0 votes
📍Erkak har doim ayolga muxtojlik sezadi. Uning ruhiy rivoji uchun ayol zarur! Chunki ayol uni to'ldiradi ya'ni to'ldiruvchi qismi hisoblanadi. Ayollik uning bir bo'lagi! 📌Ayolga bu muhimmas. Ayol o'z-o'zidan ruhiy rivojga tayyor yaratilgan. P.s: Odam Atodan ya'ni erkakdan keyin Momohavo ya'ni ayol yaratilgan. Erkakni to'ldirib turishi uchun ayol yaratilgan. Ayol esa shundog'am mukammalroq yaratilgan. ©️Paruk Pilo
نمایش همه...
Dono (haqiqiy) Sevgi - sensiz xam men bir butunmam, sen bilan birgalikda biz dunyolarni kashf qilamiz.
نمایش همه...