"EVRIKA" O'QUV MARKAZI
رفتن به کانال در Telegram
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov
نمایش بیشتر889
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+17 روز
-1430 روز
آرشیو پست ها
БЎШ КЕЛМА, АБИТУРИЕНТ!
1. Эртага имтиҳон деб ўқинг; 2. 15 кундан кейин жавоб чиқади деб ўқинг; 3. Яна бир йилингиз бекор ўтишини ўйлаб ўқинг; 4. Отажонингиз онажонингиз ва бошқа сизга умид боғлаганларни ишончини оқлаб, эртага бюджетга ўқишга киришни ўйлаб ўқинг. 5. Мен ўқишга кирдимииииим, деб бақиришни ўйлаб ўқинг; 6. Қувонч кўз ёшлари учун ўқинг; 7. Устозларни шунча вақти бекорга кетмаганини исботлаш учун ўқинг; 8. Нима бўлди ўқиш деб сўрашса, Aллоҳга шукур грантга кирдим деб кулиб туриш учун ўқинг; 9. Энг асосийси, эртанги келажагингизга замин яратиш учун ўқинг! Aна ўшанда ИншаAллоҳ грантга ўқишга кирасиз.Омaд билимлилaргa кулиб боқaди. Ҳаммангизга омад, ҳеч қачон билим олишдан чарчаманг! #Qabul2025 #Abituriyent2025 #abituriyent Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi
⚡️2025/2026-o'quv yili uchun ro'yxatdan o'tgan abituriyentlar statistikasi
Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar soni: 127 366 nafar
👨🎓Erkak abituriyentlar soni: 63 461 nafar
👩🎓Ayol abituriyentlar soni: 63 905 nafar
Ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:
• O‘zbek tili: 111 047 nafar
• Rus tili: 14 092 nafar
• Qoraqalpoq tili: 1 888 nafar
• Boshqa tillar: 339 nafar
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
⚡️Abituriyentlar yildan yilga kamayib bormoqda!
2011-2023 yillarda oliygohlarga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar dinamikasi quyidagicha:
• 2011-yil 418 598 nafar;
• 2012-yil 432 017 nafar;
• 2013-yil 480 447 nafar;
• 2014-yil 543 155 nafar;
• 2015-yil 605 845 nafar;
• 2016-yil 663 304 nafar;
• 2017-yil 729 950 nafar;
• 2018-yil 814 952 nafar;
• 2019-yil 1 066 926 nafar;
• 2020-yil 1 484 085 nafar;
• 2021-yil 948 211 nafar;
• 2022-yil 1 214 232 nafar;
• 2023-yil 1 018 007 nafar;
• 2024-yil 894 279 nafar.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
❓Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
✅ JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.
Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.
👍👍👍👍👍👍
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Agar o'qituvchiga ishiga yarasha maosh bermasang , maoshiga yarasha ishlay boshlaydi...
Ushbu so‘zlar qaysi o‘zbek adibiga tegishli ?
#Kun_iqtibosi
🖇 "Bugun insonlar "o‘qishga vaqt yo‘q" deydigan bo‘lishdi. Ular bilmaydilarki, vaqtni o‘qish beradi.
Taajjublanmang! Inson tajribalaridan bir narsani o‘rganadi. Bu haqdir. Ammo insonning umri qisqa. Bilish uchun hamma narsani tajriba qilib ko‘rishga vaqti yetmaydi. O‘rganishning eng afzal yo‘li boshqalarning tajribasidan foydalanishdir. Bu esa o‘qish orqali bo‘ladi!".
✍️ Shayx Ali Tantoviy
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида”ги Қонун қачон кучга кирган?
#kun_hikmati
Aslida seni dono qiladigan ikki narsa mavjud — sen o‘qiydigan kitoblar va sen uchratadigan odamlar.
©️Jek Kanfild
Biz bilan birga bo‘ling
Bizni kuzatishda davom eting:👇👇
https://t.me/qiziltepaziyosi
Ўзбекистонда солиқларни жорий қилиш ҳуқуқи қайси органга тегишли?
⚡️Rasman: Maktab bitiruvchilariga shahodatnoma elektron beriladi
🆕Maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishlari mumkin.
1️⃣ my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnoma maʼlumotini olish davlat xizmati orqali.
2️⃣ Elektron shahodatnoma axborot tizimiga shaxsiy ma'lumotlarini kiritish orqali.
Ma’lumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan. Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo'q.
#Kun_iqtibosi
🖇 Hayotimda nechta dono odam ko‘rgan bo‘lsam, ularda bitta umumiylik bor edi - ular juda ko‘p o‘qishadi.
✍Charlie Munger
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kun_iqtibosi
Aslida seni dono qiladigan ikki narsa mavjud - sen o‘qiydigan kitoblar va sen uchratadigan odamlar.
✍ Jek Kenfild
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❌ Attestatsiz roʻyxatdan oʻtsa boʻladimi?
✅ Javob: Ha, 100% boʻladi!
Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan taʼlim muassasasi maʼlumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.
Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul uchun roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
✅ @talimuz
#motivatsiya
Vaqt – eng qimmat boylik!
Pulingizni yo'qotsangiz, ishlab yana topishingiz mumkin. Ammo yo'qotilgan vaqtingizni hech qachon qaytarib kela olmaysiz. Har bir soniya siz uchun berilgan imkoniyatdir.
⏰ Uni behuda sarflash yoki undan unumli foydalanish – bu faqat sizning tanlovingiz. Hech kim siz uchun kamfort yaratib bermaydi.
Hech kim sizga tayyor kelajakni qurib tutqazmaydi. Hammasi sizning qo'lingizda!
❓ Bugun vaqtingizni nimaga sarf qilayapsiz? O'zingizga savol bering: "Men bugun nima qildim"?
⏳ Qilmoqchi boʻlgan ishingizni "keyinroq qilaman" deb ortga surmang. “Keyin” kech bo'lishi mumkin.
🗓Bugun, hozir harakat qiling. Oʻqing, o'rganing, imkoniyatlaringizni kengaytiring.
Biz bilan birga bo‘ling
Bizni kuzatishda davom eting:👇👇
https://t.me/qiziltepaziyosiKimlar oʻqishga topshira oladi:
1️⃣ Umumiy oʻrta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.
Bunda barcha maktablar kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma boʻlishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba boʻlib oʻqish imkoni yoʻq;2️⃣ Professional va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar.
Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi;3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda oʻqiyotganlar
Bugungi kunda professional taʼlim tashkilotida oʻqiyotganlar garchi hali oʻqishi tugamagan boʻlsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi;4️⃣ Oliy taʼlimda oʻqiyotgan talabalar.
Bunda hozirda Oʻzbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba boʻlib oʻqiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan oʻqishga hujjat topshirishlari mumkin. Oʻqishga kirgan taqdirda qayerda oʻqishini oʻzi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida oʻqiydi.5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.
Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib boʻlgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib koʻrishlari mumkin.👍👍👍👍👍👍 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
+3
Ayni paytda “ Evrika” o’quv markazida hal qiluvchi BLOK test bo’lib o’tmoqda
Diqqat E’lon!
Ma’lumki , 5-iyundan Oliy ta’limga kirish uchun hujjatlar qabuli boshlanadi. Shu munosabat bilan “ Evrika” o’quv markazida 8-iyun 7:00 da siz uchun hal qiluvchi Blok test bo’lib o’tadi. Blok testga Sertifikat olib chiqib ketgan markazning barcha o’quvchilar ham qatnashishi shart, chunki shunga qarab kelajak sari qadam tashlanadi.
Blok testga to’lovlardan qarzdorligi bor o’quvchilar kiritilmaydi.
Unutmang, kelajak orzularingizni shu Blok test atmosferasi bilan amalga oshira olasiz
