"EVRIKA" O'QUV MARKAZI
رفتن به کانال در Telegram
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov
نمایش بیشتر888
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+17 روز
-1430 روز
آرشیو پست ها
#Kun_iqtibosi
Inson qaysi manzil tomon ketayotganini bilmasa, hech bir shamol unga yo‘ldosh bo‘lolmaydi!
✍Seneka
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul2025 #kvota #xotin_qizlar #4_foiz
Joriy yil xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti ajratildi (o‘tgan yili 2000 ta edi)
Quyida ushbu qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti:
✅ Unga ko‘ra:
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍Andijon viloyati – 312;
📍Buxoro viloyati – 180;
📍Jizzax viloyati – 233;
📍Qashqadaryo viloyati – 337;
📍Navoiy viloyati – 196;
📍Namangan viloyati – 382;
📍Samarqand viloyati – 508;
📍Surxondaryo viloyati – 318;
📍Sirdaryo viloyati – 140;
📍Toshkent viloyati – 218;
📍Farg‘ona viloyati – 529;
📍Xorazm viloyati – 275;
📍Toshkent shahri – 88.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Мақсадли қабул нима дегани ўзи?
🧠 Мақсадли қабул – бу маълум бир таълим йўналишида муайян ҳудудлар (масалан, Қашқадарё вилояти, Қарши шаҳри, Шаҳрисабз тумани) учун алоҳида ажратилган давлат гранти асосидаги қабул.
Мисол учун, Андижон вилоятига ажратилган жой учун наманганлик абитуриент ёки бир туманга ажратилган жой учун бошқа тумандаги абитуриентлар мақсадли қабулда қатнаша олмайди.
Мақсадлини танласам нимани йўқотаман ва нимадан ютаман?
👉 Мақсадли қабулни танламаган абитуриентга мазкур таълим йўналиши бўйича фақат умумий танловда иштирок этиш ҳуқуқи берилади. 👉 Мақсадли қабулни танлаган абитуриентга эса мазкур таълим йўналишида умумий танловда ҳам иштирок этиш ҳуқуқи берилади. Унутманг, амалдаги тартибга кўра мақсадли қабул қилинган талабаларнинг бошқа таълим йўналиши ёки шаклига, бошқа ОТМга ўқишини кўчириш ва қайта тиклаш ҳақидаги аризасига рад жавоби берилади. ✅ Мақсадли қабул квоталари учун қуйидаги тоифадаги абитуриентлар ҳужжат топшира олади: 👉 муайян ҳудудда доимий яшайдиган (паспортдаги маълумоти бўйича); 👉 умумий ўрта мактабни якунлагани тўғрисидаги тегишли ҳужжатга эга бўлганлар (10–11-синфлар негизида); 👉 ўрта махсус, касб-ҳунар маълумоти тўғрисидаги тегишли ҳужжатга эга бўлганлар.❗️Эслатма: @DTMSTAT_BOT орқали кириш осон бўлган йўналишларни топиш мумкин. Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi 👈
⚡️ Til o’rganib ,ingliz tilidan muddatidan oldin ballni naqd qilmoqchimisiz?
Marhamat, “Evrika” o’quv markazida yangi guruh Ingliz tili darslari 1-avgustdan boshlanadi. Darslar haftada 3 kun bo’lib o’tadi. Darslarni o’z fanining fidoyi ustozi, malakali hamda ko’plab o’quvchilarning sertifikat olishiga sababchi bo’layotgan Elmira Qalandarova ustoz olib boradilar
Shoshiling, bu imkoniyatni qo’ldan boy bermang
Murojaat uchun raqamlar :
+998995259536 -ustoz Narziyeva
+998992971889 - ustoz Qalandarova
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent
Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.
👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.
‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Diqqat!
“Evrika” o’quv markazi statistika ma’lumotlariga ko’ra, o’quv markazimizning ko’p abiturentlari 170-189 ballni qo’lga kiritishmoqda, bundan markaz ustozlari mamnunmiz, chunki mehnatimiz natijasi. Bu yil markazning 90 % muddatidan oldin deyarli hamma fanidan sertifikatlarga ega bo’lishib, talaba bo’lishdi . Narxi qimmat ekan deb arzon joyga uchganlar yil davomida kurs to’lovi qilsa, bizda yil oxiriga yetmay yuzlab o’quvchilar sertifikatlar olib, xursand bo’lib xayrlashmoqda, aslida narx ham muhimmas, gap fidoiylikda. Barcha o’quvchilarimiz va markazning fidoiy ustozlariga yutuqlar muborak bo’lsin. Tez orada faktlarga asoslangan talabalik titullariga o’zingiz guvoh bo’lasiz
#Kun_iqtibosi
Agar inson biror narsani chin qalbdan niyat qilsa, butun koinot uni shunga yetishtirish payida boʻladi...
✍️Paulo Koelo
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️KVOTA-2025
#abituriyent
📚 BAKALAVR:
➖ DAVLAT GRANTI — 35 ming 500 ta;
➖ KUNDUZGI — 148 ming 400 ta;
➖ KECHKI — 28 ming 732 ta;
➖ MASOFAVIY — 18 ming 195 ta.
🎓 MAGISTRATURA:
➖ DAVLAT GRANTI — 9 ming 922 ta;
➖ KUNDUZGI — 20 ming 210 ta;
➖ KECHKI — 1 ming 319 ta;
➖ MASOFAVIY — 420 ta.
❇️ MAQSADLI QABUL:
➖ Sog‘liqni saqlash (1 173);
➖ Maktab ta’limi (626);
➖ San’at sohasi (4).
🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:
➖ Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (4 000);
➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 500 ta);
➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 907 ta);
➖ Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 953 ta);
➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 766 ta).
ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR:
➖ 5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati;
➖ Magistratura turdosh yoʻnalishlarining roʻyxati.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Расман: Олий таълим муассасалари ва таълим йўналишларини танлаш бошланди
8-августгача вақтингиз бор!
✅ Тест синовларида иштирок этган абитуриентлар 2025-йил 25-июлдан 8-августга қадар 15 кун давомида олий таълим муассасалари ва таълим йўналишларини танлашлари лозим. 💻 Бунинг учун my.uzbmb.uz платформасининг “Олий ва профессионал таълим муассасаларига қабул” бўлимига кириб, “Хизматдан фойдаланиш” тугмаси босилади ва “ОТМ танлаш” бўлимига ўтилади. 🧑🎓 Дастлаб абитуриент “Танлов устуворлиги” ва “Мақсадли қабул” бўйича ўз танловини амалга оширади. Шундан сўнг абитуриент тест топширган фанлар мажмуаси ва таълим тилига мос бўлган бештагача олий таълим муассасаси ва таълим йўналишини таълим шакли билан бирга танлайди.❗️Мандат натижалари таълим йўналишларини танлаш тўлиқ якунлангандан сўнг бир ҳафта муддатда эълон қилинади. Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi
📢Mutolaa qilish borasida 15 ta foydali maslahati:
⭐️ Agar faqat bo‘sh vaqtingiz bo'lishini va o‘qishni ich-ichingizdan xohlashni kutaversangiz, oxirida umuman kitob o‘qimay qo‘yasiz.
🏷 O‘qish vaqtini xuddi sport mashg‘uloti kabi rejalashtiring. Uni taqvimingizga boshqa muhim ishlaringiz kabi muhim deb belgilab kiriting.
📌 O‘qish “mushagingizni” mashq qildiring: dastlab haftasiga 5 kun 10 daqiqadan o‘qing. Kunlik 30–40 daqiqagacha yetkazguningizcha, har hafta 5 daqiqadan qo‘shib boring.
🎁Faqat o‘zingizni qiziqtiradigan kitoblarni tanlang — boshqalar nima o‘qiyotgani yoki qaysi kitoblar trendda ekaniga qarab kitob tanlamang.
👍 Telefoningizdan barcha chalg‘itadigan ilovalarni o'chirib tashlang. Shunda zerika boshlaysiz. Ana endi kitob o'qish siz uchun yanada qiziqarliroq bo'ladi.
⭕️O‘qishni yanada zavqli qiladigan tadbir yarating: masalan, mutolaa davomida yoningizda qahva va siz yoqtirgan biror yegulik bo‘lsin yoki mayin shamol esayotgan paytda hovlida o‘qing.
⭐️ Imkon qadar qog'oz kitob o'qishga harakat qiling. Shunda telefon yoki planshetdagi xabarlar sababli chalg'ishdan omonda bo'lasiz!
☀️O‘zingizni o‘ylantiradigan, qiyinroq kitoblarni o‘qingki, ular sizni yangi fikrlar va yangi hissiy tajribalarga olib kirsin.
↔️ O‘qiyotganingizda shoshilmang, sekinroq o‘qing va mazmunini chuqur tushunishga harakat qiling.
🌅 Agar murakkab kitob o‘qiyotgan bo‘lsangiz, qo‘shimcha manbalardan foydalanib, yaxshiroq tushunishga intiling.
✏️ Kitobni shunchaki o‘qib qo‘ymang, undagi foydali narsalarni yozib oling, qaydlar qiling.
💫Zerikib qolganingizda qo‘lingizga telefon emas, kitob olishni odat qiling.
📝 Ko‘proq kitob xarid qiling — atigi yuz ming so'mga butun dunyoni qarashlaringizni o‘zgartiradigan narsa topishingiz mumkin.
🔄Agar javoningiz to‘lib ketgan bo‘lsa, “almashtirish qoidasini” qo‘llang: eng kam yoqtirgan kitobingizni olib tashlab, yangisini qo‘ying.
⚡️“Kitob o‘qishga vaqtim yo‘q”, deb hisoblasangiz, kunlik ekran vaqtlaringizga bir qarab ko'ring.
@mutolaa_zavqdir
⚡️KVOTA-2025
#abituriyent
✅ XOTIN-QIZLAR UCHUN
(qo‘shimcha 4000 ta davlat granti kvotasi)
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍Andijon viloyati – 312;
📍Buxoro viloyati – 180;
📍Jizzax viloyati – 233;
📍Qashqadaryo viloyati – 337;
📍Navoiy viloyati – 196;
📍Namangan viloyati – 382;
📍Samarqand viloyati – 508;
📍Surxondaryo viloyati – 318;
📍Sirdaryo viloyati – 140;
📍Toshkent viloyati – 218;
📍Farg‘ona viloyati – 529;
📍Xorazm viloyati – 275;
📍Toshkent shahri – 88.
O‘tgan yillardagi kabi 3 ta sohaga alohida kvota ajratilgan:
1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari.
Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi.
Masalan, Andijon uchun umumiy kvota 312 ta. Shu jumladan, aniq va tabiiy fanlar uchun 56 ta, texnika fanlari uchun 11 ta, tibbiyot fanlari uchun 75 ta kvota. Jami 142 ta o‘rin mana shu 3 ta sohaga ajratilmoqda. Qolgan 170 ta o‘rin esa boshqa barcha sohalar, masalan gumanitar, ijtimoiy, xizmatlar sohalari va h.k. uchun beriladi.
❗️Joriy yilda o’tish bali past bo’ladigan texnika yo’nalishi uchun kamaytirilib, tibbiyot uchun kvota ko’paytirilgan.
Sohalar kesimidagi o’tgan yilgi o’tish ballari mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/25210
❓Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
Batafsil va aniq misollar bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24864
Eng muhim maʼlumotlar:
✅ bu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi;
✅ faqat KUNDUZGI taʼlim shakliga qo‘shimcha kvota berilgan. Kechki yoki masofaviy uchun imtiyoz qo‘llanmaydi;
❗️shu sababli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar birinchi yo’nalishga albatta kunduzgi ta’limni tanlashi kerak, yo’qsa tavsiyanoma kuchga ega bo’lmaydi;
✅ ushbu tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.
‼️ Bu 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomadan farq qiladi. U boshqa, bu boshqa. 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan imtiyoz haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/20090
👉 @xushnudbek 👈
#Kun_iqtibosi
Baxtli bo‘lish uchun, qo‘llaringizni ish bilan, qalbingizni muhabbat bilan, ongingizni maqsad bilan, xotirangizni foydali bilimlar bilan, kelajakni umid bilan to‘ldiring!
✍Jaloliddin Rumiy
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️KVOTA-2025
#abituriyent
📚 BAKALAVR:
➖ KUNDUZGI — 148 400 nafar;
➖ KECHKI — 28 ming 732 nafar;
➖ MASOFAVIY — 18 ming 195 nafar.
🎓 MAGISTRATURA:
➖ KUNDUZGI — 20 ming 210 nafar;
➖ KECHKI — 1 ming 319 nafar;
➖ MASOFAVIY — 420 nafar.
❇️ MAQSADLI QABUL:
➖ Sog‘liqni saqlash (1 173);
➖ Maktab ta’limi (626);
➖ San’at sohasi (4).
🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:
➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 500 ta);
➖Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 907 ta).
👉 @xushnudbek 👈
‼️Minimal o’tish bali o’zgarmadi
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025-2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.
✅ Unda ko‘ra:
🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);
🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.
P/S: Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.
ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
https://t.me/xushnudbek/20721
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2025
#abituriyent
🎓 MAGISTRATURA. MASOFAVIY
2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.
JAMI: 420 ta.
Shundan, o‘zbek tili – 352 ta, rus tili – 53 ta,
qoraqalpoq tili – 15 ta.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2025
#abituriyent
🎓 MAGISTRATURA. KECHKI
2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlandi.
JAMI: 1 ming 319 ta.
Shundan, o‘zbek tili – 1 ming 107 ta, rus tili – 138 ta,
qoraqalpoq tili – 74 ta.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2025
#abituriyent
🎓 MAGISTRATURA. KUNDUZGI
2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.
JAMI: 20 ming 210 ta.
Davlat granti: 9 ming 922 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 ming 725 ta, rus tili – 1 ming 197 ta,
Kontrakt: 10 ming 288 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 ming 538 ta, rus tili – 1 ming 750 ta.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2025
#abituriyent
✅ NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN
Respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 3 ming 907 ta (o‘tgan yilgidan 9 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratilgan.
▪️Ta’lim shakllari kesimida:
➖ kunduzgi — 2 968 ta;
➖ kechki — 575 ta;
➖ masofaviy — 364 ta.
ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.
Qoida bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning maʼlumotlari my.uzbmb.uz saytida avtomatik o‘zi chiqadi. Qo’lda kiritish shart emas.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?
Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?
Masalan, Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi shaklida nogironligi bor shaxslar uchun 51 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 200 nafar nogironligi bor abituriyentlar TDTU kunduzgi shakliga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k.
Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 200 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 51 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 149 nafar nogironligi bor shaxslar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.
❓Nogironligi bor shaxslarga 2% ball qo‘shib beradimi?
Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2025
#abituriyent
✅ 5 YIL STAJGA EGA XOTIN-QIZLAR UCHUN
(2 ming 500 ta to’lov-kontrakt uchun)
Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477
❗️Bir narsani yodda tuting: ushbu qo‘shimcha kvotalar faqat to‘lov-kontrakt asosida ajratilgan. Mazkur tavsiyanoma grantga kirish huquqini bermaydi.
Ushbu tavsiyanoma barcha taʼlim shakllari uchun taalluqli. Kunduzgi, kechki va masofaviyni tanlash mumkin.
‼️Ushbu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlar uchun kvota berilmaydi.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?
Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?
Masalan, O‘zMUda 5 yil staji bor xotin-qizlar uchun 14 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 30 nafar tavsiyanomali xotin-qiz O‘zMUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir matematika, kimdir tarix, kimdir biologiya va h.k.
Eng avval o‘sha 30 nafar abituriyent o‘zi to‘plagan ball bo‘yicha umumiy tanlovda qatnashadi. Agar o‘zining bali tanlagan beshta yo‘nalishidan qaysidir biriga kirishga yetsa, unda bor baraka, o‘sha yerda o‘qiyveradi, ularga tavsiyanoma qo‘llanmaydi.
Masalan, 30 kishidan 15 nafari o‘z kuchi bilan o‘qishga kirib ketdi, deylik. Yiqilgan 15 nafar xotin-qizlar orasida esa, tanlagan yo‘nalishidan qatʼi nazar, alohida yana tanlov bo‘ladi. Bunda to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 14 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi.
Boshqacha aytganda bu tavsiyanoma o‘qishdan yiqilganlar uchun amal qiladi va ularga yana bir marta imkon beradi.
❓Bu tavsiyanoma imtiyoz ball qo‘shib beradimi?
Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2025. MAQSADLI QABUL
#abituriyent
✅ Sog‘liqni saqlash sohasi uchun
Jami: 1 ming 173 ta.
2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).
👉 @xushnudbek 👈
