Modul 5
رفتن به کانال در Telegram
Modul 5 loyihasining rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Murojaat va takliflaringizni @modul_5bot ga yuboring.
نمایش بیشتر999
مشترکین
-224 ساعت
-107 روز
-2030 روز
آرشیو پست ها
999
🎁 Yil yakuni uchun boʻlib oʻtgan Modul5 loyihasing soʻngida taqdirlash tadbiri boʻlib oʻtdi. Unga koʻra
🗣 Eng kuchli nutq sohiblari sifatida Mirshakar Fayzullayev, Obidjon Latipov, Aziza Qurbonova, Umidjon Ishmuhammedov, Najot Nur, Feruz Muhammad, Alisher Tojiyev, Azizbek Usmanov,
📹 Eng koʻp koʻrilgan nutq egasi sifatida Dovranbek Turdiev,
🤝 Loyihaning rivojlanishiga doimiy ravishda cheksiz hissa qoʻshganliklari uchun Ulugʻbek Ismatov
kabi insonlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.
⁉️ Keyingi yilning yangi sonlarida Modul5 loyihasida kimlarni spiker sifatida koʻrishni istashingizni izohlarda yozib qoldiring.
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Izlashni bilgan odamga oʻqituvchi kerak emas
🔥 Buguni seminar vaʼda qilingandek avvalgi sonlaridan ham yaxshiroq boʻlib oʻtdi. Kutilmagan yangiliklar nafaqat seminar qatnashchilari uchun, balki uchrashuv mehmonlari uchun ham unutilmas xotiralarga boy boʻldi.
🤩 Uchrashuvga kelganlar dastur mehmonlari bilan erkin savol-javob qilishilib, ulardan hayot yoʻllarida zarur boʻlgan kerakli bilimlarni olishdi va yakunda Modul5 loyihasining eng yaxshi spikerlariga esdalik sovgʻalari topshirildi.
🎁 Sovgʻalar kimlarga berilganini bilsangiz, izohlarda yozib qoldiring.
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Modul5 loyihasining bu galgi sonida taqdirlash marosimi va loyihamizdagi eng yaxshi spikerlar ishtirokidagi unutilmas chiqishlar bo’ladi. Shu bilan birga faqat bugun sizda bizning spikerlarimiz bilan to’g’ridan to’g’ri savol javob qilish imkoniyat bo’ladi🔥🔥🔥
Hammani 16:00 da Yoshlar ijodi saroyida kutamiz! Ishtirok etish mutlaqo bepul! Istalgan inson ishtirok etishi mumkin.
999
Bilim olish vaqt yoki vaziyat tanlamaydi
📌 Yil yakunlanmoqda, lekin Modul5 loyihasi siz uchun yangilik qilishda davom etadi. Modul5 loyihasining dekabr sonida boʻladigan uchrashuvi katta energiyaga va kutilmagan yangiliklarga boy boʻlishi kutilmoqda.
🚀 Har doimgidek 5 ta oʻz sohasining professionallaridan mahorat darslarini, oʻzingizni qiziqtirgan mavzular boʻyicha kerakli maʼlumotlarni va albatta vaqtingizni unumli oʻtkazish imkoniyatini oʻtkazib yubormang!
Roʻyxatdan oʻtish uchun👉 https://forms.gle/FNWASXBDnAJPfEA4A
🏢 Seminarimiz 19-dekabr, 16:00 da "Yoshlar ijod saroyi"da boʻlib oʻtadi.
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Yoshlarning bilim darajasi mamlakatning kelajak hayotini belgilaydi
💣 Yoshlar juda katta kuch, ular birlashishsa yengilmasdirlar. Yoshlarni birlashtirish maqsadida, Oʻzbekiston yoshlar forumi doirasida, Modul5 loyihasi oʻzining dekabr oyining bepul, maxsus uchrashuvini taklif etadi.
🔥 Uchrashuvimizning ilk spikeri Korzinka doʻkonlari tarmogʻining asoschisi, katta tajribaga ega juda kuchli tadbirkor Zafar Hoshimov boʻladilar. Tadbir ishtirokchisiga aylanish uchun roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun👉 https://forms.gle/FNWASXBDnAJPfEA4A
🏢 Seminarimiz 19-dekabr, 16:00 da "Yoshlar ijod saroyi"da boʻlib oʻtadi.
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Qoʻshimcha daromad yangi bilim koʻrinishida keladi
🚀 Agar sizning xizmatingiz bahosiga nisbatan qimmat deb eʼtiroz bildirilsa, hali TOP darajaga chiqmagan boʻlasiz. Professionallikda esa daromadingiz odatdagidan bir necha barobar koʻp boʻladi.
💻 Modul5 loyihasining maxsus spikeri ushbu bosqichlardan oʻtgan inson sifatida oʻzlarining hayotiy tajribalarini va faoliyatlari davomidagi foydali keyslari bilan boʻlishdilar.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/PQnLQkFh0Pg
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Fikrning kuchi va pozitiv dunyoqarashning oʻrni
🔍 Dovranbek Turdievga eslab qolishdan, Javlon Jovliyevga kitob yozishdan, Feruz Muhammadga intervyu olishdan, sizga esa ...dan nima foyda degan gaplar doimo soʻralib kelinadi.
💡 Yuqoridagi kishilarni omaddan ajratolmagan bir dunyoqarash, sizni u insonlar bilan bir darajada boʻlishingizga qarshilik qilmoqda. Sezib turganingizdek bu pozitiv fikrlash.
📹 Ushbu video orqali muvaffaqiyat va oʻzingizning oʻrtangizda toʻsiqni olib tashlashingiz mumkin.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/egdbB-JR09A
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Insonga fikrlash qobiliyati FIKRLASH uchun berilgan
💡 Muvaffaqiyatning asosi pozitiv fikrlashning ustiga quriladi. Kreativ fikrlashni bilmagan inson esa oʻsishdan toʻxtab qoladi. Kuchli bilimli insonlarning safiga esa tanqidiy tafakkursiz kirishning imkoni yoʻq.
📹 Dunyoqarashimizning shu uchta muhim jihatini umumlashtirgan holda Modul5 spikeri qisqa, ammo juda mazmunli nutq soʻzladilar. Ushbu videoni tomosha qilish orqali fikrlash darajangizni yuqori pogʻonaga olib chiqasiz.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/egdbB-JR09A
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Koʻp gapirgan emas keragini soʻzlagan hurmat qozonadi
🎙 «Pul sizga boshqa insonlar orqali keladi. Muomalasiz inson juda ham kam ehtimol bilan boyiy oladi». Ushbu soʻzlar Jon Rokfellerning millarderlik qonuniyatlaridan birining formulasi hisoblanadi.
🗣 Goʻzal nutq esa ravon talaffuz orqali vujudga keladi. Modul5 loyihasining maxsus spikeridan esa, bizning nutq aparatimizdagi muammolarni bartaraf etish va notiqlikning asoslarini bilib olishingiz mumkin.
📹 Oʻzingizning goʻzal suhbatingiz bilan ijobiy taassurot qoldirish uchun ham ushbu chiqishni tomosha qiling.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/Vq6Bmfy0CZI
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Pozitiv fikrlamasangiz tinimsiz mehnat natija bermaydi
⚽️ Ronaldo yoshligida ustoziga futbolchi boʻlaman deganda, ustozi Krishtiano, futbol qorinni toʻydirmaydi deb javob beradi. Hatto eng yaqin insoni otasiga, meni Maykl Jekson kabi uyim boʻladi deganda, otasi buni imkonsiz deb ataydi.
🎭 Lekin shu bolakay qanaqa qilib dunyo taniydigan insonga aylandi, qanday qilib barcha orzulari amalga oshmoqda? Shunchaki undagi fikrlarning hammasi ijobiy edi va bir kun kelib barchasi oʻylaganidek boʻlishiga ishonardi.
📹 Siz ham fikrlashingizni pozitiv nuqtaga surishni istasangiz, 20:00 da Modul5 YouTube sahifasidagi videoni tomosha qilishingizni tavsiya etamiz.
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Hayotimizning mazmuniga aylanadigan ishni topish
📌 Siz taqdiringizni oʻzgartirolmassiz, ammo kelajagingizni hozirdan qurish imkoniga egasiz. Notoʻgʻri kasb tanlash natijasida esa, siz karyerangiz uchun atalgan yillardan eng kamida 4 yilini yoʻqotasiz.
🔝 Masalaga kengroq rakusdan qarashga oʻrganing. Bu boʻyicha Modul5 loyihasi sizga yuqorida bir nechta maslahatlarni keltirib oʻtdi. Lekin yakuniy qarorni baribir ham siz chiqarasiz.
📹 Kelajakda oʻzingizni koʻrishni oʻrganmoqchi boʻlsangiz, hoziroq ushbu sonni tomosha qiling.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/HsU8qVkfK0o
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Muammo taʼlimda emas balki tizimda
🏢 Koʻpchilik taʼlim muassasalarida oʻqilayotgan maruza darslarini keraksiz deb hisoblashadi va hattoki shu soatlarni olib tashlash uchun bir necha urunishlarni ham amalga oshirishdi.
🗣 Undan tashqari faqat nazariy eshitib oʻtirgandan koʻra amaliy bajarish orqali koʻproq bilim olish toʻgʻri ekanini koʻpchilik tasdiqlaydi. Oʻzi muammoning asosi qayerda?
📹 Bu masalaning talabalar uchun keltirilgan yechimini Modul5 spikeridan olishingiz mumkin.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/PSs6fkRfLVA
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Insonga erkin fikr yurita olish qobiliyati bekorga berilmagan
❌ "Bizni qoʻlimizdan baribir bunaqa ishlar kelmay", "Boʻladigan ishni qilsangchi", "Agar yaxshi ish boʻlganda boshqalar qilgan boʻlardi" kabi gaplarni birontasini eshitgan boʻlsangiz sizni tabriklayman. Chunki rivojlanishga harakat qilgan ekansiz.
⁉️ Tan olmasangiz ham bu kabi gaplar sizni oldingizda toʻsiq boʻlgan. Endi oʻylab koʻring, oʻshanda bir marta urunib koʻrganimda nima boʻlardi deb afsuslanmaslik uchun hozir nima qilayapsiz va vaqtingizni keyinchalik afsuslanish uchun sarflamayapsizmi?
📹 Mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmasini ushbu videoning toʻligʻini Modul5 YouTube sahifasida koʻrish orqali shakllantirishingiz mumkin.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/HsU8qVkfK0o
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Kredit yechim boʻlolmaydi
💡 Yaxshi gʻoya paydo boʻldi yoki bir ajoyib biznesning rejasini amalga oshirmoqchisiz-u, lekin moddiy taraflama imkoniyatingiz boʻlmayaptimi? Oʻzingiz esa bu pulni topganingizcha qiziqishingiz ham soʻnib boʻladi.
💰 Har qanday holatda ham foizga qarz olish yechim boʻlolmasligini unutmang! Bu masaladagi yechimni shu yoʻlni oʻtgan inson, Modul5 spikeri Shahzod Bahodirovdan bilib olishingiz mumkin.
📹 Yosh boʻla turib jahon miqyosidagi loyihalarni amalga oshirish saboqlarini bilib oling.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/ok5mRwALGKY
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Muvaffaqiyatning ilk omili oʻrganishdir
🚀 Biznes boshlamoqchimisiz, yoʻnalishingizda eng zoʻri boʻlmoqchimisiz yoki daromadingizni oshirishni istaysizmi ahamiyatsiz, ilk navbatda bozorni oʻrganishdan boshlang!
🔍 Bozordagi raqobatchilarni kuzatish nafaqat ular qilgan xatoni aylanib oʻtishni, balki ularning tajribasidan foydalangan holda TOP darajaga chiqish imkonini ham beradi.
📹 Shunday ekan bu kabi bilimlarni mutaxasissis insondan eshitishingizni tavsiya qilamiz.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/XGhDWGbADl4
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Bu olamni bolalarcha fikrlash oʻzgartiradi
👨🚀 Jef Bezos, Ilon Mask va shu kabi dunyoning eng taniqli kishilari nimalarni amalga oshirishmoqda? Nega ularning qilishni rejalashtirgan ishlari tushunarsiz-u, lekin natijalari yer yuzini hayratga solmoqda?
🔝 Buning sababi ularning qilgan orzulari. Shunday ekan niyat qilayotganda, maqsad qoʻyayotganda marrani shunday katta olingki, hech qanday natijaga erisholmaganingizda ham, butun dunyo sizni olqishlasin.
📹 Kattaroq darajada fikrlash uchun ham ushbu suhbatni koʻrishingiz kerak.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/MnXadqxGvW4
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Turmush qurish muddatli toʻlovga narsa xarid qilish emas
📌 Albatta hammasi taqdirdan. Lekin, nima boʻlsa boʻldi, peshonada borini koʻramiz deb befarqlik qilish yaxshi emas. Oila qurishdek bir umrlik tanlovga ham qizlarimiz yoki ularning yaqinlari loqaydlik bilan qarashmoqda.
💔 Aynan shu sabab bir necha haftalarda kelin bilan kuyov bir-biriga yoqmay qolayapti. Hammasiga tayyorman degan insonlarning xarakterlari mos boʻlmay qolayapti. Bu kabi misollar koʻp, ammo biz masalaning mohiyatini tushunishimiz kerak.
📹 Yechimni esa yaxshi turmush oʻrtoqning fikrlarida koʻrishimiz mumkin.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/f1m43r1E8yI
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Yutqazishga tayyor inson hech qachon yutqazmaydi
💻 Bill Geyts va Ilon Maskning dunyoning ikki tomoni, ular bir-birga umuman oʻxshashmaydi. Lekin ularning har ikkisi ham dunyo tan olgan, IT boʻyicha revolyutsiya qilolgan insonlar. Ulardagi muvaffaqiyatning umumiy formulasi nimada?
🔍 Javobni ularning qilayotgan harakatlaridan koʻrishingiz mumkin. Ular hech kim urunib koʻrmagan loyihalarga sarmoya kiritishmoqda va shu sababli ham hech kim erishmayotgan muvaffaqiyat choʻqqisiga chiqishmoqda.
📹 Qoʻrqmasdan tavakkal qilishni ushbu videoni koʻrish orqali oʻrganishingiz mumkin.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/MnXadqxGvW4
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
999
Qoʻrquv hech nima qilmaydigan insonda boʻlmaydi.
🚀 Rivojlanish bor joyda xatolar yuzaga kelishi tabiiy hol. Biznes egasi shu masalalarni oldindan koʻra olishi yoki hech boʻlmaganda shu vaziyat uchun biznes kishilarining koʻnikmalarini shakllantirgan boʻlishi zarur.
👨💻 Tadbirkor insonning oddiy insonlardan farqi shundaki, u hech qachon tavakkal qilishdan qoʻrqmaydi va har qanday muammo yuzaga kelishidan qatʼi nazar, shu muammolardan zavq ololadi.
📹 Oldingizdagi toʻsiqlarni olib tashlash uchun ham ushbu videoni koʻring.
Video uchun havola👉 https://youtu.be/ok5mRwALGKY
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
