cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Dilso'z Azimova

Samimiy,sevimli satrlar mutolaasi Hayotiy mulohazalar

نمایش بیشتر
أوزبكستان87 364زبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
137
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

🎼 СЎНГГИ ҚЎНҒИРОҚ ♪♬♪ © Иқбол МИРЗО 🎤 Раҳматилла ЮСУПОВ @bir_asar_tahlili
نمایش همه...
Qo'ngiroq ++.mp33.95 MB
#kechki_mutolaa Qorong'u zulmatdan qo'rqmoqlikni, sukunatda eshitmoqlikni o'rganing. Shunda siz zulmat aro nurni ko'rasiz, sukunat aro uyg'unlikni tinglaysiz. ©Chjuan Sizi @wwwesdalikuz
نمایش همه...
Yomg'ir...daraxtlar jim boshini egar, Yomg'ir...anglaganga hamma sirlar fosh, Ko'kning juldurvoqi ko'ylaklariga Oltin ipda yamoq soladi quyosh. Bog'larda gerdayar korchalon shamol, Izsiz ketmog'idan xabardor g'ofil. Hanuz o'zgarmagan qadimiy savol, Ichimizda tirik Qobil va Xobil. Yomg'ir—balki Tangri ko'z yosh to'kar jim, Ilviroq oriyat, loylangan nomus. Ichimizda yashar kofir va muslim, Ichimizda yonar Isroil, Quddus. Haddimizdan oshdik, bitdi tamosho, Lahzada bariga chek qo'yar Sobir. Oxirgi ovozga tashnami dunyo, Nahot yaqin bo'lsa eng so'nggi yomg'ir?! Yomg'ir...anglaganga hamma sirlar fosh... Mehrnoz 23.05.21. @taraddud
نمایش همه...
ПУШАЙМОН “Мен сени севаман” деди ёр, “Сен каби адойим кўп” дедим. “Гадолар бўламан” деди ёр, “Шоҳим йўқ, гадойим кўп” дедим. “Умрингда хатоман” деди у, “Одамман, хатойим кўп” дедим. “Мен сенга туҳфаман” деди у, “Худодан атойим кўп” дедим. Ёр айтди: “Кўнглингни ёритай”, “Сен каби фидойим кўп” дедим, “Сени деб ғамдаман” деди у, “Бошимда савдойим кўп” дедим. У кетди, садосиз, овозсиз. Эй Худо, нидойим кўп дедим.... Мен бугун ким бўлдим Художон, Айт, ўзи мен кеча ким эдим? 2007 йил САВОЛГА ЖАВОБ (ҳазил) Сен мағрурсан, мен мағpyp, Ўртамизда хор ғypyp. Шундоқ мағрур бошимни, Эголмайман азизим. Сен ғамнинг гулларини, Экиб кетдинг бағримга. Энди бахт гулларини, Эколмайман азизим. Пари тегса йигитни девона қилар дерлар. Шунинг учун мен сенга ...теголмайман азизим... 2007 йил @Guljamol_Asqarova
نمایش همه...
ERTA BITGAN TARADDUD Tug'ilmoq-sirlarning onasi, boshi, Kimliging anglashga taraddudimiz. Zamin-bizni ortgan bir uchoq asli, Chiptaxona kabi, sir hududimiz. Ustoz! Sizni erta chaqirdi jannat, Juda erta bitdi taraddudingiz. Jilmayib yotibsiz Farg'onangizda, Nurlarga to'ldirib chor hududingiz. Shohi Jarir edi din yo'ldoshimiz, Yanayam muqaddas siz la oq tuproq. Iymon yulduzlarin dafinasi bor Bunda "A'zam O'ktam" tug'ilsin ko'proq. O'tkir ko'z, o'tkir so'z, qalami bilan Puxta tadorikka chorlab tirikni. Sizdaylar qutqarar najot sirlarin Yecha olmay yurgan odam sho'rlikni. Ustoz, sizni erta chaqirdi jannat. Juda erta bitdi taraddudingiz. ✍Dilso'z Azimova @taraddud
نمایش همه...
#mulohaza Aql tarozisiga solishga ulgurmay, o'ylamay qilganingiz — qalbingiz buyurgani bo'ladi. @samimiyat_sirlari
نمایش همه...
Eng koʻp koʻnglimizni koʻnglimizdagilar ogʻritishi alam qiladi(
نمایش همه...
2021 yil 22 may kuni Fargʻona viloyati Buvayda tumani markazidagi Nuroniylar va yoshlar markazida atoqli shoir Aʼzam Oʻktam tavalludining 61 yilligiga bagʻishlab "Seni topmoq yoʻli - doim topinmoqdir" nomli xotira kechasi oʻtkaziladi. Barcha adabiyot ixlosmandlarini mazkur tadbirga taklif etamiz. Tadbir soat 16.00 da boshlanadi.
نمایش همه...
Шундай қалб эгалари борки... сен у жойда бўлиш учун борингни беришга тайёр бўласан. Шамс Табризий @shomuz - Yo‘limiz bir!
نمایش همه...
​​TOBUTLAR JASADING TALASHIB QOLSIN... Omonatin olsa Alloh behosdan, Savoblar ortingda qalashib qolsin. Odamlardan oldin, seni yog'ochdan, Tobutlar jasading talashib qolsin... Go'rkov bilsa, asling odamning zo'ri, Desa: Yumshoqqina kovlandi go'ri, Quyoshday tovlansa yuzingni nuri, Ko'rganlar ko'zlari qamashib qolsin... Malaklar alqasa, go'zal sayringni, Ziyoratlar bosib ketsa qabringni, O'ng va chap qo'llaring sanab hayringni, Hisobin bilolmay adashib qolsin... Bosh chayqab xotirang sevib eslashsa, Desa xalq: Oh, yaxshi inson edida... Elu yurt, o'kirib o'ksib yig'lashsa, Duoda jannatlar tilashib qolsin... Nogoh ajal kelsa, do'stlaring suyib, Dushmaning ortingdan "uv"lashib qolsin. Ey, Murod umringdan ibratlar tuyib, Yozgan kitoblaring silashib qolsin... ©Murodjon Jo'rayev Sahifaga ulanish
نمایش همه...

یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.