fa
Feedback
Sof_aqida.uz I Расмий канал

Sof_aqida.uz I Расмий канал

رفتن به کانال در Telegram

Ушбу каналда мотуридия эътиқоди ва ҳанафий мазҳабига оид долзарб маълумотлар тақдим этиш билан бирга турли адашган фирқаларга раддиялар бериб борилади.

نمایش بیشتر
834
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-730 روز
آرشیو پست ها
#Muslim_podcastda  #Duolar 📱🗣EY ROBBIM, MENI SOLIHLARGA QO`SHGIN رَبِّ هَبْ لِى حُكْمًا وَأَلْحِقْنِى بِٱلصَّـٰلِحِينَ 📖 Ma'nosi: Ey Robbim, menga hikmat hadya et va meni solihlarga qo`shgin. 📖 Shuaro surasi, 83-oyat 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

Repost from Muslim/podcast.uz
#ANONS #Muslim_podcast  📱🗣NAMOZDAGI FARZ, SUNNAT VA IXTILOFLAR — BILISHIMIZ SHART BOʼLGAN ENG MUHIM QOIDALAR⚡️
⚡️ Podcastning bu sonida: Namozda qoʼllarni bogʼlash tartibi qanday? Namozda "omin"ni maxfiy aytish kerakmi yoki?.. Namozda saflar qanday boʼlishi kerak? Namozda sunnatni tark qilib, faqat farzni oʼzi bilan kifoyalanish toʼgʼrimi? Makka va Madinadagi ikki muborak Haramda juma namozidan oldingi va keyingi sunnatlar qay tartibda oʼqiladi? 📢 Shu kabi dolzarb va bahsli mavzular ilmiy dalillar asosida bayon qilinadi. Shuningdek, musofir namozi, mash tortish hamda namozda kimga ergashish lozimligi atroflicha tushuntiriladi.
✅ Ekspert: Zikriyo domla BoborahimovOʼzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ilmiy xodimi 🎙 Boshlovchi: Oʼtkir SobirovOʼzbekiston musulmonlari idorasi boʼlim boshligʼi 🎞 Premyerani 14 fevral kuni soat 20:00 youtube sahifamizda koʼring! 🎬https://www.youtube.com/@muslim_podcast_uz 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

📒 Виртуал ҳаётга ғарқ булаётганлар! 🎤 Хасанбой домла Кенжаев Урганч шаҳар бош имом хатиби №14 02.02.2026

#Muslim_podcastda  #Kun_hikmati 📱🗣ULAMOLAR BISOTIDAN Dunyo uchun g‘am yema. Uning boshi yig‘i, o‘rtasi mashaqqat, oxiri yo‘qlikdir! Sen oxirating uchun amal qilib qol! Uning boshi uchrashuv, o‘rtasi hadya, oxiri esa abadiyatdir. 📖 Saodatga yetaklovchi hikmatlar 🎙 Suhandon: Muhammad Nur 🥺Telegram 🛍Instagram 🤪Facebook 😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ 12.02.2026 йил ҳолатида 🕋 Бомдод 06:50; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 16:35; 🕋 Шом 18:20; 🕋 Хуф
#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ  12.02.2026 йил ҳолатида
🕋 Бомдод 06:50; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 16:35; 🕋 Шом 18:20; 🕋 Хуфтон 19:50.
📖«Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир». (Нисо сураси, 103-оят). 🗝"Жаннатнинг калити намоз, намознинг калити таҳоратдир". (Ҳадис). عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ أَوْ أَبِي أُسَيْدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: «إِذَا دَخَلَ أَحَدُكُمُ الْمَسْجِدَ فَلْيُسَلِّمْ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، ثُمَّ لِيَقُلِ: اللَّهُمَّ افْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ، فَإِذَا خَرَجَ فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. «Набий алайҳис-салом: «Қачон сизлардан бирортангиз масжидга кирса, Набий алайҳис-саломга салом берсин. Сўнгра: «Аллоҳумма ифтаҳ лий абваба роҳматика», – десин. Чиқаётганида: «Аллоҳумма инний асъалука мин фазлика», – десин», – дедилар». ⤵️ https://t.me/Ustoz_Rahmatillo_domla

#Muslim_podcastda  #Kun_oyati 📱🗣DUNYO OSMONINI CHIROQLAR-LA ZIYNATLADIK 🤣 🗣Oyat tafsiri: Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo etdi va har bir osmonga ishini vahiy qildi. Biz dunyo osmonini chiroqlar-la ziynatladik va qo‘ridik. Bu azizu o‘ta ilmi Zotning o‘lchovidir. Keyin Alloh taolo o‘sha tutun (gaz)dan: «Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo etdi…» Bu ishlarni Allohning O‘zi biladi. Insonga esa yerga yaqin turgan osmondan ba’zi narsalarni bildirib qo‘ygan, xolos. Shunday qilib, osmonlaru yer olti kunda barpo qilindi. U kunlar qanday kunlar ekanini Allohning O‘zigina biladi. Ulamolarimiz, agar Alloh taolo xohlasa, bularni ko‘z ochib yumguncha yaratardi, lekin bandalariga puxtalikni o‘rgatish uchun shoshilgani yo‘q, deydilar. Ikki kunda yetti osmonni yaratgan Zotga kufr yoki shirk keltirib bo‘ladimi?! «…va har bir osmonga ishini vahiy qildi». Har bir osmondagi barcha ish Bizning vahiyimiz asosida, o‘sha vahiyga binoan bo‘ladi, deb belgilab qo‘ydi. Yo Alloh! Bu naqadar ajoyib! Naqadar ibratli! Inson umuman tasavvur ham qila olmaydigan yetti osmonning barchasida hamma ishlar Allohning vahiyi bo‘yicha bo‘lsa-yu, hech narsaga arzimaydigan inson o‘ziga Alloh tomonidan maxsus yuborilgan vahiyini inkor etsa! Yetti osmondagi butun mavjudot Allohning vahiyi bilan ish ko‘rsa-yu, yaqin osmondagi Yer deb atalgan bir zarrada yashovchi «inson» atalmish ojiz bir jonzot Allohning vahiyini inkor etib, o‘zicha turli yo‘llar bilan ish ko‘rib yursa! Axir, hajmini, ichlaridagi narsalarni tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan darajada ko‘p va katta bo‘lgan yetti osmonning har birida Allohning vahiyi asosida ish ko‘rilsa-da, inson Allohga kufr keltirib o‘tirsa, shu to‘g‘ri bo‘ladimi?! Allohga shirk keltirsa, joizmi? O‘ziga kelgan vahiyini afsona, yolg‘on, sehr, to‘qilgan uydirma, deyishi aqldanmi?! «Dunyo osmonini chiroqlar-la ziynatladik va qo‘ridik». Ya’ni insonga yaqin osmonga yulduzlarni ziynat qilib yaratdik. O‘sha yulduzlar ila osmonni qo‘riydigan ham qilib qo‘ydik. O‘sha yulduzlar osmonni jinu shaytonlardan qo‘rib turadilar. Inson boshi ustidagi bepoyon osmonning bir qismidan jinday xabardor, xolos. Bu osmon, ba’zi ulamolar aytishlaricha, shunchalik kattaki, undagi quyosh sistemasining diametri yuz milliard yorug‘lik yiliga tengdir. Yorug‘lik esa bir soniya (sekund)da bir yuz sakson olti ming mil tezlik bilan harakat qiladi. U tezlikni daqiqaga, soatga, kunga, oy va yilga ko‘paytirsak va so‘ngra natijani yuz milliardga ko‘paytirsak, bizga yaqin osmondagi quyosh sistemasining diametri qancha ekanini bilib olamiz. Ana shu osmonni Alloh taolo yulduzlar ila bezab qo‘yibdi. Bu yulduz (chiroq)larning soni hali aniq emas. Ayrimlarining kattaligi ba’zi ulamolar taxmin qilganlaridan ma’lum. Bu narsalarni yaratgan Zotni o‘ylab, Uning qudratiga qoyil qolamiz, xolos. «Bu azizu o‘ta ilmi Zotning o‘lchovidir». Yuqoridagi narsalarning barchasi hammadan ustun va g‘olib bo‘lgan Zot — Allohning o‘lchovidir, qilgan taqdiridir. Alloh aziz (hammadan kuchli, g‘olib va ustun) bo‘lgani uchun ham o‘sha narsalarni yaratdi, o‘lchovli qilib qo‘ydi. Ammo Alloh yaratib qo‘ygan narsalarni to‘liq idrok qila olmagan inson, Alloh bergan aql bilan ularning hisobiga ham yeta olmay yurgan inson esa kibru havo ila Allohga kufr keltiradi. Uni inkor etadi. Dinini inkor etadi. Vahiyni inkor etadi. Axir, shunday Allohga kufr keltirib bo‘ladimi?! 📝 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 📖 Tafsiri hilol, 24-juz 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda #Audio_kitob 📖 ISHBOSHILARNING BURCHI 📝Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 🎙Suhandon: Muhammad Nur 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing

#Muslim_podcastda  #Duolar 📱🗣QUR'ONDA KELGAN DUOLAR رَبَّنَا ٱصْرِفْ عَنَّا عَذَابَ جَهَنَّمَ ۖ إِنَّ عَذَابَهَا كَانَ غَرَامًا (٦٥) إِنَّهَا سَآءَتْ مُسْتَقَرًّا وَمُقَامًا (٦٦) 📖 Ma'nosi: Ey Robbimiz, O`zing bizdan jahannam azobini burgin, albatta, jahannam azobi doimiydir. Albatta, u eng yomon qarorgoh va turar joydir 📖 Furqon surasi, 65-66-oyatlar 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda  #Kun_hadisi 📱🗣HALOKATGA ELTUVCHI AMALLAR 🤣 Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: "Sizlar ba’zi amallarni qilasizlar. U sizlarning nazdingizda soch tolasidan ham nozikroqdir. Biz esa Rasululloh salollohu alayhi vasallam zamonlarida bularni halokatga eltuvchi amallardan, deb sanardik", dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari). 📖 Riyozus solihiyn kitobi 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing

#Muslim_podcastda  #Duolar 📱🗣QUR'ONDA KELGAN DUOLAR رَّبِّ ٱغْفِرْ وَٱرْحَمْ وَأَنتَ خَيْرُ ٱلرَّٰحِمِينَ ١١٨ 📖 Ma'nosi: Ey Robbim, mag`firat qil, rahim qil. O`zing rahim qilguvchilarning yaxshisisan 📖 Mu'minun surasi, 118-oyatlar 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Аҳли_сунна_эътиқоди #Ал_ақида_ат_Таҳовия_матни "Аллоҳ таоло қиёматда қанча одам жаннатга, қанча одам дўзахга киришини азалда
#Аҳли_сунна_эътиқоди #Ал_ақида_ат_Таҳовия_матни "Аллоҳ таоло қиёматда қанча одам жаннатга, қанча одам дўзахга киришини азалдан билган. Ўша ададнинг миқдори асло кам ёки зиёда бўлмайди. Бандалар дунёга келиб нима ишлар қилишини ҳам Аллоҳ таоло азалдан билган. Ҳар бир инсонни тақдирига мувофиқ иш қилиб борадиган қилиб қўйган. Барча ишлар оқибати ва натижасига қараб баҳоланади". "Ақида матнлари" китобидан Улашинг: @AhliSunnaValJamoaUz

#Muslim_podcastda  #Kun_oyati 📱🗣TAFAKKUR QILMAYSIZMI? 🤣 🗣Oyat tafsiri: 17. Ular nazar solmasmi: Tuyaning qanday yaratilganiga? 18. Va osmonning qanday ko‘tarilganiga? 19. Va tog‘larning qanday o‘rnashtirilganiga? 20. Va yerning qanday tekislab qo‘yilganiga? Ushbu oyati karimalarda Alloh taolo o‘z qudratini ko‘rsatish uchun insonlarga, xususan, kofirlarga O‘zining yaratgan narsalaridan to‘rttasiga nazar solib ko‘rishni tavsiya qilmoqda: 1. Tuyaning qanday yaratilganiga, nazar solmaydilarmi? Qur’on nozil bo‘lgan payt va joyda odamlarga eng yaqin hayvon tuya bo‘lgan, shuning uchun ularning e’tibori tuyaga tortilyapti. Haqiqatan ham, tuya bir mo‘jiza: uning tuzilishi — quloq, burun, ko‘z, oyoq, tuyoqlari sahro uchun moslashgan. Shuning uchun ham uni arablar “sahro kemasi” deyishadi. Tuya issiq havoda yurishga moslashgan, suv ichmay bir necha kunlab yurishi mumkin va hokazo. Tuyaning ko‘zlari boshning yuqori qismiga joylashgan bo‘lib, orqaga qarash imkonini beradi. Uning qovoqlari esa qumni to‘sishga moslashgandir. Shuningdek, tuyaning burun kataklari va quloqlari ham qum kirishini to‘sadigan junlar bilan jihozlangan. Sahroda shamol turishi bilan tuyaning tumshuqlari ham, quloqlari ham jismiga tortilib, qumdan zarar ko‘rmaydigan holatga kelib oladi. Tuyaning tuyoqlari ham alohida shakldagi suyaklarga kiyizilgan go‘sht va teridan iborat qo'lqop bo‘lib, qumda bunday boshqa tuyoq bilan yukli ravishda yurish mumkin emas. Tuya sahroda och qolganda, quruq yog‘ochni, hatto tikanini ham yeb ketaveradi. Tuyaning o‘rkachi o‘ziga xos ozuqa omboridir. Agar tuya sahroda och qolsa, o‘sha o‘rkachidagi “ombor”dan ozuqa olaveradi. Sahroda eng zaruriy narsa suv hisoblanadi. Tuyani Alloh taolo bu ehtiyojiga ham moslab yaratgan. Avvalo, tuya ter chiqarmaydigan qilib yaratilgan. Ya’ni jismidagi suvni o‘zida saqlab turadi. Qolaversa, tuyaning burni og‘ziga ulangan. Shuning uchun uning nafas olishi tufayli chiqqan bug‘ ham yana og‘zi orqali ichiga qaytadi. Shu bilan birga, tuya birdan ko‘p suv ichib olish qobiliyatiga ega. U oltmish litrgacha suv ichishi mumkin. Bu esa unga sahroda olti kundan o‘n kungacha suv ichmay yurish imkonini beradi. Ushbu zikr qilingan narsalar Alloh taoloning, o‘sha tuyani yaratgan Zotning qudratiga dalil emasmi? 2. Va osmonning qanday ko‘tarib qo‘yilganiga, nazar solmaydilarmi? Osmon ham hamma joyda barchaning nazari tushib turadigan narsa. Lekin uning ulkanligi, ichidagi narsalarning ko‘pligi, intizomi va boshqa shunga o‘xshash narsalariga ibrat nazari bilan, aqlni ishlatib qaragan inson Alloh taoloning qudratiga tan bermay iloji yo‘q. 3. Va tog‘larning qanday o‘rnashtirilganiga, nazar solmaydilarmi? Tog‘lar ham o‘z salobati ila hammanning nazariga tushib turadigan narsa. Ularning tuzilishi, sir-asrori, ajoyibotlari ham aqlni ishlatgan, e’tibor nazari solganlarni Allohga iymon keltirishga undaydi. 4. Va yerning qanday qilib tekislab qo‘yilganiga, nazar solmaydilarmi? Yerdagi ajoyibotlar doimo aqlli kishilarni iymonga yo‘llab kelgan. Kim e’tibor nazari bilan qarasa, ko‘p narsani topadi. Qiyomat kuni manzaralari, O‘zining borliqdagi qudrati ko‘rinishlarini zikr qilib bo‘lgandan so‘ng, Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamning e’tiborlarini payg‘ambarliklarining tabiatiga tortadi. Unda va’z-nasihat, irshod va majbur qilmaslik asos ekanini eslatadi. 21. Bas, eslatgin, sen, albatta, eslatuvchidersan. 22. Sen ularning ustidan hukmni o‘tkazuvchi emassan. Ha, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning, u zotning dinlarining odamlarni da’vat qilish xususiyati shundoq. Kishilarga iymonga kirish eslatiladi. Ammo ularni iymonga majburlab, kuch bilan kiritishga harakat qilinmaydi. Kim o‘sha eslatmaga quloq osib, iymonga kelsa, iymon taqozosidagi amallarni qilsa, bu dunyoda baxtli hayot kechiradi va oxiratda Alloh taolo uni katta ne’mat ila ne’matlaydi. 📝 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 📖 Tafsiri hilol, 30-juz 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

Ⓜ️авзу: Уламоларни ҳурмат қилиш — динни ҳурмат қилишдир Ислом дини илм ва маърифатга алоҳида эътибор берган улуғ дин ҳисоблан
Ⓜ️авзу: Уламоларни ҳурмат қилиш — динни ҳурмат қилишдир Ислом дини илм ва маърифатга алоҳида эътибор берган улуғ дин ҳисобланади. Илм эса ўз-ўзидан пайдо бўлмайди, балки уни авлоддан-авлодга етказиб келган, Қуръон ва суннатни чуқур ўрганиб, умматга тўғри йўл кўрсатган улуғ зотлар — уламолар орқали тарқалади. Шунинг учун ҳам ислом таълимотида уламоларни ҳурмат қилиш, уларнинг мақомини билиш ва қадрлаш муҳим аҳамиятга эга. Аллоҳ таоло Қуръони каримда шундай марҳамат қилади:...Давомини ўқиш https://nasafziyo.uz/index.php?newsid=12034 Алимардон КАРОМАТОВ •┈•┈┈•⊰✿🌿🌸🌿✿⊱•┈┈•┈• 📲Яқинларингизга ҳам улашинг! Каналимизга обуна бўлишни унутманг! https://t.me/joinchat/AAAAAFLbtImNQqKWruwBuA https://t.me/joinchat/S8c2omyVIb1MadlE Telegram | Facebook | InstagramYoutube |🌍 nasafziyo.uz

#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ 09.02.2026 йил ҳолатида 🕋 Бомдод 06:50; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 16:30; 🕋 Шом 18:15; 🕋 Хуф
#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ  09.02.2026 йил ҳолатида
🕋 Бомдод 06:50; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 16:30; 🕋 Шом 18:15; 🕋 Хуфтон 19:45.
📖«Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир». (Нисо сураси, 103-оят). 🗝"Жаннатнинг калити намоз, намознинг калити таҳоратдир". (Ҳадис). عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ أَوْ أَبِي أُسَيْدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: «إِذَا دَخَلَ أَحَدُكُمُ الْمَسْجِدَ فَلْيُسَلِّمْ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، ثُمَّ لِيَقُلِ: اللَّهُمَّ افْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ، فَإِذَا خَرَجَ فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. «Набий алайҳис-салом: «Қачон сизлардан бирортангиз масжидга кирса, Набий алайҳис-саломга салом берсин. Сўнгра: «Аллоҳумма ифтаҳ лий абваба роҳматика», – десин. Чиқаётганида: «Аллоҳумма инний асъалука мин фазлика», – десин», – дедилар». Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz https://t.me/Ustoz_Rahmatillo_domla

#Muslim_podcastda  #Duolar 📱🗣QUR'ONDA KELGAN DUOLAR رَّبِّ أَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَٰتِ ٱلشَّيَـٰطِينِ ٩٧ وَأَعُوذُ بِكَ رَبِّ أَن يَحْضُرُونِ ٩٨ 📖 Ma'nosi: Ey Robbim, Sendan shaytonlarning vasvasasidan panoh so`rayman! Ey Robbim, Sendan ularning menga hozir bo`lishlaridan panoh so`rayman 📖 Mu'minun surasi, 97-98-oyatlar 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda  #Kun_hadisi 📱🗣ODAMLARGA CHIROYLI XULQ BILAN MUOMALA QIL. 🤣 Abu Zarr Jundub ibn Junoda roziyallohu anhu va Abu Abdurahmon Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh salollohu alayhi vasallam: "Qaysi joyda bo‘lmagin, Allohdan qo‘rq. O’monlikka yaxshilikni ergashtirgin. Uni o‘chirib yuboradi. Odamlarga chiroyli xulq bilan muomala qil", deb aytdilar. (Imom Termiziy rivoyatlari.) 📖 Riyozus solihiyn kitobi 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing

#Muslim_podcastda  #Ibratli_rivoyatlar 📱🗣IMOM A'ZAMNING HALIMLIKLARI 📖 Ruhul-bayon tafsiridagi ibratli rivoyatlar 📝 Tarjimon: Jaloliddin Nuriddinov 🎙 Suhandon: Muhammad Nur 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda  #Kun_oyati 📱🗣ULAR NAMOZLARIDA XUSHU' QILUVCHILARDIR 🤣 🗣Oyat tafsiri: 1. Batahqiq, mo‘minlar najot topdilar. Ushbu oyat ila Alloh taolo mo‘minlarning najot topishlariga ochiq-oydin, ta’kidlangan va’da bermoqda. Avvalida «Batahqiq» — «haqiqatdan» so‘zi bilan boshlangan jumla shunga dalolat qiladi. Qolaversa, jumlaning oxirida «najot topdilar» deyilishi najot bo‘lishi aniqligini bildirib, hech qanday shubhaga o‘rin qoldirmaydi. Aslida, «najot topadilar» deyilishi kerak edi. Ammo «najot topdilar» deyishlik, albatta, «najot topadilar» ma’nosidan ham kuchlidir. Bu ta’kiddan keyin Alloh o‘sha najot topgan mo‘minlarning sifatlarini zikr qiladi: 2. Ular namozlarida xushu’ qiluvchilardir. Xushu’ — qo‘rquv bilan sokinlikning birga qo‘shilganidir. Mazkur najotga erishuvchi mo‘minlarning sifatlaridan biri — namoz o‘qiganlarida Alloh taolo maqomi huzurida qalblarini, vujudlarini, harakat-sakanotlarini qo‘rqinch va sokinlik o‘rab olishidir. Bu holat esa faqat namozni oliy darajada qoyilmaqom qilib ado etadigan mo‘minlargagina bo‘ladi. O‘sha maqomga yetgan mo‘min najotdan umid etishning bitta sababini o‘zida mujassam qilgan bo‘ladi. Namozni xushu’ bilan o‘qimaydigan, qalbida, vujudida, harakatu sakanotida Allohdan hayiqish va sokinlik yog'ilib turmaydigan odam namozdagi holatini o‘ylab ko‘rsin, tezda o‘zini o‘nglab olsin. 3. Ular behuda narsalardan yuz o‘giruvchilardir. Behuda so‘z, behuda ish, behuda tafakkur, behuda his-tuyg‘u, umuman, behuda narsa uchun mo‘min kishining qalbida joy yo‘qdir. Chunki mo‘min insonning qalbi iymon bilan to‘la bo‘ladi. Uning qalbi Allohning muhabbati, zikri, fikri va Allohning amrlarini tafakkur etish bilan band bo‘ladi. Mo‘min kishining qalbida boshqa narsaga joy yo‘qdir. Shuning uchun u behuda narsalarga umuman toqat qila olmaydi, ulardan yuz o‘giradi. Ana o‘sha darajaga yetgan mo‘min najotga erishadi. 4. Ular zakotni ado qiluvchilardir. Mo‘minlar o‘z shaxslari, ibodatlari va qalblarinigina emas, mollarini ham poklab yuradilar. Mazkur ish moldan zakot chiqarib haqdorlarga berish bilan bo‘ladi. Zotan, «zakot» so‘zi ham poklash ma’nosini bildiradi. Mo‘min inson haloldan topgan molini poklash uchun zakot beradi. Alloh taologa moliyaviy ibodat qiladi. Ana o‘shandagina najotga erishishning shartlaridan biriga amal etgan bo‘ladi. Moldan haqdorlarga zakot chiqarib bermagan odam bu martabani umid qila olmaydi. 5. Ular farjlarini saqlovchilardir. 6. Magar o‘z jufti halollari va qo‘llarida mulk bo‘lganlardan (saqlamasalar), albatta, ular malomat qilinuvchi emaslar. Mo‘min kishilar o‘z qalblari, shaxslari, ibodatlari, so‘zlari va ishlari hamda mollarini pokiza tutishlari bilan birga, jinsiy hayotlarini ham pok yuritadilar. Bu esa, o‘z navbatida, insonning ruhi, oilasi va jamiyati pokligiga dalolat qiladi. Mo‘min kishilar faqat o‘z jufti halollari va mulk bo‘lib tushgan cho‘rilari bilangina aloqa qiladilar. Boshqa jinsiy aloqalar mo‘minlar uchun haromdir. Bu poklik boshqalari qatori nihoyatda zarur poklikdir. Shu tufayli, avval aytilganidek, insonning ruhi, oilasi va jamiyati poklanadi. Shu tufayli insonning nasli pok bo‘ladi. Zinodan saqlanish mo‘minlarni najotga eltuvchi mazkur asosiy sifatlardan biridir. Busiz u najotdan umid qilmasa ham bo‘ladi. 📝 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 📖 Tafsiri hilol, 18-juz 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda  #Kun_hikmati 📱🗣ULAMOLAR BISOTIDAN Pulingga uy sotib olarsan, xotirjamlik sotib ololmaysan! Lavozim sotib olarsan, lekin hurmatni sotib ololmaysan! Karavot sotib olarsan, lekin uyquni sotib ololmaysan! Kitob sotib olarsan, lekin fahm-farosat sotib ololmaysan! Dori sotib olarsan, lekin shifo sotib ololmaysan! 📖 Saodatga yetaklovchi hikmatlar 🎙 Suhandon: Muhammad Nur 🥺Telegram 🛍Instagram 🤪Facebook 😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda  #Xayrli_tong 📱🗣Assalomu alaykum va rаhmatullohi va barakatuhu! 💡Аllohni zikri bilan boshlangan kun xayrli bo‘ladi ❄️Uyqudan turgandagi duo: أَصْبَحْنَا وَأَصْبَحَ الْمُلْكُ للهِ رَبِّ العَالَمِينَ. اللهُمَّ أَسْأَلُكَ خَيْرَ هَذَا اليَوْمِ فَتْحَهُ وَنَصْرَهُ وَنُورَهُ وَبَرَكَتَهُ وَهُدَاهُ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا فِيهِ وَشَرِّ مَا بَعْدَهُ «Asbahnaa va asbahal mulku lillahi robbil ʼalamiyn. Allohumma as`aluka xoyra hazal yavmi fathahu va nasrohu va nurohu va barokatahu va hudahu va aʼuzu bika min sharri maa fiyhi va sharri maa baʼdah». Maʼnosi: “Biz ham, mulk ham olamlar parvardigori Allohniki bo‘lgan holda tong ottirdik. Ey Rabbim, bu kunning yaxshisini, fath bo‘lishini, g‘alabasini, nurini, barakasini, hidoyatini so‘rayman. Va Sendan bu kunning va bu kundan keyingisining yomonligidan panoh tilayman”. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!