fa
Feedback
Sof_aqida.uz I Расмий канал

Sof_aqida.uz I Расмий канал

رفتن به کانال در Telegram

Ушбу каналда мотуридия эътиқоди ва ҳанафий мазҳабига оид долзарб маълумотлар тақдим этиш билан бирга турли адашган фирқаларга раддиялар бериб борилади.

نمایش بیشتر
834
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-730 روز
آرشیو پست ها
Repost from Muslim/podcast.uz
#Muslim_podcast  📱🗣NAMOZDA "OMIN"NI MAXFIY AYTISH QANDAY AMAL? 🎙 Ekspert: Zikriyo domla BoborahimovOʼzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ilmiy xodimi 🎞 Toʼliq👉FULL HD: @muslim_podcast_uzda koʼring! 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcast  📱🗣NAMOZDA "OMIN"NI MAXFIY AYTISH QANDAY AMAL? 🎙 Ekspert: Zikriyo domla BoborahimovOʼzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ilmiy xodimi 🎞 Toʼliq👉FULL HD: @muslim_podcast_uzda koʼring! 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda  #Kun_oyati 📖 ALLOH SIZLARGA YENGILLIKNI XOHLAYDI 💡 187. Sizlarga ro`za kechasida xotinlaringizga yaqinlik qilish halol qilindi. Ular sizga libosdir, siz ularga libosdirsiz. Alloh sizning o`zingizga xiyonat qilayotganingizni bildi, tavbangizni qabul etdi va sizlarni afv etdi. Endi ularga yaqinlashavering va Alloh sizga yozgan narsani talab qiling. Tong paytida oq ip qora ipdan ajraguncha yeb-ichavering. So`ngra, ro`zani kechasigacha batamom qiling. Masjidlarda, e'tikofdaligingizda ularga yaqinlik qilmang. Bular Allohning chegaralaridir, unga yaqinlashmang. Alloh odamlarga O`z oyatlarini shundoq bayon etadir. Shoyadki, taqvo qilsalar. 📝 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 📖 Tafsiri hilol, 2-juz 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ 26.02.2026 йил ҳолатида 🕋 Бомдод 06:30; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 16:50; 🕋 Шом 18:30; 🕋 Хуф
#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ  26.02.2026 йил ҳолатида
🕋 Бомдод 06:30; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 16:50; 🕋 Шом 18:30; 🕋 Хуфтон 20:45.
📖«Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир». (Нисо сураси, 103-оят). 🗝"Жаннатнинг калити намоз, намознинг калити таҳоратдир". (Ҳадис). عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ أَوْ أَبِي أُسَيْدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: «إِذَا دَخَلَ أَحَدُكُمُ الْمَسْجِدَ فَلْيُسَلِّمْ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، ثُمَّ لِيَقُلِ: اللَّهُمَّ افْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ، فَإِذَا خَرَجَ فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. «Набий алайҳис-салом: «Қачон сизлардан бирортангиз масжидга кирса, Набий алайҳис-саломга салом берсин. Сўнгра: «Аллоҳумма ифтаҳ лий абваба роҳматика», – десин. Чиқаётганида: «Аллоҳумма инний асъалука мин фазлика», – десин», – дедилар». Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz https://taplink.cc/nasafziyo.uz

SALAFI SOLIHLAR KIMLAR? ____________________________ Ustoz Asadullo Najmiddinov Улашинг: https://t.me/joinchat/S8c2omyVIb1MadlE https://t.me/joinchat/AAAAAFLbtImNQqKWruwBuA

📒 Ихтиёрий жинниликдан сакланайлик! 🎤 Хасанбой домла Кенжаев Урганч шаҳар бош имом хатиби №17 25.02.2026

#Muslim_podcast  📱🗣RAMAZON QANDAY OY? VA U KIMLAR UCHUN RAHMAT? 🎙 Ekspert: Hikmatulloh domla ToshtemirovOʼzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ilmiy xodimi 🎞 Toʼliq👉FULL HD: @muslim_podcast_uzda koʼring! 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcast  📱🗣RAMAZON QANDAY OY? VA U KIMLAR UCHUN RAHMAT? 🎙 Ekspert: Hikmatulloh domla ToshtemirovOʼzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ilmiy xodimi 🎞 Toʼliq👉FULL HD: @muslim_podcast_uzda koʼring! 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 😎 Улашинг: @AhliSunnaValJamoaUz

#Muslim_podcastda  #Kun_hadisi 🌙 RASULULLOHNING RAMAZONDAGI SAXIYLIKLARI 💡 Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam insonlar ichida xayr qilishda eng saxiyi edilar. U zotning yana ham saxiy bo‘lishlari Ramazon oyiga to‘g‘ri kelar edi. Ramazonning har kechasida u zotga Jabroil alayhissalom kelib uchrashar edi. Rasululloh solallohu alayhi va sallam undan Qurʼonni o‘tkazib olar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Jabroil kelgan paytda saxiylikda tez esgan shamoldek bo‘lib ketar edilar" Imom Buxoriy rivoyati. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing

#VIDEOLAR ▶️“Reposting” tushunchasi haqida 🎙G‘iyosjon Ergashev, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi katta o‘qituvchisi Kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ham ulashing! 🌐Ziyo.uz |✅ Telegram | 🌐Instagram |📹 Youtube

#Muslim_podcastda #Xayrli_tong 💡 Assalomu alaykum va rаhmatullohi va barakatuhu! 🥣 Ro‘zaning odoblari Abu Hurayra roziyallo
#Muslim_podcastda  #Xayrli_tong 💡 Assalomu alaykum va rаhmatullohi va barakatuhu! 🥣 Ro‘zaning odoblari Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Ro‘zador odam biror musulmonni g‘iybat qilmasa, ozor bermasa, ibodatda bo‘ladi". Daylamiy rivoyat qilgan. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda  #Duolar  🌙 ROBBIM MENI MAG'FIRAT QILGIN! رَّبِّ ٱغْفِرْ لِى وَلِوَٰلِدَىَّ وَلِمَن دَخَلَ بَيْتِىَ مُؤْمِنًا وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ وَلَا تَزِدِ ٱلظَّـٰلِمِينَ إِلَّا تَبَارً 📖 Ma'nosi: Robbim, meni mag`firat qilgin, mening ota-onamni ham va uyimga mo`min bo`lib kirganlarni va mo`minlaru mo`minalarni ham. Va zolimlarga halokatdan o`zga narsani ziyoda qilma. 📖 Nuh surasi, 28-oyat 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda  #Kun_oyati 📖 ALLOH SIZLARGA YENGILLIKNI XOHLAYDI 💡 Oyat tafsiri: Ramazon oyi, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar bo‘lib Qur’on tushirilgandir. Sizdan kim u oyda hozir bo‘lsa, ro‘zasini tutsin. Kim bemor yoki safarda bo‘lsa, bas, sanog‘ini boshqa kunlardan tutadir. Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinchilikni xohlamas. Sanog‘ini mukammal qilishingiz va sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulug‘lashingiz uchun. Shoyadki, shukr qilsangiz. Avvalgi oyatda ro‘za «sanoqli kunlar» farz qilingani aytilgan edi, bu oyatda o‘sha «sanoqli kunlar» «Ramazon oyi» ekani bayon qilinayapti. Ayni cho‘g‘da, Ramazon oyining fazli ham zikr etilmoqda. «Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar bo‘lib, Qur’on tushirilgandir». Ramazon oyi yil ichidagi eng afzal oy hisoblanadi. Uning fazli haqida ko‘plab hadisi shariflar, ulug‘ ulamolarning so‘zlari, madhlar, she’rlar aytilgan, kitoblar bitilgan. Lekin bu haqdagi ta’riflarning gultoji Robbil olamiyning O‘z kalomi aytgan madhidir. Bu madh turli oyatlarda kelgan. Ushbu oyatdagi ta’rif Ramazoni sharifning eng ulkan fazilatlari haqidadir. Ya’ni: «Unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar bo‘lib Qur’on tushirilgandir». Alloh taolo O‘zining abadiy mo‘jizasi, qiyomatgacha insoniyatga hidoyat bo‘ladigan kitobi Qur’oni Karimni tushirish vaqti qilib Ramazoni sharif oyini ixtiyor qilganining o‘zi bu oyning fazilatini yuksakka ko‘targan. Endi esa nur ustiga nur, fazilat ustiga fazilat qo‘shib, ro‘za ibodatini ham shu Ramazon oyida tutishni farz qilmoqda. «Sizdan kim u oyda hozir bo‘lsa, ro‘zasini tutsin». Kim ushbu Ramazon oyiga sog‘-salomat yetsa, Ramazonning yangi oyi shohidi bo‘lsa yoki Ramazon oyi boshlanganining xabari unga yetsa, ro‘zasini tutsin. Bu farmon umumiydir, lekin odamlarda yangi, umumiy farmon bo‘ldi, kim bo‘lishidan qat’i nazar, hamma ro‘za tutishi farz ekan, degan fikr paydo bo‘lmasin uchun ushbu hukmdan istisno qilinganlar yana bir bor zikr etilmoqda: «Kim bemor yoki safarda bo‘lsa, sanog‘ini boshqa kunlardan tutadir». «Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinchilikni xohlamas», deydi. Doimo bandalarga yengillikni xohlash va ularni og‘ir mashaqqatli taklif ostida qoldirmaslik — Islom dinining asosiy va ulkan qoidasi. Islom shariati osonlikka bino qilingan. Ushbu ro‘za tutish ibodatida ham Alloh taolo yengillik yo‘lini tutganini eslatmoqda. Hammaga ro‘za tutish farz, desa, Allohning haqqi bor, hech kim e’tiroz bildira olmaydi. Ammo u mehribon Zot, bemor va musofirlar o‘z vaqtida tutmasalar mayli, keyin tutaveradilar, dedi. Shuningdek, muddatni bir oy emas, ikki, uch, balki undan ham ko‘proq oylarni farz qilsa bo‘lardi. Bir oyinigina farz qilishi ham yengillikdir. Alloh taolo har amr qilgan ibodatni so‘zsiz bajarish har bir bandaning burchi. «Nima uchun? Foydasi bormi, bo‘lsa nimada?» kabi savollarni berishga hech kimning haqqi yo‘q. Lekin shunday bo‘lsa ham ba’zan iymon quvvatlanishi uchun, ilohiy farmonlarning mo‘jizakorligini tasdiqlash uchun ba’zi ma’lumotlar zikr qilinadi. Qur’on, Islom, ro‘za kabi haqiqatlardan bexabar yoki xabardor bo‘lsa ham bu haqiqatlarni qaysarlik ila tan olmay kelayotgan hatto g‘ayridin tib olimlari ham uzoq ilmiy izlanishlari, tajribalar davomida dinimiz buyurgan amallarning inson hayotiga naqadar foyda ekanini bilvosita tasdiqlamoqdalar. Jumladan, har bir inson sog‘-salomat bo‘lishi uchun, bir yilda hech bo‘lmasa bir oy ixtiyoriy och qolishi kerak, degan xulosaga keladilar. Uzr sababli ro‘za tuta olmaganlar ajru savobdan bebahra qolmasinlar deb, Alloh taolo ro‘zaning qazosini tutishni joriy qildi. Ro‘za tutish ibodati Allohni ulug‘lash, unga shukr keltirishga arziydigan ibodatdir. «Sanog‘ini mukammal qilishingiz va sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulug‘lashingiz uchun. Shoyadki, shukr qilsangiz». 📝 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 📖 Tafsiri hilol, 2-juz 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

Repost from Muslim.uz
🗣ЎЗБЕКИСТОН УЛАМОЛАРИНИНГ ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИ ШАВКАТ МИРОМОНОВИЧ МИРЗИЁЕВГА МАКТУБИ Муҳтарам Президент! Сиз Ж
🗣ЎЗБЕКИСТОН УЛАМОЛАРИНИНГ ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИ ШАВКАТ МИРОМОНОВИЧ МИРЗИЁЕВГА МАКТУБИ Муҳтарам Президент! Сиз Жаноби Олийларини ва Сиз орқали бутун халқимизни муқаддас Рамазон ойи кириб келгани муносабати билан Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолар Кенгаши аъзолари ва таниқли уламолар номидан самимий муборакбод этамиз. Ватан равнақи, халқимиз фаровонлиги ва юрт ободлиги йўлида туну кун қилаётган фидокорона меҳнатларингизга Яратганнинг ўзи мададкор бўлсин, улкан зафарлар ато этсин! Бугун мамлакатимизда кечаётган ислоҳотлар жараёнида диний-маърифий соҳага, миллий қадриятларимизни тиклашга қаратилаётган алоҳида эътиборингиз юртдошларимиз қалбида шукроналик туйғусини мустаҳкамламоқда. Тажриба ва кузатишларимиздан маълумки, дунёнинг камдан-кам мамлакатларида Рамазон ойини муносиб ўтказиш бўйича Давлат Раҳбари даражасида алоҳида қарор қабул қилинади. Сизнинг ташаббусингиз билан қабул қилинаётган бундай ҳужжатлар мазкур ойни юксак инсоний фазилатлар, саховат ва меҳр-мурувват айёмига айлантирмоқда. «Инсон қадри учун!» тамойили асосида олиб борилаётган ишларингизнинг яққол тасдиғи сифатида, жорий йилнинг 16 февраль куни Рамазон ойида эҳтиёжманд аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш масалаларига бағишлаб ўтказилган йиғилишдаги тарихий қарорларингизни алоҳида эътироф этамиз. Рамазон ойи арафасида «Вақф» хайрия жамоат фондига 750 миллиард сўм ҳамда Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги орқали 300 миллиард сўм маблағ ажратилиши – давлатчилигимиз тарихида мисли кўрилмаган мурувват намунаси бўлди. Сизнинг ушбу тарихий қарорингиз замирида буюк муҳаддис бобомиз Имом Бухорий ривоят қилган: «Амаллар ниятларга қараб эътиборлидир», деган муборак ҳадиси шарифдаги холис ва соф ниятларнинг улуғ ҳикмати мужассамдир. Халқ манфаати йўлидаги бу ғамхўрлик туфайли минглаб оилаларнинг мушкули осон бўлиб, миллионлаб диллар қувончга тўлиши, қанча ногиронлиги, касаллиги бор кишиларнинг даволаниш ва жарроҳлик амалиёти харажати қоплаб берилиши, шубҳасиз, юртимизга файзу барака олиб келади. Сиз Жаноби Олийлари ташаббускори бўлаётган бундай хайрли амаллар халқаро ҳамжамият ва дунё уламолари томонидан ҳам юқори баҳоланмоқда. Муборак ҳадиси шарифларда келтирилишича, “Аллоҳ таоло учун энг мақбул амал – мўминнинг қалбига қувонч киритишдир”. Уламолар Аллоҳнинг назарида бўлган инсонлар қалбига фараҳ бағишлашни Яратганни рози қилиш билан қиёслаганлар ҳамда синиқ кўнгилларни кўтариш, маҳзун дилларга умид бериш ва инсонларнинг оғирини енгил қилиш илоҳий муҳаббатга сабаб бўлишини алоҳида таъкидлаганлар. Юртимиздаги 2000 дан зиёд масжидларда Хатми Қуръонларнинг тизимли ташкил этилиши, диний-маърифий соҳадаги кенг кўламли ислоҳотлар, жумладан, Имом Бухорий ёдгорлик мажмуаси ва Ислом цивилизацияси марказининг барпо этилиши Сизнинг ислом маърифатига қўшаётган бебаҳо ҳиссангиз ифодасидир. Муҳтарам Президент! Сиздек адолатли, халқпарвар ва юксак эътиқодли Юртбошини Аллоҳнинг Ўзи етказган. Сизни муборак ой билан яна бир бор қутлаб, Сизга мустаҳкам соғлик, оилавий бахт ва масъулиятли фаолиятингизда муваффақиятлар тилаймиз. Хонадонингиздан тинчлик-осойишталик, файзу барака аримасин. Аллоҳ таоло Сиздек ватанпарвар, эл-юрт дарди билан яшайдиган фарзандни тарбия қилган марҳум Миромон Ота ва Маърифатхон Оналаримизнинг охиратларини обод, қабрларини нурга тўлдирсин. Сизнинг раҳнамолигингизда амалга оширилаётган ҳар бир хайрли ва савобли амалларнинг ажру мукофотини уларнинг пок руҳларига еткaзсин. Аллоҳ таоло уларни Ўз раҳматига олсин, жаннатларини маскан қилсин, Сизга эса уларнинг дуолари соясида янада улкан хизматлар қилишни насиб этсин. Яратган ушбу муборак кунларда жонажон Ўзбекистонимизни ўз паноҳида асрасин, эзгу ниятларимиз ижобатини берсин. Юксак ҳурмат ва эҳтиром ила, Шайх Нуриддин Холиқназар, Шайх Абдулазиз Мансур, Раҳматулло қори Обидов, Ҳомиджон домла Ишматбеков, Зайниддин домла Эшонқулов, Шайх Раҳматуллоҳ Термизий, Раҳимберди домла Раҳмонов, Шайх Алижон қори Ҳайдаров, Исмоил Муҳаммад Содиқ, Муҳаммадаюбхон домла Ҳомидов, Ҳабибуллоҳ қори Абдураззоқов ва барча ҳудудлардаги бош имом-хатиблар... ➡️БатафсилЎМИ Матбуот хизмати

#Muslim_podcast  #9_son 📱🗣RАMАZON: BIR OYLIK IBODАT, BIR UMRLIK SАODАT⚡️ 00:00 ANONS 01:36 Ramazon ro‘zasining tarixi va uning ahamiyati 05:30 Ramazon qanday oy? (U kimlar uchun rahmat?) 07:53 Ramazon kirishi qanday aniqlanadi? (Avval qanday bo‘lgan hozir esa qanday?) 11:05 Ramazonni boshlashlik uchun qanday qoidalar ishlab chiqilgan? (Oyni ko‘rish, hisob-kitob tartiblari, hayit va ramazon kunining turli kunlarda bo‘lishi mumkinligi haqida) 18:07 Ro‘zaning niyati qanday qilinadi? Niyatni tilda aytish shartmi? 19:55 Ro‘zaligini bilmay yeb-ichib qo‘ygan odamning hukmi qanday? (Ro‘zaning qazosi, kafforati haqida) 20:58 Rasmiy eʼlon qilingan taqvimga qarab, ro‘za kunlari va vaqtiga amal qilish shartmi yoki odamlar joylarda o‘zlari kuzatib, ish tutsalar ham bo‘ladimi? 23:05 Saharlik va iftorliklarda og‘iz yopish va ochish azondan oldin bo‘lishi kerakmi yoki keyin? 24:31 Til, ko‘z, quloq va telefon bilan bog‘liq gunohlar ro‘zaga qanday taʼsir qiladi? 28:16 Ijtimoiy tarmoqlarda bahs, haqorat, fitna bilan band bo‘lgan odamning ro‘zasi nima bo‘ladi? 31:14 Ramazon oyida yolg‘on, faxsh, birovni g‘iybat qilish va bo‘xton qilishning gunohi og‘irmi? 36:06 Ro‘zaning inson jismi va ruhiyatiga qanday foydalari bor? (Ro‘za insonga zararli bo‘lishi ham mumkinmi? Ro‘zaning biz bilmagan qanday hikmatlari bor?) 42:59 Kasal, qariya yoki og‘ir mehnat qiluvchilar ro‘zani qanday tutadilar? 44:37 Chet davlatida o‘qish yoki ish bilan yurgan yurtdoshlarimizning (musofir) ro‘zasi qanday bo‘ladi? 45:09 Turli xil dori vositalari, sistema, ukol, ko‘z va burunga dori tomizish va shu kabi tibbiy holatlar ro‘zani buzadimi? 47:55 Ro‘zaning ajri qachon kamayadi yoki butunlay yo‘qolishi ham mumkinmi? 52:27 Nima uchun ko‘pchilik Ramazondan keyin yana avvalgi holatiga qaytib qoladi? 🎞 Toʼliq👉FULL HD: @muslim_podcast_uzda koʼring! 🎙Ekspert: Hikmatulloh domla ToshtemirovOʼzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi katta ilmiy xodimi 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ 23.02.2026 йил ҳолатида 🕋 Бомдод 06:35; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 16:45; 🕋 Шом 18:27; 🕋 Хуф
#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ  23.02.2026 йил ҳолатида
🕋 Бомдод 06:35; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 16:45; 🕋 Шом 18:27; 🕋 Хуфтон 20:45.
📖«Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир». (Нисо сураси, 103-оят). 🗝"Жаннатнинг калити намоз, намознинг калити таҳоратдир". (Ҳадис). عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ أَوْ أَبِي أُسَيْدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: «إِذَا دَخَلَ أَحَدُكُمُ الْمَسْجِدَ فَلْيُسَلِّمْ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، ثُمَّ لِيَقُلِ: اللَّهُمَّ افْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ، فَإِذَا خَرَجَ فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. «Набий алайҳис-салом: «Қачон сизлардан бирортангиз масжидга кирса, Набий алайҳис-саломга салом берсин. Сўнгра: «Аллоҳумма ифтаҳ лий абваба роҳматика», – десин. Чиқаётганида: «Аллоҳумма инний асъалука мин фазлика», – десин», – дедилар». Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz 📚https://t.me/Ustoz_Rahmatillo_domla

#Muslim_podcastda  #Duolar  🌙 ROBBIM SENGA TAVAKKAL QILDIK رَّبَّنَا عَلَيْكَ تَوَكَّلْنَا وَإِلَيْكَ أَنَبْنَا وَإِلَيْكَ ٱلْمَصِيرُ 📖 Ma'nosi: Ey Robbimiz, faqat Senga tavakkal qildik, faqat Sengagina qaytdik va qaytib boradigan joy ham faqat Sengaginadir. 📖 Mumtahana surasi, 4-oyat 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

Repost from Muslim/podcast.uz
#Muslim_podcast  #9_son 📱🗣RАMАZON: BIR OYLIK IBODАT, BIR UMRLIK SАODАT⚡️ 00:00-01:10 ANONS 01:36 Ramazon ro‘zasining tarixi va uning ahamiyati 05:30 Ramazon qanday oy? (U kimlar uchun rahmat?) 07:53 Ramazon kirishi qanday aniqlanadi? (Avval qanday bo‘lgan hozir esa qanday?) 11:05 Ramazonni boshlashlik uchun qanday qoidalar ishlab chiqilgan? (Oyni ko‘rish, hisob-kitob tartiblari, hayit va ramazon kunining turli kunlarda bo‘lishi mumkinligi haqida) 18:07 Ro‘zaning niyati qanday qilinadi? Niyatni tilda aytish shartmi? 19:55 Ro‘zaligini bilmay yeb-ichib qo‘ygan odamning hukmi qanday? (Ro‘zaning qazosi, kafforati haqida). 20:58 Rasmiy eʼlon qilingan taqvimga qarab, ro‘za kunlari va vaqtiga amal qilish shartmi yoki odamlar joylarda o‘zlari kuzatib, ish tutsalar ham bo‘ladimi? 23:05 Saharlik va iftorliklarda og‘iz yopish va ochish azondan oldin bo‘lishi kerakmi yoki keyin? 24:31 Til, ko‘z, quloq va telefon bilan bog‘liq gunohlar ro‘zaga qanday taʼsir qiladi? 28:16 Ijtimoiy tarmoqlarda bahs, haqorat, fitna bilan band bo‘lgan odamning ro‘zasi nima bo‘ladi? 31:14 Ramazon oyida yolg‘on, faxsh, birovni g‘iybat qilish va bo‘xton qilishning gunohi og‘irmi? 36:06 Ro‘zaning inson jismi va ruhiyatiga qanday foydalari bor? (Ro‘za insonga zararli bo‘lishi ham mumkinmi? Ro‘zaning biz bilmagan qanday hikmatlari bor?) 42:59 Kasal, qariya yoki og‘ir mehnat qiluvchilar ro‘zani qanday tutadilar? 44:37 Chet davlatida o‘qish yoki ish bilan yurgan yurtdoshlarimizning (musofir) ro‘zasi qanday bo‘ladi? 45:09 Turli xil dori vositalari, sistema, ukol, ko‘z va burunga dori tomizish va shu kabi tibbiy holatlar ro‘zani buzadimi? 47:55 Ro‘zaning ajri qachon kamayadi yoki butunlay yo‘qolishi ham mumkinmi? 52:27 Nima uchun ko‘pchilik Ramazondan keyin yana avvalgi holatiga qaytib qoladi? 🎞 Toʼliq👉FULL HD: @muslim_podcast_uzda koʼring! 🎙Ekspert: Hikmatulloh domla ToshtemirovOʼzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi katta ilmiy xodimi 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda  #Duolar  🌙 ROBBIM SEN SHAFQATLI VA MEHRIBONSAN رَبَّنَا ٱغْفِرْ لَنَا وَلِإِخْوَٰنِنَا ٱلَّذِينَ سَبَقُونَا بِٱلْإِيمَـٰنِ وَلَا تَجْعَلْ فِى قُلُوبِنَا غِلًّا لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ رَبَّنَآ إِنَّكَ رَءُوفٌ رَّحِيمٌ 📖 Ma'nosi: Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o`tgan birodarlarimizni mag`firat qilgin, iymon keltirganlarga qalbimizda nafrat (paydo) qilmagin. Ey Robbimiz, albatta, Sen shafqatli va mehribonsan. 📖 Hashr surasi, 10-oyat 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 📲Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!

#Muslim_podcastda  #Kun_hadisi 🌙 BANDA QILGAN AMALI O'ZI UCHUN, FAQAT... 💡 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Alloh taolo dedi: “Odam bolasining hamma amali o‘zi uchun, faqat ro‘za Men uchundir va uning mukofotini O‘zim berurman”. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan. Улашинг: https://t.me/joinchat/S8c2omyVIb1MadlE https://t.me/joinchat/AAAAAFLbtImNQqKWruwBuA