cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

TERDU |XALQARO HAMKORLIK BO'LIMI

Xorijiy hamkorlik, xalqaro grantlar, stipendiyalar va yozgi maktablar haqidagi xabarlardan ortda qolmang! Bizga qo'shiling! 👇👇👇👇👇👇👇👇👍 https://t.me/joinchat/2fFNX6pyqwAwNTYy

نمایش بیشتر
أوزبكستان28 567زبان مشخص نشده استآموزش63 897
پست‌های تبلیغاتی
369
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
-530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Hurmatli talabalar diqqatiga!!! Amerika Kengashlari O’zbekistonda ta’lim, ingliz tilini o’qitish, madaniy almashinuv dasturlari, biznes va tadbirkorlik, professional malaka oshirish yo’nalishlarida turli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Kelgusi 2024-yil “Young Professional Internships Program” dasturi e’lon qilingan. Dastur doirasida O’zbekiston Respublikasidagi 65 nafar oliy o’quv yurtlarining 3 va 4-chi bosqich talabalariga O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kichik va o’rta korxonalarda yoz oylarida kasbiy amaliyot o’tish imkoniyati yaratib berilishi rejalashtirilgan. Dastur davomida talabalar professional tarmoq yaratadilar va ish muhitida amaliy biznes ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Dasturda qatnashish uchun anketalar 2023-yilning 9-dekabr sanasiga qadar ochiq bo’ladi. Dastur haqida 21-noyabr kuni Termiz davlat universitetining Ijtimoiy fanlar fakultetida Amerika Qo’shma Shtatlarining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan batafsil ma’lumot beriladi!!!
نمایش همه...
Studentlar uchun ajoyib imkonyat 💥💥🧑‍🎓 Work&Travel Germany🇩🇪 2024 1.Qishloq xo‘jaligi 2. Restoran va ovqatlanish shahobchalari 3. Xizmat ko‘rsatish 4. Logistika Ferienjob 2024🇩🇪 Germany ga borishgacha bo'lgan davrda yordam beramiz! Ajoyib taklif💯 📆 01.05.2024-31.08.2024 📍 Hamburg Braunsweig Hannover 💶 13,5€/soat (qo’shimcha ish vaqtiga 25% ustama, tungi smenaga 25% ustama, yakshanba kuniga 50% ustama, bayram kunlarida ishga 100% ustama) 🏡 14€/kun Joylar soni cheklangan⏳ Faqat 1-2-3 kurs talabalari uchun Murojaat uchun tel: +998907472447
نمایش همه...
👍 1
Hurmatli professor-o'qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!!! O'zbekistondagi yosh iqtisodchilar va tadqiqotchilarning amaliy ekonometrik tahlil salohiyatini oshirish maqsadida Toshkent shahridagi Xalqaro Westminster universiteti tomonidan AQSHning Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqot instituti (IFPRI) bilan hamkorlikda joyiry yilning 11-15 dekabr kunlari "Amaliy ekonometrik tahlil" bo'yicha qishki maktab tashkil etish rejalashtirilmoqda. Mazkur qishki maktab doirasidagi o'quv kursida ishtirok etishni xohlovchi professor-o'qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar quyidagi conference.wiut.uz/ifpri-wiut-training-2023 havola orqati to'liq ma'lumot olishlari mumkin.
نمایش همه...
👍 1
Hurmatli talabalar diqqatiga!!! Shvetsariyaning O'zbekistondagi elchixonasi ma'lumotlariga ko'ra, Jeneva universiteti BMTning Jeneva shahridagi bo'linmasi bilan hamkorlikda magistratura bosqichida tahsil olish uchun "Yevropa va xalqaro boshqaruv bo'yicha ilg'or tadqiqotlar magistri darajasi(MEIG)" bo'yicha stipendiyalar dasturini e'lon qilgan. Stipendiyalar dasturiga xujjat topshirish muddatlari quyidagicha: - 2023-yil 1-oktyabrdan 15-noyabrgacha; - 2023-yil 15-noyabrdan 31-dekabrgacha; - 2023-yil 1-yanvardan 15-fevralgacha. Mazkur stipendiyalar dasturi to'g'risidagi batafsil ma'lumot bilan www.meig.ch veb havolasi orqali tanishish mumkin.
نمایش همه...
Hurmatli professor-o’qituvchi va talabalar diqqatiga!!! Toshkent shahridagi Singapur menejmenti rivojlantirish instituti tomonidan O'zbekistonda davolash-kurort turizmini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan "Tibbiyot-kurort va sog'lomlashtirish turizmi: muammolar, innovatsiyalar va istiqbollar" Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman mamlakatimizda davolash-kurort turizmining o'sishi va rivojlanishini rag'batlantirishda muhim voqea bo'lmoqda. Ishtirokchilarning o'zaro bilim va tajriba almashishlariga imkoniyat yaratib, mamlakatimizda davolash va kurort turizmini yaxshilash, xorijlik bemorlar va sayyohlarni jalb etish bo'yicha aniq strategiyalarni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu xalqaro anjumanda ishtirok etmoqchi bo'lgan professor-o'qituvchi va talabalar shu yilning 2023-yil 30-noyabrga qadar Universitetning Xalqaro bo'limiga uchrashishlari so'raladi.
نمایش همه...
Hurmatli professor-o'qituvchi va talabalar diqqatiga!!! 2023-yilning 29-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tomonidan EXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hankorlikda "Globallashuv sharoitida mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashning asosiy tendensiyalari" mavzusida V xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiya 3 til - o'zbek, ingliz, rus tillarida gibrid (oflayn va onlayn) shaklda tashkil etiladi. Mazkur ilmiy-nazariy konferensiya o'z maqola va tezislari bilan qatnashmoqchi bo'lgan professor-o'qituvchi va talabalar o'z ma'lumotlaringizni (Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Parkent ko'chasi, 21-uy. Qurolli Kuchlar akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalarni tashkil etish bo'limi - +99871 289-95-41; +99871 289-97-89)ga 2023-yilning 16-noyabr sanasiga qadar yuborishlari kerak. Konferensiya materiallari alohida to'plam sifatida chop etiladi. Shoshilinglar vaqt kam qoldi.
نمایش همه...
Hurmatli professor-o’qituvchi va talabalar diqqatiga!!! 2023-yilning 17-20 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan Buxoro shahrida "Rus tilini o'qitishdagi zamonaviy lingvodidaktik innovatsiyalar" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur ilmiy anjuman doirasida Rossiya Federatsiyasining Ta'lim vazirligi, A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti hamda Rossiya tarjimonlar uyushmasi russhunos o'qituvchilar qatnashishadi. Qatnashish xohlovchilar Xalqaro Hamkorlik bo'limiga uchrashishlarini so'rab qolamiz.
نمایش همه...
Joriy yilning 16 noyabr kuni Belorussiyaning Gomel davlat universiteti tashabbusi bilan Tarix fani bo‘yicha “Jahon urushlari va insoniyat tarixi” nomli xalqaro olimpiada tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu olimpiadada universitetning barcha kurs bakalavriat va magistratura talabalari qatnashishlari mumkin. Olimpiada onlayn tarzda va jamoa asosida bo‘lib o‘tadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Gomel davlat universiteti rasmiy saytiga murojaat qilishingiz mumkin.
نمایش همه...
Joriy yilning 23-25 noyabr kunlari Tojikiston Milliy universitetida matematika bo‘yicha xalqaro olimpiada bo‘lishi rejalashtirilgan. Ushbu olimpiadada universitetning barcha kurs talabalari qatnashishlari mumkin. Olimpiada onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Registratsiya va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun https://mmf.tnu.d/rulmezhdunarodn]'j-intemet-olimpiada saytiga murojaat qilishingiz mumkin.
نمایش همه...
Ozarbayjon Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi tomonidan Boku shahrida 2023-yilning 27-noyabrdan 2-dekabrga qadar “STEAM Azerbaijan Festival” festivali tashkil etilmoqda. Mazkur festivalda ishtirok etish uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari taklif etilgan. Festival 15 ta yo‘nalishda musobaqa shaklida tashkil etiladi hamda innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Festival haqida batafsil ma’lumot: htpps://saf.steam.edu.az/en sayti orqali tanishish mumkin. Joylar soni cheklangan, shoshilinglar!!!
نمایش همه...