cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Kitob shaydosi

نمایش بیشتر
طاجيكستان5 442زبان مشخص نشده استکتب16 637
پست‌های تبلیغاتی
330
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
manam yosh bo'lganman, manam shunaqa ishlar qilganman🥲Halis Karabenlini kitobini o'sha nashrdan chiqqan paytlari yozda 1,5 yilcha oldin olgandim. semechka sotadigan ayolga oborib bermoqchi bo'lganman ozgina o'qib ko'rgandan keyin. bilmadim, qanaqa qilib pulimga achinmay sotib olganman. Yonidagisi qayerdandir jo'natilgandi, aniq esimda yo'q. O'qib ko'rmadim, o'zi shunaqa, va "O'zingni qadrla", "1 soatda baxtli bo'l", "21 kunda baxtga erish" kabi kitoblar kelsa darrov sovg'a qilib yuborardim, negadir bu qolib ketibdi. qarg'amanglar faqat😅 manam oppoq emasman ko'rib turganingizdek :)
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
unda yomoni qaysi?
نمایش همه...
00:58
Video unavailableShow in Telegram
"I cook and he cleans"
نمایش همه...
IMG_9095.MP417.80 MB
00:58
Video unavailableShow in Telegram
"I cook and he cleans"
نمایش همه...
IMG_9095.MP417.80 MB
​​Ingliz tilida darajam pastroq bo'lgan paytlarda ko'proq inglizcha hikoyalar, asarchalar o'qib turardim. Ichidan bilmagan so'zlarim ko'p chiqardi, gapdagi bitta so'zni tushunmasam ham, yo lug'atdan topib tushunishga harakat qilardim, yo qolgan so'zlarga qarab o'zim ma'no chiqarib ketaverardim. Tezroq ingliz tilida katta-katta romanlarni o'qib tugatishni xohlardim. Bu istagimni bajarish uchun oldin kichkina kitoblarni to'liqligicha tushuna olishim kerak edi. Shu sababli, tinmasdan kichkinaroq, darajamga mos kitoblar o'qirdim. Ana shunday kitoblardan biri bu David Evansning "Women in business" kitobi bo'lgan. Tenglik, huquqlar haqida gapirilar ekan, uning azal-azaldan shakllanib, hozirgacha shu holatga kelganini unutmaslik lozim. Yevropa mamlakatlarida ayollar 20-asrning chorak qismidan boshlab, biznes sohasiga qadam qo'ya boshlashadi. Bunga sabab nima bo'ladi? Ular yangilik istashadi, nimadir qilib biznes sohasiga o'zgartirish kiritishni xohlashadi. Sababi, biznes sohasidagi erkaklar faqat yaxshi mahsulotni sotishadi, yangisini esa yaratishmaydi. Bunday holatda raqobat ham bo'lmaydi. Shu sababli ayollar biznes sohasiga qadam qo'yishga, o'z daromad manbaalariga ega bo'lishga harakat qilishadi. Erkaklar esa buni qabul qilolmaydi. Ularning fikricha ayollar faqat uyda o'tirishi, ovqat tayyorlashi va farzandlarga qarashi kerak. Agar ishlashni xohlashsa, ular biror bir fabrikami yoki do'konda ishlashlari mumkin. Ularning ayollar banker, huquqshunos, biznes yurituvchisi bo'lolmaydilar degan fikrda bo'lganlar. Lekin ayollar biznesda birinchi qadamdayoq juda ko'p muvaffaqiyatlarga erishadilar. Ular qo'llagan usul raqobatni oshiradi. Har qanday sohada modaga alohida e'tibor bera boshlashadi. Keyinchalik esa, qolgan biznesmenlar ham ayollarning fikri bilan o'z ishlarini davom ettirishadi. Ayollar bu sohani gullab-yashnashiga ulkan hissa qo'shishadi. Ayollar olib kirgan "moda" sabab, irqchilikka oz bo'lsada, barham beriladi. Sababi, o'sha davrda terisining qora rangda bo'lishi yevropa ayollari uchun fojea edi. Quyoshda yuzim qoraymasin deya, ayollar ko'chaga ham chiqmagan paytlari bo'ladi. Lekin bu ko'rinish moda sifatida kirib keladi. Va tezda ommalashadi. Umuman olganda, ayollar barcha sohani eplay olishadi. Hozirda mashhur bo'lgan, "Chanel" yoki "Dior" brendlari ham erkaklar emas, balki ayollar tomonidan yaratilgan, masalanda) @kitob_shaydosi
نمایش همه...

Hozir qog'ozbozlik to'xtatilgan, hamma narsa elektronlashtirilgan. Lekin o'rniga "rasmbozlik" atamasi kirib kelgan. Ba'zida hammasini ko'rib uzoq o'yga tolib qolaman: "Hayotimiz rasmlarga bog'liq bo'lib qolyaptimi yoki rasmlar hayotimizga?" Ijtimoiy tarmoqlar qaysidir ma'noda "axlat qutisi"ga aylanib bormoqda. Ko'chadagi barglar tozalansa ham rasmga olishadi, to'rtta odamni o'rtasida ozgina suhbat bo'lib qolsa ham rasmga olishadi. Hattoki, bitta gulni berib tabriklashayotganda ham "To'xtang, gulni olayotgandek holatda qotib, irshayib turing" degan buyruqni eshitasiz, ishonavering. Bir tiyinga qimmat ishlar qilinadi, rasmga olinadi yana rasmga olinadi keyin ijtimoiy tarmoqdagi kanallarga "hisobot" tarzida joylanadi. Har kuni, har soatda qilingan ishlar, bittagina mehmoncha kelib qolsa ham, uchrashuvda issiq choy berilsa ham faqat va faqat rasm. Rasm joylanadi, unga izoh yoziladi. Bundan ne naf? Foyda bormi? O'sha rasmlar ertasi kuni o'sha ijtimoiy tarmoqning bir burchagida "axlat" sifatida qolishda davom etaveradi. Manfaat keltiradimi? Xo'p shu rasmlar orqali kimdir baxtli bo'lib ketyaptimi? Balki, shunchasi yetar. Aytishingiz mumkin "Jimgina o'tir, shu rasmlar hech qanaqa zarar keltirmayaptimi, bo'ldida",- deb. Zarar keltirganda qandoq. Yoshlarni, yosh avlodni "fon" sifatida ishlatishni qachon bas qilamiz? Nega hali hanuz qaysidir tadbirga yoki uchrashuvga talaba yoki o'quvchi majburiy-ixtiyoriy tarzda "olib kirib" qo'yilyapti? Nega bir inson o'zi istamayotgan suhbatni eshitib o'tirishi, o'zi istamayotgan manzarini tomosha qilib o'tirishi lozim? Bu ikki tomon uchun ham manfaatsizku? Yo'q, adashdim bu bir tomon uchun foyda keltiradi. Albatta, rasmbozlik. "Faalon tadbirda, mana shuncha faol yoshlar qatnashdi, unday bo'ldi, bunday bo'ldi.." Umuman olganda, nima ko'p tug'ilgan shoir yozuvchi-yu, o'lgan qahramon ko'p. 365 kunga tizib chiqilgan tadbir-u, bayram ko'p. Ular bir marta tug'ilgan va bir marta o'lgan. Ming marta emas! "Plan"ni to'ldirish uchun ko'r-ko'rona tadbirlar qilinadi, kasriga yoshlar qoladi. Biri qo'shimcha o'qishiga, biri ishiga shoshayotgan va yana biri judayam charchagan, qorni och bo'ladi. Lekin majburan soatlab tadbirda "jilmayib" o'tirib berishi kerak. Yoki noto'g'rimi? Qaysi ta'lim muassasasi yoki qayerda bunaqa holat yo'q? Tadbirda to'rttasi chiqadida birnarsalar deb gapiradi, ne intanatsiya, na nutq madaniyati ishlatiladi. O'zi ham nima deganini tushunmaydi. Pastdan yigirmatasi rasmga olib turadi. Bitta rasm yetadi. "Ha shu rasm mana shu yilimdan esdalik bo'lib qolar" degan ma'noda rasmga tush. Qir yuzi ikkita rasmga balo bormi? Hattoki, shunday holatlarni ham ko'rganman, "Ozgina turib beringlar bir-ikkita rasmga olvolaylik, keyin javob bervoramiz" deganlarni ham eshitganman. "Plan" to'ldirilgani haqida hisobotmi bu endi? Hali ham tushunolmayapman: bir tiyinga qimmat bunday ko'zbo'yamachiliklardan nima foyda? Lekin chindanam eshitishga arzigulik tadbir, uchrashuvlar ham ko'p o'tkaziladi. O'z sohasini mutaxasislari, ilmiy xodimlar, ko'p narsani o'qib, tahlil, tanqid qilib qo'ygan insonlar bilan bo'ladigan uchrashuvlar, masalan. Lekin uni eshitguvchi auditoriya qandaydir majburan olib kelib qo'yilgandek tuyiladi. Sababi nimada? Chunki unday tadbirlargayam majburan "tinglovchi fon" olib kelinadi. Ana shu narsa ajoyib, foydali suhbatlarni ham bir pul qiladi. O'zi istagan odam qatnashsin, umuman o'sha sohadan xabari yo'q, u sohaga qiziqmaydigan odamni o'tirg'izib qo'yishdan, hamma uyqusirab o'tirishidan foyda yo'q. O'lik sukunatdagi suhbatdan ma'no yo'q, axir. Endi savol: Nega yoshlar uchrashuv tashkil qilsa, zalda o'tirishga joy topilmay qoladi-yu, haqiqatdan ham o'z sohasini ustasi, fanlar doktori, tanqidchi, qisqasi "haqiqiy bir tarix"ga aylangan yoshi bir ulug' inson bilan uchrashuvda unday bo'lmaydi?
نمایش همه...
Shu paytgacha bormadimchi. Bo'lmasa man uchun tekin, lekin borishga vaqtim bo'lmayapti. Boraylik qaysidir kunning salqin kechida)
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
😍 Van Gog ijodiga bag`ishlangan multimedia ko`rgazmasi  Toshkentda UzExpo markazi ko`rgazmalar pavilyonida Van Gog ijodiga bag`ishlangan multimedia ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda.   Tashrif buyuruvchilarda ohanrabo mumtoz musiqa sadolari ostida katta hajmdagi ekranlarda namoyish etiluvchi gollandiyalik rassomning 400 ga yaqin eng ahamiyatga molik suratlari bilan atroflicha tanishish imkoniyati bo`ladi.  Ko'rgazma 16-fevralga qadar soat 10:00dan 20:00gacha davom etadi. Kirish: 🔹 seshanba va juma kunlari - kirish bepul; 🔹 boshqa kunlari - 20 000 so'm; 🔹 maktab o'quvchilari, talabalar va nafaqadagilarga Iticket kassalarida chipta sotib olishda - 50% chegirma amal qiladi; 🔹 maxsus maktablar va maktab-internatlar o'quvchilari - kirish bepul; 🔹 10 yoshgacha bo'lgan bolalarga - kirish bepul. Chiptalarni iticket.uz saytida xarid qilish mumkin.  Tashkilotchi: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi.  Kanalga obuna bo’ling 👉 @afishauzb
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
qani gapiringlarchi?
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
anketani to'ldirmay desam, mumkin emas. o'zimni "ko'nglimdan chiqarib" javob yozay desam, bo'lmaydi. shunchaki yuzakilik qilaveray desam, unaqa qiloladigan inson ekanligimga ishonchim komil emas. eh
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.