cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Давлат активларини бошқариш агентлиги

O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining telegramdagi rasmiy kanali 🏢 Amir Temur shoh ko’chasi, 6 🖥 davaktiv.uz ☎️ 1082 📧 [email protected] FB: fb.com/davaktiv.uz IG: instagram.com/davaktiv.uz/ Youtube: youtube.co

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
6 973
مشترکین
-824 ساعت
-317 روز
-5130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

🗣Ayni damda III Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida davlat aktivlarini xususiylashtirishga bag‘ishlangan panel sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. ⏺“Xususiylashtirish va davlat aktivlari: investitsiyalar uchun yangi istiqbollar” mavzusidagi panel sessiyada ma’ruzachi sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortikov, “Franklin Templeton” xususiy kapital bo‘yicha direktori Tek Khoan Ong, KPMG Kaspi hamkori va maslahatchisi Saltanat Sandibayeva, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori maslahatchisi Jon Nasirov hamda moderator sifatida Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi direktori Neil Mackain ishtirok etmoqda. Mazkur sessiyada xorijiy investitsiyalarni jalb etishning muhim omili sifatida davlat aktivlarini xususiylashtirishning global tajribasi muhokama qilinmoqda. 💬 Bundan tashqari, ishtirokchilar soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini uygʻunlashtirish orqali iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, xususiy mulkni kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qildilar. Shuningdek, ushbu sohadagi istiqbolli rejalar hamda mahalliy va xorijiy investorlar uchun yangi 2024 yilgi xususiylashtirish dasturining ulkan imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. 🎞 YouTube orqali jonli efirda ko'rish ___________________________________ Bizning ijtimoiy tarmoqlar 💬Telegram | 🌐 Facebook 🌐 Instagram | 🌐 Youtube
نمایش همه...
👍 10
🗣Auksion savdolarida ilk bor! Boʻstonliq tumani, Oqtosh qishlogʻidagi tayyor dala hovlilar ommaviy savdolarga chiqarildi 🎞 Reklama videoroligini YouTube orqali ko'rish ➡️ Batafsil: O’zb / Ўзб / Рус / Eng ⬅️ ___________________________________ Bizning ijtimoiy tarmoqlar 💬Telegram | 🌐 Facebook 🌐 Instagram | 🌐 Youtube
نمایش همه...
👍 6 2
🗣Davaktiv agentligi va Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi ➡️Batafsil: O’zb / Ўзб / Рус / Eng ⬅️ ___________________________________ Bizning ijtimoiy tarmoqlar 💬Telegram | 🌐 Facebook 🌐 Instagram | 🌐 Youtube
نمایش همه...
👍 5 1
🗣O’zbekiston Resublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev III Toshkent xalqaro investitsiya forumida: “Yaqinda xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Qonunni qabul qildik. 250 ta yirik korxonaning davlat ulushini va salkam 1000 ta koʻchmas mulk obyektlarini sotish, 12 ta korxona aksiyalarini fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) uchun yangi dastur ham ishga tushirildi. Tadbirkorlarga yer ajratishning zamonaviy, shaffof tamoyillari ya'ni auksion savdo tizimi yo'lga qo'yildi". ___________________________________ Bizning ijtimoiy tarmoqlar 💬Telegram | 🌐 Facebook 🌐 Instagram | 🌐 Youtube
نمایش همه...
👍 8 1
Бизнинг асосий мақсадимиз – Ўзбекистонни хорижий инвесторлар учун ишончли ва узоқ муддатли ҳамкорга айлантиришдир”,
- деди Президент Шавкат Мирзиёев. Давлатимиз бозор муносабатларини ривожлантиришни, инвесторлар ҳуқуқлари ишончли ҳимоя қилинишини, қулай инвестиция ва ишбилармонлик муҳитини янада такомиллаштиришни, ҳалол рақобат учун янада кенг шарт-шароитлар яратишни, хусусий мулк дахлсизлиги ва суд тизимининг мустақиллиги таъминланишини ўз зиммасига олмоқда. Бу тамойиллар ўтган йили умумхалқ референдумида қабул қилинган янги Конституциямизда қатъий муҳрлаб қўйилди. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
👍 2
Президент Шавкат Мирзиёев учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумининг ялпи мажлисида нутқ сўзламоқда. Давлатимиз раҳбари форум иштирокчиларини самимий қутлаб, йилдан-йилга яхши анъанага айланиб бораётган ушбу формат доирасида юртимизда дунёнинг барча қитъаларидан янгидан-янги ишончли ҳамкорлар жам бўлаётганини таъкидлади. Ўтган уч йил давомида мазкур форум икки ва кўп томонлама ҳамкорликни кенгайтириш, энг долзарб муаммоларни муҳокама қилиш, илғор ғоя ва ёндашувларни ишлаб чиқиш учун самарали мулоқот майдонига айланди. Бугунги тадбирда 93 та давлатдан икки ярим мингдан ортиқ хорижий меҳмонлар келгани ҳам форумнинг аҳамияти тобора ортиб бораётганини яққол тасдиқлайди. Бу ўз навбатида, мамлакатимизда ортга қайтмас тус олган ислоҳотларга, ўзаро манфаатли ҳамкорликни йўлга қўйишга бўлган улкан қизиқишдан далолат беради. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
👍 4 1
Мамлакатимизда тадбиркорлик ва бизнесни қўллаб-қувватлаш мақсадида қатор аниқ чоралар ишлаб чиқилган. Эндиликда хорижий сармоядорлар акциялардан олинаётган дивидендлар бўйича солиқлардан уч йил муддатга озод этилади. Яқинда хусусийлаштириш тўғрисидаги қонун қабул қилинди. 250 та йирик корхонанинг давлат улушини ва салкам 1000 та кўчмас мулк объектларини сотиш, 12 та корхона акцияларини фонд бозорларида бирламчи оммавий жойлаштириш (IPO) учун янги дастур ҳам ишга туширилди. Тадбиркорлар барқарорлиги рейтинги жорий этилди. Юқори рейтингга эга тадбиркорлик субъектлари учун солиқ текширувлари ўтказилмайди. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
👍 5
Мамлакатимизда тадбиркорлик ва бизнесни қўллаб-қувватлаш мақсадида қатор аниқ чоралар ишлаб чиқилган. Эндиликда хорижий сармоядорлар акциялардан олинаётган дивидендлар бўйича солиқлардан уч йил муддатга озод этилади. Яқинда хусусийлаштириш тўғрисидаги қонун қабул қилинди. 250 та йирик корхонанинг давлат улушини ва салкам 1000 та кўчмас мулк объектларини сотиш, 12 та корхона акцияларини фонд бозорларида бирламчи оммавий жойлаштириш (IPO) учун янги дастур ҳам ишга туширилди. Тадбиркорлар барқарорлиги рейтинги жорий этилди. Юқори рейтингга эга тадбиркорлик субъектлари учун солиқ текширувлари ўтказилмайди. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
30-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi 3 883 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 10,7 mlrd so'm bo'lgan 5 323 ta lot 17,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. ✅ davlat aktivlari: - soni 2 ta - boshlang'ich narxi 4,4 mlrd so‘m - sotilgan narxi 4,6 mlrd so‘m 📍Andijon viloyati Jalaquduq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo‘lgan AT "Xalq banki" Andijon viloyat filiali balansidagi chorvachilik fermasi 1,4 mlrd so‘mga ijaraga berildi. ✅ davlat mulkini ijaraga berish: - soni 69 ta - boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so‘m - sotilgan narxi 2,1 mlrd so‘m 📍Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 8,8 mln so‘m bo‘lgan Samarqand davlat chet tillari instituti balansidagi bino yerto‘lasi 74,1 mln so‘mga ijaraga berildi. yer uchastkalari: - soni 31 ta - boshlang'ich narxi 902 mln so‘m - sotilgan narxi 3,7 mlrd so‘m - yer maydoni 1,7 ga 📍Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 84,4 mln so‘m bo‘lgan 9 qavatli turar joy qurish uchun 5 sotix yеr uchastkasi 1,3 mlrd so‘mga sotildi. 📍Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan boshlang'ich narxi 225,3 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 30 sotix yеr uchastkasi 247,8 mln so‘mga sotildi.sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: - soni 6 ta - boshlang'ich narxi 786 mln so‘m - sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m 📍Toshkent shahar Yashnobod tumanidan boshlang'ich narxi 225 mln so‘m bo'lgan ko'p qavatli turar joydagi xonadon 526,5 mln so‘mga sotildi. qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi: - soni 5180 ta - boshlang'ich narxi 2,4 mlrd so‘m - sotilgan narxi 5,02 mlrd so‘m - yer maydoni 1 929,4 ga ⏺O'tkazilgan savdolarda 5 920 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 💬Hozirda, narxi 10,7 trln so'm bo'lgan 211 703 ta lot savdoga qo'yilgan. ___________________________________ Bizning ijtimoiy tarmoqlar 💬Telegram | 🌐 Facebook 🌐 Instagram | 🌐 Youtube
نمایش همه...
👍 3 1
🗣"Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalash sharoitida bozor va mulkiy munosabatlarni rivojlantirish" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashish uchun arizalar qabul qilinadi ➡️Batafsil: O’zb / Ўзб / Рус / Eng ⬅️ ___________________________________ Bizning ijtimoiy tarmoqlar 💬Telegram | 🌐 Facebook 🌐 Instagram | 🌐 Youtube
نمایش همه...
👍 4