cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

AKMKushkupir

Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumani axborot kutubxona markazi

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
939
مشترکین
-1324 ساعت
-367 روز
-3830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
17-may – Butunjahon telekommunikatsiya va axborot jamiyati kuni. Butunjahon telekommunikatsiya va axborot jamiyati kuni (WTISD) har yili 17-may kuni nishonlanadi.Bu kunda 1865-yilda Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tashkil etilganining yilligi nishonlanadi. WTISDning asosiy maqsadi kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati va ular raqamli tafovutni bartaraf etishga, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashishga hamda axborot va bilimlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qanday yordam berishi haqida xabardorlikni oshirishdan iborat. Har yili WTISD uchun turli mavzu tanlanadi, u axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) o'ziga xos jihatiga e'tibor qaratadi. WTISD butun dunyo bo'ylab XEI a'zo davlatlari, xususiy sektor kompaniyalari, nodavlat tashkilotlari, ilmiy muassasalar va shaxslar tomonidan nishonlanadi.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#kunkishisi Bugun 17-may - Halima Xudoyberdiyeva tug'ilgan kun. 🔹 Halima Xudoyberdieva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug'ilgan. O'rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universitetida tahsil oldi. Moskvada Oliy adabiyot kursida tahsil oldi. 📕 Halima Xudoyberdiyevaning ijodi 1960-yillarda boshlangan bo‘lib, shu kungacha u yigirmadan ortiq she'riy to'plamlar, dostonlar va publitsistik maqolalar yaratdu. 📗 Xususan, uning "Ilk muhabbat" (1968), "Oq olmalar" (1973), "Chaman" (1974), "Suyanch tog'larim" (1976), "Bobo quyosh" (1977), "Issiq qor" ( 1979), "Sadoqat" (1983), "Muqaddas ayol" (1987), "Yuragimning og'riq nuqtalari" (1991), "Hurlik o‘ti" (1993), "Bu kunlarga  yetganlar bor" (1994), "To‘marisning aytgani" (1996) kabi she'riy, nasriy majmualari keng kitobxon ommasining ma'naviy mulkiga aylangan. 🎗1992-yilda "O'zbekiston xalq shoiri" faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 💐Halima Xudoyberdieva 2018-yil 17-avgustda 71 yoshida olamdan ko‘z yumdi.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
17-may – Indoneziyada Milliy kitob kuni Indoneziya kitobi kuni sifatida ham tanilgan Milliy kitob kuni, Indoneziyada har yili 17-may kuni nishonlanadi. U Indoneziya jamiyatida savodxonlik va kitobxonlikni targʻib qilish, mamlakat nashriyot sanoatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yaratilgan. Indoneziyaning Kitob kuni o‘sha paytdagi Milliy ta’lim vaziri Abdul Malik Fadjar tashabbusi bilan o‘qishga qiziqishni kuchaytirish, savodxonlik darajasini oshirish va kitob savdosini oshirishni maqsad qilgan. Uning sanasi 1980-yil 17-mayda tashkil etilgan Indoneziya Milliy kutubxonasining tashkil topgan yilligini nishonlash uchun tanlangan. Milliy kitob kunining ochilish marosimi 2002-yil 17-mayda boʻlib oʻtdi. Milliy kitob kuni munosabati bilan Indoneziya nashriyoti, kitob do‘konlari, ta’lim va madaniyat muassasalari va boshqa manfaatdor tomonlar kitob taqdimotlari, mualliflar bilan uchrashuvlar, kitob muhokamalari, sovg‘alar, she’rxonlik, adabiy tanlovlar, ko‘rgazmalar kabi tadbirlarni tashkil qiladi.
نمایش همه...
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston madaniyatidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadigan filmlar ekran yuzini ko‘rishiga umid bildirdi O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston, uning an’analaridan faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otadigan filmlar yaqin kelajakda ekran yuzini ko‘rishiga umid bildirdi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
نمایش همه...
00:31
Video unavailableShow in Telegram
1🔥 1🥰 1😍 1
Bugun 17-may 2024-yil, juma. 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 BMT - Butunjahon telekommunikatsiya va axborot jamiyati kuni. 🌏 Xalqaro virtual yordamchilar kuni. 🌏 Xalqaro bolalar ishonch telefoni kuni. 🌏 Arterial gipertoniyaga qarshi kurash kuni. 🌏 Neyrofibromatoz haqida xabardorlik kuni. 🔷 MILLIY BAYRAMLAR: 🇳🇴 Norvegiya - Bolalar kuni. 🇮🇩 Indoneziya - Kitoblar kuni. 🇪🇸 Ispaniya - Galisiya adabiyoti kuni. 🇺🇸 AQSh - Milliy yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlar kuni. 🇦🇹 Latviya -  O‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar kuni. 🇦🇷 Argentina - Dengiz kuchlari kuni. 🇺🇸 AQSh - Milliy mudofaa transporti kuni. 🇳🇷 Nauru - Konstitutsiya kuni. 🇨🇩 Kongo - Ozodlik kuni. 🇳🇴 Norvegiya -  Konstitutsiya kuni. 👉 VOQEALAR: - 1497 - Vasko da Gama Hindiston qirg‘oqlariga yetib bordi. - 1642 - Monrealga asos solindi. - 1656 - Rossiya Shvetsiyaga urush e’lon qildi. - 1718 - Ingliz ixtirochisi Jyeyms Pakl dunyodagi birinchi pulemyotga patent oldi. - 1792 - Nyu York fond birjasi tashkil topdi. - 1809 - Napoleon I Fransiyaga Papalar viloyatini qoʻshib oldi. - 1814 - Norvegiyada birinchi konstitutsiya qabul qilindi. - 1865 - Xalqaro elektr aloqalari ittifoqiga asos solindi. - 1885 - Germaniya Shimoliy Yangi Gvineya va Bismark arxipelagini qo'shib oldi. - 1898 - Andijon qo‘zg‘oloni boshlandi. - 1900 - Angliya-Bur urushi: Mafeking qamali tugadi. - 1902 - Arxeolog V. Stais bronza mexanizmlar topdi. - 1928 - Amsterdam shahrida IX Olimpiya o‘yinlariga start berildi. - 1933 - Germaniyada ish tashlashlar taqiqlandi. - 1940 - fashist qo'shinlari Belgiya poytaxti Bryusselni egallab olishdi. - 1954 - AQSh Oliy sudi maktablarda irqiy ajratishni noqonuniy deb topdi. - 1959 - Kubada yerni dehqonlarga bo‘lib berish e’lon qilindi. - 1983 - Isroil va Livan tinchlik shartnomasini imzolashdi. @Kun_tarixi_tv24 - 1990 - 17-maydan 18-mayga o‘tar kechasi “Sterlitamak meteoriti” Sterlitamak shahridan 20 km g‘arbda qulab tushdi. - 1996 - O‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni  e'lon qilindi. - 1999 - Toshkent-Samarqand yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. - 2000 - Rossiya Davlat Dumasi Mixail Kasyanovni Ministrlar Soveti raisi lavozimi­ga tasdiqladi. - 2006 - Saudiya Arabistoni hamda Quvayt davlatlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi" asrining arab tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. - 2009 - dunyodagi eng mashhur o‘yinlardan biriga aylangan "Minecraft" kompyuter o'yinining birinchi sinov versiyasi chiqarildi. - 2021 - Galapagos orollarida (Ekvador) tabiiy eroziya tufayli “Darvin arkasi” qulab tushdi. 👉 TAVALLUDLAR: - 1490 - Albrext (1568) - Tevton ordeni so'nggi buyuk magistri, Prussiyaning birinchi gersogi (1525-1568). - 1749 -  Eduard Jyenner (1823) - Ingliz xirurgi, chechak kasalligiga qarshi vaksinani yaratgan. - 1830 - Vladimir Mejov (1894) - taniqli bibliograf, “Turkiston to‘plami” ko‘rsatkichi tuzuvchisi. - 1842 - Avgust Tissen (1926) - nemis sanoatchisi, konsern asoschisi. - 1866 - Nikolay Baxtin (1940) - rus shoiri, tarjimon, adabiyotshunos, pedagog. - 1886 - Alfonso XIII (1941) - Ispaniya qiroli (1886—1931), hozirgi qirol Xuan Karlos I ning bobosi. - 1897 - Odd Hassel (1981) - norvegiyalik fizik-kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1969). - 1900 - Nikolay Karaxan (1970) - O‘zbekiston xalq rassomi. - 1936 - Dennis Xopper (2010) - amerikalik aktyor va rejissyor. - 1947 - Halima Xudoyberdiyeva - shoira, publisist, jurnalist va tarjimon, O‘zbekiston Xalq shoiri (1992). - 1951 - Azimjon Asqarov (2020) - qirgʻizistonlik oʻzbek siyosiy faoli va jurnalist. - 1953 - Qosim-Jomart Tokaev - Qozog'iston Prezidenti (2019-yildan). - 1973 - Uchqun Tillayev - aktyor, O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist. - 1983 - Ilhomjon Suyunov - Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Paxtakor klubi futbolchisi. - 1991 - Ge Misha - xalqaro toifadagi sport ustasi, 2010-yildan muzda nafis uchish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.  BIZ BILAN QOLING!
نمایش همه...
Qo‘shko‘pir tumani axborot - kutubxona markazida o‘zbek she’riyatida o‘chmas iz qoldirgan, O‘zbekiston xalq shoiri X.Xudayberdiyeva tavalludining 77 yilliliga bag‘ishlab “Yel sevgan shoira” mavzusida she’riyat kechasi tashkil qilindi. Kechaga 2 - son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari, UrDU filiologiya fakulteti talabalari tashrif buyurdilar. Kechada shoiraning hayoti ijodi, uning yozgan she’rlaridan parchalar o‘qib eshittirildi va u nafaqat shoira balki jamiyatning to‘laqonli a’zosi ekanligi, hayoti davomida barchaga ibrat va namuna bo‘la oladigan ijodkor ekanligi yana bir bor yodga olindi.
نمایش همه...
Qo‘shko‘pir tumani axborot - kutubxona markaziga qarashli 2 - son ko‘chma kutubxonasi mutaxassisi tumanimizning O‘zbekyop qishlog‘i Vahimchi mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, bir guruh ota - onalarga “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona - kitobxon bola” g‘oyasini targ‘ib qilish maqsadida “Ota - onam sovg‘a qilgan kitob” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Davra suhbati ishtirokchilari bolalar uchun tarbiyaviy axamiyatga ega adabiyotlar bilan tanishtirildi.
نمایش همه...
👍 2
🏅Axborot-kutubxona sohasi faollariga “Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi Jizzax viloyatida 16-18-may kunlari o'tkazilayotgan “Central Asia – 2024: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII - Xalqaro Konferensiyasi davomida Xorazm viloyat bolalar kutubxonasi direktor o'rinbosari Saurova Galiya Usmanovna "Axborot - kutubxona a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
نمایش همه...
O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayevaga YUNESKO tashkiloti sertifikatlari topshirildi
Joriy yilning 8-may kuni Mo‘g‘uliston davlatida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha “Jahon xotirasi” qo‘mitasi (MOWCAP) 10-yalpi majlisida O‘zbekiston maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.
💢 Mamlakatimiz tomonidan YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturi Osiyo va tinch okeani mintaqasi ro‘yxatiga kiritish uchun taqdim etilgan ikkita hujjat: ✅ “Xudoybergan Devonovning Xorazm oazisi suratlari to‘plami; “Turkiston to‘plami” bir ovozdan ma’qullanib, qabul qilindi. 💢 Jizzax shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Central Asia – 2024”: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi doirasida ushbu sertifikatlar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabayevaga taqdim etildi. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling! Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
نمایش همه...
👍 1