fa
Feedback
𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

رفتن به کانال در Telegram

Ilmiy kanal emas! Kanal nomini oʻchirib, yozganlarimni o’zlashtirib olishingizga roziligim yo’q!

نمایش بیشتر
1 583
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-117 روز
-5730 روز
آرشیو پست ها
Ayol qizlar uchun eng kerakli 7 ta yo’nalishda bepul bilim olishni istaysizmi 2 ta davlatga bepul sayohat yutib olishni-chi?
Ayol qizlar uchun eng kerakli 7 ta yo’nalishda bepul bilim olishni istaysizmi 2 ta davlatga bepul sayohat yutib olishni-chi? 10 dan ziyod turli kurslarni yutib olishni-chi? Shine Qizlar Akademiyasining tarafidan rasmiy sertifikat bilan taqdirlanishni-chi? Unda zudlik bilan bu kanalga qo’shiling, bu yerda 10.000 dan ziyod qizlar rivojlangan: https://t.me/+xF0y8pOxDs42Y2Iy Marafon asoschisi- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, 30 dan ziyod Xalqaro tashkilotlar elchisi, 50 dan ziyod Xalqaro tanlovlar g’olibi, Shine Qizlar Akademiyasi rahbari Shohida Yusupova😍

Ayol qizlar uchun eng kerakli 7 ta yo’nalishda bepul bilim olishni istaysizmi? 2 ta davlatga bepul sayohat yutib olishni-chi? 10 dan ziyod turli kurslarni yutib olishni-chi? Shine Qizlar Akademiyasining tarafidan rasmiy sertifikat bilan taqdirlanishni-chi? Unda zudlik bilan bu kanalga qo’shiling, bu yerda 10.000 dan ziyod qizlar rivojlangan: https://t.me/+xF0y8pOxDs42Y2Iy Marafon asoschisi- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, 30 dan ziyod Xalqaro tashkilotlar elchisi, 50 dan ziyod Xalqaro tanlovlar g’olibi, Shine Qizlar Akademiyasi rahbari Shohida Yusupova😍

Kanalda aktiv bo’la olmayotganim uchun sizga aynan qizlarga mo’ljallangan ajoyib guruh linkini ulashaman♥️♥️♥️

photo content

Repost from Afsoh
Assalamu alaykum va Rohmatullahi va Barokatuh… Bir doʻstimni onalarini oshqozonida ichki qon ketish kuzatilvoti hozir ularda zudlik bilan aperatsiyaga olinadigan boʻlib qoldi ularga moddiy yordam kerak shuning uchun Alloh qodir qilgancha ularga yordam berishni qaror qildik, siz ham bundan oʻz hissangizni ayamaysiz degan umiddamiz…. Alloh ehsonlaringizni ortigi bilan bersin Allahumma amiyn.. 8600612024259698 @afsoh_bot

Shoirning: "Qo'limda bo'lsa edi balki ancha avval qutilgan bo'lardim, Kutishdan. Ammo ko'nglimdasan, qo'limda emas" degani kabi... ••• Alloh uchun sevgan kimsa sevganidan voz kechmaydi. Chunki sevgisining sababi juda buyuk.. Mehmet Yildız ©falahun

Qiyomat kunida savoblar-u, gunohlar hisob-kitob qilinib, jannatga kirishingiz uchun savobingiz yetmay qolganini tasavvur qiling. Qanday ahvolga tushamiz… Nazarimda, inson shunda qaniydi o’sha paytta shu ko’chadagi mushukni “pisht” deb haydab solmay, aqalli bir qultum suv berib qo’yganimda… Yonimdan o’tib ketayotgan insonga tanimasam ham tabassum qilib qo’yganimda…va ko’plar “qaniydi” ga to’la afsuslar his qiladi. Shu payt qaysidir tanishingiz yoki shunchaki ko’chada bir martta ko’rgan odamingiz, onangiz yoki otangiz, juftingiz, farzandingiz, qaynonangiz, boshlig’ingiz, xullas istalgan kimsa: “Robbim, shu quling menga mana shunday yaxshilik qilgandi…ko’nglimni ko’targandi, yordam bergandi, yaxshilik qilgandi, go’zal muomala qilgandi, meni qalbimni haqqini bergandi” deb Allohdan avf qilinishingizni so’rab, foydangizga guvohlik bersa… “U kunda hamma bir-biridan qochadi” deyiladi. Lekin men barcha yaxshiliklarni “Robbim qiyomatda shu go’zal amalimni Senga gapirib beraman” deb yoki “Qiyomatda mening foydamga guvohlik bersin” deb qilinar ekan, shu yaxshilik qilingan insonlar albatta guvohlik berishiga ishonaman. Har bir inson, hatto hayvonlar, o’simliklar-u, daraxtlar o’sha kuni guvohlik berishiga ishonaman. Daraxtlar: “Robbim qulingni zikrini men eshtgandim, bizga qaraganda Seni ko’rardi, guvohlik beraman” Yer: “Robbim, peshonasi sajdaga tekkaniga men guvohlik beraman” Insonlar: “Menga yaxshilik qilib, evaziga biron narsa kutmagandi, guvohlik beraman” Hayvonlar: “Bizga ozor bermas, aksincha doim erkalab, taom berardi, guvohlik beramiz” deyishiga ishonaman… Hamma bir-biriga, yaxshilig-u, yomonligiga guvohlik berishiga ishonaman. @iffatliqalb

Yoshimizni “ulg’ayish” degan so’zga hech aloqasi yo’q… Ba’zilar 18 yoshida ulg’ayib ulgursa, ba’zilar 48 yoshida ham mayda gaplar bilan o’ralashib, nega yashayotganini bilmasligi mumkin… Va ulg’ayishlik biz eshitgandek, “hayotni ko’rganim uchun qattiqlashdim, qo’pollashdim, ishonmay qo’ydim” deyish emas ekan. Bilasizmiaksincha qalbda mehrni, ishonchni, xotirjamlikni ko’proq his qilish, boshqalardan avval o’ziga savol berishni o’rganish, samimiy tabassum hadya qilish, hatto go’zal havo uchun ham qalbi entikib rahmatlar aytish, yoqmaydigan vaziyatlarda “aniqki bu yerda bir hikmat bor” deyish ekan. Asil ulg’ayish atrofni, insonlarni, hayotni boricha qabul qilish, “sen qanday bo’lma men seni shundayligingcha sevaman” deya olish ekan… Gaplar avvalgidek botmaydi, insonlar avvalgidek g’ashingizga tegmaydi, ovozlar avvalgidek baland va qo’pol emas, munosabatlar avvalgidek “menga bo’lsin” degan hudbinlikdan iborat emas… Ulg’ayish aslida umr o’tyabdi deb xafa bo’lish emas, tajribalar, anglashlar, tushunchalar va eng muhimi xotirjamlikni his qilishdan zavqlanish ekan. Bu huzur Bu yoqimli tabassum Ko’zlardagi samimiy mehr @iffatliqalb

Ibn Javziy rohimahullohni gaplarini hamma bilsa kerak-a? «Agar jannatda oralaringda meni topmasangiz, Robbimdan: “Bir bandang bizga Seni eslatardi”, deb soʻrang...» Robbimni huzurida meni ham bir eslab qoʻying... Topa olmasangiz, yolvoraman meni qidiring Hech boʻlmasa bir marta bo’lsa ham Robbimni eslatdim deb oʻylayman... Va umid qilaman-ki, Uni huzurida meni zararimga emas, foydamga guvohlik berasiz.... T.me/iffatliqalb

Niyatning har bir ishning eng muhim ildizi ekanligi ma’lum. Aynan niyatimizning o’lchovida amallarimiz uchun ba’zan ko’proq, ba’zan umuman olmasligimiz ham mumkin. Qachon amalimiz uchun ham eng ko’p savob olamiz, ham maqsadimizga erishamiz? Qachonki bizni qalbimizda qilgan niyat Alloh yo’lida, Allohni rozi qilish uchun bo’lsa. Bu eng birinchi shart Qachon nisbatan kam savob olishimiz mumkin? Qachonki biz avval Alloh uchun deb boshlab, keyin unga boshqa manfaatlar aralashib ketsa. Agar unda riyo aralash bo’lsa! Masalan, namoz o’qiyabmiz yonimizda hech kim yo’q. Bunda niyatimiz Alloh rizoligi uchun. Kimdur kelganidan keyin biz namozni yoki har doimgidan cho’zishni xohladik, yoki hech qilmagan ishimiz naflni ham o’qib qo’yishni xohlab qoldik. Bunda biz toki shu odam kirib kelib, bizni namozimiz o’zgargunigacha qanday niyat qilgan bo’lsak, faqat shu uchun olishimiz mumkin. Undan keyingisi shunchaki boshqalar bizni namozni uzoqroq o’qirkan deb o’ylashi uchun edi. Bunda biron savob yo’q. Qachon umuman savobga erishmaymiz? Qachonki, maqsad faqat shaxsiy manfaat bo’lsa. Qalbimizda Alloh uchun degan niyat bo’lmasa! Har bir amal, xoh ibodat, xoh o’qish, xoh ish bo’lsin, ularni “Allohni rozi qilish uchun, Alloh mendan rozi bo’lishi, xursand bo’lishi uchun” degan niyat bilan boshlash shart. Mo’min aynan shunday bo’ladi. Ibodatlar yolg’iz qolganimizda qanday qilinsa, insonlar oldida ham shunday qilinishi kerak. Yonimizdagi odam uchun qiroatni chiroyliroq qilib o’qisak, biz Alloh uchun emas, o’sha odam uchun chiroyli o’qiyotgan bo’lamiz. Qanday ta’lim bo’lishidan qat’iy nazar, avval mana shu ilmim ikki dunyoyimga manfaatli bo’lsin, meni Allohga olib borsin, bandalariga manfaatim tegsin deb niyat qilinishi kerak. Qanday ish bo’lishidan qat’iy, Allohning bandalarini mushkilini oson qilishga sababchi bo’lay, yordamim tegsin, xojayini chiqaray, xursand qilay. Bu aynan Alloh xushnud bo’ladigan ish deb niyat qilinishi kerak. Turmush qurishdan maqsad Alloh roziligi uchun bo’lishi kerak. “Alloh uchun yaxshi ko’rishlik” nima ekanligi idrok qilinishi kerak. Bu turmush aynan Alloh ko’rishni xohlagan turmush bo’ladi deb niyat qilinishi kerak. Qachonki biz niyatimizni tôg’irlab, shu to’g’ri niyat bilan harakat qilarkanmiz, Alloh yo’lida harakat qilayotgan bo’lamiz. Alloh O’zi rozi bo’ladigan ishlarga baraka ato qiladi. Natijada biz ham Robbimizni roziligiga, Uning fazli va barokati bilan maqsadimizga ham erishamiz. @iffatliqalb

SALAWAT - DUROOD Omar Hisham.mp36.11 MB

23.03.23🤍 Ramazon Muborak

Atrofda shuncha inson, hatto ba'zan, har oy har xil joyga oilaviy sayohat qiladi-yu, lekin negadir Umraga niyat qilib bormaydi. Bir nechta tillarni huddi o'z ona tilimizdek o'rganib, bemalol gaplasha oladigan bo'lamiz-u, Qur'onni esa hech bo'lmasa asl tilida shunchaki to'g'ri o'qishni o'rganishga erinamiz, qiynalamiz, orqaga suramiz... Qanchadan-qancha farqli tillardagi kitoblarni o'qib tashlaymiz-u, Qur'onni loaqal bir martta o'zbekcha tarjimasini o'qib tugatmagan bo'lamiz... Sababi nima bo'lishi mumkin..? Alloh xohlamaganidanmi? Qanday qilib? Ba'zilarga bu imkonni berib, ba'zilar ga bermasa adolatsiz bo'lib qolmaydimi? Uni sifatida adolatsizlik yo'q-ku... Muammo o'zimizda bo'lishi mumkinmi! @iffatliqalb