cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Zakovat: Surxondaryo

Surxondaryo viloyatidagi “Zakovat” klubining rasmiy kanali. Kanalda Surxondaryo viloyatidagi “Zakovat” o‘yinlariga oid barcha ma’lumotlar berib boriladi. 📍 Manzil: Termiz shahri, Yoshlar markazi 👨🏻‍💻 Murojaat uchun: @SalohiddinOdilov

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
3 550
مشترکین
-824 ساعت
-567 روز
-46430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

02:22
Video unavailableShow in Telegram
🔥 20-may kuni Termiz shahrida oʻtkazilgan “Zakovat Quiz” oʻyinining 13-sonidan videorolik. 📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
نمایش همه...
👍 2🤩 1
Repost from Zakovat harakati
00:31
Video unavailableShow in Telegram
Zakovatli yosh ota-onalarga minnatdorchilik bildiramiz! Biz yosh ota-onalarimizning zakovatli bo‘lishga intilayotganini ko‘rishdan juda xursandmiz. Bolalar bilan birga kelish oson emasligini bilamiz, lekin ular hech qanday to‘siqlarga qaramay, ligalarimizda muntazam va faol qatnashib kelishmoqda. Ayniqsa, Ayollar ligasiga bir qancha onalar o‘zlarining kichik yoshdagi farzandlari bilan tashrif buyurishadi. Turnirlarimizda onalar uchun qulayliklar yaratish bizni har doim o‘ylantirib kelgan. Shu maqsadda biz bir qator yangiliklarga qo‘l urdik. Endi zalning burchagida bolalar uchun maxsus joy tashkil etildi. Bu joyda turli xil o‘yinchoqlar, interaktiv kitoblar, rangli qalamlar va boshqa o‘yinchoqlar hozirlandi. Yosh ota-ona o‘yin oldidan bu joydan bolasi uchun mos narsalarni tanlab olishi mumkin. Bundan tashqari, kichkintoylar uchun qulay bolalar stulchalari va kerakli vositalar bilan ta’minlangan taglik almashtirish stoli ham tashkil etilgan. Bu tashabbusimiz bilan biz yosh ota-onalarga yanada yaqinroq bo‘lmoqchimiz va ularga har tomonlama qulay sharoit yaratishga tayyormiz. Zakovatda oila bo‘lib qolayotgan har biringizga minnatdorchilik bildiramiz! Zakovat hamma uchun! @zakovatharakati
نمایش همه...
👍 7
Repost from Zakovat harakati
Zakovat klubi hamda Vatandoshlar jamoat fondi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Zakovat o‘z chegaralarini kengaytirmoqda! Kecha Zakovat Arenada bo‘lib o‘tgan marosimda tomonlar memorandumga muvofiq quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldi: 1) Intellektual o‘yinlar orqali xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning intellektual salohiyatini va kitobxonlik madaniyatni yuksaltirish; 2) Fond ko‘ngillilari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar hamda ta’lim olayotgan yoshlar orasida Klub tomonidan intellektual musobaqalar tashkil etish; 3) Fond xodimlari va xorijdagi vakillari hamda ko‘ngillilari uchun intellektual o‘yinlarni tashkil etishda metodologik yordam ko‘rsatish. Hamkorlik doirasida xorijda vatandoshlarimiz ishtirokida intellektual o‘yinlardan tashqari konferensiyalar, seminarlar va uchrashuvlar tashkil etish ham rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, bungacha Vatandoshlar jamoat fondi bilan hamkorlikda 13-aprel kuni Germaniyada yashayotgan o‘zbekistonliklar o‘rtasida Zakovat musobaqasi o‘tkazilgandi. Kelgusida ham Tojikiston, Buyuk Britaniya, Turkiya va Koreya Respublikasi kabi bir qator xorijiy davlatlarda o‘zaro hamkorlikda intellektual o‘yinlar o‘tkazish rejalashtirilgan. @zakovatharakati
نمایش همه...
👍 3
🔥 “Zakovat” oʻyinlarida foydalanish uchun elektron taymer. 📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
نمایش همه...
👍 1
01:47
Video unavailableShow in Telegram
🔥 Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini oʻtkazildi. 📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
نمایش همه...
👍 2❤‍🔥 1🔥 1👏 1🤩 1😎 1
🏆 Xalqaro bolalar kuni munosabati Termiz shahar 19-maktabning 1-sinf oʻquvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. 🗓 20-may, dushanba kuni Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida oʻtkazilgan bahsda jajji bilimdonlar oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. 🔥 “Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati hududiy koordinatori I.Xolmirzayev tomonidan olib borilgan va 20 ta savol oʻynalgan bahs yakuniga ishtirok etgan jamoalar “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan kitoblar bilan taqdirlandi. 📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
نمایش همه...
🔥 4👍 2 2👏 1🤩 1😍 1
Katta raxmat sizga. Bolalar juda xursand boʻlishdi, 1- sinf uchun yangilik, kuchli energiya bilan qaytishdi. Ularga inergiya berdiz raxmat sizga.
نمایش همه...
🕊 5👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
🧒 Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Termiz shahridagi 10-maktabning 1-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Yoshlar markazi” binosida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
🤗 7 yoshli jajji bilimdonlardagi oʻyinga boʻlgan qiziqishni koʻrib, kelajakda viloyatimizdan yangidan yangi, kuchli zakovatchilar chiqishiga umid qildik.
📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
نمایش همه...
👍 3 2😍 2🔥 1
🏆 “Zakovat Quiz” oʻyini bo‘lib o‘tdi!
🔥 20-may, dushanba kuni Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan “Zakovat Quiz” oʻyinining joriy yildagi 13-soni oʻtkazildi. ✅ 13 ta jamoa ishtirok etgan bahs yakunida quyidagi natijalar qayd etildi: 🥇1-o‘rin – Konstachilar; 🥈2-o‘rin – Gryffindor; 🥉3-o‘rin – Intelligent. 📚 Shuningdek, “Zakovat Quiz” ishtirokchilari orasida o‘tkazilgan lotereya orqali turli kitoblar o‘z egalariga topshirildi. 📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
نمایش همه...
🔥 6👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🏆 “Zakovat Quiz” oʻyinining 13-soni boʻlib oʻtdi! 🗓 20-may, shanba kuni Termiz shahridagi viloyat “Yoshlar markazi” binosida oʻtkazilgan oʻyin natijalari bilan tanishing. 🥇“Konstachilik” jamoasi 🥈“Gryffindor” jamoasi 🥉“Intelligent” jamoasi 📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
نمایش همه...
🔥 2