cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Forish tumani hokimligi

Forish tumani hokimligi rasmiy kanali

نمایش بیشتر
Advertising posts
1 157مشترکین
+224 ساعت
-37 روز
+1530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Jizzax viloyatida e-auksion.uz orqali 250 dan ortiq ko'chmas mulklarni sotib oling. ♦️Arnasoy tuman 10 ta 👉🏼 (ko'rish) ♦️Baxmal tuman 12 ta 👉🏼 (ko'rish) ♦️G'allarol tuman 41 ta 👉🏼 (ko'rish) ♦️Sh.Rashidov tuman 26 ta👉🏼 (ko'rish) ♦️Do'stlik tuman 38 ta 👉🏼(ko'rish) ♦️Zomin tuman 22 ta 👉🏼(ko'rish) ♦️Zarbdor tuman 20 ta 👉🏼 (ko'rish) ♦️Mirzacho'l tuman 14 ta 👉🏼 (ko'rish) ♦️Zafarobod tuman 9 ta 👉🏼(ko'rish) ♦️Paxtakor tuman 8 ta 👉🏼(ko'rish) ♦️Forish tuman 5 ta 👉🏼 (ko'rish) ♦️Yangiobod tuman 14 ta 👉🏼 (ko'rish) ♦️Jizzax shahar 34 ta 👉🏼 (ko'rish) 🔻Xabardor boʼlish uchun🔻 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube Auksion hududiy vakillari: 998-99-2072608,99-2073608 ((⏰ soat 09:00 dan 18:00 gacha))
نمایش همه...
FORISH TUMANIDA"BESH TASHABBUS PARALIMPIADASI" O'TKAZILDI 🏆 Forish tumanida Yoshlar ishlari tuman bo`limi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman Bolalar va o`smirlar Sport maktabi bilan hamkorlikda, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida nogironlig bo'lgan yoshlarni sportga, sog'lom turmush tarziga bo'lgan ishtiyoqini orttirish va ijtimoiylashuvini ta'minlash maqsadida Respublikamiz miqyosida o'tkazilayotgan "Besh tashabbus paralimpiadasi"ning tuman bosqichi bo'lib o'tdi. 📌 Musobaqada 16-30 yosh oralig'idagi nogironligi bo'lgan yoshlar sportning 5 ta turi bo'yicha bellashdilar. Paralimpiada yakunida g'oliblar viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar. Barcha ishtirokchilar esdalik sovg'alari va maxsus diplomlar bilan taqdirlandilar. Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
نمایش همه...
BUGUNGI HARAKAT – ERTANGI BARAKAT ✅Tomorqa – daromad manbai! Har bir xonadon o‘z tomorqa yerlaridan samarali foydalansa, bu nafaqat qo‘shimcha daromad, balki oila a’zolarining bandligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 🔰Shu munosabat bilan ayni kunlarda Forish tumanining barcha hududlarida aholi tomorqasidan unumli va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar qizg‘in olib borilmoqda. Jumladan, tumanning 4-sektor hududidagi “Osmonsoy” mahallasida “mahalla yettiligi” hamda mahallaga biriktirilgan vakillar xonadonma-xonadon yurib, aholini tomorqaning har bir qarichidan unumli foydalanish, chorva, parranda boqish, dehqonchilik mahsulotlari, gul va ko‘chat yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berishmoqda. 🌿Bundan ko‘zlangan maqsad dehqon bozorlarini arzon va sifatli, ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirishga munosib hissa qo‘shish, aholi daromad manbalari va yashash tarzini oshirishdir. Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
نمایش همه...
FORISH TUMANIDA TASHQI MIGRATSIYADA YURGAN FUQAROLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH, ULARNING MUAMMOLARINI O‘RGANISH BO‘YICHA O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI ➡️Forish tumanida tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha Respublika ishchi guruhi rahbariyati tomonidan tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi. 📌Unga tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari yettiligi, tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Forish tumani ishchi guruhi a’zolari, mutasaddi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, mahalla raislari taklif etildi. O‘quv-seminarni tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov kirish so‘zi bilan ochdi. 📌O‘quv-seminarda so‘zga chiqqanlar tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, tizimli ravishda ular muammolarini o‘rganib borish, bu boradagi muammo va dolzarb vazifalar haqida fikr mulohazalar bildirishdi. O‘quv-seminar savol-javob va munozaralarga boy tarzda mazmunli o‘tdi. Tegishli tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar berildi. Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
نمایش همه...
FORISH TUMANIDA BAZALT ASOSLI MAHSULOTLARNI IQTISODIYOTNING TURLI SOHALARIDA QO‘LLASH SAMARADORLIGIGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO FORUM BO‘LIB O‘TDI ✅ Forish tumani “Egizbuloq” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “Basalt Uzbekistan” klasterida “Basalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llash samaradorligi”ga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. ✅ “O‘zsanoat qurilish bank” va “O‘zsanoat qurilish materiallari” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro forumda Germaniya, Italiya, Turkiya, Rossiyadan tashrif buyurgan investorlar, qurilish korxonalari, loyihalash instutlari va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar vakillari, mahalliy va xorijiy ishbilarmonlar ishtirok etishdi. ✅ Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifida “Basalt Uzbekistan” klasteri faoliyati misolida bazalt mahsulotlari afzalliklarini keng targ‘ib etish, ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish hamda tashqi bozorga chiqishini yanada faollashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab bergandi. ✅ Forish tumani Osmonsoy konidagi qimmatli topilma – bazalt toshlari mamlakatimiz sanoat tarmog‘i uchun muhim voqelik bo‘ldi, – deydi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi maslahatchisi Bahodir Ismailov. – “Basalt Uzbekistan” klasteri tashabbuskorlari tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar esa, yurtimizda ushbu turdagi yangi konlarni aniqlashga turtki berdi. ✅ Respublikada yillik quvvati 194 ming tonnalik bazalt toshidan issiqlik saqlovchi mineral plitalar, 16 ming tonnalik bazalt tolasi va fibra, 2 ming tonnalik bazalt armaturasi, 5 ming tonnalik kompozit quvurlar va 9 ming tonnalik kompozit geosetkalar ishlab chiqaruvchi 9 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ulardan biri – Forish tumanida 46,8 gektar maydonni egallagan “Basalt Uzbekistan” klasteridir. ✅ Forumda klasterning bugungi imkoniyatlari hamda rejalari taqdimot qilindi. Yiliga 177 ming tonna bazalt toshidan olinayotgan maxsus tola va uning asosida ishlab chiqarilayotgan 42 turdagi mahsulotlarning 80 foizi 24 ta davlatga AQSh, Angliya, Polsha, Italiya, Chexiya, Gruziya, Rossiya, Turkiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinayotgani ko‘pchilik e’tiborini tortdi. ✅ Mamlakat Prezidentining sohani ilmiy tomonlama rivojlantirish borasida bergan ko‘rsatmalari tahsinga loyiq, zero, har qanday kashfiyot va taraqqiyot ilm-fan asosida yuzaga keladi, – deydi Koreya muhandislik va qurilish texnologiyalari instituti professori Kim Xong Sop. – Faoliyatimiz qurilish va qurilish materiallari sohasida amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga asoslangan. O‘tgan yilda jamoamiz tomonidan qariyb 140 mln. dollarlik ilmiy izlanishlar olib borildi. O‘zbekistonda ham “R&D tadqiqotlar markazi”ni tashkil etib, ishlab chiqarish korxonalari hamda olimlar o‘rtasida “aloqa zanjiri”ni ta’minlash harakatidamiz. Bu sanoat rivojini 5-10 yilga tezlashtiradi, mahalliylashtirishni kuchaytiradi, ilg‘or texnologiyalarni mahalliy sharoitda qo‘llash samaradorligini oshiradi. ✅ Forum dasturiga ko‘ra ishtirokchilar O‘zbekistonda bazalt asosida innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish holati va istiqbollari bilan tanishtirildi. ✅ Mahsulot sifati va xususiyatlari, laboratoriya sinovlari va sertifikatlash, logistika kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Bu borada jahon standartlari, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan izlanishlar va yangiliklar, ilg‘or texnologiya va uskunalar haqida taqdimot namoyish etildi. ✅ Xalqaro forumda Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev ishtirok etdi. ✅ Forum yakunida ishtirokchilarning “Basalt Uzbekistan” klasteri korxonalari bo‘yicha ekskursiya tashkil etildi. Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
نمایش همه...
آرشیو پست ها