fa
Feedback
Quva tumani hokimligi

Quva tumani hokimligi

رفتن به کانال در Telegram

Қува тумани ҳокимлиги расмий канали Facebook: https://www.facebook.com/quvatumanhokimligi Veb sayt: https://quva.uz/ youtube.com: https://www.youtube.com/channel/UC6qGN6twkDYDUX4baAmUc5Q Fuqarolar murojaatlari uchun: t.me/quva_murojaat_bot

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Quva tumani hokimligi

کانال Quva tumani hokimligi (@quvaaxborothizmati) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 17 192 مشترک است و جایگاه 12 730 را در دسته اخبار و رسانه‌ها و رتبه 4 607 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 17 192 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 03 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -1 706 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -151 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 5.69% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 4.80% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 987 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 832 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 0 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Қува тумани ҳокимлиги расмий канали Facebook: https://www.facebook.com/quvatumanhokimligi Veb sayt: https://quva.uz/ youtube.com: https://www.youtube.com/channel/UC6qGN6twkDYDUX4baAmUc5Q Fuqarolar murojaatlari uchun: t.me/quva_murojaat_bot

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 04 سپتامبر, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته اخبار و رسانه‌ها تبدیل کرده‌اند.

17 192
مشترکین
-15124 ساعت
-1 2707 روز
-1 70630 روز
آرشیو پست ها
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimi
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi. Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi. Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda. Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X

Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi
Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi. Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan. Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi. Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi. Facebook|Instagram|X

🚫 ГИЁҲВАНДЛИККА — ЙЎҚ ДЕЙМИЗ! Қува туманидаги 1-сонли поликлиникада тиббиёт ходимлари иштирокида «Биз гиёҳвандликка қаршимиз
+3
🚫 ГИЁҲВАНДЛИККА — ЙЎҚ ДЕЙМИЗ! Қува туманидаги 1-сонли поликлиникада тиббиёт ходимлари иштирокида «Биз гиёҳвандликка қаршимиз!» ва «Гиёҳвандлик — аср вабоси» мавзуларида давра суҳбати ўтказилди. Тадбирда гиёҳвандликнинг инсон саломатлиги ва жамият учун аянчли оқибатлари, унинг олдини олиш бўйича амалга оширилиши лозим бўлган вазифалар ҳақида тушунтириш ва тавсиялар берилди. 📌 Шунингдек, иштирокчиларга мавзуга оид флаерлар тарқатилди. Соғлом ҳаёт — ёруғ келажак гарови!

Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi. O‘tgan davrda Sharof Ras
Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi. O‘tgan davrda Sharof Rashidov va Qarshi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard so‘mdan kredit resursi berilgan. Sharof Rashidov tumanida ushbu mablag‘ hisobidan 30 ming aholi kambag‘allikdan chiqarilgan bo‘lib, bir kishiga o‘rtacha 78 million so‘m to‘g‘ri kelgan. Qarshi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning sharoiti yaxshilanib, bir kishiga o‘rtacha 176 million so‘m sarflangan. Qamashi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard so‘mdan kredit berilgan. Qamashida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambag‘al aholi bu toifadan chiqarilgan. G‘uzor, Nishon, Muborak, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beshariq, Farg‘ona tumanlari hamda Nurafshon, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ham shunday holat kuzatilayotgani aytildi. Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m kredit to‘g‘ri kelayotgani aytildi. Vaholanki, boshqa hududda shuncha pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi. “Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar vil
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi. “Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi. Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosq
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda. Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi. Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi. Facebook|Instagram|X

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha i
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам выведения на новый этап работы по сокращению бедности и повышению доходов населения. Facebook|Instagram|X

DEPUTATLAR O‘QUVCHILAR BILAN BIRGA “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”DA 🌐 Yangi o‘quv yili munosabati bilan Xalq deputatlari Quva tuman K
+7
DEPUTATLAR O‘QUVCHILAR BILAN BIRGA “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”DA
🌐 Yangi o‘quv yili munosabati bilan Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatilari o‘z saylov okruglaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etdilar. ✅ Tadbirlar davomida o‘quvchilar, ustoz-murabbiylar va ota-onalar bilan samimiy muloqot qilinib, yangi o‘quv yili munosabati bilan ezgu tilaklar bildirildi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan birinchi sinf o‘quvchilariga alohida e’tibor qaratilib, ularga bilim olish yo‘lida muvaffaqiyatlar tilab qolindi. ✅ Shuningdek, maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishilib, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. 🌐 Instagram|  ✅ Telegram |✅ Facebook| 📹 Youtube 🦅 E-Kengash

Қува туман 2-сон техникумида илк “Биринчи қўнғироқ” садолари янгради Қува туманида янги ўқув йили муҳим ва қувончли воқеалар
+4
Қува туман 2-сон техникумида илк “Биринчи қўнғироқ” садолари янгради   Қува туманида янги ўқув йили муҳим ва қувончли воқеалар билан бошланди. Туманимизда яқинда ташкил этилган Қува туман 2-сон техникумида ҳам илк бор “Биринчи қўнғироқ” садолари янгради.   Бугунги кунда ёшларни замонавий, меҳнат бозорида талаб юқори бўлган касб-ҳунарларга ўргатиш, уларнинг билим ва кўникмаларини ошириш ҳамда келгусида муносиб бандлигини таъминлаш давлатимиз сиёсатининг устувор йўналишларидан бири ҳисобланади.   Ана шу эзгу мақсадлар йўлида ташкил этилган Қува туман 2-сон техникуми янги ўқув йилида ўзининг илк ўқувчиларини бағрига қабул қилди. Бу маскан ёшларни замон талабларига мос касб-ҳунарларга ўқитиш, уларнинг мустаҳкам билим ва амалий кўникмалар эгаллашига хизмат қилиши билан аҳамиятлидир.   Техникумда ўтказилган “Биринчи қўнғироқ” байрам тадбирида таълим муассасаси жамоаси, жамоатчилик вакиллари, ўқувчилар, устоз ва мураббийлар иштирок этдилар.   Тадбирда сўз олганлар янги ташкил этилган техникумнинг ёшлар ҳаётидаги ўрни ва аҳамияти, уларнинг замонавий касбларни эгаллаб, келажакда ўз ўрнини топиши учун яратилаётган имкониятлар ҳақида алоҳида тўхталиб ўтдилар.

#жараён 🇺🇿 Қува туманига Беларусь Республикасидан наслли қорамоллар олиб келинди ⁉️ Ўзбекистон Республикаси Президенти ва ҳ
+1
#жараён 🇺🇿 Қува туманига Беларусь Республикасидан наслли қорамоллар олиб келинди ⁉️ Ўзбекистон Республикаси Президенти ва ҳукумат томонидан чорвачилик тармоғини жадал ривожлантириш, наслчилик ишларини такомиллаштириш ҳамда аҳолини сифатли чорвачилик маҳсулотлари билан таъминлаш бўйича белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида Қува туманида амалий ишлар амалга оширилмоқда. ➡️ Хусусан, Қува туманидаги “Салохиддин имкони” фермер хўжалигига Беларусь Республикасидан 123 бош наслли қорамол олиб келинди. 🚀Саҳифамизга обуна бўлинг 😎Телеграм

O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. 2026-yil 1-sentabr. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Ҳурматли фуқаролар ва тадбиркорлар! Ўзбекистон Республикаси Президентининг Қува туманидаги Халқ қабулхонаси томонидан Қува ту
Ҳурматли фуқаролар ва тадбиркорлар! Ўзбекистон Республикаси Президентининг Қува туманидаги Халқ қабулхонаси томонидан Қува тумани ҳокими ҳамда унинг ўринбосарлари томонидан жисмоний ва юридик шахсларни қабул қилиш графиги асосида мурожаатлар қабул қилинади. Иш кунлари: Душанба – Жума Иш вақти: 09:00 – 18:00 Тушлик вақти: 13:00 – 14:00 Қабул жараёнлари очиқ мулоқот шаклида ташкил этилиб, фуқароларнинг муаммо ва таклифлари ўрганилиб, тегишли чоралар кўрилади. Ишонч телефони: +998 73 315-10-00 +99873-315-03-73 Барча мурожаатлар эътибор билан кўриб чиқилади. Сиз учун қулай ва самарали хизмат кўрсатиш – бизнинг асосий вазифамиз! Telegram| Facebook | Instagram | Youtube | X

Қува туманида “Биринчи қўнғироқ” тадбирлари кўтаринки руҳда бўлиб ўтди! Янги ўқув йили муносабати билан туманимиздаги мактабларда байрам тадбирлари ташкил этилди. 44-мактабда бўлиб ўтган тадбирда туман ҳокими Халимжон Умаров иштирок этиб, ўқувчи ва устоз-мураббийларни янги ўқув йили билан табриклади. Биринчи синф ўқувчиларига “Президент совғалари” тантанали равишда топширилди.

Mustaqil O'zbekistonda iqtisodiy yuksalish Istiqlol yillarida O’zbekistonni iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo’shish yo’lida tub islohotlar amalga oshirildi. Batafsil videorolikda tanishing. 🇺🇿 #35yil #mustaqillik #iqtisodiyislohotlar 🇺🇿 Telegram sahifamizga obuna bo'ling - @uzbyuksalish

Қува туманида “Биринчи қўнғироқ” тадбирлари кўтаринки руҳда бўлиб ўтди Янги ўқув йили Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавк
+8
Қува туманида “Биринчи қўнғироқ” тадбирлари кўтаринки руҳда бўлиб ўтди   Янги ўқув йили Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг мактаб ўқувчилари ҳамда устоз-мураббийларга йўллаган самимий табриги билан янада кўтаринки руҳда бошланди. Давлатимиз раҳбарининг ёш авлодга қаратилаётган юксак эътибори, уларнинг замонавий билим ва касб-ҳунар эгаллаб, Ватанимиз тараққиётига муносиб ҳисса қўшадиган баркамол инсонлар бўлиб вояга етишлари ҳақидаги эзгу тилаклари тадбир иштирокчиларига ўзига хос руҳ ва илҳом бағишлади.   Бу йил Қува туманидаги умумий ўрта таълим мактабларига 5 минг 600 нафардан ортиқ болажон илк бор қадам қўйиб, ўз ҳаётининг янги ва масъулиятли босқичини бошлади. Улар учун бугунги кун нафақат илк қўнғироқ садоси, балки буюк орзу-мақсадлар, билим ва кашфиётлар сари очилган янги йўлнинг бошланиши бўлди.   Қува тумани ҳокими Халимжон Умаров тумандаги 44-умумий ўрта таълим мактабида ўтказилган “Биринчи қўнғироқ” байрам тадбирида иштирок этди.   Туман раҳбари тадбирда Ўзбекистон Республикаси Президентининг мактаб ўқувчилари ва устоз-мураббийларга йўллаган табригини ўқиб эшиттирди ҳамда барча ўқувчилар, айниқса, илк бор мактаб остонасига қадам қўяётган болажонларни, фидойи устоз-мураббийлар ва меҳрибон ота-оналарни янги ўқув йили билан самимий муборакбод этди.   Тадбирнинг энг қувончли лаҳзаларидан бири биринчи синф ўқувчиларига давлатимиз раҳбари номидан 12 номдаги ўқув қуролларидан иборат “Президент совғалари”нинг тантанали равишда топширилиши бўлди. Болажонлар ушбу эътибор ва ғамхўрликни катта хурсандчилик билан қабул қилдилар.

#Mustaqillik35 #Fargʻona Mustaqillik bayrami: osmondan nigoh Farg‘onadagi bayram shodiyonalari dron nigohida — go‘zal manzaralar, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas lahzalar. Istiqlolimiz abadiy, yurtimiz tinch, osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin! Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi “ShHT plyus” uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌BMT o‘zining markaziy, mu
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi “ShHT plyus” uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌BMT o‘zining markaziy, muvofiqlashtiruvchi rolini saqlab qolishi, mintaqaviy tuzilmalar esa uning sa’y-harakatlarini to‘ldirishi lozim; 📌Yangi dunyo tartiboti nafaqat xalqaro munosabatlar tizimidagi global kuchlar nisbatini mustahkamlashi, balki mintaqaviy muammolarning adolatli hal etilishiga ham xizmat qilishi kerak; 📌“ShHT plyus” maydoni davlatlar, mintaqalar va tashkilotlarni umumiy kun tartibi atrofida birlashtirishga qodir. Bu yerda turli tashabbuslarni o‘zaro uyg‘unlashtirish va global boshqaruv arxitekturasini shakllantirish bo‘yicha muloqot olib borish mumkin va zarur; 📌O‘zbekiston Yevroosiyo makonida ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish tarafdori; 📌Biz shunday ko‘p qutblilik tarafdorimizki, u yangi ajratuvchi chiziqlarni yaratmaydi, balki imkoniyatlar makonini kengaytiradi, mintaqaviy loyihalar va tashabbuslar o‘zaro raqobatlashmaydi, balki bir-birini samarali to‘ldiradi; 📌“ShHT plyus” formatini mintaqalararo muloqot maydoni sifatida rivojlantirishni muhim deb hisoblayman; 📌“ShHT plyus” mintaqaviy tashkilotlarning Hamkorlik tarmog‘ini yaratish uchun platforma bo‘lib xizmat qilishi mumkin; 📌BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda mintaqaviy tashkilotlar salohiyatidan yanada faol foydalanish lozim; 📌Tabiatdan foydalanish, “yashil” energetika, raqamli xizmatlar va sog‘liqni saqlash sohalarida mintaqalararo loyihalar va texnologiyalarning Ochiq bankini shakllantirishni taklif etaman; 📌“ShHT plyus” madaniyatlar va sivilizatsiyalar doimiy forumini ta’sis etishni taklif etaman. Ushbu tadbirni BMTning manfaatdor tuzilmalari bilan birgalikda Xiva shahrida o‘tkazishga tayyormiz; 📌O‘zbekiston bundan buyon ham umumiy farovonlikni mustahkamlash va ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirishga salmoqli amaliy hissa qo‘shishga tayyor. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌O‘tgan
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekdagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌O‘tgan 25 yil davomida ShHT teng huquqli muloqotni ta’minladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashdi;   📌Hamkorligimiz markazida ShHTning geografik va strategik o‘zagi bo‘lgan Markaziy Osiyo turganini alohida qadrlaymiz;   📌Yaqin Sharqda muloqotni qayta tiklash va keskinlikni yumshatishning qat’iy tarafdorimiz;   📌ShHT mamlakatlarining ulkan insoniy, tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual resurslari, eng avvalo, xalqlarimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak;   📌“ShHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni” konseptual qarashini ishlab chiqishga kirishishni taklif etaman. Uning asosiy maqsadi o‘zaro bog‘liq va barqaror makonni shakllantirishdan iborat bo‘lishi lozim;   📌Maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, sotuv bozorlari va logistikani birlashtiradigan ShHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasini ishlab chiqishni taklif etamiz;   📌Hozirning o‘zidayoq umumiy tamoyillarni kelishish bosqichidan ShHT Taraqqiyot bankini amaliy ishga tushirishga o‘tishni zarur deb hisoblaymiz;   📌Sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha Butunjahon tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusni olqishlaymiz;   📌Kelgusi yili Toshkent shahrida ShHTning sun’iy intellekt va yangi raqamli yechimlar bo‘yicha forumini o‘tkazishga tayyormiz;   📌Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar mamlakatlarimizning oziq-ovqat, suv va energetik xavfsizligiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ShHT doirasida ushbu masalalar bo‘yicha yagona kun tartibini shakllantirish zaruratini taqozo etmoqda;   📌ShHTga a’zo davlatlarning temir yo‘l makonlari integratsiyasi bo‘yicha kengash ta’sis etishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman;   📌Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilish uchun ShHTning Afg‘oniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklash vaqti keldi. Facebook|Instagram|X

Jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar! — С 35-летием независимости нашего родного Узбекистана, дорогие соотечественники! Facebook|Instagram|X