cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Ijodimizdan🕊

OTABEK AKBAROV ijodiy kanali - Yurtimiz shoirlarini qalbga kiradigan ijodlari.✍️ - Havaskor shoirlarning ajoyib she'rlari.✍️ - Profil uchun maʼnoli statuslar.💮 - Eng idial qoʻshiqlar.🎵 Muallif :Otabek_Akbarov @Perfectboy190

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
189
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-87 روز
-1930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

* * * Talpinaman, Sog‘inar dilim, Parchalanib ketar bu yurak. Ahir, Senga yetib borguncha, Yomg‘irlarga aylansam kerak. Tilanaman masih bir ishqni, Tomchilarning shivirlarida. Va bag‘ringga cho‘kar xayolim, Siyrating bor yurak qarida. To‘kildimmi, To‘kdimi dunyo, Oppoq paxta chanoqlaridan. Yo, maysaga aylandimmikan, Ko‘z-yosh tomgan yanoqlaridan. O, yuragim! Siyohiy dardlar... Tunlarimga bo‘lding yostiqdosh. Zor ko‘ksimda gullagan sog‘inch, Siniqlarim yashirgan bardosh. Tole dedim, Va taqdir dedim, Peshonamning yozuqlariga. Shukr, Bitdi baxt-u baxtsizlik, Hayotimning chiziqlariga. Olib ketar daydi shamollar, Telba xislar, Qalbim jonsarak. Bir kun senga yetib borguncha, Yomg‘irlarga aylansam kerak. Kirib keldi qishning ilk kuni Tanam muzlar sovqotti yurak Qor ham yog'sa farqi yoq endi Yomg'irlarga aylansam kerak
نمایش همه...
😍 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Қиш фаслининг илк Жумаси муборак бўлсин. Кунларнинг султони Саййид-ул айём, Ҳаж-ул масокин яна бир жума кунига насиб қилган Аллоҳ таолога ҳамду-санолар бўлсин. Жума айёмингиз муборак бўлсин. Кириб келган қиш фасли барчамизга барокат олиб келсин.
نمایش همه...
🥰 1
Tushunmassiz mening holatim, Yigʻlang yoki ustimdan kuling. Qani juda kuchli boʻlsangiz, Koʻzlarimni tarjima qiling! Qaylardasiz, baxt janoblari, Shoshing, vaqt vaqt janoblari. Shodlik koʻpmi, iztiroblarmi? Koʻzlarimni tarjima qiling! Qarodir u, tunga yaqindir, U quyoshli kunga yaqindir. Taxminlar ham mingga yaqindir, Koʻzlarimni tarjima qiling! Yurak berib oʻqingda bir bor, Ziyrak boʻlib uqingda bir bor. Tub-tubiga choʻkingda bir bor, Koʻzlarimni tarjima qiling! Samolarni quchib boradir, Kipriklarim uchib boradir. Sogʻinchlarni ichib boradir, Koʻzlarimni tarjima qiling! So'zlarimning uvoli tutar, Ko'zlarimning uvoli tutar. Koʻzingizdan tarjima kutar, Koʻzlarimni tarjima qiling!
نمایش همه...
🥰 1👏 1
Rashkim yomon , rashkim kuchlida , Qizģonaman hatto gullardan. Olmang deyman mendan besòroq , Shu gullarni òzga qòllardan... Rashkim yomon , sevgim kuchliroq , Yuragimga yoqmang olovlar. Yoqmaydida shirin sòz aytsa , Havas ila sizga birovlar.. Arzim borda kòzingizga ham , Tashlamasin yotlarga nigoh. Yuragingiz dardlarim bilsin , Va rashkimdan bòlsinda ogoh. .....Rashkim yomon....rashkim kuchlida.... Ba'zan halal berar yashashga. Gohi chorlab turadi intiq , Umid ila zavqli kurashga... Rashkim yomon....Rashkim kuchlida...
نمایش همه...
🔥 1
Ey, meni yo‘q yerdan yaratgan Qodir, Dilozorlaringa dilim qolmasin! Umidim, ilinjim, muxtojim nedir, O‘zingdan o‘zgaga kunim qolmasin! Odamiy zotiga ko‘nglimni berma, Siyratim, suhbatim, qo‘limni berma, Noaziz qoshida o‘limni berma, O‘zingdan o‘zgaga kunim qolmasin! So‘ratsang, o‘zingdan so‘rat toabat, Belabz, beaxdga qilma hamsuhbat, Go‘zaldir sen bersang hatto musibat, O‘zingdan o‘zgaga kunim qolmasin! Yomonni o‘ngimdan, so‘limdan ketkaz, Har onim zikringda, shukringda o‘tkaz, Boshimni hamisha sajdangga yetkaz, O‘zingdan o‘zgaga kunim qolmasin! Gunoh yo‘lga kirsam, qaxr et, ko‘ngum, Yaxshilar qoshiga qush bo‘lib qo‘ngum, Chiroyli qilsang bas hotimam, so‘ngim, O‘zingdan o‘zgaga kunim qolmasin! Ko‘nglimda borlarim ko‘nglimga to‘lsin, Aziz bilganlarni armoni o‘lsin, Jim meni duoda eslarim bo'lsin O‘zingdan o‘zgaga kunim qolmasin! @sherlarmanzili
نمایش همه...
2👏 1
Tunlarni qulatib oyning bagʻridan Kutadi soatning urishini bong Bir qizcha har kuni olis naridan Mendan xabar kutib o'tkazadi tong… “Salom, Hayrli tong” ushbu soʻzimdan Quvonib ketadi balki-da yozsam Har tong bitta xabar kutar oʻzimdan Hohlaydi uni deb aqldan ozsam… Men bir bee’tibor, men oʻzi noshud Qaydanam pok koʻngli koʻnglimga tushgan Hissiz odamdekman, tosh dilman yoxud Insonlar dardiga yana dard qoʻshgan… Sahardan telefon tushmas qoʻlimdan Hech qursa hol soʻrab yozmasligim rost Hatto oʻtkizmayman buni koʻnglimdan Oʻzi yozsa javob yozaman holos… Bilaman bir kuni uvoli tutar Chin sevgan dillarni tutmaganlarim Qachondir bularni ham qadri oʻtar Qarshimdan chiqqanda kutmaganlarim…
نمایش همه...
👍 2
ba'zi harakatlar majburiyat yuzasidan amalga oshiriladi... Tabassum kabi... Xayrlashish kabi...
نمایش همه...
🥰 1
QIShLOQ HAYoTI Qishloqda barchasi juda boshqacha, Uning har laxzasi qoladi yodda. To yetti yoshidan yetmish yoshgacha, Insonlar oq ko‘ngil, mehribon sodda, Qishloqda qo‘y qo‘zi, echki-ulov, mol, Va ko‘klamga to‘lar doim paykali. Hamma bir biridan so‘rab turar hol, Yo‘qolib ketmagan oqibat hali. Qishloqda bolalar boladek yashar, Berkinar, to‘rt tomon yugurar chopar. Qishloqda bo‘ladi har kuni hashar, Odamlar har kuni bir yumush topar. Qishloq hovlisining bor fayzu ko‘rki, Oilalalar baxtga to‘lib turadi.. Mahallalar ahil, shunchalar zo‘rki Har yili sumalak bo‘lib turadi... Odamlar ko‘nglidek keng dala, yerlar, Osmoni musaffo, havosi toza.. Qishloqda yozilib eng mashhur she'rlar, Katta shaxarlarda bo‘lar ovoza...
نمایش همه...
👏 4
Photo unavailableShow in Telegram
•••• Бу хаёт биз учун нима одамлар, Синовми, жумбоқми ёки бир ўйин. Билмоққа қанчалар интилсанг агар, Яшамоқ шунчалар туюлар қийин. Бу дунё биз учун нима одамлар, Зўрлар бўлиб олган кураш майдонми. Нохақ отасидан ранжир ўғиллар, Оналар қизига қараб хайронми. Бу юрак биз учун нима одамлар, Хар лахза бўлингай минг бир бўлакка. Унинг хонишин тингласак агар, Рухимиз учади қушдек фалакка. Мухаббат биз учун нима одамлар, Минг йиллаб кутамиз висол онини. Буни ишқ ўтида куйганлар билар, Севгидан яратмиш инсон жонини. Бу умр биз учун нима одамлар, Бу йиллар, бу кунлар соат-дакика. Қанча ёқиб, қанча ёқдик шамлар, Кимлар бизни эслар, кимлар унутар. Бу тақдир биз учун нима одамлар, Худо ёруғ қилсин пешонангизни. Ўксинманг устма-уст тушса хам ғамлар, Доимо пок тутинг иймонингизни.
نمایش همه...
👏 5
Mening idaalimdagi shaxs bu Mening kelajagim...
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.