MINOR MOTIVATION
رفتن به کانال در Telegram
📹 Klip 📻 Seans 🎧 MP3 💰 Minuslar 📝 Text 🌌 Statuslar gruppamiz https://t.me/m1nor17_Official_group KANAL EGASI va REKLAMA UCHUN : @EGOIST_717
نمایش بیشتر635
مشترکین
-124 ساعت
-107 روز
-3830 روز
آرشیو پست ها
Oʻzbekni talab kelding qamab kelding xaromi
Men ochlikdan oʻlmadim sen yorilib oʻlmading ..
Tez kunda
Bu kunlarim ham oʻtib ketadi huddi oq qora kino
Unitilamiz goʻyo unitilganidek "Damino" ..
@M1noR17
🛡 30 KUNLIK KAFOLATLI O‘ZBEK OBUNACHILAR! 🇺🇿
💸 30% CHEGIRMA — 1-oktyabrgacha!
👥 1000 ta obunachi — atigi 42 000 so‘m
✅ Obunachilar kafolot muddatidan oldin kanalni tark etmaydi.🇺🇿 O‘zbekistonda eng arzon narx va sifatli xizmat @chatseenuzbot,da mavjud.
Odamlar qachon odamga o‘xshab yashaydi?!
Hech qachon.
Hayotni qiyinlashtirmasdan, oddiy tushuntirishga harakat qilaman. Bu yerda biz o‘rganib qolgan balandparvoz gaplar — milliylik, insoniylik, insonparvarlik, yaxshilik, muqaddas Vatan, bir-birovga g‘amxo‘rlik kabi tushunchalar haqida gapirmayapman.
“Odamga o‘xshab yashash” deganda o‘z xohishingga ko‘ra yashashni nazarda tutyapman.
Albatta, odamlar orasida yashayotgan ekanmiz, qonun-qoidalarga amal qilishimiz kerak. Gap bunda ham emas.
Gap shundaki, biz ko‘pincha o‘zimizning xohishlarimiz va imkoniyatlarimizga mutlaqo teskari hayot kechiramiz.
Har kim o‘ziga bir marta savol berib ko‘rsin:
— O‘zim xohlagan yoki yoqtirgan ishda ishlayapmanmi?
— O‘zim istagan insonlar orasidamanmi?
— O‘zim xohlagan vaqtda uxlayapmanmi?
— Hayotimdan rostdan ham mamnunmanmi yoki “hayot shunaqa ekan” deb hammasiga ko‘nikib ketganmanmi?
Umuman olganda, nega o‘zimiz xohlagandek yashamaymiz?
Nimadan qo‘rqamiz?
Nima bizga halaqit beradi?
Nimalarni orzu qilamiz-u, kunimizni nimalarga sarflayapmiz?
Eng qizig‘i, ko‘pincha ikkalasi bir-biriga mutlaqo mos kelmaydi.
Odam o‘zini doim nazorat qilib turishi kerak, aks holda hayvondan farqi qolmaydi, degan fikr kelishi tabiiy. To‘g‘ri. Chunki o‘z xohishing ortidan ketish — har qanday istagingni nazoratsiz bajarish degani emas.
Lekin ongli, dunyoqarashi keng, o‘z hayotini tushunishga harakat qiladigan odam haqida gapiryapman.
Ertalabdan o‘zing xohlamagan ishga borasan.
Yoqtirmagan odamlarga jilmayasan.
O‘zingdan kichik odamlarning gapini eshitasan.
Kechqurun esa ertaga yana shu hayotni takrorlash uchun erta uxlab, kuch to‘playsan.
Ertaga esa yana o‘sha kun.
Keyin yana.
Va yana.
Bu shunchaki dahshat. Tushunyapsanmi, Karl?
Biz robot emasmiz. Qo‘g‘irchoq ham emasmiz. Umr esa qayta-qayta beriladigan narsa emas.
Oldin aytganimdek, hech narsa odamning o‘z hayotidan ustun bo‘lmasligi kerak.
Nimanidir o‘zingdan ustun qo‘ydingmi — oxir-oqibat o‘sha narsaning quliga aylanasan.
Shuning uchun yana bir marta aytaman. Eslab qol:
O‘zing xohlagan ishda, o‘zing xohlagan insonlar bilan, o‘zing xohlagan hayotda yashashga haqlisan.
Faqat buning narxi bor.
Ba’zan qo‘rquvni yengish kerak.
Ba’zan odatni buzish kerak.
Ba’zan odamlarni ranjitish kerak.
Ba’zan esa bir yil, ikki yil, balki undan ham ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.
Lekin o‘z hayotingni boshqa birovning qo‘liga topshirib qo‘yib, keyin “hayot shunaqa ekan” deb yashash — menimcha, undan ham qimmatroq narx.
