Ahmadjon Muxtorjonov | Shaxsiy blog
رفتن به کانال در Telegram
Ovunch yasamoqda yangi maysalar, Shukurga qovushar uzviy bir tilak. Bir yupanch yurakda sarson, darbadar: Xudo bor dunyoda inson ne kerak?!! Fikr, mulohazalar uchun adminga murojaat: @A_Muxtorjonov
نمایش بیشترأوزبكستان62 226دسته بندی مشخص نشده است
201
مشترکین
+124 ساعت
+17 روز
+130 روز
آرشیو پست ها
#OAV_MEN_HAQIMDA
“Sharafli yoʻl” respublika videoroliklar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda o'tkazilgan "Sharafli yo'l" videroliklar ko'rik-tanlovi "Madaniyat va ma'rifat" telekanalining "Bugun" madaniy-ma'rifiy dasturida yoritildi.
Dasturda tanlov sovrindori boʻlgan Namangan davlat texnika universiteti stajyor-tadqiqotchisi ya’ni kamina Ahmadjon Muxtorjonovning kichik intervyusi e’lon qilindi.
Telegram| Instagram| Facebook
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, Dadajonim!
Bugun men uchun eng aziz, eng qadrli insonlardan biri – bolaligimdan beri idealim bo‘lgan, oilamizning suyanchi va tayanchi, sulolamizning mehribon insoni Dadajonim Farhodjon hoji tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.
Savlatim — otam, davlatim — otam, mehribonim — otam, jonajonim — otam, tirgagim — otam, hamisha keragim — otam... Tavallud kuningiz muborak, umringiz uzoq, mazmunli va barakali bo‘lsin.
Yaxshiyam tug‘ilgansiz, yaxshiyam mening otamsiz. Yaxshiyam rahmatli Momojonim sizday insonni dunyoga keltirganlar.
Hech qachon birovga qarab, “Otam ham shunday bo‘lsa edi”, deb havas qilmaganman. Sizday insonning farzandi ekanligimdan har doim faxrlanaman.
Onam bilan bizning baxt-u kamolimizni, yaxshi kunlarimizni uzoq yillar ko‘rib yuring. Baxtimizga doimo sog‘-salomat, bardam va baxtli bo‘ling.
Sizni juda ham yaxshi ko‘ramiz, Dadajon❤️
Telegram| Instagram| Facebook
Repost from N/a
#qutlov
Kutilgan, ammo kutilmaganda kelgan xushxabar
Axmadjon Muxtorjonovni litsey davrimdan taniman. Intiluvchan, bilimli, tengdoshlaridan samimiyligi bilan ajralib turadigan inson. Hozir esa uni bir necha soʻz bilan taʼriflash qiyin: ijobiy va salbiy hislari, oʻziga xos feʼl-atvori bilan ajralib turadi. U adolatni juda koʻp istaydi. Turmush oʻrtogʻim va oilamiz uchun kuyinadi, baʼzan shu kuyinishlari tortishuvlarga ham sabab boʻladi.
U juda koʻp muvaffaqiyatlarga erishdi va erishib kelmoqda. Bu yilgi Mustaqillik bayrami esa unga boshqacha quvonch olib keldi. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mukofot muborak boʻlsin ✨
Bu postni avvalroq joylasam ham boʻlardi, lekin bugungi kunni lozim topdim.@Shahzoda_Gulomjonova
Tugʻilgan kuning muborak boʻlsin!
Bugun erkatoy jiyanim Abdushukur (Boboxon) tugʻilgan kunini nishonlamoqda.
Jiyan tugʻilgan kuning muborak, umring uzoq va albatta mazmunli boʻlsin, nima yaxshi niyat bilan yashayotgan boʻlsang hammasiga yet ilohim!
Seni yaxshi koʻramiz🫀
Telegram| Instagram| Facebook
#OAV_MEN_HAQIMDA #YagOna_Vatan
“YagOna Vatan” kitobi “Eng muhtasham sheʼriy asar” deb topildi
Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi hamkorligida Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston tarannumi” tanlovi taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda tanlov gʻoliblari va sovrindorlari, shuningdek milliy adabiyot hamda jurnalistika sohasi rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi uchun bir guruh faxriylar taqdirlandi.
Quvonarlisi, gʻoliblar safida Namangan davlat texnika universitet stajyor-tadqiqotchisi Ahmadjon Muxtorjonov ya’ni kamina boʻlib, “YagOna Vatan” she'riy toʻplamim “Yangi Oʻzbekiston tarannumiga bagʻishlangan eng muhtasham sheʼriy asar” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

#mandat #magistratura
Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi
2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha arizalar toʻliq koʻrib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Tavsiya etilgan barcha yaqinlarimni chin qalbdan, samimiy muborakbod etaman!
Telegram| Instagram| Facebook
+3
Islom Karimov xotirasiga ehtirom koʻrsatildi
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
Marosimda Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari yodga olindi.
Telegram| Instagram| Facebook
🎼 OʻZBEKISTON
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
(Sheʼrning qoʻshiqqa kiritilgan qismi keltirilgan)
TAVALLO
Oq yoʻrgakka oʻragansan oʻzing bizni,
Ham oq yuvib-taragansan oʻzing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona boʻlib,
Kunimizga yaragansan oʻzing bizni.
Fidoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston!..
Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har oʻgʻloningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday oʻpib,
Yovlar yaqin yoʻlolmagay qoʻrgʻoningga.
Adoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston!..
Tuzing totib, unutganlar xor boʻladi,
Koʻzlariga ikki dunyo tor boʻladi.
Shodon daming koʻrolmagan yurtfurushlar,
Bir kun bir kaft qumlogʻingga zor boʻladi.
Yoningda turgaymiz seni, Oʻzbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston!..
✍ Muhammad Yusuf
🎤 Yulduz Usmonova
Telegram| Instagram| Facebook
Tashabbusli budjet – xalqni birlashtiruvchi loyiha
Men tug‘ilib–o‘sgan Uchqo‘rg‘on tumani Qo‘rg‘oncha mahallasi Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonalari arafasida “Tashabbusli budjet” loyihasining navbatdagi mavsumi g‘oliblari qatoridan joy oldi.
Bu yutuq — kerakli tashabbus bilan chiqqan mahalla raisi — dadam, maktab ma’muriyati, nuroniylar, ustozlar, yoshlar va butun mahalla aholisining bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlikda harakat qilganining amaliy natijasidir.
Loyiha inoq va samimiy xalqimizni yana bir bor ezgu maqsad yo‘lida birlashtirdi desam adashmagan boʻlaman. Bu xalqchil loyiha oʻz navbatida ham moddiy, ham maʼnaviy jihatdan xalqimiz uchun foydali ekanligini koʻrsatadi.
Ushbu g‘alaba barchamizga muborak bo‘lsin!

Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!
Bugun koʻplab shogirdlarning sevimli ustozi, mening mehribon yaqinim, qariyb 10 yildan beri onalarcha muhabbati bilan biz shogirdlarga mehr koʻrsatib kelayotgan inson – Sohibaxon onamiz tavallud ayyomlarini nishonlamoqda.
Ustoz, tugʻilgan kuningiz muborak, umringiz uzoq va albatta mazmunli boʻlsin. Nima yaxshi niyat bilan yashayotgan boʻlsangiz barchasiga yeting, ilohim!
Sizni yaxshi koʻramiz, Ustoz❤️
Telegram|Instagram|Facebook