fa
Feedback
𝑱𝒊𝒛𝒛𝒂𝒙 𝑴𝑶𝑵𝑶𝑴𝑨𝑹𝑲𝑨𝒁. . .

𝑱𝒊𝒛𝒛𝒂𝒙 𝑴𝑶𝑵𝑶𝑴𝑨𝑹𝑲𝑨𝒁. . .

رفتن به کانال در Telegram

Jizzax shahridagi Kasbiy Ko'nikmalar MARKAZI Admin tel raqami: +99893 940 31 00 𝐵𝑒𝑘𝑧𝑜𝑑 𝑆ℎ𝑢𝑘𝑢𝑟𝑜𝑣 Elektron pochta jizzaxmonomarkaz02@gmail.com Joylashuv Jizzax monomarkazi https://maps.google.com/maps

نمایش بیشتر
1 963
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
-3130 روز
آرشیو پست ها
🔊"ASIA SCHOOL" xususiy maktabiga quyidagi vakansiyalar uchun qabul boshlandi 🔹Sotuv menejer 🔹Boshlang'ich rus sinf o'qituv
🔊"ASIA SCHOOL" xususiy maktabiga quyidagi vakansiyalar uchun qabul boshlandi 🔹Sotuv menejer 🔹Boshlang'ich rus sinf o'qituvchilari 🔹Ingliz tili o'qituvchilari (rus tilida dars o'ta oladigan) 🔹Matematika o'qituvchisi (rus tilida dars o'ta oladigan) 🔹Psixolog 🔹Mentorlar ☝🏻Talablar: 🔸25 yoshdan yuqori 🔸Rus tilini so’zlashuv darajasida bilish (ustunlik beradi) 🔸Oliy ma'lumotli (o'qishni tamomlagan) 🔸Qoidalarga rioya qilish 🔸Vazifalarni o'z vaqtida bajarish 🔸O'quvchilarni nazorat qilish 🏳️Afzalliklar: 🔹5/2 ish kuni 🔹08:30-17:30 ish grafigi 🔹bepul tushlik 🔹Ajoyib jamoa 🔹Korporativ raqam 🔹Turli xil korporativ tadbirlar 🔹Oylik maosh kelishilgan holda 💼Quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin +998993551152 @asiaschool_hr

#Кун_ҳикмати ✅ Баъзида одамлар пуч хаёлларига путур етмаслиги учун ҳам ҳақиқатни эшитишни исташмайди. 🎯 Фридрих Ницше
#Кун_ҳикмати ✅ Баъзида одамлар пуч хаёлларига путур етмаслиги учун ҳам ҳақиқатни эшитишни исташмайди. 🎯 Фридрих Ницше

#Yoz #Iyun Bugun, 24 iyun #JIzzax_viloyati ☀️ +42°...+24°, Ochiq havo Hozir: 🌡 N/A°, N/A m/s Tong: ☀️ +34° Kun: ☀️ +41° Oqshom: ☀️ +39° Namlik: 10% Shamol: Shimoli-sharqiy, 6.1 m/s Bosim: N/A mm sim. ust. Oy: Eski oy Quyosh chiqishi: 05:00 Quyosh botishi: 20:01 @JizzaxMonomarkaz

📢 PENSIYA, NAFAQA VA STIPENDIYALAR OSHIRILADI! 🇺🇿 Prezidentning 2026-yil 23-iyundagi PF–115-son Farmoniga asosan: 🗓 2026-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar 7% ga oshiriladi. 💰 Yangilangan miqdorlar: 🔹 Yoshga doir eng kam pensiya — 983 000 so‘m 🔹 Nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 1 083 000 so‘m 🔹 Pensiyani hisoblash bazaviy miqdori — 504 000 so‘m 👨‍👩‍👧‍👦 Bolalar nafaqasi: 🔸 3 yoshgacha (1-farzand) — 386 000 so‘m 🔸 3–18 yosh (1-farzand) — 295 000 so‘m 🔸 2-farzand uchun qo‘shimcha — 177 000 so‘m 🔸 3 va undan keyingi har bir farzand uchun — 118 000 so‘m 🏠 Ijtimoiy reestrdagi oilalarga moddiy yordam — 450 000 so‘m 📌 Boshqa nafaqalar: — Urush qatnashchilari va nogironlari uchun — 4 775 000 so‘m — Parvarishga muhtoj fuqarolar nafaqasi — 878 000 so‘m — Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi — 878 000 so‘m (+ har bir keyingi a’zo uchun 290 000 so‘m) — Ish stajiga ega bo‘lmagan keksalar nafaqasi — 878 000 so‘m 🗓 2026-yil 1-sentyabrdan: ✅ Byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi ✅ Talabalar stipendiyalari 7% ga oshiriladi. 💵 Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 360 000 so‘m 💵 Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) — 440 000 so‘m 📈 Yangi miqdorlar 2026-yil 1-iyul va 1-sentyabrdan amal qiladi. @JizzaxMonomarkaz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi boshlandi. Davlatimiz rahbari Namangan xalqaro aeroportida yang
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi boshlandi. Davlatimiz rahbari Namangan xalqaro aeroportida yangi yoʻlovchi terminali qurilishini koʻzdan kechirdi. — Началась поездка Президента Шавката Мирзиёева в Наманганскую область. Глава нашего государства осмотрел ход строительства нового пассажирского терминала международного аэропорта Намангана. #Mirziyoyev #safar #aeroport #terminal Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Kun_Hikmati Табассум қил! Дардинг сендан лаззатланишига йўл қўйма! 🎯 Габриель Гарсиа Маркес
#Kun_Hikmati Табассум қил! Дардинг сендан лаззатланишига йўл қўйма! 🎯 Габриель Гарсиа Маркес

#Yoz #Iyun Bugun, 23 iyun #Jizzax_viloyati ☀️ +41°...+27°, Ochiq havo Hozir: 🌡 N/A°, N/A m/s Tong: ☀️ +35° Kun: ☀️ +40° Oqshom: ☀️ +37° Namlik: 10% Shamol: Shimoliy-shimoli-sharqiy, 6.4 m/s Bosim: N/A mm sim. ust. Oy: Eski oy Quyosh chiqishi: 05:00 Quyosh botishi: 20:01 @JizzaxMonomarkaz

Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Пре
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам развития частного профессионального образования. #Mirziyoyev #taqdimot #talim #bandlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

📉 O‘zbekistonda oliygohlar soni bir yil ichida 7 taga kamaygan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari soni 215 tani tashkil etgan (filiallar bilan birga). Ularning soni avvalgi o‘quv yili boshiga nisbatan 7 taga kamaygan. Nodavlat OTMlar soni 97 ta bo‘lib turibdi. Hududlar kesimidagi statistika quyidagicha: ▪Toshkent shahri — 98 ta ▪Toshkent viloyati — 19 ta ▪Samarqand — 14 ta ▪Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 11 ta ▪Buxoro — 11 ta ▪Andijon — 9 ta ▪Qashqadaryo — 9 ta ▪Farg‘ona — 9 ta ▪Surxondaryo — 8 ta ▪Xorazm — 8 ta ▪Namangan — 6 ta ▪Jizzax — 5 ta ▪Navoiy — 5 ta ▪Sirdaryo — 3 ta @JizzaxMonomarkaz

⚡️Texnikum bitiruvchilari uchun oliy ta’limning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirish ro‘yxati tasdiqlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalarida o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishlari boʻyicha tegishli ro‘yxat tasdiqlandi. Unga ko‘ra, texnikum bitiruvchilari oliy ta'limga quyidagi tartib va imtiyozlar asosida qabul qilinadi: ➖ oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, faqat yakka tartibdagi suhbat orqali; ➖ o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan boshlab; 📌Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

#Kun_Hikmati Mehnat insonda ijodiy kuch uyg‘otadi. 🎯 Lev Nikolayevich Tolstoy
#Kun_Hikmati Mehnat insonda ijodiy kuch uyg‘otadi. 🎯 Lev Nikolayevich Tolstoy

#Yoz #Iyun Bugun, 22 iyun #Jizzax_viloyati ☀️ +39°...+25°, Ochiq havo Hozir: 🌡 N/A°, N/A m/s Tong: ☀️ +32° Kun: ☀️ +38° Oqshom: ☀️ +36° Namlik: 12% Shamol: Shimoliy, 5.1 m/s Bosim: N/A mm sim. ust. Oy: Eski oy Quyosh chiqishi: 04:59 Quyosh botishi: 20:01 @JizzaxMonomarkaz

Repost from Bandlik vazirligi
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ Ish suhbatida eng ko‘p beriladigan 7 ta savol Ish beruvchi sizning nafaqat tajribangizni, balki o‘zingizni
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ Ish suhbatida eng ko‘p beriladigan 7 ta savol Ish beruvchi sizning nafaqat tajribangizni, balki o‘zingizni qanday namoyon qila olishingizni ham baholaydi. 1️⃣O‘zingiz haqingizda gapirib bering – Tajribangiz, ko‘nikmalaringiz va maqsadingiz haqida qisqacha ayting. 2️⃣Nega aynan bizda ishlamoqchisiz? – Kompaniya haqida bilimingizni ko‘rsating. 3️⃣Kuchli tomonlaringiz qaysilar? – Sifatlaringizni misollar bilan tushuntiring. 4️⃣Kamchiliklaringiz nimada? – Rivojlantirayotgan jihatlaringizni ayting. 5️⃣Avvalgi ish joyingizdan nega ketgansiz? – Salbiy fikrlardan qoching. 6️⃣Qiyin vaziyatni qanday hal qilgansiz? – Aniq misol va natija keltiring. 7️⃣Nega aynan sizni ishga olishimiz kerak? – Kompaniyaga qanday foyda keltira olishingizni ayting. 💡 Eng yaxshi javob — yodlangan emas, o‘z tajribangizga asoslangan javob.
📌 Suhbatdan oldin puxta tayyorlaning: ishonchli javob — muvaffaqiyatning muhim omili.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

#Qabul2026 🎓 1-iyuldan texnikumlarga qabul boshlanadi! 2026-yilgi 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarga hujjatlarini 1–20-iyul kunlari (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn topshirishlari mumkin. 📝Ro‘yxatdan o‘tish uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID-karta ma’lumotlari hamda 9-sinfni tamomlaganlik to‘g‘risidagi elektron shahodatnoma talab etiladi. 📎Bitiruvchilar kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘zlari qiziqqan kasb va mutaxassisliklarni tanlash imkoniyatiga ega. . . @JizzaxMonomarkaz

🇷🇺 Россия Федерациясида қишлоқ хўжалиги соҳасида ишлаш истагида бўлган хотин-қизлар ва эркаклар диққатига! ГК "МЕРОС" корхо
+2
🇷🇺 Россия Федерациясида қишлоқ хўжалиги соҳасида ишлаш истагида бўлган хотин-қизлар ва эркаклар диққатига! ГК "МЕРОС" корхонаси Челябинск ва Москва вилоятидаги бўш иш ўринларига ишга таклиф этилади. 💰Ойлик маош - Бажарилган ишга қараб, биринчи ой сменасига 1800 рубл, иккинчи ойдан нормани бажарган ходимга 65-90 минг рублдан; Танловлар вақти: ⚡️ 24-июнь куни, 🔜соат 11-00 да: Номзодга қўйилган талаб: 😄20-50 ёшдаги эркак ва аёллар; 😄Рус тилини билиш; 😄Судланмаган; 😄Соғлом; 😄Ўзбекистондан чиқишга тақиқ йўқлиги. Иш берувчи қуйидаги харажатларни қоплаб беради: 😄авиачипта ва патент; (ойма ой ойликдан ушлаб қолиниш шарти билан) 😄ётоқхона; 😄овқатланиш; 😄яшаш жойига рўйҳатга қўйиш; Рўйҳатдан ўтиш Ишлаш истагида бўлган фуқаролар биометрик ва хорижга чиқиш паспортлари билан келишлари сўралади. 📍Хорижга чиқиш истагида бўлган фуқаролар кўрсатилган соатларда Жиззах мономарказида ёки ўзи яшаб тўрган худуднинг Бандлик марказларига бориб қатнашиши мумкин. қатнашиши мумкин. 📍Локация ☎️ 72-223-90-65, 72-223-90-66 Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг 😎Telegram 😎Instagram

#TAKLIF 🎓 Jizzax shahrida YANGI IMKONIYAT! Jizzax shahar 3-sonli texnikumi 🔹 2026/2027-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim asosida Kunduzgi va DUAL TA’LIM shaklida o‘qishga QABUL e’lon qiladi! 🔹 Dual ta’lim nima? Bu — nazariya + amaliyot! Ya’ni o‘qish jarayoni ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish (tashkilotlar) bilan hamkorlikda olib boriladi. ▪️Yo‘nalishlar: ▫️Kompyuter grafikasi va dizayn operatori; ▫️Kompyuter tizimlarida dasturlash; ▫️Elektrik; ▫️Tikuvchi; ▫️Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko'rsatish; ▫️Payvandlovchi; ▫️Oshpaz; ▫️Sartarosh (modeler); ▫️Bank nazoratchisi; ▫️Sotuvchi, nazoratchi-kassir; 📚 Ta’lim shakli: 🔹Kunduzgi va Dual (amaliy + nazariy) 🧑‍🎓 Qamrov: 9-sinf bitiruvchilar uchun. ✨ Kelajak kasbini bugundan tanlang! ✨ O‘qib turib tajriba orttiring! Murojatlar uchun telefonlar: 📞+99872 223 81 42 📞+99893 940 31 00 📌 Manzil: Jizzax shahar Sh.Rashidov shox ko'chasi 44-uy. (Eski monomarkaz) @JizzaxMonomarkaz

📢 E’LON WorldSkills Uzbekistan hamkorligida Koreya Respublikasi xalqaro ekspertlari ishtirokida Technical Exchange Week — xa
📢 E’LON WorldSkills Uzbekistan hamkorligida Koreya Respublikasi xalqaro ekspertlari ishtirokida Technical Exchange Week — xalqaro texnik almashinuv haftaligi doirasida master-klass va seminar-treninglar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. 📍 Joy: Samarqand shahri 📅 Sana: 15–19-iyul 2026-yil Mazkur master-klasslar quyidagi kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilishi rejalashtirilmoqda: 1. Mechanical CAD — mexanik CAD loyihalash 2. CNC Turning — CNC tokarlik ishlari 3. Plumbing — santexnika 4. Web Technology — veb texnologiyalar 5. Beauty Therapy — kosmetologiya va go‘zallik terapiyasi 6. Fashion Technology — moda texnologiyasi / tikuvchilik 7. Automobile Technology — avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish 8. Information Network Cabling / IT Network Cabling — axborot tarmoqlari kabel tizimlari / IT tarmoqlarini kabellash Dastlabki reja 📌 15.07.2026 — Samarqand shahriga kelish va joylashish. 📌 16.07.2026, 08:00–10:00 — ochilish marosimi, tanishuv va guruhlarga bo‘linish. 📌 16.07.2026, 10:30–17:00 — 1-kun master-klass. 📌 17–18.07.2026, 09:00–17:00 — 2–3-kun master-klasslar. 📌 19.07.2026, 09:00–15:00 — 4-kun yakuniy master-klass. 📌 19.07.2026, 16:00–18:00 — sertifikat topshirish marosimi va xayrlashuv kechasi. 📌 19.07.2026, 19:00 dan boshlab — ishtirokchilarning Samarqand shahridan jo‘nab ketishi. 🎓 Seminar-trening yakunida ishtirokchilarga xalqaro seminar-treningda qatnashganlik to‘g‘risida sertifikat taqdim etilishi rejalashtirilgan. ### Muhim eslatmaKoreya Respublikasiga tajriba almashish uchun borib kelgan ishtirokchilar hamda WorldSkills Shanghai–2026 xalqaro kasbiy mahorat musobaqasiga borishi rejalashtirilgan ekspertlar, o‘qituvchilar va o‘quvchi-ishtirokchilar uchun mazkur master-klasslarda ishtirok etish majburiy hisoblanadi. 🏨 Mahalliy ishtirokchilarning Samarqandga kelish-ketish, yashash va ovqatlanish xarajatlari ishtirokchilarning o‘zlari yoki ularni yuboruvchi tashkilotlar tomonidan qoplanadi. 🌐 Koreya Respublikasidan keladigan xalqaro ekspertlar xarajatlari WorldSkills Uzbekistan va homiylar tomonidan qoplanadi. 🧰 Amaliy topshiriqlarni bajarish imkoniyati bo‘lishi uchun ishtirokchilar imkon qadar o‘z ish qurollari, zarur xomashyo va sarflanuvchi materiallari bilan kelishlari tavsiya etiladi. Mazkur seminar-trening yakuniy seminar sifatida rejalashtirilmoqda. Agar ishtirokchilar faol qatnashsa, xalqaro ekspertlar sizlarning qiziqishingiz, shijoatingiz va amaliy natijalaringizni ko‘rsa, 2027-yildan yangi hamkorlik loyihasini davom ettirish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Shu bois, ushbu master-klasslarning davomiyligi, kelajakdagi xalqaro loyihalar va yangi imkoniyatlarning kafolati ko‘p jihatdan siz — o‘qituvchilar, ekspertlar, trenerlar va ishtirokchilarning faolligiga bog‘liq. Yozgi ta’til davri bo‘lishiga qaramay, ushbu imkoniyatdan foydalanishni tavsiya qilamiz. Ishtirok etsangiz, xalqaro kasbiy malakangiz oshadi, WorldSkills standartlari bo‘yicha amaliy va metodik tajribangiz kengayadi. Ro‘yxatdan o‘tish Mazkur tadbirda ishtirok etish istagini bildirgan barcha nomzodlar quyidagi maxsus Telegram guruhga qo‘shilishi va elektron anketani to‘ldirishi zarur. 🔗 Telegram guruh: https://t.me/+OgGatnLJ9TllOTMy 📝 Anketani to‘ldirish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdeBJ1agJC7ITZBh6MQ1LdT30EZbzV_1D3eohQrcn5vhsJ5tg/viewform?usp=publish-editor ⚠️ Iltimos, barcha ishtirokchilar guruhga o‘z vaqtida qo‘shilib, anketani to‘liq va aniq to‘ldirishlarini so‘raymiz. WorldSkills Uzbekistan Web-sayt|Facebook|Telegram|Youtube |Instagram

📹 ЖЧ-2026 иштирокчиларига аталган сунъий интеллект томонидан яратилган ажойиб видеоролик Ўзбекистон миллий жамоасига бағишланган қисмида Абдуқодир Ҳусанов ва Самарқанд акс этган. 🏆 ЖЧ-2026 |🟢 Live

#Yoz #Iyun Bugun, 20 iyun ☀️ +35°...+24°, Ochiq havo Hozir: 🌡 N/A°, N/A m/s Tong: ☀️ +29° Kun: ☀️ +34° Oqshom: ☀️ +33° Namlik: 16% Shamol: Shimoli-g'arbiy, 6.6 m/s Bosim: N/A mm sim. ust. Oy: Eski oy Quyosh chiqishi: 04:59 Quyosh botishi: 20:00 @JizzaxMonomarkaz

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” tanlovining viloyat bosqichlari davom etmoqda Guliston shahar 1-son texnikumida O‘zb
+9
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” tanlovining viloyat bosqichlari davom etmoqda Guliston shahar 1-son texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy mahorat milliy tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Elektromontaj va sartaroshlik yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirokchilar o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etib, g‘oliblik uchun bellashmoqda. Navoiy viloyatida ham avtomobil tizimlarini diagnostika qilish, texnik nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish, hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ularning mahorati baholanmoqda. 😉 Viloyat bosqichi g‘oliblari tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Respublika bosqichi g‘oliblari uchun mukofotlar: 1-o‘rin (oltin medal) — ishtirokchiga 20 BHM, ustoziga 100 BHM; 2-o‘rin (kumush medal) — ishtirokchiga 15 BHM, ustoziga 80 BHM; 3-o‘rin (bronza medal) — ishtirokchiga 10 BHM, ustoziga 60 BHM.
Shuningdek, 3-bosqich - Respublika g‘oliblari “WorldSkills” xalqaro chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🏆 Xalqaro chempionatda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchi 2500 BHM (1 mlrd 30 mln so‘m), uning ustozi esa 450 BHM (185 mln 400 ming so‘m) miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X