fa
Feedback
O‘zMMSI | Rasmiy

O‘zMMSI | Rasmiy

رفتن به کانال در Telegram

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutining rasmiy telegram sahifasi. Murojaat uchun: @UZMMSI_RASMIY_BOT Manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 31-uy

نمایش بیشتر
3 686
مشترکین
-424 ساعت
-217 روز
+13330 روز
آرشیو پست ها
#ESLATMA Bir necha daqiqalardan so‘ng, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Yoshlar masalalari va ma
#ESLATMA Bir necha daqiqalardan so‘ng, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Davlat Ximmatov bilan ovozli chat formatidagi “Online qabul” bo‘lib o‘tadi. ⌨️ Ovozli chat Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. O‘zMMSI matbuot xizmati: uzmmsi.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ARM EK

〰️〰️〰️〰️〰️〰️ ✅Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo
〰️〰️〰️〰️〰️〰️ ✅Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Davlat Ximmatov bilan 2026-yil 28-iyul kuni soat 17:00 da ovozli chat formatidagi "Online qabul” bo‘lib o‘tadi. ✅Ovozli chat Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. ✅Online qabulda savol va takliflaringizni shaxsan Davlat Axatqulovichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishingiz mumkin. 😁O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌐 uzmmsi.uz | ✈️ Telegram | 📒 Facebook |📷Instagram | 🖤 YouTube| 📚 ARM EK

Repost from Edu.uz
📢 Abituriyentlar diqqatiga! Test sinovida ishtirok etgan boʻlsangiz, qabul jarayoni davom etayotganini unutmang! 🗓 25-iyuldan 8-avgustga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali: ✅ oliy taʼlim tashkiloti; ✅ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ✅ taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki yoki masofaviy) tanlashingiz shart. 📌 5 tagacha oliy taʼlim tashkiloti va yoʻnalishni tanlash mumkin. ⚠️ Tanlovni 8-avgustga qadar oʻzgartirish mumkin. Muddat tugagach esa hech qanday oʻzgartish kiritilmaydi. 📄 Tanlovni tasdiqlagandan keyin shakllanadigan «Abituriyent qayd varaqasi»ni yuklab olib, saqlab qoʻyishni unutmang. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

❗️❗️❗️❗️❗️ 🎓 Magistratura uchun hujjatlar qabuli yakunlanmoqda! 😁 O'zMMSIda magistratura uchun hujjatlar qabuli yakunlanmoq
❗️❗️❗️❗️❗️ 🎓 Magistratura uchun hujjatlar qabuli yakunlanmoqda! 😁 O'zMMSIda magistratura uchun hujjatlar qabuli yakunlanmoqda, vaqt oz qoldi!
📝 Kerakli hujjatlar ro‘yxati: 🟢Diplom (original) 🟢Til sertifikati * (mavjud bo‘lsa) 💼 Arizalar Yagona ta'lim xizmatlari portali— my.edu.uz orqali onlayn topshiriladi.
Ariza topshiring va magistr talabamizga aylaning. 😁O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌐 uzmmsi.uz | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷Instagram | 🖤 YouTube| 📚 ARM EK

🟦🟦🟦 ✅Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahridagi "Yangi Oʻzbekiston" bogʻida Toshkent viloyati jamoatchiligi bilan tantanali uchrashuvda ishtirok etdi. ✅Mazkur konsert dasturida Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining "Shukrona" dutorchilar ansambli ham ishtirok etdi. 😁O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌐 uzmmsi.uz | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷Instagram | 🖤 YouTube| 📚 ARM EK

Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak? Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori. Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi? 27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi. Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning: ➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi; ➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari; ➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi. Hurmatli ish beruvchilar! So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz. Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

⭐️Maqom san'ati va Yangi O'zbekistonning yumshoq kuch siyosati. Har bir xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy dunyosi va milliy
+2
⭐️Maqom san'ati va Yangi O'zbekistonning yumshoq kuch siyosati.   Har bir xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy dunyosi va milliy o‘zligi, avvalo, uning asrlar davomida yaratgan madaniy merosida o‘z ifodasini topadi. Ana shunday be’baho boyliklar orasida o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tafakkuri, estetik qarashlari va ruhiy olamini o‘zida mujassam etgan maqom san’ati alohida o‘rin egallaydi. Maqom – bu nafaqat musiqa, balki xalqimizning hayot falsafasi, badiiy tafakkuri, tarixiy xotirasi va ma’naviy kamolotini mujassam etgan noyob madaniy hodisa. ➡️Batafsil o‘qish uchun 😁O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌐 uzmmsi.uz | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷Instagram | 🖤 YouTube| 📚 ARM EK

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 ❗️Ertadan abituriyentlar uchun eng muhim bosqich boshlanadi — oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishini tanlas
#Qabul2026
❗️Ertadan abituriyentlar uchun eng muhim bosqich boshlanadi — oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishini tanlash!
Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin. Bu jarayon “avval test – so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Tanlov jarayonida test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos holda 5 tagacha oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi hamda har bir yo‘nalish uchun kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllari tanlanadi. Yo‘nalishlarni bir OTT doirasida ham, turli OTTlar kesimida ham tanlash imkoniyati mavjud. 📥 Tanlovni amalga oshirish va tasdiqlash tartibi: 1️⃣ Rasmiy my.uzbmb.uz platformasiga kiriladi; 2️⃣ “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul” bo‘limi tanlanib, “Xizmatdan foydalanish” hamda “OTT tanlash” tugmalari bosiladi; 3️⃣ Tanlov ustuvorligi hamda mavjud bo‘lsa, maqsadli qabul bo‘yicha tanlov belgilanadi; 4️⃣ Fanlar majmuasiga mos yo‘nalishlar hamda ta’lim shakllari tanlanib, “Saqlash” tugmasi bosiladi; 5️⃣ Telefon raqamga yuborilgan SMS-kod kiritilgach, tanlov tasdiqlanadi va “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Eslatma: Tanlov ma’lumotlarini 8-avgustga qadar istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin. Belgilangan muddat yakunlangach, kiritilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘lmaydi. Yo‘nalishlarni tanlashda o‘tgan yilgi o‘tish ballari emas, avvalo o‘z ballingiz, qiziqishingiz va kelajakdagi kasbiy rejalaringizni inobatga olish tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, tanlov yakunlangach shakllangan “Abituriyent qayd varaqasi”ni yuklab olib saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. Barcha abituriyentlarga to‘g‘ri tanlov va omad tilaymiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#BizningPrezident #Xalqyetakchisi Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, ertangi kunimiz va farzandlarimiz kelajagi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringiz, bedor tunlaringiz va ulkan sa’y-harakatlaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. 😁O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌐 uzmmsi.uz | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷Instagram | 🖤 YouTube| 📚 ARM EK

Repost from Ozodbek Nazarbekov
#Mulohaza ⭐️Yangi Farmon nafaqat O'zbekistonga, balki butun dunyo ijodkorlariga ilhom bag'ishlamoqda
Madaniyat sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilingan soʻnggi Farmon soha tarixidagi eng muhim hujjatlardan biri boʻlib, uning natijalari uzoq yillar davomida oʻz samarasini beradi.
📲Telegram 📲Instagram

Repost from Ozodbek Nazarbekov
#Mulohaza ⭐️Maqom bu: Maqom — millatimizning ildizi. Maqom — tarbiya. Maqom — ma'naviyat. Maqom — ilm. Maqom — o'zbek xalqining ko'p asrlik tarixi va betakror ohanglarini o'zida mujassam etgan san'atdir. Bugun bu fikr nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda o'z tasdig'ini topmoqda. 📲Telegram 📲Instagram

Repost from Ozodbek Nazarbekov
Prezidentimiz tomonidan maqom nafaqat asrab qolindi, balki o‘zining munosib o‘rni va nufuzini yana tikladi.
Men aminmanki, yillar o‘tib, xalqimiz bu islohotlarning tarixiy ahamiyatini yanada chuqurroq anglaydi.
📲Telegram 📲Instagram

⚡️Madaniyat va san’at ham xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan juda katta ko‘prikdir. #BizningPrezident #Xalqyetakchisi TelegramInstagramFacebookVeb-sayt | YouTube | Mediabank

Repost from Ozodbek Nazarbekov
#Mulohaza ⭐️Hurmatli Prezidentimiz o'zbek madaniyatiga qayta hayot bag'ishladilar desam mubolag'a bo'lmaydi
Yurtimizda “Inson qadri” tamoyili nafaqat bugunning, balki oramizdan ketgan fidoyi insonlar xotirasiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromda ham o‘z aksini topmoqda…
📲Telegram 📲Instagram

🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 69 yoshni qarshi oldilar. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, Vatanimiz kelajagi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringiz va ulkan sa’y-harakatlaringiz uchun minnatdorlik bildiramiz. 😁O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌐 uzmmsi.uz | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷Instagram | 🖤 YouTube| 📚 ARM EK

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Nurafshonga safari tantanali ravishda yakunlandi. — Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Нурафшан завершилась на торжественной ноте. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🟦🟦🟦 ⚡️“Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi tashkil etiladi. ✅“Madaniy tadbirlarning xalqaro jozibadorlig
🟦🟦🟦 ⚡️“Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi tashkil etiladi. ✅“Madaniy tadbirlarning xalqaro jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy boshqaruvni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–270-son, 17.07.2026 y.) qabul qilindi.   ✅Qarorga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzuridagi “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi negizida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Jamg‘arma) huzurida “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi (Milliy operator) tashkil etiladi.  
✅Milliy operatorga xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish doirasida quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:   ⚫️jamoat tartibini ta’minlash, tez tibbiy yordam va yo‘l-patrul xizmatlaridan bepul foydalanish;   ⚫️Milliy operator tomonidan o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar doirasida O‘zbekistonga olib kiriladigan uskunalar, sahna va texnik vositalar, rekvizitlar, musiqa asboblari, LED-ekranlar, dronlar hamda boshqa moddiy qiymatliklarni 2030-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod etish.
  ✅Shuningdek, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini kelgusi yildan boshlab har 2 yilda 1 marotaba o‘tkaziladi.   ✅Milliy operator festivalga tashkiliy-texnik jihatdan tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha ijrochi operator etib belgilandi. 😁O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌐 uzmmsi.uz | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷Instagram | 🖤 YouTube | 📚 ARM EK

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Magistratura Xorijiy tilda tahsil olgan bakalavrlar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini
#Qabul2026 #Magistratura Xorijiy tilda tahsil olgan bakalavrlar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tillarning birida (ta’lim tili xorijiy til bo‘lgan holda) tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi. Mazkur tartib quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:bakalavriat taʼlim dasturini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 24-maydagi 3515-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatida qayd etilgan 16 ta xorijiy tilning birida tamomlagan bo‘lsa;   ➖ abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi tasdiqlangan qabul parametrlariga muvofiq aynan shu ta’lim tilida tahsil olgan va bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili xorijiy til ekani qayd etilgan bo‘lsa. 📌 Agar bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bakalavriat ta’lim dasturi xorijiy tilda o‘zlashtirilganligi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida ko‘rib chiqiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from O‘zMMSI | Rasmiy
❗️❗️❗️❗️❗️ ✅Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti yoshlar qalbida mahallaga bo‘lgan mehr va sadoqatni
❗️❗️❗️❗️❗️ ✅Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti yoshlar qalbida mahallaga bo‘lgan mehr va sadoqatni mustahkamlash, mahallalarning obodligi, milliy qadriyatlar, ahillik va hamjihatlikni keng targ‘ib etish, shuningdek, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida “Mening mahallam mening faxrim” mavzusidagi talabalar o'rtasida onlayn videoroliklar tanlovi 5-iyuldan 15-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. 📑 Nizom bilan tanishish uchun 📹 Videoroliklarni quyidagi raqam orqali qabul qilinadi: 📞+998995029912 ✅Barchasini biz bilan bo‘lishing va esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling! 😁O‘zMMSI matbuot xizmati: 🌐 uzmmsi.uz | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷Instagram | 🖤 YouTube | 📚 ARM EK

🎙 Siz qo‘shiq aytishga yoki cholgʻu asboblarida musiqa ijro etishga qiziqasizmi?
Unda bu tanlov aynan siz uchun! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va vatandoshlar o‘rtasida “Vatan sadosi” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda. Tanlov milliy qo‘shiqchilik va cholg‘u ijrochiligi san’atini targ‘ib qilish, iste’dodli yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish maqsadida tashkil etilgan. Tanlovda xorijda mehnat qilayotgan 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan xorijiy davlat fuqarolari — ya’ni, vatandoshlar ishtirok etishlari mumkin. Gʻoliblar quyidagi tartibda taqdirlanadi: 🔹 Birinchi o‘rin — tanlov kubogi, birinchi darajali diplom, statuetka va 100 million so‘m pul mukofoti; 🔹 Ikkinchi o‘rin — ikkinchi darajali diplom, statuetka va 80 million so‘m pul mukofoti; 🔹 Uchinchi o‘rin — uchinchi darajali diplom, statuetka va 50 million so‘m pul mukofoti. Shoshiling! Tanlov uchun arizalar iyul oyining oxiriga qadar qabul qilinadi. Gʻoliblar esa O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami arafasida tantanali ravishda e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun avval Migratsiya agentligining xorijdaish.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish talab etiladi. Arizada ishtirok yo‘nalishi tanlanadi. Eslatib o‘tamiz, har bir ishtirokchi yoki jamoa faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha qatnashishi mumkin. So‘ngra ijro etilgan asar nomi kiritiladi va jonli ijro qilingan video tayyorlanadi. Video YouTube, Instagram, Telegram, TikTok, Facebook, VK, Odnoklassniki, Rutube yoki Google Drive platformalaridan birida joylashtirilib havola arizadagi “Video havolasi” maydoniga kiritiladi. ❗️Muhimi! Video jonli ijro qilingan, montajsiz, kesilmagan va bir butun holatda bo‘lishi shart. Ishtirokchining yuzi va ovozi aniq ko‘rinib turishi lozim. Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yoki tahrirlangan videolar qabul qilinmaydi. Ishtirokchilarni saralash Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilingan maxsus komissiya a’zolari tomonilan o‘tkaziladi. Dastlabki saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar uchun qo‘shimcha jonli ijroni tekshirish bosqichi o‘tkaziladi. Bu jarayon Zoom yoki Google Meet orqali tashkil etiladi. O‘z iste’dodingizni namoyon eting, milliy san’atimizni dunyo sahnalarida yanada keng targ‘ib qiling va “Vatan sadosi” respublika ko‘rik-tanlovining g‘olibi bo‘ling! Ishtirok etish uchun xorijdaish.uz platformasidan hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va ariza to‘ldiring. “Vatan sadosi” — Vatan mehrini san’at orqali ifoda eting!
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank