fa
Feedback
Sirotul mustaqim

Sirotul mustaqim

رفتن به کانال در Telegram

Ushbu kanalimizda, baholi qudrat, Qur’oni Karim oyatlari hamda Muhammad Rasululloh (s.a.o.v)ning sahih hadislariga asoslangan qat’iy dalil va hujjatlar bilan, beg‘araz va xolis tarzda Islom dinining hayotbaxsh ta’limotlarini siz azizlarga taqdim etib bor

نمایش بیشتر
1 213
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-37 روز
-1430 روز
آرشیو پست ها
📆 Rabi’us soniy oyining taqvimi 🟢 4-rabi’us soniy (16-sentabr) — Imomzoda Shoh Abdul Azim Hasaniy (alayhissalom)ning tavall
📆 Rabi’us soniy oyining taqvimi 🟢 4-rabi’us soniy (16-sentabr) — Imomzoda Shoh Abdul Azim Hasaniy (alayhissalom)ning tavallud kunlari. 🟢 8-rabi’us soniy (20-sentabr) — Imom Hasan Askariy (alayhissalom)ning tavallud kunlari. ⚫️ 10-rabi’us soniy (22-sentabr) — Xonim Fotimayi Ma’suma (salomullohi alayho)ning vafot (yo shahodat) kunlari. 🟢 12-rabi’us soniy (24-sentabr) — Barcha musulmonlarga namoz vojib bo‘lgan kun. 🌺 Kanalimizga a’zo bo‘ling⤵️ ✅ http://telegram.me/ahlibayt313

🌟 Rasululloh sallallohu alayhi va olihi vasallam marhamat qiladilar: 🔹 إنّ مَثَلَ أهلِ بَيتي في اُمّتي كمَثَلِ سَفينَةِ نُو
🌟 Rasululloh sallallohu alayhi va olihi vasallam marhamat qiladilar: 🔹 إنّ مَثَلَ أهلِ بَيتي في اُمّتي كمَثَلِ سَفينَةِ نُوحٍ في قَومِهِ مَن رَكِبَها نَجا و مَن تَرَكَها غَرِقَ 🔹 «Darhaqiqat, mening Ahlibaytimning ummatim orasidagi misoli Nuhning qavmidagi kemasi kabidir. Kim unga minsа, najot topadi, kim undan qolib ketsa, g‘arq bo‘ladi». 📗 Al-Ihtijoj, 1-jild, 361-bet. 🌺 Kanalimizga a’zo bo‘ling ⤵️ ✅ http://telegram.me/ahlibayt313

✅ Unda Oliy Rahbar haqqilarida juda qiziqarli ma'lumotlar aytiladi: ↩️ Ikki Muqaddas Mudofaa davrida janglarda yaralangan ↩️ Shahid Hoj Qosim Sulaymoniy (rizvonullohi alayh)ning ishongan odami va yaqin hamrohi ↩️ Shahid Sayyid Hasan Nasrulloh (rizvonullohi alayh)ning strategik maslahatchisi ↩️ Muqovimat (Qarshilik) frontining hech qanday unvon taqmagan qo‘mondoni ↩️ Shahidlar oilasining farzandi ↩️ Inqilob tarafdori bo‘lgan kuchlarni birlashtirgan inson ↩️ Fiqh, usul va kalom ilmlarining yetuk ustozlaridan biri ↩️ 1300 dan ortiq shogird qatnashadigan “xorij” darsini olib borgan ustoz ↩️ Shuhrat va ommaviy axborot vositalaridan yiroq ↩️ Mansab va unvonlarga qiziqmaydi ↩️ Amalda ixlos ko‘rsatishning kamyob namunasi ↩️ Boshqa ulamolarning hurmatini saqlash uchun o‘z darsini to‘xtatgan ↩️ “Mansabdor farzandi” va alohida imtiyozlardan foydalanishga qarshi ↩️ Zohid va oddiy hayot kechiradi ↩️ Eng og‘ir va mashaqqatli maydonlarda ham xizmat qiladi ↩️ Suv toshqinlari, koronavirus va turli inqirozlar paytida xalqning yonida bo‘lgan ↩️ Hatto aldangan dushmanlariga ham achinadi ↩️ Kambag‘al va nochor insonlar bilan birga ↩️ Inqilobiy ruhdagi yoshlarni tarbiyalaydi ↩️ Islomiy inqilobning doimiy askari 🔰 17-shahrivar (8-sentabr) — Oyatulloh Imom Sayyid Mujtabo Xomaniyning tavallud kunlari munosabati bilan Hujjatul Islom Rojiyning ma’ruzasidan olingan bir lavha. 🇮🇷 Kanalimizga a’zo bo‘ling ⤵️ ✅ http://telegram.me/ahlibayt313

🇮🇷 Oyatulloh Sayyid Mujtabo Xomanaiy (hafizahulloh) kim ?

🔹 Islom Jumhuriyati va Saddam (la‘natulloh) jangi davrida Oyatulloh Shahid Imom Xomanaiy (r) Jumhur Raisi (Prezident) edilar va shuning uchun Imom Mujtabo Xomanaiy (hafizahulloh) jang maydonida "Xomanaiy" nomi bilan u kishiga murojaat qilinishini istamaganlar.

Aziz Rahbarimiz hayotlaridan qisqacha tarix ▪️ Jangning oldingi safida Muqaddas mudofaa davri qo‘mondonlaridan general Sardor
Aziz Rahbarimiz hayotlaridan qisqacha tarix ▪️ Jangning oldingi safida Muqaddas mudofaa davri qo‘mondonlaridan general Sardor Fazliy: 🔹 “U kishi — o‘quvchilik davrlarida — haq va botil (Eron va Iroq- Saddam Huseyn) o‘rtasidagi jang maydonlariga yo‘l oldilar. 27-Muhammad Rasululloh (s. a.o.v.) diviziyasining Habib ibn Mazohir batalyonida, shuningdek, bir muddat Sayyidush-shuhado (a.s.) diviziyasida ham xizmat qildilar. 🔹 Shuningdek, ayrim harbiy amaliyotlarda, jumladan, Karbalo-1 amaliyotida jangning oldingi safida ishtirok etdilar. 🔹 Og‘o Sayyid Mujtabo menga: «Menga “Husayniy” deb murojaat qilishingizni tavsiya qilaman. Chunki biz bu yerga nom va unvon uchun, o‘zimizni ko‘z-ko‘z qilish yoki faxrlanish uchun emas, balki o‘z zimmamizdagi vazifani ado etish va burchimizni bajarish uchun kelganmiz», — deb aytdilar.” 🇮🇷 Kanalimizga a’zo bo‘ling ⤵️ ✅ http://telegram.me/ahlibayt313

❤️ Qalblar azizi, tavallud kuningiz muborak! 🌹 🔸 Oyatulloh Hoj Sayyid Mojtaba Xomanaiy (hafizahulloh) — Shahid Rahbarimiz va oliy marja’miz Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiy(rizvonullohi taolo alayh)ning ikkinchi farzandlari bo‘lib, 1969-yil 8-sentabr (1348-hijriy shamsiy yil 17-shahrivarda) muqaddas Mashhad shahrida tavallud topganlar. 🇮🇷 Kanalimizga a’zo bo‘ling ⤵️ ✅ http://telegram.me/ahlibayt313

🇮🇷 Shahid Imom Xomanaiy rizvonullohi taolo alayhning Imom Rizo (alayhissalom)ning haramlaridagi marosimida Imom Sayyid Mujtabo (hafizahulloh) hozir bo‘lganlari haqida Maddoh Hoji Abbos Haydarzoda: «Hoj og‘o Marviy (Imom Rizo alayhissalom haramlarining mudiri) aytdilar: Hazrat Og‘o (Imom Sayyid Mujtabo) Shahid Rahbarimizning dafn etilgan oqshomida kechki soat 00:00 dan ertalab soat 7:00 gacha haramda bo‘lganlar. Hatto marosimda hozir bo‘lgan barodarlari va mas’ullar ham u zotga iqtido qilib namoz o‘qiganlar». 🇮🇷 Kanalimizga a’zo bo‘ling ⤵️ ✅ http://telegram.me/ahlibayt313

🇺🇿 O‘zbekiston Jumhuriyati Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan aziz O‘zbekiston xalqiga tabrik arz qilamiz. 🇺🇿 K
🇺🇿 O‘zbekiston Jumhuriyati Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan aziz O‘zbekiston xalqiga tabrik arz qilamiz. 🇺🇿 Kanalimizga a’zo bo‘ling ⤵️ ✅ http://telegram.me/ahlibayt313

🎥 Inqilobning Shahid Rahbari Imom Xomanaiy (rizvonullohi taolo alayh) tomonlaridan «Muhammad Rasululloh (s. a.o.v)» badiiy filmi suratga olish maydonining ortki qismiga tashriflaridan lavhalar. 🌺 Kanalimizga a’zo bo‘ling ⤵️ ✅ http://telegram.me/ahlibayt313

🎥 «Muhammad (sollallohu alayhi va olihi sallam) — Allohning elchisi» nomli filmning o‘zbek tilidagi tarjimasi. 🌺 Kanalimizga a’zo bo‘ling⤵️ ✅ http://telegram.me/ahlibayt313

🌟 PAYG‘AMBARLIK ALOMATLARI 📖 Tarixiy dalil-isbotlarga binoan, yuksaklik va buyuklik belgilari Muhammad (sallallohu alayhi va olihi vasallam)ning bolalik va navqironlik davridayoq zuhur eta boshlagan edi. ⛪ Ul hazratni bolalik va navqironlik chog‘larida ko‘rgan nasroniy va yahudiylarning yirik rohiblari ul zoti sharifda payg‘ambarlik belgilari borligini aniqlab, bu xususda bo‘lajak payg‘ambarning yaqinlariga xabar berishgandi. ✨ Ular Muhammad (sallallohu alayhi va olihi vasallam) oldingi payg‘ambarlar bashorat bergan o‘sha najotbaxsh, olamga yorug‘lik va fayz-barakot ato etguvchi zot ekanligini e’lon qilishgan edi. 🌹 YETIMLIK VA MASHАQQATLAR 🤲 Parvardigori olam Muhammad (sallallohu alayhi va olihi vasallam) sabr-chidamli, mustahkam irodali va qudratli kishi bo‘lib voyaga yetishlari uchun ul zotni bolalik davridayoq turli azob, uqubat va qiyinchiliklarga duch keltirdi. 💔 Ul hazrat tug‘ilgan kunlaridan boshlab yetimlikning achchiq ta’mini totidilar va bolalik chog‘idanoq o‘zlariga suyanishlari zarurligini o‘rganib oldilar. 🧳 Muhammad (sallallohu alayhi va olihi vasallam) og‘ir ishlarni bajarishga harakat qilardilar hamda buzrukvor amakilari hazrat Abu Tolib (alayhissalom) bilan og‘ir va mashaqqatli tijorat safarlariga qatnardilar. 💪 O‘z bilaklarini mashaqqatli mehnatlarda chiniqtirgan holda yoshlik ayyomini qarshilab oldilar. 🐑 Masalan, ul hazrat Arabistonning jazirama cho‘l va biyobonlarida cho‘ponlik qilishdek nihoyatda mashaqqatli ishni ham bajargandilar. ❓ Ayrimlar ul hazratdan: «Yoshligingizda cho‘ponlik qilganmisiz?» — deya so‘rashganda: 🕊️ «Hech bir payg‘ambar cho‘ponlik qilmasdan turib zuhur etmagan», — deya javob berganlar ul hazrat. 💰 HALOL RIZQ TOPISH 🌿 Muhammad Mustafoning (sallallohu alayhi va olihi vasallam) shariatlarida ham halol rizq va nasiba topish uchun biror kasbu korning egasi bo‘lish va ishlash zarurligi ko‘p marotaba ta’kidlangan. 🌹 Sarvari olam hazrat Payg‘ambarimiz bu xususda buyurganlar: «Ibodat yetmish juz va bo‘lakdan iborat va eng yaxshi qismi halol rizq va nasiba topishdir.» 🌺 Kanalimizga a’zo bo‘ling ⤵️ ✅ http://telegram.me/ahlibayt313

❇️ RAHMAT ELCHISINING TAVALLUDI — ZULMATLI OLAMNI O‘Z NURI BILAN YORITDI 🌍 Yer intizor va osmonu falak oromu qarorini yo‘qotgan edi. Ka’ba odamlar o‘z qo‘llari bilan yasab, yolg‘iz Alloh o‘rniga ularga sig‘ina boshlagan butlarga to‘lib-toshgan edi. Zulm va jaholat, xurofot va fasod odamlar hayotining inon-ixtiyorini qo‘lga olib, o‘z komiga yutardi. 🤲 Odamlar najotbaxsh etguvchi va ularni bu balolar girdobidan qutqazuvchini hamda yer yuziga adolat va insof, muhabbat va do‘stlik keltiruvchini intizorlik bilan kutishardi. 🌟 TAVALLUDNING RO‘YOBGA CHIQISHI 📅 Omul-Fil yilining o‘n yettinchi rabiul-avval kuni Haq taoloning va’dasi va oldingi payg‘ambarlarning bashoratlari ro‘yobga chiqdi. Qodir Alloh g‘aflat uyqusida yotgan bashariyatga eng yuksak va oliy yaratganini baxshida etdi. ☀️ Allohning so‘nggi elchisi Muhammad (sallallohu alayhi va olihi vasallam) qodir va yuksak Alloh nidosini dunyo ahliga yetkazish uchun Arabiston zaminida quyosh misoli porladilar. ✨ Ushbu onlarda farishtalarning quvonch va shodliklari olam uzra yangradi. Eronda Anushervonning jabr va sitam qasri larzaga keldi. Forslarning ming yillik otashkadasi (otashparastlar ibodatxonasi) Hijoz quyoshi qarshisida zulmatga aylandi. 🌊 Bir guruh sig‘inadigan Sova daryochasi bir damda quridi va Ka’ba ichidagi butlar to‘satdan porchalandi. 🕊️ Ha, sarvari olam Muhammad (sallallohu alayhi va olihi vasallam)ning yuzaga kelishlari yangi tarixning boshlanishi edi. 🌹 Shu bois, bu tabarruk va barakotli tavallud sadosiz va jimjitlikda yuzaga kelishi mumkin emas edi. ✨ Yorug‘lik va ezgulikning tavalludi qutlug‘ bo‘lsin! Bashariyatning yakkaxudolik va yaktoparastlik sari qo‘ygan qadamlariga hasanot! 🌑 JOHILIYAT ZULMATIDA Muhammad (sallallohu alayhi va olihi vasallam) xurofot aqidalar, puch va asossiz tafakkurlar botqog‘ida qolgan odamlar orasida dunyoga keldilar. ⭐ Ular turli butlardan tashqari ba’zan yulduzlarga ham sig‘inishardi. 👧 Ular qiz farzandli bo‘lishni o‘zlariga isnod deb bilishar va o‘z qizlarini chaqaloqlik davridayoq o‘ldirishardi. ⛓️ Qora tanli va zaif kishilarni qullikka olib, o‘zlariga xos qonunlar asosida ularni fuqarolik huquqlaridan mahrum qilishardi. 📜 «Johiliyat davri» deb atal­mish o‘sha zamonlarda insoniy va axloqiy qadriyatlar oradan yo‘qolib, e’tibordan chetga surilib qolgan edi. 🕌 Mo‘minlar amiri Ali (alayhissalom) o‘z xutbalarining birida arablarning o‘sha davrdagi ahvolini quyidagicha sharhlaganlar: «Sizlar arab qabilalari eng yomon joylarda, jirkanch urf-odatlar bilan hayot kechirayotgan bir paytingizda Qodir Alloh Muhammad (sallallohu alayhi va olihi vasallam)ni dunyo ahlini ogohlantiruvchi, O‘z vahyi va kitobining amini sifatida tanladi. Toshloq joylarda yashardingiz, iflos suvlarni ichardingiz, yeydigan narsalaringiz xurmo danagining uni va kaltakesak kabi yoqimsiz ovqatlar edi. Bir-birlaringiz qonini to‘kib, o‘z qavm-qarindoshlaringizdan uzoqlashgan edingiz. Butparastlik va gunoh qilishdan zarrachalik chekinmas edingiz.» 🕯️ BUYUK VAZIFA Jaholat va nodonlikka asoslangan fikr-aqida va odamlarning noto‘g‘ri mafkuraviy prinsiplarini o‘zgartirish nihoyatda og‘ir ish bo‘lib, sabr, chidamli, sezgir va xulq-atvori yaxshi kishini taqozo etardi. 🌍 Dono va qodir Alloh ushbu buyuk ishni bajarish hamda butun olamda tavhid (yakkaxudolik), adolat, tenglik va birodarlikni qaror toptirish uchun buyuk inson bo‘lmish Muhammad Mustafoni (sallallohu alayhi va olihi vasallam) tanladi va ul hazrat o‘z risolatlarini a’lo darajada bajardilar.

🔹 Viloyat osmonining oltinchi quyoshi Imom Ja’far Sodiq (alayhissalom)ning tavallud kunlari. 🌷Ismlari: Ja’far (alayhissalom
🔹 Viloyat osmonining oltinchi quyoshi Imom Ja’far Sodiq (alayhissalom)ning tavallud kunlari. 🌷Ismlari: Ja’far (alayhissalom) 🌷Laqablari: Sodiq, Sobir, Tohir, Fozil... 🌷Kunyalar: Abu Abdilloh 🌷Otalar: Muhammad ibn Ali ibn Husayn (alayhissalom) 🌷Onalari: Ummi Farva (salomullohi alayho) 🌷Umrlari: 65 yosh 🌷Imomat muddatlari: 34 yil 🌷Farzandlari: Musoyi Kozim, Ismoil, Abdulloh, Ummi Farva, Ishoq (alayhimussalom) 🌷Umr yo‘ldoshlari: Hamida, Fotima 🌷Tug‘ilish tarixi va yerlari: 83-hijriy yil 17-rabi’ ul avvalda Madinai Munavvara shahrida dunyoga kelganlar. 🌷O‘lim tarixi va yerlari: 148-hijriy yil 25-shavvolda Abbosiy xalifa Mansur Davonaqiy (la’natullohi alayh) tomonidan zaharlanib shahodatga yetishganlar. 🌺Kanalimizga a’zo bo‘ling⤵️ ✅ http://telegram.me/ahlibayt313

sticker.webp0.86 KB

🌺 Payg‘ambarimiz Muhammad ibn Abdulloh (sollallohu alayhi va olihi vasallam)ning mavludlari. 🌹 Ismlari: Muhammad 🌹 Laqabla
🌺 Payg‘ambarimiz Muhammad ibn Abdulloh (sollallohu alayhi va olihi vasallam)ning mavludlari. 🌹 Ismlari: Muhammad 🌹 Laqablari: Mustafo, Xotamul anbiyo val mursalin, Amin... 🌹 Kunyalari: Abul Qosim 🌹 Otalari: Abdulloh ibn Abdulmuttalib (alayhissalom) 🌹 Onalari: Omina binti Vahab (salomullohi alayho) 🌹 Umrlari: 63 yosh 🌹 Nubuvvat muddatlari: 23 yil 🌹 Farzandlari: Qosim (alayhissalom), Abdulloh (alayhissalom), Fotima az-Zahro (salomullohi alayho), Ibrohim (alayhissalom) va asrandi bolalari: Zaynab, Ummu Kulsum, Ruqayya (salomullohi alayhinna) 🌹 Umr yo‘ldoshlari: Xadicha binti Xuvaylid (salomullohi alayho), Moriya binti Qibtiyya, Ummi Salama, Oyisha... 🌹 Tug‘ilish tarixi va yerlari: 1-Fil yili 17-Rabi’ ul-avvalda Makkai Mukarramada. 🌹 O‘lim tarixi va yerlari: 11-hijriy yil 28-Safarda zaharlangan holda Madina shahrida shahodatga yetishganlar. 🌺 Kanalimizga a’zo bo‘ling⤵️ ✅ http://telegram.me/ahlibayt313

sticker.webp1.09 KB

🔹 Habibiy 🎙 Sajjod Muhammadiy http://telegram.me/ahlibayt313

🌹 Sarvari koinot, Rahmatun lil-olamin, Ashraful maxluqot, Sayyidul anbiyoi val mursalin hazrati Muhammad Mustafo (sollallohu
🌹 Sarvari koinot, Rahmatun lil-olamin, Ashraful maxluqot, Sayyidul anbiyoi val mursalin hazrati Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi va olihi vasallam) va Faqihul-fuqaho, Olimul-ulamo, Shayxul-Aimma, mazhabimiz raisi Imom Ja’far Sodiq (alayhissalom)ning mavlud kunlari munosabati bilan avval boshda butun bashariyat najotkori Valiyyul-Asr Sohibuz-Zamon Hazrati Imom Mahdiy (ajjalallohu taolo farajahu sharif) og‘omizga va barcha Ahlibayt (alayhimussalom) oshiq­lariga tabrik arz qilamiz. 🌺 Kanalimizga a’zo bo‘ling⤵️ ✅ http://telegram.me/ahlibayt313

sticker.webp0.65 KB