♻️
Shunchaki o'tkazib yubormay, Diqqat bilan òqing!☝️
Quyidagi tavsiyalar sizni o‘z-o‘zidan boy qilib qo‘ymaydi, lekin u sari yo‘lni boshlashingizga ko‘mak beradi.
➡️1-qoida: Siz boyishni juda xohlashingiz kerak✅
Kichik, kuchsiz istaklar sizni muvaffaqiyatga olib bormaydi. Siz butun qalbingiz bilan kambag‘allik, ilojsizlikni yomon ko‘rishingiz va moliyaviy erkinlik haqidagi fikr bilan yashashingiz kerak. Faqatgina ichingizdagi ana shu olov sizni boylikka olib borishi mumkin.
➡️2-qoida: Siz boylikka munosib ekanligingizga va unga albatta erishishingizga qattiq ishonishingiz kerak.✅
Agar sizning hayolingizni “Men hech qachon boy bo‘la olmayman”, “Men o‘zimga bunday qimmat narsalarni ololmayman”, “Iqtisod qilishim kerak” kabilar band etgan bo‘lsa, siz boyiy olmaysiz. Shunday ekan boylardek fikrlang: “Men pul topa olaman”, “Men istaganimga erisha olaman” va shunga o‘xshash sòzlarni har kuni takrorlang!
➡️3-qoida: Pulni yo‘qotishning qo‘rquvidan qutilishingiz kerak✅
Boyish uchun – doimo sarmoya kiritib turganingizdagina ular siz uchun ishlaydi. Bu xavfli hamda yo‘qotishdan sug‘urtalanmagan. Ko‘p insonlar aynan pulni yo‘qotishdan juda qo‘rqishlari sabab uni yo‘qotadilar va boyiy olmaydilar.
Agar 10-martada qolganlarini qoplaydigan yutuqqa erishsangiz, 9 marta ketma-ket pulni yo‘qotishga tayyormisiz? Kim hech ikkilanmay “Ha” deb javob berayotgan bo‘lsa, uning boyish uchun imkoniyatlari ko‘proqdir.
➡️4-qoida: Xarajatlaringizni qisqartirishingiz kerak.✅
Hashamatli narsalar xaridining ham payti bor – boy odam avval biznesga pul va investitsiya kiritadi, ana shundan keyingina o‘zi istaganini sotib oladi. Aksariyat kishilar esa buning aksini bajarishadi: qimmat narsalar xarid qilib boyishni xohlashadi.
Bu orqali ko‘pchilik boy bo‘lib ko‘rinishi mumkin – lekin bu bilan boy bo‘lib qolmaydilar: agar sizda qimmat mashina, shahar tashqarisida uy bo‘lsayu, ularning barchasi kreditga olingan va siz uchun ishlovchi pullar bo‘lmasa siz boy hisoblanmaysiz.
➡️5-qoida: Siz nofaol boyliklarni kamaytirib, aktivlaringizni ko‘paytirishingiz kerak.✅
Passivlar – bu sizga foyda keltirmay xarajat talab qiluvchilardir: (ijaraga bergan emas yashayotgan) kvartira, uyingiz, (uning yordamida pul topmayotgan) mashinangiz va boshqalar.
Aktivlar – sizga mablag‘ keltiruvchi hammasi: biznes, sarmoya, ko‘chmas mulk, ijara. Agar sizning aktivlaringiz juda kam bo‘lsa yoki umuman bo‘lmasa siz boyiy olmaysiz.
➡️6-qoida: Siz yollanib ishlaydigan ishingizdan keta olishingiz va shaxsiy biznesingiz bilan shug‘ullana olishingiz kerak.✅
Faqat shu bilan siz yaxshigina aktivlar ishlab topishingiz va kelgusi investitsiyalar uchun pul topishingiz mumkin – chunki asosiy boylik sarmoya kiritish orqali vujudga keladi.
Sizni boshlang‘ich kapitalning yo‘qligi to‘xtata olmasligi kerak. Yodda tuting, biz axborotlashgan jamiyatda yashayapmiz va muvaffaqiyatli biznes uchun eng muhimi yaxshi g‘oyadir.
➡️7-qoida: Sun’iy sarmoyani tashkil qiling✅
Agar pulingiz juda kam bo‘lsa, sun’iy investitsiyani yaratishingiz lozim. O‘z moliyaviy bilimlaringizni oshiring, mavjud pul to‘plash usullarini o‘rganing.
Oz-ozdan sarmoya kirita boshlang, tezda foyda olishni o‘rganing (masalan, aksiyalarni sotib olib qayta sotish orqali) va vaqt o‘tgach siz o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan yirik biznesmenga aylanasiz. Ana o‘shanda moliyaviy erkinlik orzusi amalga oshgan bo‘ladi.
➡️8-qoida: Siz pullarni juda yaxshi ko‘rishingiz kerak.✅
Bu qoida balki, eng muhimidir. Siz ular haqida o‘ylashingiz, gapirishingiz, ko‘paytirish va topishning yangi yo‘llarini izlashingiz kerak.
Bu siz uchun haqiqatdan qiziq mashg‘ulot bo‘lishi kerak. Agar siz moliya bilan bog‘liq masalalarga unchalik ham qiziqmasangiz, o‘zingizda boyishning imkoniyatlari kam deb hisoblayvering!
✍
@dima_daminovich
Kanalimizga qo'shiling ⤵️
@Motivate_DQD