fa
Feedback
Transport nazorati inspeksiyasi

Transport nazorati inspeksiyasi

رفتن به کانال در Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Sayt: https://gov.uztn.uz E-mail: devon@uztn.uz Ishonch tel: 712020302(442) Korrupsiya holatlari bo`yicha: 71-202-03-02 (515) Telegram bot: @anticorruption_uztn_bot

نمایش بیشتر
1 441
مشترکین
+424 ساعت
+47 روز
+1730 روز
آرشیو پست ها
Hurmatli ustoz va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Hurmatli ustoz va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz! Ustoz — inson qalbiga ilm, ma’rifat va ezgulik urug‘ini qadab, kelajak avlodga yo‘l ko‘rsatuvchi ulug‘ zotdir. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, bebaho saboqlaringiz va hayotiy tajribangiz yosh avlod kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ushbu qutlug‘ kunda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 🌿 Ilm bergan, tarbiya bergan, hayot yo‘lini ko‘rsatgan barcha ustoz va murabbiylarga cheksiz minnatdorlik bildiramiz! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! 💐 Hurmat bilan, Transport nazorati inspeksiyasi jamoasi

Repost from Rasmiy axborot
✅ Bolalarni himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. ✍ Qonun loyihasi bilan 5 ta kodeks va 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. U bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini kafolatlash hamda mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan.
"Bugun muhokama qilinayotgan qonun hayotimizning mazmuni bo‘lgan bolalarga, ularning himoyasiga, erkinligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qaratilgan. Umid qilamanki, bu qonun barchamizni hushyorlikka chaqiradi. Bola manfaatlarini himoya qilishda mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi", — dedi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Gulruh Agzamova.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
🎗Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etiladi 📢 Davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvida ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat yuritayotgan ilg‘or pedagoglarni munosib rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.
"Ushbu mukofotni o‘zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo‘ygan jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomi bilan atasak", - dedi Prezident.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
💝 “Taqdirimizni faqat muallim hal qiladi” — Prezident Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda o‘zbek shaxmatchilarining kechagi g‘alabalarida ustozlarning ham katta hissasi borligini ta’kidladi.
“Shaxmatda bizning qahramonlarimiz nimaga natija qildi, degan savolga ham javob bitta. Muallimlarning qilgan mehnati kechagi g‘alabalarimizga olib keldi desak, bu ham adolatdan bo‘ladi. Sizlar hal qiluvchi kuchsizlar. Sizlar O‘zbekistonimizning buyuk kelajagi poydevorini qo‘yyapsizlar desam, bu ham adolatdan bo‘ladi. O‘n marta qaytarishdan charchamayman: taqdirimizni faqat muallim hal qiladi”, — dedi Prezident.
Davlat rahbari uchrashuv ishtirokchilari va hududlardan muloqotga qo‘shilgan barcha ustozlarni bayram bilan tabriklab, ularning baxti va kelajagi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar qilinishini ma’lum qildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
💝 "Biznikidek shaxmatni sevadigan Prezident dunyoda hech qayerda yo‘q" Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Nodirbek Abdusattorov Olimpiadadagi tarixiy g‘alaba butun xalqimizning yutug‘i ekanini ta’kidladi. U O‘zbekiston Hindiston, Xitoy va AQSh kabi kuchli terma jamoalarni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritganini qayd etdi.
"Bizda javob har doim bitta: biznikidek shaxmatni sevadigan Prezident dunyoda hech qayerda yo‘q!"
Abdusattorov, shuningdek, jahonning eng katta sahnalarida O‘zbekiston sharafi va bayrog‘ini munosib himoya qilishga va’da berdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
💝 "Prezidentimizning yonida mening ham bolam turarmikan, deb havas qilardim" 🔷Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxmatchilar bilan uchrashuvida Muhiddin Madaminovning onasi Iroda Isroilova so‘zga chiqib, farzandi va yosh shaxmatchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
"Prezidentimiz bolalar bilan suhbat qurganlarini televizorda ko‘rib, “Mening bolamning orqasida ham Prezidentimiz turarmikan, yonida bolam turarmikan”, deb juda havas qilardim. Allohga behisob shukr, shu kunlarga yetkazganiga. Men baxtli onaman", — dedi Iroda Isroilova.
🔷U farzandi shaxmatdagi ilk qadamlarini qo‘yayotgan paytlarda xorijga chiqish vizasi va aviachiptalar xarajatlarini qoplash, chet ellik murabbiylarni jalb qilish kabi masalalar ota-onalar uchun katta muammo bo‘lganini esladi.
"Bularning hammasini qilib berganingiz uchun, bolalarimiz shu darajaga tezlikda yetib chiqqanlari uchun sizga alohida minnatdorlik bildiraman. Hozirgi kunda bir ona uchun bizga boshqa nima kerak? Faqat Sizni, bolalarimizni duo qilamiz", — dedi shaxmatchining onasi.
🔷Yillar avval televizor qarshisida turib, farzandini ham Prezident yonida ko‘rishni orzu qilgan ona bugun o‘sha orzusi ro‘yobga chiqqanini ta’kidladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
💝 “Mashina ham kerak, lekin kelajak kelinlar uchun uy kerak” – Prezidentdan samimiy hazil Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan shaxmat bo‘yicha olimpiada chempionlariga uy-joy, mashina va pul mukofoti berildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
❗️Deputatlar bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi ✔️Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilinib, deputatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanib, birinchi o‘qishda qabul qilindi. ✔️Muhokamalarda ta’kidlanganidek, loyiha faqat jazoni kuchaytirishni emas, balki bolani zo‘ravonlikdan himoya qilishning yaxlit huquqiy mexanizmini shakllantirishni nazarda tutadi. Xususan, zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish, jabrlangan bolaga huquqiy, psixologik va boshqa yordamlarni ko‘rsatish, shuningdek, mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha normalar taklif etilmoqda. ✔️Loyihada bolaning jinoyat ishi yuritilishi jarayonida qayta-qayta so‘roq qilinishi natijasida ruhiy bosimga duch kelishining oldini olish masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Amalda voyaga yetmagan jabrlanuvchini so‘roq qilishda qonuniy vakil, pedagog va psixolog ishtirok etishi, so‘roq davomiyligi bo‘yicha cheklovlar hamda ayrim toifadagi ishlar bo‘yicha maxsus jihozlangan xonalardan foydalanish kabi prosessual kafolatlar mavjudligi qayd etildi. 📌Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Adolat» sosial-demokratik partiyasi fraksiyasi tomonidan kiritilgan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

🏢 BOLALARGA NISBATAN ZO'RAVONLIK SODIR ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK KESKIN KUCHAYTIRILMOQDA Telegram | Instagram | X

Repost from Rasmiy axborot
⚡Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13
"Bugun shunaqa qarorlar qabul qilishimiz kerakki, ular yangi imkoniyatlarni yaratib, keyingi avlodlar uchun tinch, barqaror va yanada adolatli kelajakni shakllantirsin!" – Saida Mirziyoyeva.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

MUROJAATLAR TINGLANDI, MASALALAR JOYIDA O‘RGANILDI   Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Usmanov tomonidan fuqarolar, transport sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda tashuvchilarning murojaatlarini bevosita tinglash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida fuqarolar va soha vakillari tomonidan transport faoliyatini tashkil etish hamda nazorat qilish bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi. Murojaatlarning har biri belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|🌐Тelegram|🌐Facebook| ▶️YouTubе

YO‘L QURILISHI BO‘YICHA TASHABBUSLI BUDJET 2-BOSQICH TALABLARI MUHOKAMA QILINDI Transport nazorati inspeksiyasining Yo‘l quri
+6
YO‘L QURILISHI BO‘YICHA TASHABBUSLI BUDJET 2-BOSQICH TALABLARI MUHOKAMA QILINDI Transport nazorati inspeksiyasining Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish Andijon viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Donyor Qo‘ldoshev hamda “Andijon mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi direktor o‘rinbosari Shohruh Qurbonov boshchiligida mahalla raislari, loyihachilar hamda tashabbuskorlar ishtirokida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda yo‘l qurilishi va loyihalashtirish ishlarini sifatli tashkil etish, tasdiqlangan loyiha talablariga qat’iy rioya qilish, qurilish materiallarining sifatini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, qurilish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni mas’ul mutaxassislar bilan kelishgan holda hal qilish, loyiha doirasidan tashqari ishlarni amalga oshirmaslik, xarajatlarni nazorat qilish va korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlandi. #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|🌐Тelegram|🌐Facebook| ▶️YouTubе

⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro hamjamiyat va nufuzli anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo'ldi.
"Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor."
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
⚡ Muhammedaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida
+5
⚡ Muhammedaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammedali ismli bolaning samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan videosi ko‘pchilikning e’tiborini tortgan edi.
💬 Prezidentimiz bolaning murojaatini ko‘rib, uning samimiy tilaklaridan mamnun bo‘lganini bildirgan hamda Muhammedaliga minnatdorlik maktubini yo‘llagan.
Bugun ushbu maktub hamda Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay O‘rinbayev Prezidentimizning samimiy maktubini o‘qib eshittirdi. 🎗 Shuningdek, Muhammedaliga, uning ota-onasi va tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga esa Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni berildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

#Sayyor_qabul #Surxondaryo_viloyati MUROJAATLAR TINGLANDI, MASALALAR JOYIDA O‘RGANILDI Transport nazorati inspeksiyasi boshli
+9
#Sayyor_qabul #Surxondaryo_viloyati MUROJAATLAR TINGLANDI, MASALALAR JOYIDA O‘RGANILDI   Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Usmanov tomonidan fuqarolar, transport sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda tashuvchilarning murojaatlarini bevosita tinglash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida fuqarolar va soha vakillari tomonidan transport faoliyatini tashkil etish hamda nazorat qilish bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi. Xususan, xalqaro tashuvlarni tartibga solish, noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyatining oldini olish va unga qarshi nazorat-reyd tadbirlarini tashkil etish, tender talablari va shartlariga rioya etilishi, shuningdek, avtovokzallar faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Murojaatlarning har biri belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|🌐Тelegram|🌐Facebook| ▶️YouTubе

+5
⚡️Davlat xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati"ning navbatdagi soni taqdim qilindi Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari mazkur "Siyosiy-ma’rifat soati"ni kuzatib borishdi! Seminarda inspeksiya xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan qimmatli va muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|🌐Тelegram|🌐Facebook| ▶️YouTubе

Prezidentimizning Andijonga tashrifi: yuqori tashabbuskorlik, kuchli tadbirkorlik ruhi va sanoat maktabiga tayanib, o‘z texnologik bazasini yaratish, sanoat va investitsiya lokomotiviga aylanish, har bir oilaning farovonligini yuksaltirish sari. — Поездка Президента нашей страны в Андижан: опираясь на инициативность, предпринимательский дух и сильную промышленную школу – к созданию собственной технологической базы, превращению в локомотив промышленного и инвестиционного роста, повышению благосостояния каждой семьи. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X