cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati | Rasmiy kanal

Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
6 523
مشترکین
+1124 ساعت
+107 روز
+10230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Bog’ot tumanining barcha hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi “Bog’ot-1”, “Bog’ot-2” va “Zarbdor” gaz taqsimlash stansiyalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 11-iyul kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha Bog'ot tumanining barcha hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. @bogottumanihokimligikanali
نمایش همه...
Bog‘ot tumanida “Vatanga sodiq yoshlar” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik yig‘ini tashkil etildi Joriy yilning yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xususan, yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi davrda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratilgan edi. Davlatimiz rahbari bu masala bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tartibda topshiriqlar bergan. Ayni paytda joylarda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning o‘qishi va bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida samarali qamrab olish bo‘yicha rasmiy idoralar, mahalla va muassasalar, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tizimli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayni shu maqsadlarda Bog‘ot tumanida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirokida navbatdagi “Vatanga sodiq yoshlar” shiori ostida o‘quv-yig‘ini tashkil etildi. Yig‘in Qurolli Kuchlar akademiyasining harbiy xizmatchilari, Urganch davlat universiteti, Bog‘ot tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, adliya bo'limi, tuman IIB vakillari, "Vatanparvar" tashkiloti tuman bo'limi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi. @bogottumanihokimligikanali
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Joriy yilning 11-iyul kuni soat 10:00 da Bo’ka mahallasidagi 13-sonli maktab hududida Bog’ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning sayyor qabuli bo’lib o’tadi
Sayyor qabulda tuman hokimi o’rinbosarlari, tumandagi barcha tashkilotlar rahbarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri va tuman adliya bo’limi xodimlari ishtirok etadi.
Batafsil ma’lumot olish uchun telefon: 62-31-52-807. @bogottumanihokimligikanali
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Davlat elektr energiyaning tannarxini subsidiyalashni davom ettirmoqda Hozirgi vaqtda 1 kVt/soat elektr energiyasining tannarxi 895 so‘mni (QQS bilan 1 002 so‘mni) tashkil etadi. Aholiga yetkazib berilayotgan har bir kVt/soat elektr energiya uchun 200 kVt/soatgacha bo‘lgan iste’mol (bazaviy me’yor) doirasida 552,4 so‘m (55% subsidiya), 201 kVtdan 1000 kVt/soatgacha esa 102,1 so‘m (10% subsidiya) davlat tomonidan har bir iste’molchiga qoplab berilmoqda. Shuni hisobiga iste’molchilar har bir kVt/soat uchun “imtiyozli” narxda, ya’ni 450 so‘m (QQS bilan)dan haq to‘laydilar. Iyun oyida 71 foiz aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan, ya’ni bazaviy me’yor​ doirasidan chiqmagan. 22 foiz iste’molchi 201 kVt/soatdan 1000 kVtgacha iste’mol qilgan va 900 so‘mdan haq to‘lagan. Qolgan 7 foiz aholi 1001–10 000 kVt/soat elektr energiyasi iste’mol qilib, 1 350 so‘mdan to‘lovlarni amalga oshirgan. Batafsil @bogottumanihokimligikanali
نمایش همه...
06:52
Video unavailableShow in Telegram
“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandimi? Qonunda aynan nimalar nazarda tutilmoqda? Qo'shimcha qurib olingan ko'chmas mulk obyektlarining barchasiga mulk huquqi e'tirof etiladimi? Ushbu savollarga video orqali javob olishingiz mumkin. @bogottumanihokimligikanali
نمایش همه...
Noqonuniy qurilish qonunga sharx mob.MP421.60 MB
Bogʻot tumani prokurori Faxriddin Yusupov tuman elektr taʼminoti korxonasi va “Bogʻot tuman gaz” gaz taʼminoti xodimlari bilan uchrashib, tumanda energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, iqtisod qilish hamda energetika sohasi obyektlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlashda mahallabay ishlash boʻyicha “qizil”, “yashil” va “sariq” toifalarga ajratgan holda tizimli tahlil qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish, energiya balansini ishlab chiqish, uning koʻrsatkichlarini taʼminlash, energoresurslardan oqilona foydalanishni tizimli yoʻlga qoʻyish yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi. Shuningdek, energiya sarfi yuqori boʻlgan eskirgan va nostandart uskunalarni energotejamkoriga almashtirish, xonadonlarni ikki bosqichli tizimga oʻtkazish, ulgurji isteʼmolchilarning elektr qurilmalariga kompensatsiya batareyalarini oʻrnatish va energiya resurslarini iqtisod qilish hamda tumandagi aholi xonadonlariga tabiiy gaz va suyultirilgan gaz yetkazib berish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni jadallashtirish lozimligi koʻrsatib oʻtildi. Bundan tashqari, mutasaddilarga energiya resruslaridan noqonuniy foydalanish, ularni talon-taroj qilish holatlarini oldini olish, qonun talablarini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligini taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi. @bogottumanihokimligikanali
نمایش همه...
Bog‘otlik hojilar Haj ziyoratidan qaytdilar Bundan bir oy avval muqaddas safarga otlangan bog‘otlik ziyoratchilar Haj ziyoratini yorugʻ yuz bilan, mukammal tarzda ado etgan holda Saudiya Arabistonidan yurtimizga qaytib keldi. Yuzlarida ulugʻ ziyorat fayzi, shukronalik hissi va yurt sogʻinchi ifodasi koʻrinib turgan hojilar tuman hokimi Jahongir Nazarov, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan hurmat va ehtirom bilan kutib olindi. Ziyoratchilarimiz Makkadan sogʻ-u salomat qaytishgani va yaqinlari diydoriga yetishgani uchun shukrona keltirish asnosida, duoga qoʻl ochib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini tiladilar. @bogottumanihokimligikanali
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Bog’ot tumanida joylashgan Turkiston podstansiyasidagi 6 300 kVA transformator o’rniga 10 000 kVA bo’lgan yangi zamonaviy kuch transformatori o’rnatildi Ushbu podstansiyaga 10 000 kVA bo’lgan transformator o'rnatilishi orqali Bog'ot tumanining jami 12 000 dan oshiq aholi xonadonlari va 500 ga yaqin kichik, o'rta va yirik ishlab chiqarish obektlarining elektr energiyasi ta'minoti yaxshilandi. @bogottumanihokimligikanali
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.