cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

BirGapBor

Tadbirkor, sayohatchi, restorator va hayotdagi optimist Ahmad Melibaevning shaxsiy kanali. Meni shu yerdan topasiz: @BirGapBorBot 🇺🇿 Личный канал предпринимателя, путешественника, ресторатора и оптимиста по жизни Ахмада Мелибаева.

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
235
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Aksar bizneslarni o’sishtagi to’suvchi omillar 1. Missiya, maqsad,omillar 2. Iqtisod kelib chiqib,uzoq va yaqin rejalashtiruv 3. Oddiy marketing ustunlari. 4. Biznes jarayon to’g’ri tashkillashtirish 5. Fokus 6. Jamoa Shu omillar yo’qligi rivojlanishni sekinlashtiradi. @birgap_bor
نمایش همه...
Siz xohlagan narsaga erisha olmaganingizda oladigan narsa bu -TAJRIBA😉 Опыт - это то, что получаешь, не получив того, чего хотел.😉 Albatta,bilim,konikmlar va tajriba qorishgan joyda bir kun muvaffaqiyat bo’ladi✊😎
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun TAKSIM restoranimda, bir ajoib voqea bo’ldi. 4 kishilik ayollar jamoasi. Girgitton xizmatidan(официант)norozi kayfiyatda e’tiroz bildirdi. Men buni ayollar nigohida tushunib oldim va bosh oshpazga taomdan so’ng kichik shirinlik bilan uzur so’rab qo’yishni ta’kidlab kettim. Natija ko’p kuttirmadi Ayollar qo’shimcha etibordan xursand bo’lishdi va bizning doimiy mijozlarga aylanishdi. E’tirozni-rozilikka aylantirish xam bir mahorat/ko’nikma va har bir biznes owner bu ko’nikma o’zida hosil qilish kerak.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Muvaffaqiyatli kompaniyalarning sakkiz omili. Sizning kompaniyangizda qaysi biri yetishmayabdi? 100 ta ❤️ yeg’sak Sakkiz omilni har birini alohida keys qilib yoritib beraman✊✊
نمایش همه...
Shtanga koʻtaradigan goʻdak bo’lmaydi?! 1. Nimagadir koʻpchilik startapni chiroqni oʻchirib-yoquvchi vklyuchatel deb oʻylaydi. Ideani sinovdan oʻtkazgandan soʻng darhol masshtablashadi deb oʻylanadi. Ammo unday emas. Chunki tekshirilgan va sinalgan gʻoya va miqyosni kengaytirish oʻrtasida oʻsishning ogʻriqli bosqichi - startapdan biznesga boshqichma-bosqich oʻtish bor. Loydan yasalgan vaqtinchalik kulbani poydevori mustahkam bino qilishga oʻxshaydi. 2. Bu xuddi beshikdan chiqqan go’dakning ogʻir shtangani koʻtarishga qaror qilishidek gap. Mushaklar hali oʻsmagan, suyaklar qotmagan, tana zaif - bu holda shtanga bolani ezib tashlaydi. Masshtabni kengaytirish uchun sarmoyani jalb qilish ham xuddi shunday. G‘oyani endigina sinovdan o‘tkazgan startap yo uni ko‘tarmaydi yoki uning og‘irligi ostida majagʻlanib ketadi. 3. Biroq oʻsish bosqichida investitsiyalar juda zarur. Chunki jamoaga sarmoya kiritish, biznes jarayonlari va infratuzilmani daromad o‘sishidan oldingi sur’atlarda qurish kerak. Agar siz og'ir shtanga bo'yicha chempion boʻlmoqchi boʻlsangiz, mushaklaringiz oʻsishi uchun oʻzingizga yetarli taomdan ortigʻini tanovul qilishingiz kerak. 4. Buning uchun esa pul kerak. Bu masshtablashdan koʻra oddiyroq - bari asta-sekinlik bilan bajariladi, katta qismga bo’kib qoʻlmaslik va keyingi ovqatlanishgacha undan oldin yegan ovqatlarni hazm qilishga ulgura olishdek. Pulga boʻlgan ehtiyojning bu bosqichida faqat biznes angel (yoki kartel) tomonidan mablagʻ ajratiladi. Chunki tadbirkorning oʻzida bu miqdor mablagʻ boʻlmaydi, venchur fondlari uchun esa bu mablag’ juda kichik. 5. Undan tashqari, xavf ham juda yuqori. Tasdiqlangan gʻoya va miqyosni kengaytirishga tayyorlik oʻrtasidagi bu bosqich startaplarning haqiqiy “oʻlim vodiysi” hisoblanadi. Chunki biz unga gʻayratimiz va loydan qurilgan uy bilan uchib bordik. Bu yerda esa butunlay boshqa vakolatlarni talab qiladigan zerikarli narsalar bilan muntazam va izchil shugʻullanish kerak. Taassufki, bunda juda koʻp ishqibozlar (gʻayrati uchadi) sinadi. 6. Agar dastlabki bosqichda startap gʻoyasi sinovdan oʻtkazilsa, oʻsish bosqichida jamoa sinovdan oʻtkaziladi. Masala, uning ilgari qilgan ishini davom ettira olishida emas, asosiysi, u yangi muammolarni yangi rejimda hal qila oladimi, muhimi shu. Bu bosqich esa juda zarur. Undan sakrab oʻtib boʻlmaydi. 7. Ammo bularning barchasida nekbinlik ham bor. Bola o’zini oʻsish jarayonini tezlatshtira olmaydi, birdaniga ogʻir atletikachiga aylana olmaydi - insonning oʻsishi xuddi homiladorlik kabi tabiat tomonidan belgilanadi. Ammo startapni biznesga aylantirish va miqyosini kengaytirish uchun ketadigan vaqt butunlay ta’sischilarga (sheriklarga) bog‘liq. Birinchi oʻrinda bu ularning qobiliyati va tez oʻrganish, o’sish istagiga bogʻliq. Tanganing ikkinchi tomoni boʻlsa-da, ba’zilar bolalik davrida uzoqroq qolishni afzal koʻradilar. ТГ канал «Темная сторона»
نمایش همه...
00:32
Video unavailableShow in Telegram
IMG_3585.MOV9.93 MB
🔥 19
😅
🤐
Tavakkalchilik yoki mukammal sarhisob! Tavakkalchilik tadbirkorning eng asosiy jihati. Biroq buni matematika bilan uygʻunlashtira olish, matematik hisob-kitob ila qilish kerak. Fikrimni izohlayman. Tabdirkor yangi faoliyat boshlar ekan, koʻproq tavakkalchi boʻladi. Tavakkal qilishdan qoʻrqmaydi. Shu sababdan qiyinchiliklarni, oldinda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni chamalamay, toʻsiqlarni buzib oʻtishga harakat qiladi. Biroq tadbirkorning tajribasi oshgani sari tavakkalchilikni matematika bilan hamohang olib borish maqsadga muvofiq ekanini anglab yetadi. Darhaqiqat, tavakkalchilik matematika bilan mustahkamlansagina tadbirkor kuchayib boradi. Demak, tadbirkorga tavakkalchilik qobiliyati ham, matematik bilimlar ham birdek kerak. Asosiysi, ularni uygʻunlashtira olishda. Har ikkala jihat uygʻunlashtirilganda, kelajakda muvaffaqiyat keltiradigan katta loyihalarni kam yoʻqotishlar bilan amalga oshira oladi. Lekin boshqa tomondan qaralsa, eng zoʻr loyihalar, avvalo tavakkalchilik bilan erishilgan boʻladi. Shunday boʻlsa-da, tavakkalchilikning poydevori matematik hisob-kitob boʻlgani ma’qul. O’ylab ko’ring..Siz o’zingizni qay turdagi Tadbirkorga o’xshatasiz😅😉
نمایش همه...
01:10
Video unavailableShow in Telegram
IMG_3321.MOV6.02 MB
✊ 6
😅
💪 4
MUVAFFAQIYAT KALITI! Tadbirkor hamisha izlanishi, o’zini transformatsiya qilishni bilishi kerak. Bu yoʻlda muvaffaqiyatli shaxslarning faoliyati ham oʻrganiladi, ham tahlil qilinadi. Odatda, koʻpchilik yoshlarni muvaffaqiyat yullari qiziqtiradi. Tadbirkorlarning BIOsini oʻrganish orqali muvaffaqiyat kalitlarini o’rganishga harakat qilinadi. Toʻgʻri, bu motivatsiya uchun juda yaxshi va kerakli narsa. Biroq eng zarur narsa nazarimizdan chetda qoladi. Koʻp hollarda xatolar haqida o’ylamaymiz, faoliyatini o’rganayotgan tadbirkorlarning xatolarini oʻrganishni va tahlil qilishni unutamiz. Muvaffaqiyat - bu shaxsiy yutuq. Masalan, ikkita insonga bir xil imkoniyat, bir xil sharoit qilib berilsa-da, o’sha biznes bir xilda emas, ikki xil koʻrinishda rivojlanadi. Chunki, har bir inson individual. U oʻz tajribasi, bilimiga tayanib ish koʻradi, qaror qabul qiladi. Amalga oshirgan qarorlar esa kompaniyaning rivojlanishi yoki inqiroziga sabab boʻladi. Muvaffaqiyatli kishilar - xatolarni vaqtida ilgʻab, tahlil qilib, munosib yechim bilan oʻsha xatolardan oʻsish nuqtasini topgan insonlar. Demak, eng avvalo o’zgalar qilgan xatolarni oʻrganib, ularni oʻz faoliyatimizda takrorlamasak muvaffaqiyatga osonroq yul bilan erishamiz. Muvaffaqiyatlar kaliti aynan o’hshash xatolarni aylanib o’tish boʻlishi mumkinligini unutmang. Asosiysi, tadbirkorlar faoliyatini oʻrganishda fokusni sehrli sirlarni izlashga emas, xatolarga va ularning takrorlamaslika qarating. Xulosa shundayki, muvaffaqiyat individual, betakror, xato esa aksar takroriy yoki oʻxshash boʻladi.
نمایش همه...
🔥 13
Kerakli bilim!! Biz hayotda ko’proq bilim olishga harakat qilamiz. Ammo undan foydalanish kerakligini, egallagan bilimni tajribada mahkamlash kerakligini bilmaymiz. Oqibat olingan bilimlar na kishining o’ziga, na jamiyatga foyda keltiradi. Foydalanilmagan bilim xavflidir. Ba’zan oʻz-oʻzini aldashga, ruhiy tanazzulga, kishining ichki “men”ini yemirishga va halokatga boshlaydi. Bilim - boshqalar tomonidan o’tilgan tajribadir! Tajribalar oʻrganilib, xatolar tahlil qilinib yana ham yaxshiroq xulosaga kelish mumkin. Asosiysi, o’sha xulosa va anglash-tushunishni o’z tajribangizda qo’llay bilishingiz. Anglangan bilim muvaffaqiyatli faoliyatga asos, tushunish esa ulardan oqilona foydalana bilmakdir. Mendan koʻp bilimga ega boʻlish qanchalik zarur, deb soʻrashsa, hech ikkilanmay, koʻp bilish emas, keraklicha, oʻta zarur narsalarni bilish afzaldir, degan boʻlardim. Oʻylab koʻring, tadbirkor boʻlmoqchisiz, sizga tabdirkorlik faoliyatini boshlashdagi amaliy bilimlar koʻproq zarurmi yoki koinot sirlarimi?) Nima demoqchiman, miya bir boʻsh quti kabidir, uni nima bilan toʻldirsangiz - oʻsha Siz! Toʻldirganda ham tartibli va maqsadli toʻldirish zarur! Qutidagi ortiqcha narsalardan xalos boʻlmas ekansiz, o’rnini maqsadli bilim va ko’nikma to’ldira olmaysiz Men, tabiiyki, koʻp bilish kerak emas, deyishdan yiroqman. Bilish kerak, ammo yuqorida aytgandek, avvalo maqsadlarni aniq qoʻyib, shu asosda bilim olib, ularni tajribada qoʻllash eng samarali va foydalisidir. Xulosa shuki, oʻz tanlagan yoʻlingizda - kasbingizda, faoliyatingizda eng kuchli bilim va tajribaga ega inson boʻlish, har xil yoʻnalishda oʻrtacha bilimga ega mutaxassis boʻlishdan afzaldir.
نمایش همه...