cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Dengiz ortidan

نمایش بیشتر
أوزبكستان11 953زبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
1 802
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-67 روز
-3330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from Global Halal
Namanganda Islom moliyaviy xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi Shavkat Mirziyoyev: "Namanganlik tadbirkorlar xususiy bank ochish tashabbusi bilan chiqsa, biz albatta ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning muqobil tizimlari joriy qilinadi. Jumladan, Namanganda Islom moliyaviy xizmatlariga keng yo‘l ochib beriladi". Telegram | Facebook | Instagram
نمایش همه...
Repost from Муҳрим
Самарқанд ва Америка 2023 йил, 15 июнь. ДХХ томонидан Самарқандда икки фуқарони Мексика орқали Қўшма Штатларга юбориши учун 44 минг доллар талаб қилган шахс ушланди. 2023 йил, 29 май. Самарқандда фуқароларни 30 минг доллар эвазига АҚШга жўнатмоқчи бўлган эркак ушлангани айтилмоқда. 2023 йил, 7 апрель. Самарқандда фуқароларни 50 минг долларга АҚШга, 24 минг долларга Канадага юбормоқчи бўлганлар ушланди 2023 йил, 27 март. Самарқандда фуқароларни 24 минг доллар эвазига Канадага юборишда гумонланган аёл ушланди. 2023 йил, 10 февраль. Самарқандда АҚШга Европа орқали етказиб қўйишни ваъда қилган икки киши ушланди. 2023 йил, 9 февраль. Самарқандда яшовчи фуқарони учинчи давлат орқали 15 минг доллар эвазига АҚШга етказиб қўйишни ваъда қилган шахс ушланди. 2022 йил, 12 декабрь. Самарқандда Мексика орқали АҚШга олиб киришни ваъда қилганлар ушланди. 2022 йил, 30 ноябрь. Яна бир самарқандликка 25 минг доллар эвазига АҚШга юборишни ваъда қилишди. 2022 йил, 21 июнь. Самарқанд ва Тошкентда 40 минг доллар эвазига АҚШга юборишни ваъда қилган аёллар ушланди. 2022 йил, 27 апрель. Самарқандда 40 минг доллар эвазига Туркия ва Лотин Америкаси мамлакатлари орқали АҚШга юборишни ваъда қилган шахс ушланди. 2022 йил, 26 январь. Самарқандда ўзбекистонликларни 60 минг доллар эвазига Мексика орқали АҚШга юборишни ваъда қилган шахс ушланди. 2021 йил, 28 декабрь. Икки самарқандликни жами 60 минг доллар эвазига АҚШга юборишни ваъда қилган шахсларга ушланди.
نمایش همه...
Today I feel Uzbek: https://youtu.be/VfSJfTRc6FY
نمایش همه...
Janni Infantino Do’stlik termalar markazi bilan tanishdi va O’zbekiston U20 TJ bilan ko’rishdi

02:02
Video unavailableShow in Telegram
Маълумотларга кўра, жаҳоннинг QS ва Times Higher Education (THE) каби рейтинглари бўйича кучли юзталикка кирувчи билим юртларида ўзбекистонлик ёшлар сони жуда камчиликни ташкил этар экан. Биргина Британиянинг Оксфорд университетида бор-йўғи 5 нафар ўзбек ёшлари таҳсил олар экан. Бироқ бу кўрсаткичлар Ўзбекистон ёшлари салоҳиятидан дарак бермайди. Томирларида Ал-Хоразмий, Беруний, Форобий, Ибн Сино каби дунё тан олган алломаларнинг қони оқаётган ЎЗБЕКИСТОН ёшлари дунёнинг энг нуфузли олий таълим даргоҳларининг энг иқтидорли, энг фахрли талабалари қаторидан ўрин олишга қодир. Фақатгина бунинг учун уларга тўғри йўналтириш бериш, руҳлантириш ҳамда нималарга қодирлигига ишонтириш зарур. 2021 йил ёзида ташкил этилган ва шу вақтга қадар 2650 нафарнинг юрагига олов, шижоат уруғларини солган, яна минглаб ёшларнинг орзу ва умидига айланаётган “IBRAT Camp” оромгоҳининг навбатдаги мавсумига старт берилибди. Бу йил оромгоҳда айнан жаҳоннинг ТОП университетларига қандай ўқишга кириш бўйича ўша таълим даргоҳларида таҳсил олган ва ўқиётган ёшларимиз мастер-класлар ўтказар экан. Мен ушбу оромгоҳга боришни интиқлик билан кутаётган барча ёшларга куч-қувват ва шижоат, орзулари ушалиб, энг нуфузли университетлардан бизларга алангали саломларини йўллаб қолишларини тилайман. @sanjarsaiduz
نمایش همه...
33 mb.mp434.10 MB
Parijga bo’lgan sevgim so’nib, yangi muhabbat g’unchalari yuragim sarhadlarini fath etmoqda
نمایش همه...
Parijga bo’lgan muhabbatim so’nib, yangi muhabat g’unchalari yuragim sarhadlarini fath etmoqda
نمایش همه...
00:27
Video unavailableShow in Telegram
Menga Parij yoqdi!
نمایش همه...
IMG_2242.MOV9.98 MB
Hammaga hayit muborak!
نمایش همه...
Repost from Saidaziz A’zamov
KONSTAning klipini bir necha marta koʻrib, ulashishdan avval oʻylanib yurdim. Oila a’zolarim va atrofdagilarimdan munosabatlarini soʻradim. Trekka KONSTAning oʻz hayotiy hikoyasi asos boʻlgan. U esa Rossiya bilan bogʻliq. Allaqachon koʻpchiligimiz sir emaski, Rossiyadagi “mehmon ishchilar”imiz turish-turmushi juda ogʻir. Buni qaysidir momentlarda Koreya va Turkiyada muhojir boʻlishga nisbatan ham aytish mumkin. Toʻgʻrisi, oʻzim “Oʻzbekistonlik” loyihasiga jalb qilingan boʻlsam ham, hatto uning gʻoyasi 2019- yilda paydo boʻlganidan beri kuzatsam ham, klipga kichik e’tirozim bor: Sharif aka oʻzi ham bilganidek, oʻsha qiyinchiliklarga toʻla musofirchilikdan yorib chiqish goʻzal bir fantaziya, san’at asari uchun zoʻr gʻoya, ammo real vaziyatda buning iloji koʻp emas, hamma ham oxirigacha kurasholmaydi. Boz ustiga, katta peer pressure (atrofdagilarning bosimi) bor. Lekin… Lekin men deyarli 3 yil Amerikada yashadim. Yuz minglab oʻzbeklar okean ortiga intilayotganining sabablaridan biri ham, nafsilamr gapni aytganda, bu u yerdagi osonchilikdir. Oyiga 2 ming dollar va undan koʻp orttiradigan yigitlar kuniga 8 soat ishlardi. Ammo doim zoʻr ovqatlanib, mashinalarda (hatto Lexus, BMW, Wolksvagen va Acuralarda) yurishga imkoniyat bor edi. AQShda konsyumerizmga (iste’molga berilish) yoʻl ochilgan. Devayslar boʻyicha ham, kiyim-kechak boʻyicha ham oddiy taksi haydovchisi yoki ovqat tashuvchi bemalol pulni bebiliska sarflashi oson edi va buni koʻp oʻzimda va oʻzimga oʻxshagan immigrantlarda kuzatganman. Men bu qoʻshiqni AQShdagi oʻzbekistonliklar eshitishi kerak deb oʻylayman. Ularning ozchilik boʻlmagan bir qismida, oʻzi umuman biz oʻzbeklarda, shunday odat borki, biz oʻzimizning katta imkoniyatlarimizga ishonmaymiz, oʻzimizni yerga uramiz, qisqa muddatda pul topishni oʻylab, katta ishlar qilishimizga asos boʻladigan yoshlik yillarimizni qurbon qilamiz. “Amerika — imkoniyatlar mamlakati” deyilganda oyiga 10 ming dollar pul topish emas, millionlab dollarlik kompaniyalar qurish ham nazarda tutilishi mumkin. Oxirgi 32 yil ichida oʻzbekistonliklar AQShda birorta ham milliard dollarli (yakkashox) kompaniya bunyod qilmadi, deyarli hech bir transmilliy korporatsiyada global darajada rahbarlik lavozimiga koʻtarilmadi, AQShdagi TOP universitetlarda vatandoshlarimizning salmogʻi juda kam. Hind, pokistonlik, mongoliyalik va xitoy millatiga mansub odamlar ichida yiliga 1 million dollar oladigan mutaxassislar bor, masalan. Mana bizdan hech qursa bitta odam loyiq boʻlgan imkoniyat! Bu pulni topish uchun oyiga 10 ming dollar topadigan trak haydovchisi 8,5 yil tinmay ishlashi kerak. Sogʻligʻi evaziga, katta ehtimol bilan. Qoʻshiqdan 10ga yaqin iqtibos qoʻshishim mumkin edi, lekin qaysi birini tanlashga ham ikkilandim. Oʻzbekistonliklar hammasini uddalay oladi. “Sen oʻzbeksan, sening ishing shu” deb chegara qoʻyishlariga yoʻl qoʻyib bersak, “oʻzimizga ishonmasak, hech kim bizga ishonmaydi.” https://youtu.be/EMDhqk8VHlE
نمایش همه...
KONSTA - O'zbekistonlik

10 oldin yuk tashuvchi, qurilishlarda usta yordamchisi bo‘lib ishlab yurgan Sharif, bugun Konsta taxallusi ostida O‘zbekistonning eng oldi repperlaridan biriga aylandi. Konsta O‘zbekistonlik loyihasidan, undagi taqdiri o‘ziga o‘xshash qahramonlaridan ilhomlanib, loyiha uchun saundtrek kuyladi.

Repost from N/a
04:11
Video unavailableShow in Telegram
Bu qish Oʻzbekiston uchun ancha noqulay keldi. Energetika tizimidagi inqiroz nafaqat tuman va qishloq aholisini, balki shaharliklarni ham ancha qiyin ahvolga solib qoʻydi. Tahlilchilar rejasiz qurilgan uylar va Citylar kollaps holatini yuzaga keltirganini aytishmoqda. Rejalashtirilmagan shaharsozlik nafaqat energetika tizimida, kanalizatsiya quvurlarida ham bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Asqarali Karimov Texas misolida shaharsozlik masalasiga toʻxtaldi. Undan tashqari 2023 yil kutilayotgan qurgʻoqchilik muammosi, suv haqida ham gaplashdik. Xullas, podkastda koʻtarilgan muammolar har birimizga tegishli, bilishimiz, ogoh boʻlishimiz kerak boʻlgan masalalar. Tomosha qiling, yoqtiring, koʻproq odamga yetib borishi uchun doʻstlaringizga ham ulashing. https://youtu.be/t0JGODREBy8
نمایش همه...
IMG_3745.MP421.60 MB
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.