cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

SURXONDARYO VILOYATI OTFIV BOSHQARMASI

Surxondaryo viloyati Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi M: At-Termiziy, 22uy Facebook:👇 https://www.facebook.com/SURXONKTRMXB 👉E-mail: [email protected] exat: [email protected] Официальный сайт 👉 http://surxonktrmxb.uz/

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
330
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Attestatsiya_natijasi
⚡️5047 nafar pedagogga malaka toifasi berildi
20–24-may kunlari pedagog.edu.uz sayti orqali hujjat topshirgan oʻrta maxsus (akademik litsey) va professional taʼlim muassasalarining 7576 nafar pedagog kadri attestatsiyadan oʻtkazilgan edi. Attestatsiya natijalariga ko‘ra 5047 nafar pedagogga malaka toifasi berildi, 1418 nafar pedagog o‘z malaka toifasini saqlab qoldi, 1064 nafar pedagog attestatsiyadan o‘tolmadi, 40 nafar pedagog uzrli sababli test sinovlarida ishtirok etmadi va 7 nafar pedagog noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan. ☝️Test sinovlarida ishtirok etgan pedagoglar o‘z natijalarini pedagog.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetga kirgan holda bilishlari mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
Kasb-hunar maktabining bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi Bugun, Uzun tuman 2-sonli kasb-hunar maktabida 228 nafar yigit-qizlarga diplom topshirish marosimi tantanali ravishda bayramona ruhda o‘tkazildi. Dastlab, tadbirning ochilish qismida O'zbekiston Respublikasining madhiyasi tinglandi. Tantanali marosimga o‘quvchilarning ota-onalari va kasb-hunar maktabi xodimlari ishtirok etdi. Kasb-hunar maktabi bitiruvchisi – bu keng ilmga ega bo‘lgan, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan hamnafas, zamonaviy kasb-hunar ishlariga tayyor bo‘lgan mutaxassisdir. Mazkur maktabda o'quvchilarga bilim berish borasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash asosiy maqsad qilib olingan. Uzun tuman kasb-hunar maktablarining bitiruvchilari kelgusida jonajon vatanimizni yanada rivojlanishi uchun o‘z hissalarini qo‘shadilar, deb umid bildiramiz. ✍🏻 Uzun tuman hokimligi Axborot xizmati Telegram I Facebook I Web-site I Youtube I instagram
نمایش همه...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#tabrik #Prof_ta’lim #bitiruvchi2024 Assalomu alaykum, aziz bitiruvchilar! Shu kunlarda yurtimizdagi 689 ta professional ta’lim muassasasida o‘quv yili yakunlanib, 177 ming nafardan ortiq yoshlarimiz o‘zlari tanlagan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olib, O‘zbekiston mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Qadrli yoshlar! Sizlarni eng avvalo, mana shu muhim kun – professional ta’lim to‘g‘risidagi diplomni qo‘lga olib, mustaqil katta hayotga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Hech shubhasiz, bilim, ko‘nikma va malakangizni Vatanimizga munosib farzand bo‘lishdek maqsadlarga sarflashga bel bog‘lagan siz kabi yoshlar – yangi O‘zbekistonning bebaho oltin xazinasidir. Aziz farzandlarim! Sizlar zamonaviy ta’lim olib, kasb-hunar o‘rganib, jamiyatimizda munosib o‘rin egallashingiz uchun mamlakatimizda beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Ulardan foydalanib, kelgusida yurtimizdagi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, katta-katta nufuzli tashkilotlarda mehnat qilib, egallagan bilim va malakangiz bilan mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishingizga ishonaman. Barchangizga kelgusi hayotda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Shuni unutmangki, kelajakda Sizni buyuk va mas’uliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq orzu-maqsadlar qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga, albatta, erishasiz.   Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
Repost from Edu.uz
Vazir: Har bir yoshning kelajagi ta’lim bilan chambarchas bog‘liq
2-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida vazirlikning kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosati, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar boʻyicha fikr almashildi. Bunda OTMlarning ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va mustahkamlash, tarmoq korxona va tashkilotlarida kafedralar filiallarini tashkil etish va dual taʼlimni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida urgʻu berildi. Yigʻilish kun tartibidagi yana bir muhim masalalardan biri — oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun imtihonlar topshirish jarayonlarini samarali tashkil etish boʻlib, abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun yetarli sharoitlarni yaratishga qaratilgan tashkiliy ishlarning holati boʻyicha axborot berildi. Oliygohlar rahbarlariga yangi oʻquv yilidan boshlab talabalarga taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi “Registrator ofislari” faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari lozimligi qayd etildi. Yigʻilishda rektorlarning amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha hisobotlari hamda fikr va mulohazalari tinglandi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
UzA | Onlayn tuzoqdan ehtiyot bo‘ling! Surxondaryo viloyatida 1-iyuldan 31-iyulgacha “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Termiz shahrida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber month“ doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni keng jamoatchilikka yetkazish” mavzuiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
UzA | Onlayn tuzoqdan ehtiyot bo‘ling! Surxondaryo viloyatida 1-iyuldan 31-iyulgacha “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Termiz shahrida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber month“ doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni keng jamoatchilikka yetkazish” mavzuiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. Batafsil: https://uza.uz/posts/612546 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
2 июль – “Ўзбекистон Республикаси Давлат герби тўғрисида”ги Қонун қабул қилинган кун Ўзбекистонда истиқомат қиладиган барча шахс давлатимиз гербини ҳурмат қилишлари шарт. Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/103048 Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/103048 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
نمایش همه...
Repost from Edu.uz
01:24
Video unavailableShow in Telegram
Kasb-hunar maktabi nima? Kasb-hunar maktabining afzallik va qulay taraflarini bilib oling.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
IMG_2646.MOV30.20 MB
Repost from Edu.uz
02:39
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 #Kasbhunar_maktabi
Kasb-hunar maktablariga onlayn ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Ro‘yxatdan o‘tish my.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
Kasb-hunar-maktabiga-onlayn-ariza-topshirish.mp45.76 MB
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #akademik_litsey ⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI 👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi. 📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146: 🔹IQ — 1.1*20 =22; 🔸1-fan — 3.1*20=62; 🔹2-fan — 3.1*20=62. Qabulga doir rasmiy bot: 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.