cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Ma'rufjon Blogi

Kitoblar haqida postlar. 💰Postlar manfaatli bo'lsa, donat uchun: 8600492984450854 Ikkinchi kanal: @bookinoman1 YouTube manzil: https://www.youtube.com/channel/UC9bOod_K-A7TKQv2Su0yjLw

نمایش بیشتر
طاجيكستان3 031زبان مشخص نشده استکتب14 504
پست‌های تبلیغاتی
939
مشترکین
-1024 ساعت
-327 روز
+7730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Musiqa inson hayotida alohida bir o‘ringa ega bo‘lim muhim kashfiyotlardan biri deb hisoblayman. Juda bir meloman bo‘lmasam ham chiroyli musiqalarni pleylistga yig‘ishni va albatta ulardan nimadir ma’no olishga, o‘rganishga harakat qilaman. Shunday musiqalar bo‘ladi, eshitganingda butun tanang titraydi. U xuddi sen uchun yaratilganday. Yana shunday musiqalar bo‘ladi, eshitganingda beixtiyor olis bir o‘tmish yoki o‘zing bo‘lmagan, lekin xayolan sayr qiladigan makonlarga borasan. Hamma narsamiz juda tez bo‘lgan bu hayotda bir on tinim olib, musiqa atalmish bir ne’matdan bahramand bo‘ling. Shunchaki xonangiz chirog‘ini o‘chirib, quloqchinni taqib, dunyodan uzilgan holda mana shu musiqalarni eshitib ko‘ring: 1. HOMIE — По дворам 2. Ummon — Vaqt 3. Avicii — Hey, brother 4. Michael Jackson — Earth Song 5. Eng gullagan yoshlik chog‘imda. Albatta, bu meni yodimga kelgan va yaxshi deb hisoblagan musiqalarim. Siz esa o‘zingizga yoqadigan, yuragingizga yaqin istalgan qo‘shiqlarni xuddi men aytgandek tinglab ko‘ring. Ichingizda nimadir o‘tadi. Musiqa sehridan bahramand bo‘lasiz. @marufjonblogi
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Noam Xomskiy 95 yoshida vafot etibdi. @marufjonblogi
نمایش همه...
👍 1 1🔥 1
Yaxshi savol: Badiiy adabiyotni yaxshiroq anglash uchun ilmiy manbalar, ilmiy kitoblar o'rni qanchalik muhim? Chunki juda ko'p badiiy kitoblarda biz ilg'amagan g'oyalar, qarashlar va shunga o'xshash jihatlar bo'ladi. @marufjonblogi
نمایش همه...
👍 5 2
Sevimli kitoblarimdan biri — Rey Bredberining “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja”dan iqtiboslar @marufjonblogi
نمایش همه...
👍 2 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bir yilcha avval bitta chellenj boshlagandim. O'zim o'sha chellenjga amal qilmaganim uchun ham e'tibordan chetda qolgandi. Bu faqatgina mening aybim edi. Endi o'sha chellenjni yana qaytaraylik. Xullas, 21 kun davomida kitob mutolaa qilamiz. Mana shu post ostiga har kuni o'qigan kitobingiz nomi va nechanchi betdan nechanchi betgacha yoki nechchi bet o'qiganingizni yozib ketasiz. Masalan, Karl Sagan. "Kosmos". 10-betdan 31-betga qadar. Shunchaki chellenj bu. Nega aynan 21? Chunki 22-kundan boshlab, bu odatga aylanishni boshlaydi. Bu safar o'zim ham jiddiyroq yondashishga harakat qilaman. Men bee'tibor qolsam ham, vazifani bajara olmay qolsam ham siz davom ettiring. O'zingiz oldingizda o'zingiz xursand bo'lasiz. @marufjonblogi
نمایش همه...
👍 9 1
Ishladiyov-a )
نمایش همه...
🎉 3
Repost from Book Talks
BookTalks Bilasiz-ki ushbu samimiy loyiha barcha kitobsevarlarniki. Loyihada seniki, meniki degan tushuncha mutlaq yo’q. Bizning maqsad, bizning reja - kabi pafos shiorlar-u, raqamlardan uzoqdamiz. Biz - kitobga befarq bo’lmagan, kitob sohasi, kitobsevarlikka befarq bo’lmaganlarni birlashtirishni istaymiz. Xo’sh - kitoblarni yana gapirtiramizmi? Hurmat bilan BookTalks jamoasi
نمایش همه...
4
Oxirgi paytlarda qog‘oz ko‘rinishidagi kitoblar mutolaasidan ko‘ra audio formatdagi roman yoki hikoyalarni ko‘proq eshitayotgan ekanman. Albatta, qog‘oz kitobga yetmaydi, lekin asosan ishga borishda, ko‘chada yurganda vaqtdan unumli foydalanishga audioformatdagi kitoblar ancha qo‘l kelyapti. Hozir sizlarga uncha katta bo‘lmagan, lekin eshitsangiz mazza qiladigan, kattaroq xulosa olishga undaydigan ba’zi hikoyalarni tavsiya etib ketaman: Aziz Nesin. “Adabiyotsevar”. Hikoyani eshitar ekanman, Aziz Nesinning satirasiga yana bir bor qoyil qoldim. U hozirgi kunda bizda ham avj olgan “kitobxon”lar yuziga oyna tutadi. https://www.youtube.com/watch?v=tV1Ja1FRvLg Murod Muhammad Do‘st. “Darvoza yonidagi it”. Madina Musayeva tomonidan o‘qilgan ushbu audiohikoya ham meni anchagina o‘yga toldirdi. Juda og‘ir hikoya. https://www.youtube.com/watch?v=ALafe24LsPQ Arkadiy Averchenko. “So‘qirlar”. Bu hikoya esa birov birovning o‘rnida bo‘lib ko‘rmaguncha u his qilayotgan narsalarni tushunmasligi, ba’zan odamlarga qilmoqchi bo‘lgan yaxshiliging o‘sha insongacha boshqacha tarzda yetib borishiga sababchi bo‘lishi haqida. Juda qiziq va o‘ylashga undaydigan hikoya. https://www.youtube.com/watch?v=eA2XxLfRI-E Agar sizda ham shunga o‘xshash hikoyalar tavsiyasi bo‘ladigan bo‘lsa, marhamat. @marufjonblogi
نمایش همه...
👍 11
Photo unavailableShow in Telegram
Ba'zi narsalar borki, ongimizda o'rnashib qolgach, u haqidagi fikrlarimiz o'zgarishi qiyin kechadi. Masalan, hindlar faqat muhabbat haqida kino olishadi (aslida ularda ko'rishga arziydigan boshqa mavzudagi filmlar bisyor), turklar faqat serial ishlashadi (turklarda zanglab qolishiga sal qolgan miyani o'ylashga majburlaydigan kinolari ham bor), Paulo Koelo foydasiz narsalar yozadi ("Alef"da pichoqqa ilinadigan narsalar bor), o'qituvchi doimo haq (faktlar bilan xatolarni keltiradigan talabalar bor). Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Qolipga solingan tarzda fikrlaydiganlarni bu qolipidan chiqarish juda mushkul vazifa. Hozirgi kunda, ayniqsa, insonlarning o'ziga nisbatan bahosi oshib ketgan davrda ularga ba'zi jabhalarda nohaq ekanligini uqtirish qiyin vazifa. Shuning uchun miyani oziqlantirib turish lozim. Zanglab qolishni oldini olishga kitob "moy" vazifasini o'taydi. Ana shunda "2 karra 2 = 5 bo'ladi, tamom" deb keskin o'zmasdan, balki to'rt bo'lar degan o'y ham xayolga keladi. @marufjonblogi
نمایش همه...
👍 5
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz. Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
نمایش همه...