cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

DORI HAQIDA

Assalomu Aleykum Kanalimizga xush kelibsiz. Biz bilan inshaolloh ilm o'rganasiz 🎥Video Ma'lumotlar 📸Rasmlar 📜Foydali maslahatlar 🔰Fikr va mulohazalar 👉 @Hd_Reklama_Agentlik Murojaat uchun 👉 @RuslanbekRaxmatov Inshaolloh 1.000.000 Obunachi

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استآموزش57 140
پست‌های تبلیغاتی
627
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

01:08
Video unavailableShow in Telegram
Germaniyadagi Restoranlardan birida 3D animatsiyaga guvoh bo'lishingiz mumkin. Siz shunday restoranga borgan bo'larmidizgiz? ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
نمایش همه...
video7.95 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Avgust oyi uchun imtihonlar taqvimi MUHIM MA'LUMOT: ● Imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish har oyning 1-kuni soat 09:00 da boshlanadi. ● 1-avgustdan boshlab kutuvchilar ro'yxati bekor qilinadi. ● Agar ro'yxatdan o'tishga ulgurmagan bo'lsangiz, vaqti-vaqti bilan saytni tekshirib turishingiz kerak. Bekor qilingan joylar avtomatik ravishda saytda paydo bo'ladi. ● Agar siz imtihonga roʻyxatdan oʻtib to’lov qilmasangiz, keraksiz band qilingan joylar sonini kamaytirish maqsadida, sizni keyingi 2 oyga imtihonlarga ro’yxatdan o’tishdan chetlashtirishga majbur bo’lamiz. ● Toʻlovni ro’yxatdan o’tganingizdan keyin 24 soat ichida amalga oshirishingiz kerak. Quyidagi to’lov usullari mavjud: „Uzum bank“ mobil ilovasi yordamida, UzCard va Humo kartalari orqali saytimizda yoki Imtihonlar byurosining qabul vaqtlarida naqd pulda ham to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. ● To’lov kechiktirilgan taqdirda, joyingiz bekor qilinadi va saytimizda ro’yxatdan o’tish uchun paydo bo'ladi. ✅Saytga kirish 📢 @Nemis_tili_kanal
نمایش همه...
#Suhbat 📜Mavzu: Work and Travel dasturi haqida ma’lumot, muammo va yechimlari Shuningdek hamyurtlarimizga kerakli maslaxatlar , qiziqtirgan savollariga javoblar 🎙️Suhbat mehmonlari: 📌Germaniyada Media menejeri yo’nalishida ishlayotgan Instagram tarmog’ida 173.000 obunachiga ega bo’lgan Germaniya Hayoti loihasi asoschisi Bozorov Behruz aka 📌Germaniyada Psixiatriya-Psixologiya yo’nalishida ishlayotgan Instagram tarmog’ida 142.000 obunachiga ega bo’lgan Germaniya Live loihasi asoschisi Xodjiev Nadir aka 📌Germaniyada stomatolog bo‘lib ishlab kelayotgan Nigora Okhunova 🔥Germaniya haqidagi eng katta tajribaga ega insonlardan ishonchli va foydali ma’lumotlar ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
نمایش همه...
record.ogg46.24 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#YANGILIK Issiq yoz uchun qaynoq yangilik 🔥 (28-Iyul Juma 21:00da ) 📜Mavzu: Work and Travel dasturining muammo va yechimlari . Shuningdek hamyurtlarimizga kerakli maslaxatlar , qiziqtirgan savollariga javoblar 🎙️Suhbat mehmonlari: 📌Germaniyada Media menejeri yo’nalishida ishlayotgan Instagram tarmog’ida 173.000 obunachiga ega bo’lgan Germaniya Hayoti loihasi asoschisi Bozorov Behruz aka 📌Germaniyada Psixiatriya-Psixologiya yo’nalishida ishlayotgan Instagram tarmog’ida 142.000 obunachiga ega bo’lgan Germaniya Live loihasi asoschisi Xodjiev Nadir aka 📌Germaniyada stomatolog bo‘lib ishlab kelayotgan Nigora Okhunova 📌Germaniya elchixonasi xodimlari(kutilmoqda…) 🔥Germaniya haqidagi eng katta tajribaga ega insonlardan ishonchli va foydali ma’lumotlarni olamiz in sha Alloh 🎙️Suhbat manzili: 👉https://t.me/Nemis_Tili_Kanal
نمایش همه...
02:48
Video unavailableShow in Telegram
🇩🇪 Germaniyada ishlash uchun imkoniyat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda xorojiy tashkilotlar hamkorligidagi loyihalar doirasida tibbiyot, transport-logistika sohalarida ishlash uchun fuqarolarning navbatdagi guruhi Germaniyaga jo‘nab ketishga tayyorlanmoqda. ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
نمایش همه...
master.mp418.79 MB
01:33
Video unavailableShow in Telegram
📌 Ausbildung dasturi haqida 🔎 Ausbildung nima? 🔎 Ausbildungga joy topish 🔎 Kvartira topish 🔎 Germaniyada Tibbiyot sohasida Ausbildung qilish 🔎 Maslahatlar Maslahatlar-2 Maslahatlar -3 🔎 Talab etiladigan til darajasi 🔎 Ausbildung saytiga kirish Kerakli bo’limni tanlab Ustiga bosing ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
نمایش همه...
D94B9E7F7FF1BC4624C5F5A552334B93_video_dashinit.mp417.03 MB
02:45
Video unavailableShow in Telegram
#DIQQAT O‘zbekiston – Germaniya: tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik , Tibbiyot xodimlari, nemis tilini o‘rgatish masalasi ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
نمایش همه...
1111.mp424.66 MB
Bloklangan hisob raqamni qanday ochaman (Germaniya)? Germaniya – koʻplab xalqaro talabalar uchun optimal taʼlim manzillaridan biri. Chunki bu mamlakatning aksariyat davlat universitetlarida oʻqish bepul, talabalar uchun ish topish ham oson va talaba ishlagan holda bemalol barcha xarajatlarini qoplay oladi. Lekin Germaniyaga talaba vizasi olish uchun qatʼiy bir talab bor – hisobingizda 1 kishi Germaniyada 1 yil yashashi uchun yetarli boʻlgan mablagʻ boʻlishi shart (2023-yil mart oyi holatiga koʻra, bu summa 11.208 yevro). Va bu mablagʻli bloklangan hisobga oʻtkazishingiz kerak. Bugun Germaniyaga talaba vizasini olish uchun Fintiba bloklangan hisob raqamni qanday ochish haqida maʼlumot beramiz. Fintiba nima? Fintiba Sutor banki bilan hamkorlikda talabalarga bloklangan hisob raqami ochish xizmatini koʻrsatuvchi xizmat. Nega aynan Fintiba? Chunki Fintiba orqali bloklangan hisob raqamni onlayn tarzda ochish mumkin. Bu talabalarni qogʻozbozlikdan qutqaradi va vaqtini tejaydi. Qanday ochiladi? Demak, Fintiba orqali bloklangan hisob raqam quyidagi tartibda ochiladi: 1. Fintiba saytida bloklangan hisob raqami ochasiz. Bu uchun yaroqli pasportingiz boʻlishi kerak. Saytda hisob raqam boʻyicha barcha tafsilotlar bor. Agar savollaringiz boʻlsa, sayt maʼmuriyati onlayn chat orqali bepul konsultatsiya beradi. 2. Ariza toʻldirish. Bloklangan hisob raqam ochish jarayonini boshlaganda onlayn arizani toʻldirish kerak. Bunda arizaga shaxsiy maʼlumotlarni kiritasiz va pasportingizning skanerlangan nusxasi bilan shaxsingizni tasdiqlaysiz. Tasdiqlash tugagach, bloklangan hisob raqamingiz ochiladi. Boʻldi, bloklangan hisob raqamga egasiz. Bu jarayon taxminan 10 daqiqa vaqt oladi. 3. Depozit mablagʻ. Endi talab etilgan mablagʻni bank oʻtkazmasi orqali (oʻzbek banklaridan foydalanib oʻtkazsa boʻladi) bloklangan hisobingizga oʻtkazishingiz kerak. Mablagʻning bloklangan hisob raqamingizga kelib tushishi qaysi bankdan oʻtkazganingizga qarab 5 kungacha, baʼzida bundan ham koʻproq vaqt olishi mumkin. 4. Tasdiq xabarini olish. Mablagʻ tushishi bilan Fintiba mablagʻ bloklangan hisob raqamga tushganini tasdiqlovchi email yuboradi va bloklangan hisob raqamingiz faollashadi. 5. Germaniya elchixonasida uchrashuv belgilash. Tasdiq xabarini olgach (yoki undan oldinroq), vizaga hujjatlarni topshirish uchun Germaniya elchixonasida uchrashuv belgilaysiz. Bunda Fintiba yuborgan tasdiq emailini printerdan chiqarib olasiz va boshqa hujjatlar bilan birga elchixonaga topshirasiz. Va boshqa hujjatlaringizda kamchilik boʻlmasa, talaba vizasini qoʻlga kiritasiz! 6. Mablagʻingizdan foydalanish. Germaniyaga borgach, istagan bankingizdan oʻzingiz uchun boshqa bir hisob raqam ochasiz va shu hisob raqamga Fintiba bloklangan hisob raqamidan har oy oʻtkazilib turadigan summani belgilab qoʻyasiz. Bu ham Fintiba veb-sayti orqali amalga oshiriladi. Fintibaʼning xizmat haqi qancha? 2023-yilning mart oyi holatiga koʻra, Fintiba xizmatidan foydalanishda 89 yevro dastlabki badal toʻlaysiz va keyinchalik har bir oy uchun sizdan 4,9 yevro toʻlov undiriladi. Qisqa qilib aytganda, kerakli summangiz boʻlsa, bloklangan hisob raqam masalasini hal qilish qiyin emas. ;) ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
نمایش همه...
Germaniyaning O’zbekiston elchixonasida beriladigan savollarni tarjimasi bilan. 1. Wie heiβen Sie? - Ismingiz nima? 2. Wie ist Ihr Name? - Ismingiz nima? 3. Wie ist Ihr Vorname? - Sizning ismingiz nima? 4. Wo sind Sie geboren? - Siz qayerda tug'ilgansiz? 5. Wann sind Sie geboren? - Siz qachon tug'ilgansiz? 6. Warum mőchten Sie nach Deutschland fahren?- Nega Germaniyaga bormoqchisiz? 7. Wo wohnen Sie im Heimatland? - Siz o'z davlatingizda qayerda yashaysiz? 8. Was gibt es in Ihrer Stadt? - Sizning shahringizda nima bor? 9. Wie lange mőchten Sie in Deutschland bleiben? - Germaniyada qancha vaqt turmoqchisiz? 10. Welche Pflichten haben Sie in deutschland? - Germaniyada qanday majburiyatlaringiz bor? 11. Was machen Sie in Ihrer Freizeit? - Bo'sh vaqtingizda nima bilan shug'ullanasiz? 12. Was ist Ihr Hobby? - Sizning sevimli mashg'ulotingiz nima? 13. Kőnnen Sie Kochen? - Ovqat pishira olasizmi? 14. Was wűrden Sie kochen? - Siz nima pishirardingiz? 15. Wie sind Sie nach Taschkent gekommen? - Toshkentga qanday keldingiz? 16. Wann sind Sie angekommen? - Qachon keldingiz? 17. Wann ist Ihr Zug/Flugzeug angekommen? - Poezd / samolyotingiz qachon yetib keldi? 18. Haben Sie Geschwister? - Sizning aka-ukalaringiz bormi? 19. Wo haben Sie Deutsch gelernt? - Nemis tilini qayerdan o'rgangansiz? 20. Wie lange haben Sie Deutsch gelernt? - Siz qachondan beri nemis tilini o'rgangansiz? 21. Wozu brauchen Sie Deutschkenntnisse? - Nega sizga nemis tilini bilishingiz kerak? 22. Haben Sie den Vertrag unterschreiben? - Siz shartnomani imzoladingizmi? 23. Was fűr ein Tag ist heute? Montag, Dienstag… - Bugun qaysi kun? Dushanba, seshanba ... 24. Wie ist das Datum heute?- Bugun qaysi sana? 25. Wie ist das Wetter heute? - Bugungi ob havo qanday? 26. Mőchten Sie in Deutschland bleiben? - Germaniyada qolishni xohlaysizmi? 27. Mőchten Sie in Deutschland heiraten? - Germaniyada turmush qurishini xohlaysizmi? 28. Welche Sprachschule werden Sie besuchen? - Siz qaysi til maktabiga tashrif buyurasiz? 29. Sagen Sie bitte Ihre Telefonnummer.- Iltimos, o'z telefon raqamingizni ayting. 30. Haben Sie ein Sprachzeugnis? - Sizda til sertifikati bormi? 31. Haben Sie Passfotos? - Sizda pasport fotosuratlaringiz bormi? 32. Haben Sie den Fragebogen ausgefűllt? - So'rovnomani to'ldirdingizmi? 33. Haben Sie die Versicherung dabei? - Sizda sug'urta bormi? 34. Bei welcher Versicherungsgesellschaft sind Sie versichert? - Qaysi sug'urta kompaniyasida sug'urtalangansiz? 35. In welche Stadt fahren Sie? - Siz qaysi shaharga borasiz? 36. Haben Sie die Internetseite der Agentur besucht? - Siz agentlik veb-saytiga tashrif buyurdingizmi? 37. Wie spät ist es? – Soat necha bo’ldi? ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
نمایش همه...
Germaniyaning eng zo’r, o’qisa arzigulik universitetlar ro’yhati. Universitetni tanlash butun hayotingizga ta'sir qilishi mumkin. Shu sababli, siz qaysi universitetga kirib o'qishni xohlashingiz haqida chuqur o'ylab ko'ring. Kelajak uchun o'qishni tanlaganingizda universitet juda muhim hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ko’pchilikni istak- hoxishi bilan biz Germaniyadagi eng zo’r, cho’ntakbop universitetlar ro’yxatini “Oliy ta’limni rivojlantirish markazi “ yordamida tuzib chiqdik. Maqolamizni kirish qismida, biz umumiy ma’lumotlar keltiramiz. Bizni kuzatib boring, biz har bir universitet bo’yicha batafsil to’xtalib o’tamiz. Germaniyada oliy ta’limni rivojlantirish markazi ma’lumotlariga ko’ra 2018 yildagi eng zo’r Universitetlar reytingi. TOP 10 🔟. Albert-Ludwigs-Universität Freiburg Dunyo bo’yicha : 171 www.uni-freiburg.de 9⃣. Eberhard Karls Universität Tübingen Dunyo bo’yicha: 164 www.uni-tuebingen.de 8⃣. Technische Universität Berlin Dunyo bo’yicha: 144 www.tu-berlin.de 7⃣. Rheinisch-Westfälische Technische Hochschule Aachen Dunyo bo’yicha: 141 www.rwth-aachen.de 6⃣. Freie Universität Berlin Dunyo bo’yicha: 125 www.fu-berlin.de 5⃣. Humboldt-Universität zu Berlin Dunyo bo’yicha: 120 www.hu-berlin.de 4⃣. Karlsruher Institut für Technologie (KIT) Dunyo bo’yicha: 107 www.kit.edu 3⃣. Ruprecht-Karls-Universität Heidelberg Dunyo bo’yicha: 68 www.uni-heidelberg.de 2⃣. Ludwig-Maximilians-Universität München Dunyo bo’yicha: 66 www.uni-muenchen.de 1⃣. Technische Universität München Dunyo bo’yicha: 64 www.tum.de Ba’tafsil ma’lumoatlarni universitetlarning web sahifalaridan olishingiz mumkin. ____________________________ 📢 @Nemis_tili_kanal -Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Bepul darslar va Germaniya Grandlari kanali🇩🇪
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.