"O‘zatom" agentligi
رفتن به کانال در Telegram
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining rasmiy kanali Ishonch telefoni: 71 202 09 11 info@uzatom.uz www.gov.uz/oz/uzatom Sahifalarimiz: facebook.com/uzatominfo/ instagram.com/uzatominfo/
نمایش بیشتر2 045
مشترکین
+224 ساعت
+147 روز
+4030 روز
آرشیو پست ها
2 045
От трудных формул к азарту: как ученики сдали интерактивный зачет в Информационном центре
Можно ли проверить знания по физике без привычных контрольных и страха перед оценкой? Ученики 7-х классов доказали, что да!
Во время визита в Информационный центр по атомным технологиям Агентства «Узатом» семиклассники сначала погрузились в теорию: изучили детализированный макет АЭС, разобрались в принципах работы реактора и узнали, как атомы помогают врачам диагностировать болезни, а аграриям защищать урожай.
Однако главное испытание ждало их впереди. Вместо парты и листочков настоящая интеллектуальная дуэль. Чтобы проверить, насколько хорошо усвоен материал, для ребят провели азартный интерактивный квест. Школьники на скорость разгадывали атомные кроссворды, наперегонки расшифровывали сложные термины и на практике применяли только что услышанные факты. Такой игровой зачет не просто закрепил новые знания, но и показал: сложная ядерная наука может быть понятной, живой и увлекательной.
Интересно? Организовать такую же яркую и полезную экскурсию для своих учеников легко – просто отправьте заявку на mediacenter@uzatom.uz, и мы подберём удобное время для визита вашего класса!
Подписывайтесь на нашу новую страницу в Facebook
2 045
+4
Murakkab formulalardan qizg‘in ishtiyoq sari: Informatsion markazda o‘quvchilar interaktiv sinovdan qanday o‘tishdi?
Fizika fani bilimlarini odatiy nazorat ishlari va baholar oldidagi qo‘rquvlarsiz baholash mumkinmi? 7-sinf o‘quvchilari buning imkoni borligini isbotlashdi!
“O‘zatom” agentligining Atom texnologiyalari axborot markaziga tashrif davomida o‘quvchilar avval nazariyaga sho‘ng‘ishdi: AES maketini to‘liq o‘rganishdi, reaktorning ishlash prinsiplarini tushunib olishdi hamda atomlar shifokorlarga kasalliklarni tashxislashda, dehqonlarga esa hosilni himoya qilishda qanday yordam berishini bilib olishdi.
Lekin eng asosiy sinov ularni oldinda kutib turgan edi. Parta va qog‘ozlar o‘rniga haqiqiy intellektual bellashuv! Material qanchalik yaxshi o‘zlashtirilganini tekshirish uchun o‘quvchilar orasida qiziq interaktiv kvest o‘tkazildi. Bolalar tezlik bilan atomga oid krossvordlarni yechishdi, murakkab atamalar bobida musobaqalashib, eshitgan yangi maʼlumotlarni amalda qo‘llashdi. Bu kabi o‘yin tarzidagi sinov imtihoni nafaqat yangi bilimlarni mustahkamladi, balki murakkab yadro fani tushunarli, jonli va maroqli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Siz ham qiziqib qoldingizmi? O‘quvchilar uchun shu kabi yorqin va foydali ekskursiyani tashkil etish oson – shunchaki mediacenter@uzatom.uz elektron manziliga murojaat yuboring va biz sinfingiz tashrifi uchun qulay vaqtni belgilaymiz!
Ekskursiyadan ko‘proq fotosuratlarni bu yerda tomosha qiling 📸
2 045
Repost from Rasmiy axborot
+3
🌐 Google bilan hamkorlik yangi bosqichda: O‘zbekistonda AI, raqamli xizmatlar va yangi avlod kadrlari ekotizimi yaratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Google kompaniyasi vise-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Google o‘rtasidagi texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.
💝 Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik. Buning natijasida O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yo‘l ochilmoqda,- deydi Administratsiya rahbari.❗️ Bugun bu hamkorlik oddiy raqamli xizmatlar doirasidan ancha kengayib, O‘zbekistonning IT salohiyatini oshirish va Markaziy Osiyoda texnologik markaz sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan strategik yo‘nalishga aylanmoqda. ➡️ Bu hamkorlikning eng muhim natijalari quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: 💳 Google Pay O‘zbekistonda ishga tushadi 🔷Visa va Mastercard kartalari uchun Google Pay xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. 🤖 O‘zbek tili Google Gemini’ga integratsiya qilinadi 🔷 Google Cloud Gemini platformasida o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlash mahalliy tildagi AI yechimlarini yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. BigQuery va Dataplex kabi texnologiyalar esa iqtisodiyot tarmoqlarida katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha pilot loyihalarda qo‘llaniladi. 🛡 Kiberxavfsizlik va raqamli kadrlar 🔷 Google texnologiyalari asosida milliy kiberxavfsizlik yo‘nalishida mutaxassislar salohiyatini oshirish, yangi o‘quv dasturlari va xalqaro sertifikatlash imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. 🎓 O‘zbekiston kadrlari Google ekotizimiga kirib bormoqda 🔷 Coursera orqali Google’ning «Inson + AI» kurslarida 737 mingdan ziyod foydalanuvchi ta’lim olgan va sertifikatlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, har yili 25 nafar talabani Google ofislarida stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan. Eng muhimi, hamkorlik startaplarni qo‘llab-quvvatlash, xakatonlar o‘tkazish, ta’lim va AI bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash orqali mahalliy IT ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan. 🧊 Google bilan hamkorlikning yangi bosqichi O‘zbekistonda texnologiyani shunchaki iste’mol qilishdan uni yaratish, moslashtirish va eksport qilishga o‘tish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi,- deb ta'kidladi S.Mirziyoyeva.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
2 045
Repost from Saida Mirziyoyeva
BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda. Ular qatorida, jumladan, O‘zbekiston ham bor.
Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi.
—
Штаб-квартира ООН в рамках 81-й сессии Генеральной Aссамблеи принимает делегации почти 130 стран, включая Узбекистан.
Делегация нашей страны в ходе общих прений заслушала доклады ряда глав государств.
2 045
Toshkent shahridagi Zamonaviy san’at markazida “Shashmaqom. The Method” multisensorli namoyishi bo‘lib o‘tdi
6-sentabr kuni Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazining ochilish marosimi doirasida Safo.Method ijodiy birlashmasi “SHASHMAQOM. THE METHOD” nomli noyob multisensorli performans premyerasini taqdim etdi. O‘zbek an’anaviy merosini yangicha, zamonaviy talqinda qayta anglashga qaratilgan ushbu tashabbus O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ilgari surildi. Loyiha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi ko‘magida amalga oshirildi.
“SHASHMAQOM. THE METHOD” sahna asari an’anaviy akademik konsert formatini immersiv, multisensorli tajribaga aylantiradi. Tomoshabinga shashmaqomni zamonaviy idrok me’morchiligi prizmasi orqali yangicha talqin qilish taklif etildi. Unda asl musiqiy meros katta hajmli elektron tovushlar, vizual effektlar hamda maxsus tanlangan iforlar bilan uyg‘unlashib, shashmaqomni bugungi tinglovchi uchun yanada dolzarb va ta’sirchan shaklda namoyon etadi.
Performansning asosiy g‘oyasi – shashmaqomning ko‘p asrlik tarix davomida saqlab qolinishini tadqiq etishdan iborat. Spektakl 1920-yillarda jadidchilik harakatining atoqli namoyandasi Abdurauf Fitrat va etnograf Viktor Uspenskiy tomonidan amalga oshirilgan mislsiz mehnat haqida hikoya qiladi. Ular ilk bor og‘zaki an’anani Yevropa nota yozuvi tiliga o‘girib, shashmaqomning cholg‘u qismlarini yozma ravishda qayd etganlar. Ushbu harakatlar 1960-yillarda bastakor Yunus Rajabiy tomonidan davom ettiriladi. U shashmaqomning vokal qismini, jumladan, ayollar ansambli ijrosini magnit lentalarga muhrlab, uning noyob meros sifatida saqlanib qolishiga katta hissa qo‘shgan. Ushbu ansamblda Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Zaynab Polvonova, Fotima Boruxova va boshqa atoqli ijrochilar ijod qilgan. Ularning iste’dodi ko‘p asrlik gender qoliplarini yengib o‘tib, an’anaga ayol ovozi olib kirilishiga sabab bo‘ldi.
Facebookdagi yangi sahifamizga obuna bo‘ling
~
Мультисенсорный перформанс «Shashmaqom. The Method» представлен в Центре современного искусства в Ташкенте
6 сентября в рамках публичного открытия Центра современного искусства в Ташкенте творческое объединение Safo.Method представило премьеру уникального мультисенсорного перформанса «SHASHMAQOM. THE METHOD». Данная инициатива, нацеленная на новое, современное осмысление традиционного узбекского наследия, была выдвинута Фондом развития культуры и искусства Узбекистана. Содействие в реализации этого проекта оказало Агентство по атомной энергии при Кабинете Министров Республики Узбекистан.
Постановка «SHASHMAQOM. THE METHOD» преобразует традиционный академический концерт в иммерсивное мультисенсорное погружение. Зрителю было предложено новое прочтение шашмакома через призму современной архитектуры восприятия, соединяющее аутентичное музыкальное наследие с объемным электронным звучанием, визуальными эффектами, а также специально подобранными ароматами, делая его актуальным для современной аудитории.
Ключевая идея перформанса – в исследовании вековой истории спасения шашмакома. Спектакль рассказывает о беспрецедентной работе, проделанной в 1920-х годах выдающимся деятелем джадидского движения Абдурауфом Фитратом и этнографом Виктором Успенским, которые впервые перевели устную традицию на язык европейской нотной грамоты, зафиксировав инструментальные партии. Повествование продолжается историей композитора Юнуса Раджаби, в 1960-х годах сохранившего на магнитных лентах вокальную часть, включая женский ансамбль, в состав которого входили Берта Давыдова, Коммуна Исмоилова, Зайнаб Половонова, Фотима Борухова и другие выдающиеся исполнительницы, чей талант сломал многовековые гендерные стереотипы, подарив традиции женское звучание.
Подписывайтесь на нашу новую страницу в Facebook
2 045
+4
O‘zbekiston XAEAning 70-yubiley Bosh konferensiyasida ishtirok etmoqda
Vena xalqaro markazida XAEAning 70-Bosh konferensiyasi o‘z ishini boshladi. 18-sentabrga qadar davom etadigan ushbu yubiley sessiyasi Agentlikka a’zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari va soha ekspertlarini bir maydonga jamladi. Bundan roppa-rosa 70 yil avval – 1957-yilda aynan birinchi Bosh konferensiya bilan XAEAning tinchlik atomi yo‘lidagi global tarixi boshlangan edi. Bugungi yubiley sessiyasi nafaqat o‘tgan davr sarhisobi, balki energetika, xavfsizlik, kafolatlar hamda gumanitar dasturlarning kelajakdagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim poydevordir.
An’anaga ko‘ra, sessiyaning ilk kunida Bosh konferensiyaga yangi prezident saylandi. Bu sharafli lavozimni Argentinaning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili va elchisi Gustavo Rodolfo Zlauvinen egalladi. Konferensiya ishini esa XAEA Bosh direktori Rafael Mariano Grossi o‘zining dasturiy ma’ruzasi bilan ochib berdi.
Ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev boshchilik qilmoqda.
O‘zbekiston uchun Venadagi ushbu haftalik shunchaki rasmiy ishtirokdan iborat emas. Mamlakatimiz dunyoning bosh atom maydonchasiga aniq va salmoqli natijalar bilan chiqmoqda. Bugungi kunda respublikamizda mustahkam huquqiy baza shakllantirildi, Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi uchun maydoncha belgilandi va ushbu loyiha xalqaro miqyosda yuqori baholandi.
Davomi saytda
~
Узбекистан на 70-й Генеральной конференции МАГАТЭ
14 сентября в Венском международном центре открылась 70-я Генеральная конференция МАГАТЭ. Юбилейная сессия, которая продлится до 18 сентября, собрала государства — члены Агентства, международные организации и экспертное сообщество.
Семь десятилетий назад, в 1957 году, именно с Генеральной конференции началась история МАГАТЭ как глобальной площадки мирного атома. Сегодня это не просто годовщина: юбилейная сессия подводит итог пути Агентства и задаёт его курс на следующий этап
— в энергетике, безопасности, гарантиях и гуманитарных программах.
Как и на каждой очередной сессии, Генеральная конференция избрала своего президента. На 70-й юбилейной сессии этот пост занял Посол и Постоянный представитель Аргентины при международных организациях в Вене Густаво Родольфо Цлаувинен.
Работу конференции открыл программный доклад Генерального директора МАГАТЭ Рафаэля Мариано Гросси.
Делегацию Республики Узбекистан на 70-й Генеральной конференции МАГАТЭ возглавляет директор Агентства «Узатом» Азим Ахмедхаджаев.
Для Узбекистана эта неделя в Вене — не формальное присутствие. Страна выходит на главную атомную площадку мира уже
с работающей программой: сформирована правовая база, запущена площадка в Джизакской области, получена международная оценка.
Продолжение – на сайте
2 045
Atom texnologiyalari, saratonni davolash va qurgʻoqchilikka chidamli oziq-ovqat mahsulotlari oʻrtasida qanday umumiylik bor?
Bir qarashda hech qanday. Biroq aynan ushbu yoʻnalishlarni bugungi kunda Oʻzbekiston va XAEA oʻrtasidagi hamkorlik birlashtirmoqda.
Yadro tibbiyoti hamda onkologiya markazlarini modernizatsiya qilishdan tortib, Atoms4Food va ZODIAC dasturlarigacha – yadroviy texnologiyalar energetikadan boshqa joylarda ham faol qoʻllanilmoqda.
2030-yilgacha Oʻzbekistonda 15 ta hududiy onkologiya markazi modernizatsiya qilinadi.
Yangi texnologiyalar, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini hal etishga ham yordam bermoqda.
Atom texnologiyalari har kunlik hayotimizga biz oʻylagandan koʻra ancha yaqinroq boʻlishi mumkin.
Batafsil: “Oʻzatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayevning Venadagi XAEA Bosh konferensiyasining 70-sessiyasidagi nutqida.
Direktorning Instagramdagi sahifasiga obuna bo‘ling
~
Что общего у атомных технологий, лечения рака и еды, устойчивой к засухе?
На первый взгляд – ничего. Однако именно эти направления сегодня объединяет сотрудничество Узбекистана и МАГАТЭ.
От ядерной медицины и модернизации онкоцентров до Atoms4Food и ZODIAC – ядерные технологии уже работают далеко за пределами энергетики.
До 2030 года в Узбекистане будут модернизированы 15 региональных онкологических центров.
Новые технологии помогают также решать задачи продовольственной безопасности.
Атомные технологии могут быть намного ближе к нашей повседневной жизни, чем кажется.
Подробности – в выступлении директора Агентства «Узатом» Азима Ахмедхаджаева на 70-й очередной сессии Генеральной конференции МАГАТЭ в Вене.
Подписывайтесь на страницу директора в Instagram
2 045
Nima uchun butun dunyo Oʻzbekistonning birinchi AES loyihasini diqqat bilan kuzatmoqda?
Ushbu loyiha ortida nafaqat energetika, balki xalqaro yadroviy xavfsizlik nuqtai nazaridan ham nimalar turibdi? Bu haqda "Oʻzatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayevning 14–18-sentabr kunlari Venada boʻlib oʻtayotgan XAEA Bosh konferensiyasining 70-sessiyasidagi nutqida.
Navbatdagi materiallarimizda esa Oʻzbekiston delegatsiyasining ushbu konferensiyadagi ishtiroki, muhim uchrashuvlar va uning yakuniy natijalari haqida batafsil maʼlumot beramiz.
Direktorning Instagramdagi sahifasiga obuna bo‘ling
~
Почему весь мир будет следить за первой АЭС Узбекистана?
Что стоит за этим проектом – не только с точки зрения энергетики, но и с точки зрения международной ядерной безопасности? Об этом – в выступлении директора Агентства «Узатом» Азима Ахмедхаджаева на 70-й очередной сессии Генеральной конференции МАГАТЭ, проходящей 14–18 сентября в Вене.
А в следующих материалах мы подробнее расскажем об участии делегации Узбекистана в этой конференции, ключевых встречах и итогах ее работы.
#iaea #nuclearsafety #nuclearnonproliferation #nuclearpolicy #nuclearsecurity
Подписывайтесь на страницу директора в Instagram
2 045
+4
Узбекистан представил на Всемирном ядерном симпозиуме в Лондоне модель интегрированной АЭС
По итогам рабочего визита делегации Агентства «Узатом», состоявшегося 10–11 сентября т.г. в Лондоне, Республика Узбекистан представила международному ядерному сообществу собственный подход к развитию атомной энергетики.
На 51-м Всемирном ядерном симпозиуме Всемирной ядерной ассоциации (WNA) в рамках тематической сессии «Новые пути к ядерной энергетике» озвучен опыт реализации первого в мире проекта интегрированной АЭС. Проект сочетает энергоблоки большой мощности ВВЭР-1000 и реакторы малой мощности РИТМ-200Н и осуществляется в рамках стратегических реформ Президента Республики Узбекистан по укреплению энергетической безопасности страны.
Участники сессии дали положительную оценку узбекской модели: последовательное институциональное строительство отрасли, долгосрочное планирование, формирование нормативной и инфраструктурной базы, привлечение международной экспертизы.
Председатель Совета по атомной энергии Руанды, советник Президента Руанды Лассина Зербо назвал опыт Узбекистана показательным для развивающихся государств и особо отметил роль Агентства «Узатом» как единого координатора атомной отрасли. Таким образом, симпозиум стал не только площадкой для презентации национальной программы, но и подтверждением того, что подход Узбекистана воспринимается профессиональным сообществом как системный и ориентированный на долгосрочное развитие.
Логичным продолжением этой работы стали двусторонние встречи с ключевыми международными партнёрами — уже не в формате общей дискуссии, а по конкретным направлениям сотрудничества.
На полях симпозиума интерес международного сообщества к программе Узбекистана перешёл в двусторонние переговоры.
С руководством французской компании Orano обсуждены сотрудничество в ядерном топливном цикле и подходы к обращению с отработавшим ядерным топливом. Стороны договорились продолжить консультации и организовать визит узбекских специалистов на профильные объекты во Франции.
Эту же логику — от общего признания к конкретным механизмам партнёрства — продолжила встреча с генеральным директором WNA и Всемирного ядерного университета.
Рассмотрены перспективы полноправного членства Узбекистана в ассоциации, региональное взаимодействие в Центральной Азии и образовательные программы. Узбекистан включён в число кандидатов на проведение мероприятий университета.
Технологический контур визита дополнили переговоры с компанией AtkinsRéalis: стороны договорились изучить возможности реакторов CANDU и оценить целесообразность их применения в Республике Узбекистан.
Завершила программу встреча с руководством атомной отрасли Руанды, где стороны подтвердили взаимный интерес к обмену опытом и проведению совместных ознакомительных мероприятий.
В совокупности публичная часть симпозиума и последовавшие переговоры сложились в единую линию: Узбекистан не только представил свою модель атомной энергетики, но и перевёл международный интерес в конкретные треки сотрудничества — от топливного цикла и членства в WNA до образовательных программ и обмена опытом с новыми партнёрами.
Подписывайтесь на нашу новую страницу в Facebook
2 045
+4
O‘zbekiston Londondagi Butunjahon yadro simpoziumida integratsiyalashgan AES modelini taqdim etdi
“O‘zatom” agentligi delegatsiyasining joriy yil 10–11-sentyabr kunlari Londonga qilgan amaliy tashrifi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro yadro hamjamiyatiga atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha o‘z yondashuvini taqdim qildi.
Butunjahon yadro assotsiatsiyasining (WNA) 51-Butunjahon yadro simpoziumida “Yadro energetikasiga yangi yo‘llar” mavzusidagi sessiya doirasida dunyodagi birinchi integratsiyalashgan AES loyihasini amalga oshirish tajribasi e’lon qilindi. Mazkur loyiha katta quvvatli VVER-1000 energobloklari va kichik quvvatli RITM-200N reaktorlarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat energetika xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan strategik islohotlari doirasida amalga oshirilmoqda.
Sessiya ishtirokchilari O‘zbekiston modeliga ijobiy baho berdilar hamda sohaning izchil institutsional qurilishi, uzoq muddatli rejalashtirish, me’yoriy va infratuzilmaviy bazani shakllantirish, xalqaro ekspertizani jalb etish jarayonlarini alohida qayd etdilar.
Ruanda Atom energiyasi kengashi raisi, Ruanda Prezidentining maslahatchisi Lassina Zerbo O‘zbekiston tajribasini rivojlanayotgan davlatlar uchun ibratli ekanini ta’kidlab, “O‘zatom” agentligining atom sohasidagi yagona muvofiqlashtiruvchi sifatidagi rolini alohida e’tirof etdi. Shu tariqa, simpozium nafaqat milliy dastur taqdimoti uchun maydon bo‘libgina qolmay, balki O‘zbekiston yondashuvi professional hamjamiyat tomonidan tizimli va uzoq muddatli rivojlanishga yo‘naltirilgan deya baholanayotganing amaliy tasdig‘i ham bo‘ldi.
Bu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida asosiy xalqaro hamkorlar bilan umumiy munozara shaklida emas, balki hamkorlikning aniq yo‘nalishlari borasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Simpozium doirasida xalqaro hamjamiyatning O‘zbekiston dasturiga bo‘lgan qiziqishi ikki tomonlama muzokaralarga aylanib ketdi.
Fransiyaning “Orano” kompaniyasi rahbariyati bilan yadro yoqilg‘isi siklidagi hamkorlik hamda ishlatilgan yadro yoqilg‘isi bilan muomala qilish yondashuvlari muhokama qilindi. Tomonlar maslahatlashuvlarni davom ettirishga va o‘zbekistonlik mutaxassislarning Fransiyadagi sohaviy obyektlarga tashrifini tashkil etishga kelishib oldilar.
WNA va Butunjahon yadro universiteti bosh direktori bilan o‘tkazilgan uchrashuvda umumiy e’tirofdan aniq amaliy hamkorlik mexanizmlariga o‘tish tamoyili davom ettirildi. O‘zbekistonning assotsiatsiyaga to‘laqonli a’zo bo‘lish istiqbollari, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik va ta’lim dasturlari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston universitet tadbirlarini o‘tkazishga nomzod mamlakatlar qatoriga kiritildi.
Tashrifning texnologik yo‘nalishini AtkinsRéalis kompaniyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar to‘ldirdi: tomonlar CANDU reaktorlarining imkoniyatlarini o‘rganishga va ularni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashning maqsadga muvofiqligini baholashga kelishib oldilar.
Dastur Ruanda atom sohasi rahbariyati uchrashuvi bilan yakunlandi, unda tomonlar tajriba almashish va qo‘shma tanishtiruv tadbirlarini o‘tkazishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Simpoziumning ochiq qismi va uning doirasidagi muzokaralar yagona maqsadga xizmat qildi: O‘zbekiston nafaqat o‘zining atom energetikasi modelini taqdim etdi, balki xalqaro hamjamiyat e’tiborini yoqilg‘i sikli, WNAga a’zolik, ta’lim dasturlari hamda yangi hamkorlar bilan tajriba almashish kabi aniq amaliy yo‘nalishlarga qarata oldi.
Facebookdagi yangi sahifamizga obuna bo‘ling
2 045
#ИНФОРМАЦИОННЫЙ_ЦЕНТР
Профориентационные сессии для будущих инженеров
Будущее энергетики и высоких технологий формируется не только на научных форумах, но и в умах учеников, которые сегодня выбирают свою будущую специальность. Информационный центр по атомным технологиям Агентства «Узатом» провел профориентационную сессию для десятиклассников средней школы № 328. Подобные встречи выходят далеко за рамки классических познавательных экскурсий: их ключевая задача – сформировать объективное понимание роли ядерных инноваций в современном мире.
Практика показывает, что представления молодежи об атомной отрасли часто ограничены стереотипами. В ходе мероприятия старшеклассникам продемонстрировали реальный масштаб применения мирного атома, охватывающий медицину, промышленность и сельское хозяйство. Особый акцент был сделан на индустриальных перспективах страны, включая проект строительства АЭС в Фаришском районе Джизакской области, детали которого ребята изучили на действующем макете.
Главной ценностью встречи стал живой отклик самих участников, многие из которых пересмотрели прежние взгляды на энергетический сектор.
«После сегодняшней экскурсии один из главных мифов, который полностью развеялся, был связан с безопасностью радиации. С детства я думал, что АЭС наносят большой вред окружающей среде, а почва, воздух и вода сильно загрязняются, поэтому рядом с станциями не должно быть населенных пунктов. Сегодня мое мнение изменилось: оказывается, выбросы в атмосферу минимальны и далеко не превышают допустимые нормы», – поделился впечатлениями Кирилл Безделига.Интерактивный формат с командными состязаниями позволил оценить не только вовлеченность аудитории, но и способность ребят анализировать сложные технологические процессы. Насыщенная подача материала и наглядная демонстрация разработок стали для участников стимулом задуматься о выборе профессии.
«Экскурсия оставила прекрасные впечатления, мы узнали много нового. Нам рассказали о направлениях применения мирного атома, и среди них оказались весьма неожиданные, например, сельское хозяйство. Специалисты показали детализированные макеты и все объяснили простым, понятным языком. Я всерьез заинтересовался этой сферой и надеюсь, что в будущем смогу прийти сюда уже в качестве сотрудника»
, – отметил
Саидъало Акрамов
.Отдельная часть встречи была посвящена возможностям получения профильного высшего образования. Ученикам презентовали образовательные программы Ташкентского филиала НИЯУ МИФИ, подробно разъяснив правила приема, условия вступительных испытаний и перспективы дальнейшего трудоустройства. Об особенностях подготовки кадров и спецпроектах для молодежи рассказал начальник отдела международного сотрудничества Ташкентского филиала НИЯУ МИФИ Аброр Каромов:
«Сегодня мы провели для учеников презентацию нашего университета и рассказали о направлениях подготовки, после завершения которых выпускники смогут работать в области ядерной энергетики. Помимо основного учебного процесса, наш филиал ежегодно организует летние и осенние школы. Участие в них позволяет углубиться в особенности отрасли, опробовать свои силы в конкурсах и даже получить дополнительные баллы при поступлении в наш вуз»
.Для старшеклассников эта сессия стала понятным ориентиром: подготовка специалистов для высокотехнологичных отраслей требует ранней фокусировки, а системная профориентация помогает осознанно подойти к выбору будущей инженерной или научной карьеры. А фотоотчет доступен на нашей странице в Facebook 📸
2 045
+6
#AXBOROT_MARKAZI
Kelajak muhandislari uchun kasbga yo‘naltiruvchi sessiyalar
Energetika va yuqori texnologiyalar kelajagi nafaqat ilmiy anjumanlarda, balki bugun kasb tanlovi oldida turgan o‘quvchilarning ongida ham shakllanadi. “O‘zatom” agentligining Atom texnologiyalari axborot markazi 328-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchilari uchun kasbga yo‘naltiruvchi sessiyasini o‘tkazdi. Bunday uchrashuvlar odatiy ma’rifiy ekskursiyalardan ancha kattaroq bo‘lib, ularning asosiy maqsadi zamonaviy dunyoda yadroviy innovatsiyalarning o‘rni haqida xolis va obyektiv tushuncha shakllantirishdir.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, yoshlarning atom sohasi haqidagi tasavvurlari ko‘pincha tor dunyoqarash bilan cheklanib qoladi. Tadbir davomida yuqori sinf o‘quvchilariga tinch yo‘lidagi atomning tibbiyot, sanoat va qishloq xo‘jaligini qamrab oluvchi keng ko‘lami namoyish etildi. Mamlakatning sanoat istiqbollariga, jumladan, Jizzax viloyatining Forish tumanida atom elektr stansiyasini qurish loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilar ushbu loyihaning tafsilotlarini amaldagi maket orqali o‘rgandilar.
Uchrashuvning eng muhim jihatlaridan biri ishtirokchilarning jonli fikr-mulohazalari bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi atom energetikasiga nisbatan avvalgi qarashlarini qayta ko‘rib chiqishdi.
“Bugungi ekskursiyadan so‘ng xayolimda butunlay yo‘qolgan uydirmalardan biri radiatsiya xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘ldi. Bolaligimdan AES atrof-muhitga katta zarar yetkazadi, tuproq, havo va suv kuchli ifloslanadi, shu sababli stansiyalar yaqinida aholi yashaydigan hududlar bo‘lmasligi kerak, deb o‘ylardim. Bugun esa fikrim o‘zgardi: atmosferaga chiqaradigan zarari minimal va belgilangan me’yorlardan oshib ketmas ekan”, – deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Kirill Bezdeliga.Jamoaviy bellashuvlardan iborat interaktiv format nafaqat auditoriyaning qiziqishini baholash, balki o‘quvchilarning murakkab texnologik jarayonlarni tahlil qilish qobiliyatini sinash imkonini ham berdi. Mavzularning mazmunli va qiziqarli tarzda taqdim etilishi, shuningdek, ishlanmalar va texnologiyalarning namoyishi ishtirokchilarni kelajak kasbini tanlash haqida jiddiy o‘ylashga undadi.
“
Ekskursiya menda ajoyib taassurot qoldirdi, juda ko‘p yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Bizga tinch yo‘lidagi atomdan foydalanish yo‘nalishlari haqida gapirib berishdi va ular orasida, masalan, qishloq xo‘jaligi sohasini ko‘rish men uchun kutilmagan bo‘ldi. Mutaxassislar maketlar namoyishi orqali oddiy va tushunarli tilda tushuntirib berishdi. Men bu sohaga jiddiy qiziqib qoldim va kelajakda bu yerga xodim sifatida qaytib kelishga umid qilaman
”, – dedi
Said’alo Akramov
.Uchrashuvning alohida qismi sohaga oid oliy ma’lumot olish imkoniyatlariga bag‘ishlandi. O‘quvchilarga “MMFI” MTYAU Toshkent filialining ta’lim dasturlari taqdim etilib, qabul jarayonlari, kirish imtihonlari shartlari hamda kelgusida ishga joylashish istiqbollari batafsil tushuntirildi. Kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos jihatlari va yoshlar uchun maxsus loyihalar haqida “MMFI” MTYAU Toshkent filialining xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Abror Karomov so‘zlab berdi:
“
Bugun biz o‘quvchilar uchun universitetimiz taqdimotini o‘tkazib, ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdik. Ushbu yo‘nalishlarni tamomlagan bitiruvchilar kelgusida yadro energetikasi sohasida faoliyat yuritishlari mumkin. Asosiy o‘quv jarayonidan tashqari, filialimiz har yili yozgi va kuzgi maktablarni tashkil etadi. Ularda ishtirok etish sohaning o‘ziga xos jihatlarini chuqurroq o‘rganish, turli tanlovlarda o‘z kuchini sinab ko‘rish va hatto universitetimizga kirishda qo‘shimcha ball olish imkonini beradi
”.Yuqori sinf o‘quvchilari uchun ushbu sessiya aniq yo‘nalish vazifasini o‘tadi: yuqori texnologiyali sohalar uchun mutaxassislarni tayyorlash erta bosqichdan maqsadli tayyorgarlikni talab qiladi, tizimli kasbga yo‘naltirish esa kelajakdagi muhandislik yoki ilmiy faoliyat yo‘lini tanlashga yordam beradi. Ekskursiyadan ko‘proq fotosuratlarni bu yerda tomosha qiling 📸
2 045
Как продвигается проект первой АЭС в Узбекистане?
Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о ходе исполнения поручений, данных 2 сентября, по строительству интегрированной атомной электростанции и созданию современного городка-спутника.
О текущих работах на площадке, развитии прилегающей инфраструктуры и реализации поставленных задач – смотрите в видеоматериале.
#АЭС #Узатом #инфраструктура #энергетика
Подписывайтесь на нашу новую страницу в Facebook
2 045
O‘zbekistonda birinchi AES loyihasi qanday amalga oshirilmoqda?
Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2-sentabr kuni integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini barpo etish va zamonaviy yo‘ldosh shaharcha yaratish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning ijrosi haqida axborot berildi.
Qurilish maydonidagi ayni paytdagi ishlar, tutash hududlarda infratuzilmani rivojlantirish va belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi haqida videomaterialda tomosha qiling.
#AES #energetika #infratuzilma
Facebookdagi yangi sahifamizga obuna bo‘ling
2 045
Onlayn so‘rovnomada ishtirok eting!
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini baholash bo‘yicha aholi va keng jamoatchilik o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnoma to‘liq anonim hisoblanadi. Barcha javoblar umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi hamda Agentlik faoliyatini takomillashtirishda foydalaniladi.
Sizni ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishga, o‘z fikr va takliflaringizni bildirishga chorlaymiz.
Sizning fikringiz biz uchun muhim!
So‘rovnoma havolasi
~
Примите участие в онлайн-опросе!
Агентство по атомной энергии при Кабинете Министров для оценки эффективности борьбы с коррупцией в своей деятельности проводит опрос среди населения и широкой общественности.
Опрос полностью анонимный. Все ответы будут проанализированы в обобщенном виде и использованы для совершенствования деятельности Агентства.
Призываем вас принять активное участие в данном опросе, а также высказать свои мнения и предложения.
Ваше мнение важно для нас!
Ссылка на опрос
2 045
Tahlil.
Integratsiyalashgan AES: faol qurilishdan sohani tizimli rivojlantirish sari
2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mamlakatdagi birinchi Integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha topshiriqlar ijrosining borishi yuzasidan hisobot taqdim etildi. Hujjatda loyihaning faol qurilish bosqichiga o‘tgani qayd etilib, joriy yil oxirigacha va 2027-yilga mo‘ljallangan ishlar doirasi belgilab berilgan.
Hisobotning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan “O‘zatom” agentligi Yig‘ma axborot, tahlil va strategik rejalashtirish bo‘limi rahbari-maslahatchi Rozaliya Kamayeva hamda AES qurilishi direksiyasi direktori Abdijamil Kalmuratov izoh berdilar.
Hisobotning asosiy qoidalari loyihaning mantiqiy qismiga qanday bog‘liqligi: qanday ishlar amalga oshirilgani, bugungi kunda ketayotgan ishlarning asosiy yo‘nalishi nimalardan iboratligi va keyingi bosqichda qanday qadamlar belgilab berilgani haqida rasmiy saytimizdagi tahliliy maqolaning to‘liq talqinida o‘qishingiz mumkin.
Facebookdagi yangi sahifamizga obuna bo‘ling
~
Аналитика.
Интегрированная АЭС: от активного строительства к системному развитию отрасли
2 сентября Президенту Республики Узбекистан Шавкату Мирзиёеву представлен доклад о ходе выполнения поручений по проекту первой в стране Интегрированной атомной электростанции.
Документ фиксирует переход проекта в активную строительную стадию и задаёт рамку работ до конца текущего года и на 2027 год.
По основным направлениям доклада дали комментарии советник-руководитель отдела сводной информации, анализа и стратегического планирования Агентства «Узатом» Розалия Камаева и директор Дирекции по строительству АЭС Абдижамил Калмуратов.
Как основные положения доклада складываются в рабочую логику проекта: что уже сделано, где сегодня главный контур работы и что определяет следующий этап можете прочитать в полной версии аналитической статьи на нашем веб-сайте.
Подписывайтесь на нашу новую страницу в Facebook
2 045
Специальный репортаж «Ахборот 24» – о масштабном проекте, который меняет облик Джизакской области: строительстве АЭС и нового города-спутника.
Какие задачи стоят сегодня, как расширяется участие отечественных предприятий и какие требования предъявляются к безопасности будущей станции – в сюжете телеканала O'zbekiston 24.
Директор Агентства «Узатом» Азим Ахмедхаджаев поделился подробностями о ходе строительства и реализации поручений Главы государства.
Подписывайтесь на нашу новую страницу в Facebook
2 045
“Axborot 24” maxsus reportajida – Jizzax viloyatining qiyofasini o‘zgartirayotgan ulkan loyiha: atom elektr stansiyasi va yangi yo‘ldosh shahar qurilishi haqida.
Bugungi kunda oldinda turgan vazifalar, mahalliy korxonalarning ishtiroki va bo‘lajak stansiya xavfsizligiga qanday talablar qo‘yilayotgani “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida.
“O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev qurilish jarayoni hamda Davlat rahbari topshiriqlarining ijrosi bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.
Facebookdagi yangi sahifamizga obuna bo‘ling
2 045
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi hamda unga yondosh zamonaviy shaharcha barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о ходе работ по строительству интегрированной атомной электростанции и современного городка-спутника в Джизакской области.
#Mirziyoyev #taqdimot #AES #qurilish
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2 045
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklayman!
Mustaqillik – bu xalqimizning milliy g‘ururi, kuchi va mamlakatimiz kelajagi uchun mas’uliyatdir. Bu biz birgalikda bosib o‘tgan, tariximiz va an’analarimizga sodiq qolgan holda, yangi yutuqlarga intilib kelayotgan yo‘limiz.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidan dadil bormoqdamiz. Mamlakatimiz o‘z salohiyatini namoyon etib, xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlab, kelajakka ishonch bilan dadil qadam qo‘ymoqda.
Barchangizga tinchlik, birdamlik, farovonlik va O‘zbekistonning buyuk kelajagi yo‘lida yangi yutuqlar tilayman!
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Azim Axmedxadjayev
~
С 35-летием Независимости Республики Узбекистан!
Независимость – наша национальная гордость, сила и ответственность за будущее страны. Это путь, который мы прошли вместе, сохраняя верность своей истории, традициям и стремлению к новым достижениям.
Сегодня под руководством Президента Республики Узбекистан мы уверенно строим Новый Узбекистан – государство, которое раскрывает свой потенциал, укрепляет свои позиции и с уверенностью смотрит в будущее.
Желаю мира, единства, процветания и новых свершений во имя великого будущего Узбекистана!
С праздником Независимости!
С уважением,
Азим Ахмедхаджаев
