cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi rasmiy kanali: • www.ecokash.uzinstagram.com/ekoqashfacebook.com/ekoqashyoutube.com/c/ecogovuztwitter.com/ecogovuz Telefon: +99875 221-09-59

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
850
مشترکین
+424 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
+230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

10:49
Video unavailableShow in Telegram
Ekologiya 24 🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
نمایش همه...
Ekologiya.mp4153.13 MB
👍 1👌 1
04:03
Video unavailableShow in Telegram
Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida joylashgan Qumdaryo Davlat oʻrmon xoʻjaligining dorivor oʻsimliklar toʻgʻrisida 🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
نمایش همه...
87.96 MB
👏 2👍 1🤩 1👌 1
🚯 Chiqindi bilan bog'liq qonun talablarini buzgan mansabdor shaxs jarimaga tortildi ♻️Viloyatimizda maishiy chiqindi bilan bog'liq masalalarini hal etish, fuqarolarimiz o'rtasida ekologik madaniyatni oshirish hamda joylarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish maqsadida Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining barcha tuman va shahar bo'limi xodimlari tomonidan kuchaytirilgan nazorat reyd tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. ♻️Ushbu tadbirdai eng ko'p uchraydigan holat belgilanmagan joylarda maishiy chiqindilarni joylashtirishdir. Eng achinarlisi shuki ayrim mansabdor shaxslar ham bunday qonunbuzarliklarga yo'l qo'ymoqsalar. ♻️Viloyat Ekologiya boshqarmasining Dehqonobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan reyd tadbiri davomida tumandagi 1-sonli DTTM da to'planib qolgan chiqindilarga befarq bo'lganligi, bu bilan u chiqindi bilan bog'liq bo'lgan qonun talablarini buzilganligi holati aniqlandi. 👮‍♀️Aniqlangan holat yuzasidan tumandagi 1-sonli DTTM mudirasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKsining 91-moddasi pr 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1mln 20 ming so'm miqdorida jarima qo‘llanildi. ♻️Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlagan har-bir fuqaro qonun oldida javob beradi. 🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
نمایش همه...
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi rasmiy kanali: • www.ecokash.uz • instagram.com/ekoqash • facebook.com/ekoqash • youtube.com/c/ecogovuz • twitter.com/ecogovuz Telefon: +99875 221-09-59

👍 1👌 1
💵KORRUPSIYAGA KURASHISHDA BARCHA MAS'ULDIR! 🌱Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitini muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashda barcha mas’uldir” mavzusida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. 🌱Muborak tuman bo'limi xodimlari o'rtasida o'tkazilgan tadbirda hozirgi kunda korrupsiyaga yo'l qo'yish holatlari tez-tez uchrab turganligi, bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun har bir rahbar yoki xodim o'z xizmat vazifasi doirasida ish tutib, unga berilgan vazifani suiste'mol qilmaslik lozimligi va oxir oqibat bu holat jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo'lishi mumkinligi aytib o'tildi. 🌱Shuningdek, “Korrupsiya”ga - qarshi kurashishda barcha birdek mas'ulligi tushuntirildi. 🌱Bundan tashqari, hukumatimiz tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan qonun, qarorlar, farmonlarning mazmun – mohiyati yuzasidan qo‘shimcha tushunchalar berilib, Korrupsiya oqibatlarini aks ettiruvchi video-roliklar, ko‘rgazmali materiallar taqdim etildi. 🌱Tadbir jarayoni xodimlarning qiziqtirgan savollar hamda ular tomonidan bildirilgan fikrlar asosida qizg‘in va oshkora tarzda o‘tdi. 🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
نمایش همه...
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi rasmiy kanali: • www.ecokash.uz • instagram.com/ekoqash • facebook.com/ekoqash • youtube.com/c/ecogovuz • twitter.com/ecogovuz Telefon: +99875 221-09-59

👍 1👏 1👌 1
🌱"TALIMARJON" SUV OMBORIDA MONITORING KUZATUVI O'TKAZILDI 🌱Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan atrof tabiiy muhitning ekologik holatini baholash, salbiy jarayonlarning oqibatlarini prognoz qilish hamda bartaraf etish maqsadida Nishon tumanida joylashgan "Talimarjon" suv ombori hududida monitoring kuzatuvi o'tkazildi. 🌱Kuzatuv davomida soha mutaxassislari hududda yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, ularga baliq ovlash tartibi, noqonuniy baliq ovlash hamda hayvonot olamiga zarar yetkazgan huquqbuzar O'zbekiston Respublikasi MJtK sining tegishli moddalari bilan ma'muriy jarimaga tortilishi haqida tushincha berib o'tildi. 📜Eslatib o'tamiz: ushbu monitoring kuzatuvi "27 iyun-Butunjahon baliqchilik kuni" munosabati bilan o'tkazildi 🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
نمایش همه...
5.mp495.30 MB
👍 3👌 1🕊 1

5555.mp495.30 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🐠27 IYUN- BUTUN DUNYO BALIQCHILIK KUNI 🐟1985-yil 27-iyundan boshlab, har yili 27-iyun dunyo miqyosidagi baliqchilik kuni nishonlanadi. Bayram baliqchilikni tartibga solish va rivojlantirish bo’yicha Xalqaro Konferensiyasi tomonidan 1984-yili iyuldagi Rimda o’tgan yig’ilishida o’rnatilgan. 🐟Baliq ovi odamzodning eng ommaviy zavqi. Kim biror marta suv havzasida qarmoq bilan turib, tozalikdan roxatlangan bo’lsa, hech narsaga teng kelmaydigan tabiatdan hursandchilik bilan o’zining hayotidagi birinchi baliqni ushlagan bo’lsa, o’sha kunni hech qachon unutmaydi. 🐟Baliq ovlash jarayoni shunchalik zavqliki, vaqti kelib boshlovchi ovchilarning kuchli his-tuyg’usiga aylanadi. Axir faqat haqiqatdan zavqqa berilgan odamlar baliqning qarmoqqa ilina boshlashini sezish yoki ko’rish uchun uzoq joylarga borib, soatlab yomg’ir tagida ivib turishi yoki sovuqda muzlab turishi mumkin. 🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
نمایش همه...
👍 2👌 1
🇺🇿27-IYUN – MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI! 🕊Jonajon O‘zbekistonimiz o‘z taraqqiyotining yangi va muhim bosqichiga qadam qo‘yayotgan hozirgi davrda sohasi vakillari — jurnalist va muharrirlar, rejissyor va operatorlar, blogerlar, tele-radio kanallar, gazeta va jurnallar, nashriyot va bosmaxona xodimlari Vatanimizning demokratik qiyofasini shakllantirish, uni dunyoga tarannum etishga beqiyos hissa qo‘shib kelayotganini el-yurtimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi. 🕊Mamlakatimizda davlat va nodavlat tashkilotlarining axborot manbalari yanada ortib, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, odamlarni o‘ylantirayotgan muammolarga tezkor munosabat bildirish, turli mavzular bo‘yicha ochiq, xolis va tanqidiy fikr bilan chiqishda katta imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. 🕊1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi hamda bu kunida fidoiy soha xodimlari taqdirlanadi. ⠀ 🕊Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. ⠀ 🕊Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik va ezgulik xabarchisi bo‘lib xizmat qilmoqda. ⠀⠀ 🕊Bugun o‘z bayramlarini nishonlayotgan barchani ushbu sana bilan tabriklaymiz va halol mehnati, yuksak kasbiy mahorati hamda tanlagan ishiga fidoyiligi uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz! ⠀ 🕊Samarali ijodingizga muvaffaqiyatlar tilaymiz, barcha rejalaringiz va g‘oyalaringiz amalga oshsin. 🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
نمایش همه...
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi rasmiy kanali: • www.ecokash.uz • instagram.com/ekoqash • facebook.com/ekoqash • youtube.com/c/ecogovuz • twitter.com/ecogovuz Telefon: +99875 221-09-59

👍 2👏 2👌 1🕊 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.