cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali

Buxoro viloyat bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
633
مشترکین
+124 ساعت
+57 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Божхона қўмитаси масъуллари иштирокида Фарғона вилоятида очиқ мулоқот ташкил этилди. Божхона қўмитасининг Божхона аудити бошқармаси ходимлари Бухоро ва Навоий вилоятларида бўлишди. Наманган вилояти божхона бошқармаси бошлиғининг навбатдаги сайёр учрашуви бўлиб ўтди. Қорақалпоғистон Республикаси божхона бошқармаси раҳбарияти “Мурувват” уйлари тарбияланувчилари ҳолидан хабар олишди. Сурхондарё вилояти божхона бошқармаси бошлиғи Термиз шаҳрида жойлашган ишлаб чиқариш корхоналари фаолияти билан яқиндан танишди.
نمایش همه...
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi B. Muratov tadbirkorlik sohasidagi muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar koʻrish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda ishtirok etdi. Unda bevosita tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan fuqarolar bilan muloqot qilishi barobarida, aynan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining bojxona sohasiga taalluqli muammolarini birma-bir tingladi. Eng muhimi, shu yerning oʻzida koʻplab murojaatlarga ijobiy yechim topildi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan doimiy muloqot uchun masʼullar biriktirilib, har bir murojaat shaxsan boshqarma boshligʻi nazoratida boʻlishi taʼkidlab oʻtildi.
نمایش همه...
👍 2
02:32
Video unavailableShow in Telegram
#NEWS Bojxona qo’mitasi tomonidan eksport jarayonlarini soddalashtirish natijasida tadbirkorlarga bir qator qulayliklar yaratilmoqda 📹 Videoni YouTube'da ko'rish @istiqloltvuz
نمایش همه...
Bojxona_qo’mitasi_tomonidan_eksport_jarayonlarini_soddalashtirish.mp424.44 MB
🎉 1
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Olot chegara bojxona postida “Hodimlarning stress va depressiyaga tushishlarini oldini olish va oilaviy baxt nashidalari” mavzusida trening tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining Buxoro viloyati kengashi Raisi Zulfiya Toʻyeva hamda koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan oliy toifali psixolog Abera Hasanovalar maʼruzachi sifatida ishtirok etishdi. Treningda oilaviy ajrimlarning oldini olish, gender tenglik mavzulari qatorida xodimlar ishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, xizmat jarayonida korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik kabi masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi. Eng muhimi, trening davomida oʻzlariga muhim tavsiyalarni olgan tinglovchilar tomonidan kelgusida bu kabi tadbirlarni tez-tez tashkil etishga kelishib olindi.
نمایش همه...
Божхоначи - халқ ва тадбиркорга кўмакчи! Бухоро вилояти божхона бошқармаси бошлиғи Б.Муратовнинг навбатдаги сайёр учрашуви манзили газ-кимё мажмуаси бўлди. Наманган вилояти божхона бошқармаси бошлиғи У.Кодиров эса Чуст туманида жойлашган “Tai Chang Special Steel” ҳамда “Chust ay-nur ip" МЧЖ фаолияти билан танишди. Қорақалпоғистон Республикаси божхона бошқармаси бошлиғи ўринбосари О.Қодиров жойлардаги объектларга чиққан ҳолда қуёш панеллари ўрнатилиш ҳолатини ўрганди.
نمایش همه...
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi B. Muratovning navbatdagi sayyor uchrashuv manzili MTO texnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo majmuasi boʻldi. Sayyor oʻrganishlar avvalida katta hajmdagi rezervuarlar hamda metall quvur ishlab chiqarish "Enter Steel Karakul" zavodda ketayotgan ish jarayoni bilan tanishish asnosida, korxona vakillari “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi orqali ishlab chiqaruvchilarga yaratilgan imtiyozlar birma-bir tanishtirildi. 2 500 nafar fuqaroni doimiy ish bilan taʼminlashi kutilayotgan korxona negizida barpo etiladigan oʻnlab ishlab chiqarish zavodlari faoliyati boshlanishi arafasida boʻlgan MTO texnologiyasiga asoslangan gaz-kimyo majmuasining masʼullari bilan loyiha istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tabiiyki, loyihaning oʻz vaqtida ishga tushirilishi bojxona organlari bilan uzviy hamkorlikni taqozo etadi. Uchrashuvda xorijdan keltirilayotgan ehtiyot qismlar va texnologik asbob-uskunalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tezkorlik bilan yakuniga yetkazishda har tomonlama amaliy yordam koʻrsatilishi taʼkidlandi.
نمایش همه...
👍 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.