cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/ Facebook: facebook.com/bokahokimligi/ YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/ Web-sayt: www.boka.uz/

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
3 078
مشترکین
-224 ساعت
+217 روز
+7530 روز
آرشیو پست ها
#adliya Joylarda adliya bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda. 🔺 Bo'ka tuman adliya bo'limi tomonidan "Toshloq" mahalla fuqarolar yig'ini xodimlari, Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o'quvchi va o'qituvchilari ishtirokida Vazirlar mahkamasining 204-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbirlari o'tkazildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
#byudjet_tushumlari Byudjet tushumlari va bandlik dasturi rejasining bajarilish holati muhokama qilindi 🔹 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida hokim o'rinbosarlari, tegishli korxona-tashkilotlar mas'ullari ishtirokida byudjet tushumlari, bandlik dasturi rejasining bajarilishi va hududlarni obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi. 🔺 Yig’ilishda byudjet tushumlarining aprel oyi yakunlari bo'yicha belgilangan prognoz ko’rsatkichlari bajarilish holati, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi orasida soliq to’lovi madaniyatini oshirish, aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o'rinlarini yaratish va norasmiy band bo'lgan fuqarolarni bandligini rasmiylashtirish, shuningdek ijtimoiy soha obyektlari va har bir mahallalarda obodonlashtirish, daraxt va gul ko’chatlarini parvarishlash borasida olib borilayotgan ishlar ko’rib chiqildi. 🔺 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan har bir mas'ulga aniq vazifalar belgilab berildi, ishlarni hamkorlikda tashkil qilish, belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
#investitsiya Xorijiy mutaxassislar bilan quyosh foto-elektr stansiyasini qurish ishlari yuzasidan suhbatlashildi. 🔺 Bugun tuman hokimligi binosida tuman hokimining o'tinbosari X.Ashurov va Xitoy Xalq respublikasining "China Datang Overseas Investment" korxonasi vakillari bilan suhbat o'tkazildi. 🔺 Suhbat davomida O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish to'g'risida"gi 459-sonli qarorlariga asosan Bo'ka tumanida qurilishi belgilangan 300 megavattli quyosh foto-elektr stansiyasini qurilish ishlari yuzasidan ma'lumot berildi. 🔹 Joriy yilning iyun-iyul oylarida qurilish ishlari boshlanishi va yil yakuniga qadar 100-150 megavattli quyosh foto-elektr stansiyasini qurish ishlari amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, qarorga asosan avvalambor poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etilishi, jumladan: Birinchisi - Qibrayda 400 megavattli, Yuqorichirchiqda 700 megavattli, Ohangaron tumanida 1 ming megavattli hamda Bo‘kada 300 megavattli stansiyalar loyihalarini amalga oshirish belgilangan.
✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
IMG_1181.MOV3.43 MB
#Live Ayni damda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridagi bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuvi boshlandi. Mazkur uchrashuvni tashkil qilishdan asosiy maqsad – Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash tizimida malakali mutaxassislarni ko‘paytirish, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda aholini sifatli tibbiyot bilan qamrab olishdir. Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda viloyatimiz sog‘liqni saqlash sohasidagi tibbiyot muassasalarida 8 873 nafar shifokor shtat birligi mavjud bo‘lib, shundan 7 832 shtat birligida 4 732 nafar shifokor faoliyat yuritib kelmoqda. Vakant o‘rinlar soni esa 1 041 tani tashkil qiladi. Muloqotda Zoyir Mirzayev viloyatdagi mavjud vakant lavozimlarga bitiruvchi bakalavriat talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni shartnoma asosida ishga qabul qilish taklifini ilgari surmoqda. 🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
نمایش همه...
#ijodiy_kecha Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi nishonlandi. 🔸 Kuni kecha Barkamol avlod bolalar maktabida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan "El ardog'idagi shoir" nomli ijodiy kecha tashkil etildi. ✍️ Tadbirda shoirning ijodidan o'rin olgan mazmunli she'rlar, badiiy chiqishlar namoyish etildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
#qurilish Qurilish ishlari nazoratda. 🔹 Bo'ka tumani hokimining o'rinbosari X.Ashurov tomonidan tuman hududida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari doimiy tarzda nazorat qilib kelinmoqda. 🔸 Jumladan, bugun hokim o'rinbosari "Yangixayot" mahallasi hududida qurilayotgan 5 qavatli ko'p xonadonli uylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 🔺 X.Ashurov tomonidan Qurilish ishlarining sifatiga e'tibor qaratish va belgilangan muddatlarda obyektni foydalanishga topshirish lozimligi ta'kidlandi.
Ma'lumot uchun, "Yangixayot" mahallasi hududida "STEEL METAL SERVICE" MChJ tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
#Maʼnaviyat Mahkumlarni maʼnaviy bilimini oshirish choralari koʻrilmoqda 🇺🇿 Bo'ka tumani Ichki ishlar bolimi Probatsiya guruhi hisobida turuvchi mahkumlarni maʼnaviy bilimlarini oshirish, ularni hayotga moslashtirish va ular tomonidan qayta jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida Axborot kutubxona markazida ma'naviyat soatlari o'tkazilmoqda. Jarayonlar videolavhada ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
#yoshlar Yoshlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha davra suhbati o'tkazildi. 🔺 Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 14-umumiy o'rta ta'lim maktabida Bo'ka tumani hokimining o'rinbosari O.Djo'rayev, Bo'ka tumani tumanlararo qo'riqlash bo'limi boshlig'i mayor F.Salimov, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i J.Temirov boshchiligida o'quvchi yoshlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish mavzusida davra suhbati o'tkazildi. 🔹 Suhbatdan so'ng o'quv jarayonlari va to'garaklar, shuningdek dars mashg'ulotlaridan so’ng o’quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish holati o'rganildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...
#Sayyor_qabul "Bo'ston" mahallasida aholi uchun sayyor qabul tashkil qilindi. 🇺🇿 Bugun Bo'ka tuman DSI boshlig'i Sh.Xazratov va Xalq qabulxonasi mudiri Z.Rahmonqulov tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida 4-sektor hududidagi "Bo'ston" mahallasida fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi. 🔻 Muammolarni bartaraf etish yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
نمایش همه...