cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Laziz Hamidov

Men Laziz Hamidov ta’lim bo‘yicha jurnalistman, shuningdek, “Tasnif” agentligi rahbariman. Bu yerda shaxsiy qarashlarim, mulohazalarim va atrofdagi yangiliklarga bo‘lgan munosabatim haqida yozib boraman. Taklif va mulohazalar uchun: @hamidovaloqa_bot

نمایش بیشتر
أوزبكستان7 272زبان مشخص نشده استآموزش15 606
پست‌های تبلیغاتی
10 663
مشترکین
-1924 ساعت
-1717 روز
-70930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Sun'iy intellekt Toshkent metrosini 2050-yilda mana shunday ko'rar ekan. Nima disiz, sizga ma'qulmi?) @lazizhamidov
نمایش همه...
👍 67😁 31👎 9🤬 4
Photo unavailableShow in Telegram
ChatGPT(sun’iy intellekt)ga Toshkent hokimi haqida shaharliklarda yaxshi taassurot qoldiradigan video tayyorlash uchun nima qilish kerak, deb savol berib ko’rdim, bir ko’ring javobini. Men o’ylayman, juda bir oqilona, qo’shilsa bo’ladigan takliflar bergan)) Yanayam bu ChatGPTni bepul versiyasi, pulligi bo’lsa odamdan yaxshi ishlarkan-da a) @lazizhamidov
نمایش همه...
😁 71👍 23
01:15
Video unavailableShow in Telegram
Toshkent shahar hokimini do'konga kirib, chirigan mevalar sotilayotganiga bo'lgan e'tirozini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Umuman olganda bu yaxshidir balki, lekin o'zi shundoq ham juda kam ko'rinish beradigan shahar hokimi uchun unchalik ham to'g'ri bo'lmagan chiqish bo'libdi. Katta amaldorning har bir ko'rinish berishida (ayniqsa bunday) shaharliklarning bu chiqishga bo'ladigan munosabatini avvaldan analiz qilsa bo'ladi, ya'ni, qanday kutilmalar bo'ladi, degandek. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu video ostida qoldirilgan izohlarni o'qib, kuzatib chiqdim, qoldirilgan fikrlarning 90% qismi bir-xil ma'noga ega, qanday ekanligini tahmin qilish qiyinmas nazarimda va buni siz ham sezib turibsiz 😇 Xullas, mayli, nima bo'lgan taqdirda ham savol qanchalik hokimga bo'lsa, shunchalik uni qo'l ostidagi hokimni imidji, uni reputatsiyasi bilan shug'illanadigan jamoaga ham: Qanday qilib bunga yo'l qo'ydingiz?) @lazizhamidov
نمایش همه...
IMG_4007.MP46.64 MB
👍 33😁 25👎 3🤬 3
00:17
Video unavailableShow in Telegram
Toshkentda uzoq kutilgan yomg’ir. Ba’zan tabiatni o’zi har narsani tartibga solib turadi.
نمایش همه...
IMG_3015.MOV3.36 MB
👍 58
Ushbu voqea bo'yicha Kun.Uz yaxshi maqola tayyorlabdi, maqola so'nggida holat bo'yicha takliflar ham berilgan: Antiradar, avtoraqamni oson yechib oladigan, yashiradigan qurilmalarning reklamalari ham haddan tashqari ko‘paygan. Aslida bu ham jazodan qutulib qolish va qoidabuzarlikni targ‘ib qilishning ko‘rinishi aslida. Yo‘llardagi o‘lim bilan bog‘liq avtohalokatlarning katta qismi belgilangan tezlik me’yorini oshirish natijasida kelib chiqayotgani sir emas. Shu jihatdan, qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi zudlik bilan joriy etilishi, bu tizimni shuncha paytdan beri ortga surib kelganlar siyosiy javobgarlikka tortilishi, aholi punktlarida tezlik rejimini nazorat qilishni kuchaytirish kerak. Qolaversa, yo‘l qurilishi va yo‘llarda harakatlanishni tashkil etishga nisbatan yondashuvlar ham mutlaqo qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Shaharlar ko‘chalarini avtobanga aylantirishni to‘xtatish, piyodalar o‘tish joylarini svetoforlar va kameralar bilan jihozlash, yo‘l chiziqlari va boshqa vositalar orqali tartibli va xavfsiz yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni joriy etish zarur. Vaziyat shuni ko‘rsatyaptiki, bunday dadil va kompleks qadamlarsiz minglab insonlar, eng achinarlisi murg‘ak bolalar hayotini saqlab qolish butkul imkonsiz.
نمایش همه...
👍 53👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 140 km/soat tezlikda harakatlangan BYD 9 yoshli qizni bosib ketib, uning o'limiga sabab bo'lgan videoga ko'zingiz tushgan bo'lsa kerak. Daxshatli voqea, tasadifan ko'rib qolib, kun davomida o'ylab yurdim, ikki mashina ikkovi ham BYD, piyodalar o'tish yo'lagidan katta tezlikda yosh qizaloqni "bosib" ketyapti. Nimani o'ylarkin shu insonlar, qanday qilib piyodalar o'tish yo'lagiga yaqinlashganda gazni bosib yanada kattaroq tezlik olish mumkin. Twitterda yozishyapti: Xatirchida BYD bosib ketgan qizaloq voqeasi bo‘yicha. Onasi (qizaloqning) mardikor ayollardan iborat “Madad” guruhiga chiqib kunlik mehnat qilarkan. Qizaloqni qaynonasiga tashlamoqchi bo‘lganda buvisi "man qaramayman", debdi. Majbur raysentrdagi o‘z onasinikiga oborib tashlagan. U yoqda tog‘avachchplari bilan parkka aylanishga borayotganida harromi avtoterroristlarning qurboniga aylangan. Shunchaki daxshat, bir bechora nochor ayolni hayotini yanada qayg'uga tiqdi. @lazizhamidov
نمایش همه...
👍 46🤬 41👎 3
Bir xil vaziyat, ikki xil qarashlar. O’ylayman, bunday vaziyatlat insonni tarbiyalaydi, mulohazaga tortadi. @lazizhamidov
نمایش همه...
IMG_0784.MP44.28 MB
IMG_0783.MP45.91 MB
😁 120🤬 27👍 15👎 11
Photo unavailableShow in Telegram
Honanda Botir Qodirov hamda Shohjahon Jo’raevni sud ishi haqida o’qigan bo’lsangiz kerak. Tushunishim bo’yicha asosiy kurash Sherali Jo’raevni intellektual merosi haqida ketyapti (ahir bu meros yaqin kelajakda har ikkala sudlashuvchi tarafga ham bitmas-tugamas daromad olib kela oladi, muhlislar kimnidir siymosida Sherali Jo’raevni ko’rishmoqchi va bunga har qancha pul to’lashga ham tayyor). Mayli, to’liq hamma joyda yozishdi. A yuqorida esa @habikatura tahallusida ijod qiluvchi ijodkor vaziyatni qanday ko’rishini tasvirlabdi. P.S. Sud ishi asosiy vazifasi DNK orqali otalikni aniqlash. Purma’o karikatura chiqibdi.
نمایش همه...
👍 80😁 15👎 3🤬 2
00:54
Video unavailableShow in Telegram
Bir adashib Britaniyaga borib qolganimda, erinmay yaqin atrofdagi parklarni aylangan edim. Odam mazza qiladi, boshqacha hissiyot, kayfiyat, hotirjamlik beradi. Turli do‘kon, o‘yinchoq, attraksionlarsiz, shunchaki yashil makon, shunchaki aylanadigan, tinchlik beradigan. Hozir tinmay ijtimoiy tarmoqlarda yozishyapti, Toshkent shahridagi parklarni o‘rab olinib, turli investorlarga berilayotgani, investorlar esa birinchi navbatda bu parklarni daromad qilish uchun resurs sifatida ko‘rayotgani haqida. O‘ylayman, parklar hotirjamlik makoni, yashil makon bo‘lishi kerak. Iltimos, parklarni tinch qo‘yinglar. @lazizhamidov
نمایش همه...
IMG_6364.MOV10.68 MB
👍 103
Juda qimmat muolaja ekan, hech kim kasal bo’lmasin, ayniqsa bolajonlar.
نمایش همه...
👍 76
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.