Sardor Bazarbaev
رفتن به کانال در Telegram
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
نمایش بیشتر5 552
مشترکین
-1024 ساعت
-397 روز
-17230 روز
آرشیو پست ها
5 552
Repost from N/a
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, Yangi O‘zbekistonning 3-Renessansini aynan bugungi yoshlar yaratadi.
❓ Ammo savol shuki: 3-Renessansni kimlar barpo etadi?➖➖➖➖➖➖ 🎥 Ushbu videoda zamonamizning eng ilg‘or, bilimli va tashabbuskor yoshlari — 3-Renessansning haqiqiy bunyodkorlari sifatida e’tirof etilgan yoshlar jamlangan. Ular safida mening ham borligim men uchun shunchaki faxr emas. Bu — katta ishonch va yanada katta mas’uliyatdir. Men o‘zim uchun bitta ulkan maqsad qo‘yganman: sizning farzandingiz ham ertaga mana shunday yetakchi, bilimli va Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yoshlar qatoridan joy olishi uchun bor bilim va tajribamni ulashish. Shu sababli ertangi vebinar oddiy uchrashuv emas. Bu — farzandingizning kelajagi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan muhim qadam bo‘lishi mumkin. Biz ushbu vebinarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va siz uchun eng foydali ma’lumotlarni tayyorladik. ⚡️ Eng muhimi, faqat ertangi taqdimotda qatnashganlar uchun maxsus va eksklyuziv imkoniyatlar e’lon qilinadi. ⏰ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Ertaga albatta qatnashing! 🔗 VEBINARGA KANALIGA QOʻSHILISH: t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy
5 552
📆 ONLAYN JONLI TAQDIMOTGA ATIGI 1 KUN QOLDI
Ertaga 20:00da maxsus kanalda jonli efirda ko‘rishamiz va shu mavzularda gaplashamiz:
- Xalqaro olimpiada farzandingizga qanday imkoniyatlarni ochib berishi;
- TOP universitetlarga grant asosida kirish imkoniyati
🎁 Efir oxirida esa faqatgina ishtirokchilar uchun eksklyuziv taklifimiz bor.
📈 Taqdimotni shaxsan men - o‘zim, Sardor Bazarbayev — xalqaro olimpiadalar g‘olibi, KHISO maktabi asoschisi — olib boraman.
🔗 TANISHLARINGIZGA HAM ULASHING: https://t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy
5 552
Repost from KHISO olimpiada
🏆 Farzandining kelajagiga befarq bo‘lmagan ota-onalar!
📌 Bu kanalimizda 11-iyun kuni "Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lish yo‘llari" mavzusida ochiq vebinar bo‘lib o‘tadi.
🔥Vebinarda biz siz bilan:
- Xalqaro olimpiada farzandingizga qanday imkoniyatlarni ochib berishi;
- TOP universitetlarga grant asosida kirish imkoniyati
🎁 Efir oxirida esa faqatgina ishtirokchilar uchun eksklyuziv taklifimiz bor.
📈 Taqdimotni shaxsan Sardor Bazarbayev — xalqaro olimpiadalar g‘olibi, KHISO maktabi asoschisi — o‘zlari olib boradilar.
YAQINLARINGIZ BILAN ULASHING: https://t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy
5 552
🛫 8000 kilometr, 2 ta yangi davlat, 10 ga yaqin shaharlar va 6000 o‘quvchi bilan finalda kurashish!
May oyida 40 dan ortiq o‘quvchi va ota-onalar bilan yana bir katta xalqaro loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdik.
🇹🇷 Turkiyada o‘tkazilgan nufuzli xalqaro olimpiadada 75 000 nafar o‘quvchi orasidan saralangan 6 000 nafar finalchi qatorida 27 nafar o‘zbekistonlik yoshlarimiz ham Vatanimiz sharafini himoya qildi. Ular shunchaki musobaqada qatnashib kelishmadi:
✅ Mustaqil bo‘lishni; ✅ Mas’uliyatni his qilishni; ✅ Turli davlatlardan kelgan tengdoshlari bilan raqobatlashishni; ✅ Jamoa bo‘lib harakat qilishni; ✅ Va eng muhimi, o‘z kuchiga ishonishni o‘rgandilar.🏆 Dastlabki natijalar:
🥇 4 ta oltin medal (shundan 1 tasi mutlaq natija — 100%) 🥈 4 ta kumush medal 🥉 13 ta bronza medalBu medallar ortida yuzlab soatlik mehnat, ota-onalarning ishonchi va ustozlarning fidoyiligi turibdi.
✈️ 🚌 8000 kilometr. 🇹🇷🇦🇿 2 ta yangi davlat. 🏙 10 ga yaqin shahar.Ammo eng katta yutuq — bu farzandlarimizning dunyoqarashi kengaygani, ularda "Men ham qila olaman!" degan ishonch paydo bo‘lgani bo‘ldi. Yaqin kunlarda ushbu safarda qatnashgan ota-onalar va o‘quvchilarning samimiy fikrlarini ham sizlar bilan bo‘lishamiz. 🔜 Oldinda esa yanada katta marralar kutmoqda:
🇺🇸 AQSh — Olympiad USA, Copernicus, STEAM Spires. 🇬🇧 Buyuk Britaniya — TeenEagle xalqaro olimpiadasi (Viza jarayonlari davom etmoqda: 97 651 33 34) 🇨🇳 Xitoy - G.A.T.E xalqaro olimpiadasi 🇩🇪 Germaniya — Einstein Olimpiadasi (Saralash bosqichi: 14-iyun)Bugun havas qiling. Bugun tayyorlaning. Ertaga esa farzandingiz ham O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro maydonda baland ko‘tarayotgan yoshlar safida bo‘lishi mumkin. 🇺🇿 Biz yoshlarimizga ishonamiz! 📲 Asosiy kanal: @khiso
5 552
Bir oyog‘i gipsda edi. Ammo uning ilmga bo‘lgan muhabbati hech qanday to‘siqni tan olmadi…
Kecha Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan olimpiadada barchamiz uchun katta ibrat bo‘ladigan voqeaga guvoh bo‘ldik.
Fargʻondagi Rahimov School maktabining 1-sinf o‘quvchisi Umarova Zeboxon Kamolidin qizi bir oyog‘i gipsda bo‘lishiga qaramay, olimpiadada qatnashish uchun keldi. U qiyinchiliklarni bahona qilmadi, og‘riqni vaj qilmadi. Chunki uning qalbida ilmga bo‘lgan muhabbat va bilim olishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq bor edi.
Bu oddiy holat emas.
Bu — matonat.
Bu — iroda.
Bu — kelajakka ishonch.
Va eng muhimi, bu — farzandiga to‘g‘ri tarbiya berayotgan ota-onalarning mehnati samarasidir.
Aziz ota-onalar!
Farzandlarimiz biz o‘ylagandan ham ko‘proq narsaga qodir. Ba’zan ular bizga sabrni, qat’iyatni va maqsad sari intilishni o‘rgatadilar. Zeboxonning bugungi harakati minglab bolalarga ham, ota-onalarga ham ibrat bo‘la oladi.
Men, Zeboxon qizimizning ilmga bo‘lgan cheksiz muhabbati va qat’iyatidan chuqur ta’sirlandim. Shu sababli unga boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tayyorlagan kitoblarimizni o‘z dastxatim bilan sovg‘a sifatida yuborishga qaror qildim.
Bu sovg‘a uning matonati oldida kichik bir ehtirom va ilm yo‘lidagi sa’y-harakatlariga bo‘lgan hurmatimiz ramzidir.
Aziz Zeboxon, siz bugun barchamizga muhim bir haqiqatni eslatdingiz:
To‘siqlar tanada bo‘lishi mumkin, ammo maqsad qalbda bo‘lsa, inson albatta oldinga yuradi.
Qizalog‘imizga tezroq sog‘ayib ketishini, ilm-fan yo‘lida esa yanada ulkan yutuqlarga erishishini tilaymiz.
5 552
Repost from KHISO olimpiada
🔜 BUGUN 16-KHISO va G.A.T.E (Xitoy) xalqaro olimpiadalariga roʻyxatdan oʻtishning OXIRGI KUNI!
🏆 31-may kuni (ERTAGA) OFLAYN tarzda RESPUBLIKAMIZ boʻylab 2 ta olimpiada oʻtkaziladi:
⚡️16-KHISO olimpiadasi - 09:00
🇨🇳 G.A.T.E xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi - 10:30
📌Ikkala olimpiada haqida umumiy maʼlumot olishni istasangiz, quyidagi havolalar ustiga bosing va xabarda berilgan maʼlumotlarni oʻqib chiqing:
➡️ https://t.me/khiso/5787
➡️ https://t.me/khiso/5790
➡️ https://t.me/khiso/5804
📱Roʻyxatdan oʻtish yoʻriqnomalari:
➡️ t.me/khiso/5059
➡️ t.me/khisofaq/55
📍RESPUBLIKA boʻylab oʻtkaziladigan barcha manzillar: ➡️ t.me/khiso/5630
✉️ Murojaat uchun admin:
➡️ @khiso_admin
5 552
10 kun kechikkan, lekin hamma ko‘rishi kerak bo‘lgan video
Xabaringiz bor, yaqinda TALES olimpiadasining finalida qatnashib keldik. Dastlabki natijalarga ko‘ra 3 ta oltin, 4 ta kumush va 13 ta bronza medalni qo‘lga kiritdik (bizdan jami 27 nafar o‘quvchi qatnashdi va 21 ta medal olindi). Oltin medal olganlar ichida Gulmirzayev Salimbek 100 foizlik natijani ko‘rsatdi. Salimbekni 2-sinfdanoq bilaman. O‘tgan yili SUPER FINAL olimpiadamizda ham, YOZGI MAKTAB finalida ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Bu safar uni yangidan kashf qildim. 18-may kuni soat tungi 02:40 lar atrofida Istanbuldan uchgan samolyotimiz Boku aeroportiga qo‘ndi. Hamma tun yarmida chala uyqu bilan transfer zonasiga o‘tdik va rejamiz ertalabgacha uxlab, keyin Bokuni aylanish edi. Tonggi soat 06:20 da uyg‘ondim va (bolalar mas’uliyati katta yuk) ko‘zimni ochishim bilan bolalarni qidirdim. Hamma uxlayapti (xayriyat), faqat bir bola — o‘zimizning Salimbek uxlamasdan kitob o‘qiyapti. Darhol videoga oldim va onasiga yubordim (internet tezligi pastligi sababli video soat 09:50 lar atrofida yetib boribdi). Onasining yozishicha, Salimbek biror yutuqqa erishsa ham, sovg‘a sifatida kitob so‘rar ekan. Shunchaki havas qildim.
Bilasizmi, aytish esimdan chiqibdi. Salimbekning bobosi Gulmirza ustoz menga maxsus maktabda matematikadan dars bergan, onasi Nasiba (Abdullayeva) ustoz esa mening 6–9-sinflarda sinf rahbarim bo‘lganlar. (Dars vaqtida shevada gapirsak, “5” ololmasdik. Shu sababdan 6-sinfdanoq adabiy tilda gapirishga odatlanganmiz. Bu endi alohida mavzu 🙂)Qissadan hissa shuki, g‘oliblikning siri — boshqalar o‘ynayotgan paytda ham bilim olishing va kitobni eng yaqin do‘stga aylantirishingda. Ha, darvoqe, bu yakshanba eng oxirgi olimpiadalardan biri o‘tkaziladi. Batafsil :➡️ t.me/khiso/5816
5 552
Repost from Isroil Tillaboyev blogi
+9
Istanbulning 2-kun taassurotlari va @KHISO olimpiada jamoasi tashkilotchiligi haqida ushbu videoni ko‘rishingiz mumkin.
Khiso jamosiga farzandlaringizni qo‘shib yuborishingiz orqali sifatli, mashhur xalqaro matematika olimpiadasiga qatnashtirasiz hamda tajribali jamoa orqali dunyoqarashini oshiirasiz farzandingizni.
@khiso har oy bir xalqaro olimpiadaga turli davlatlarga olib kelaverib juda katta tajriba to‘plaganini guvohi bo‘lyapman.
Bolalar mazza qilyapti dam oliib.
https://www.instagram.com/reel/DYTgtjAsRgt/?igsh=NmVlZ3Rkemw0dTQ1
@khiso
t.me/domlajon
5 552
Repost from KHISO olimpiada
Birozdan ovozli chat boshlanadi.
Ovozli chatga qoʻshiling va savollaringizga bevosita olimpiada asoschilaridan javob oling.
Ovozli chatga qoʻshilish: ➡️ https://t.me/khiso?livestream
5 552
Toshkentdagi xalqaro Amity universitetida qabul boshlandi!
Hujjat topshirish jarayoni davom etmoqda. Universitetda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olish mumkin:
— Sun’iy intellekt
— Kiberxavfsizlik va Blockchain
— Axborot texnologiyalari
— Kompyuter injiniringi
— Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi
— Ingliz tili va ijodiy yozish
— Turizm menejmenti
Shuningdek, 100 ta grantdan birini qo’lga kiritish imkoni mavjud.
Qabul uchun IELTS 5.5+ yoki B2 daraja va ingliz tilini bilish talab etiladi.
Imtihon sanalari:
13-may, 10-iyun, 24-iyun, 15-iyul, 29-iyul, 25-avgust, 9-sentyabr, 21-sentyabr.
WASC va QAA tomonidan akkreditatsiyalangan.
📄 Litsenziya (№ ОТ 0014, 31.12.2020 y.)
Hoziroq ariza topshiring:
📞 +998 71 207 90 06
📩 @amity_admission
5 552
Repost from KHISO olimpiada
Ovozli chat 19:05 da boshlanadi.
Bugun barcha oʻtkazilgan va endi oʻtkaziladigan xalqaro olimpiadalarning finallari haqida gaplashamiz. Shuningdek “YOZGI MAKTAB-2026” haqida ham savollarga javob beramiz.
Hozirdanoq savollaringizni izohga yozib, javoblarini olishga tayyor turishingiz mumkin.
Ovozli chatga qoʻshilish: ➡️ t.me/khiso?livestream
5 552
📣 Yilning eng sermazmun xalqaro olimpiadasi — TALES finaliga so‘nggi imkoniyat!
Final bosqichida TALES olimpiadasi saralashidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar yoki joriy o‘quv yilida (14 marta) o‘tkazilgan KHISO olimpiadalarida yuqori natija ko‘rsatgan iqtidorli o‘quvchilar qatnashishlari mumkin.
Barchamiz maktabda parallellik haqidagi mashhur teorema orqali tanigan buyuk yunon olimi Fales (Thales) sharafiga tashkil etilgan ushbu xalqaro olimpiadaning final bosqichiga jo‘nab ketishimizga atigi 10 kun vaqt qoldi.
🏛 Final bosqichining aynan olim tug‘ilgan qadimiy Milet shahrida (hozirgi Aydin viloyati, Turkiya) o‘tkazilishi esa bu safarga alohida ilmiy va tarixiy ruh bag‘ishlaydi. O‘quvchilar aynan Aydin shahrida Tales matematika muzeyini ham ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
🛫 Yurtimizdan boradigan ishtirokchilarni munosib kutib olish va barcha tashkiliy ishlarni yuqori saviyada yo‘lga qo‘yish maqsadida ustozim va hamkorim, “3T Eğitim” maktablari asoschisi Hakan Özmen bugun Istanbulga jo‘nab ketdilar va sizlarni Turkiyaga samimiy taklif etdilar.
🇦🇿 Darvoqe, qaytishda Boku shahriga ham 1 kunlik sayohat rejalashtirilgan.
Dasturga ko‘ra:
3 kun — Istanbul 🇹🇷 1 kun — Bursa🇹🇷 1 kun — Aydin viloyati🇹🇷 1 kun — Boku 🇦🇿Batafsil: 👉 t.me/khiso/5734
5 552
Repost from Isroil Tillaboyev blogi
Farzandi bilimi uchun yakshanba kuni ham erinmay birgama-birga kelib, dars qiladigan mana shunday otalar ko‘paysin yurtimizda, bularning natijasi albatta farzandlar kamoli bilan qaytadi:
https://www.instagram.com/reel/DXmix4ujOwG/?igsh=cXcwa3R0MzBmcm16
@domlajon
t.me/domlajon
5 552
Repost from KHISO olimpiada
Bugun 19:05 da ovozli chat boshlanadi.
OVOZLI CHAT mavzusi — STEAM SPIRES va boshqa xalqaro olimpiadalarning final bosqichlari haqida.
Savollaringizni izohda qoldiring va unga Sardor Bozorboyevdan javob oling: ➡️ https://t.me/khiso?livestream
5 552
+2
4 oyga kechikkan post (Balki ayni vaqtida qoʻyilgandir…)
2025-yil 11-dekabr kuni Fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilib, yanvar oyida rasman diplomini olgan edim.
2012-2015 yillarda OʻzMU (S.H.Sirojiddinov nomidagi respublika) akademik litseyida;
2015-2019 yillarda OʻzMU Matematika fakultetida bakalavr;
2019-2021 yillarda OʻzMU Matematika fakultetida magistr;
2022-2025 yillarda OʻzMU Matematik Analiz kafedrasida PhD (tayanch doktarantura) bosqichida tahsil oldim.
Bu postda rasmi keltirilmagan ustozlarim ham bisyor. Barchalariga cheksiz hurmat va minnatdorchiligimni izhor etaman.
Shu oʻrinda, nafaqat ilmiy faoliyatda, balki mayoq boʻlib hayotimda toʻgʻri yoʻl koʻrsatib kelayotan asosiy ustozim fizika-matematika fanlari doktori Karim Raximovni alohida e’tirof etishim shart.
Ustozlarimiz akademik Azimbay Sadullaev va professor Gulmirza Xudoyberganov ruhlari shod boʻlsin.
Ustozlarimiz akademik Shavkat Ayupov, akademik Abdulla Azamov va boshqa ilm ustunlari boshimizda omon boʻlishsin.
5 552
🛫Salkam 24 000 km yo‘l!
Jamoamiz so‘nggi 10 kun ichida yana bir yirik loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
🦘 Avstraliya qit’asida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada dunyoning 20 ga yaqin davlatidan kelgan o‘quvchilar orasida 17 nafar bilimdon yoshlarimiz O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishdi.
🏆 Natijalar:
• 🥇 4 ta oltin (shundan 3 tasi diamond)
• 🥈 6 ta kumush
• 🥉 7 ta bronza
📊 Sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi jamoa deb topildik!
✈️ 24 000 km — bu shunchaki masofa emas. Bu yo‘l davomida o‘quvchilar ahillikni, jamoa bo‘lib ishlashni va katta maqsadlar sari birgalikda harakat qilishni o‘rganishdi
🔜 Tez orada ota-onalar fikrlarini ham sizlar bilan bo‘lishamiz.
🌍 Navbatdagi manzillar:
🇹🇷 Turkiya (finalchilar bilan aloqa davom etmoqda: 97-651-33-34);
🇯🇵Yaponiya (26-aprel — saralash bosqichi);
🇺🇸 AQSh (Olympiad USA, Copernicus, Steam Spires);
🇬🇧 London (TeenEagle olimpiadasi).
Harakatda boʻling, havas qiling — keyingi g‘oliblar orasida siz ham bo‘ling!📲 Asosiy kanalimizni kuzatib boring: @khiso
5 552
Repost from ZAMON | RASMIY
09:00 19.04.2026
Xalqaro fan olimpiadasi gʻoliblari tantanali kutib olindi
#Toshkent
muxbir: Saidakbar Mo’minov
https://t.me/zamon_lavhalar
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
