cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Yangi Oʻzbekiston yoshlari

Yangi Oʻzbekiston yoshlari kanaliga xush kelibsiz! Kanalning rasmiy botidan foydalaning: @sss0959892bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
194
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Bilasizmi ❕Jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar daromad solig'iga tortilmaydi. 🔰 Bundan quyidagilar mustasno: ▫️ ilm-fan, adabiyot va san'at asarlarining, adabiyot hamda san'at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxo'rlariga (huquqiy vorislariga) to'lanadigan pul mukofotlari; ▫️yaqin qarindosh bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi ko'chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog'ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar. https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
نمایش همه...
Yangi Oʻzbekiston yoshlari

Yangi Oʻzbekiston yoshlari kanaliga xush kelibsiz! Kanalning rasmiy botidan foydalaning: @sss0959892bot

#Bilasizmi 🔅Qishloqlardagi chet tillarini o'rgatuvchi nodavlat ta'lim tashkilotlari my.gov.uz orqali subsidiyaga ariza topshirishlari mumkin ✅Hukumat qarori (513-son, 20.09.2022-y.) bilan Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish bo'yicha davlat xizmati ishga tushdi. 🔰Subsidiya nodavlat ta'lim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi: 🔹bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga; 🔹zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga. 📝 Nodavlat ta'lim tashkiloti subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10-sanasigacha YIDXPda elektron ro'yxatdan o'tgan holda murojaat qiladi. ✅ Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi: ▫️2 yilga mo'ljallangan biznes reja; ▫️mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to'g'risida tuzilgan xo'jalik shartnomalari; ▫️pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari; ▫️pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari; ▫️ta'lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o'quv xonalarining ijara shartnomasi (ko'chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun). 🚫 Subsidiya talabgorlaridan yuqorida ko'rsatilmagan ma'lumot va hujjatlarni talab qilish qat'iyan taqiqlanadi. ❕Talabgor tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun to'lov amalga oshirilmaydi. https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
نمایش همه...
Yangi Oʻzbekiston yoshlari

Yangi Oʻzbekiston yoshlari kanaliga xush kelibsiz! Kanalning rasmiy botidan foydalaning: @sss0959892bot

2022-yil 30-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 154 nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 1 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Buxoro viloyatida, 8 nafari Jizzax viloyatida, 4 nafari Qashqadaryo viloyatida, 7 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Farg‘ona viloyatida, 3 nafari Xorazm viloyatida, 15 nafari Toshkent viloyatida, 79 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi. https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
نمایش همه...
Yangi Oʻzbekiston yoshlari

Yangi Oʻzbekiston yoshlari kanaliga xush kelibsiz! Kanalning rasmiy botidan foydalaning: @sss0959892bot

Taʼlim krediti kimlarga beriladi? Prezident qarori (PQ-323-sonli) bilan Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori va u bilan tasdiqlangan Nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. ▪️ Endilikda, taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan taʼlim tashkilotlari* bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek oʻqishini koʻchirgan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan talabalarga beriladi. * taʼlim tashkilotlari — Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muddati bir yil undan ortiq tashkil etuvchi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari, Oʻzbekistondagi xorijiy oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari). https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
نمایش همه...
Yangi Oʻzbekiston yoshlari

Yangi Oʻzbekiston yoshlari kanaliga xush kelibsiz! Kanalning rasmiy botidan foydalaning: @sss0959892bot

⚡️1-dekabrdan qoidabuzarlar uchun jarima ballari hisoblash tartibi kuchga kiradi Shu yil 1-dekabrdan boshlab haydovchilarga yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi. Bunda: ➖ har bir yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi; ➖ jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi maʼlum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. ✅ Muayyan davr mobaynida yoʻl harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi. https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
نمایش همه...
Yangi Oʻzbekiston yoshlari

Yangi Oʻzbekiston yoshlari kanaliga xush kelibsiz! Kanalning rasmiy botidan foydalaning: @sss0959892bot

❗️Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi soddalashtirildi 2022-yil 1-dekabrdan Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi va aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktorlari subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan chiqarib tashlanadi. Subsidiyaga talabgorlarni tanlab olishda maʼlumotlar subsidiya.idm.uz dasturida yigʻiladi. ▪️2022-yil 1-noyabrga qadar 2020-2022-yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash boʻyicha toʻlanmay qolgan subsidiyalarni toʻliq toʻlash choralari koʻriladi. 2021-yil dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqi beriladi. https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
نمایش همه...
Yangi Oʻzbekiston yoshlari

Yangi Oʻzbekiston yoshlari kanaliga xush kelibsiz! Kanalning rasmiy botidan foydalaning: @sss0959892bot

#qonun_loyihasi Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish rejalashtirilmoqda “Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Soliq kodeksiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda: 🔹Quyidagilar uchun mol-mulk solig'i va yer solig'ining oshirilgan stavkalarni qo'llashni bekor qilish: ▫️bo‘sh turgan binolar; ▫️foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari; ▫️yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar; ▫️qurilishi tugallanmagan obyektlar. 🔹Jismoniy shaxslar yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda yer soligʻining oshirilgan stavkasini qoʻllashni toʻxtatib turish. 🔹Elektrotexnika tarmoq korxonalariga vaqtinchalik soliq imtiyozlari berish. ❗️Muhokama 2022-yil 8-dekabrgacha davom etadi. https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
نمایش همه...
Солиқни ҳисоблаб чиқариш тартибининг айрим қоидалари такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг Солиқ кодексига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида

MCHJning ta'sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi 2022-yil 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi: 🔹quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish: ▫️mas'uliyati cheklangan jamiyatlar; ▫️aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari; 🔹 MCHJning ta'sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; 🔹 MCHJning vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash; 🔹 MCHJda zaxira jamg‘armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash. https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
نمایش همه...
Yangi Oʻzbekiston yoshlari

Yangi Oʻzbekiston yoshlari kanaliga xush kelibsiz! Kanalning rasmiy botidan foydalaning: @sss0959892bot

#Qonunchilikdagi_yangiliklar “Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–803, 28.11.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi 🔰 Ushbu qonun ko'chmas mulkning quyidagi turlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga nisbatan tatbiq etiladi: 🔹yer uchastkalariga; 🔹binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga; 🔹ko'p yillik dov-daraxtlarga; 🔹mulkiy majmua sifatidagi korxonaga. ✅ Ko'chmas mulkka bo'lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim: ▫️mulk huquqi; ▫️doimiy egalik qilish huquqi; ▫️doimiy foydalanish huquqi; ▫️meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi; ▫️ijara huquqi; ▫️ikkilamchi ijara huquqi; ▫️xo'jalik yuritish huquqi; ▫️operativ boshqarish huquqi; ▫️ko'chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi; ▫️bepul foydalanish huquqi; ▫️renta; ▫️ipoteka; ▫️servitut; ▫️ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarga qo'yilgan cheklovlar. ❗️ Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish ushbu ko'chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo'lgan huquqlar davlat ro'yxatidan o'tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi. ☑️ Ko'chmas mulkning kadastr yig'majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo'ladi: ▫️yer uchastkalarining belgilanganligi (realizatsiya qilinganligi); ▫️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi; ▫️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi; ▫️ko'chmas mulkning bo'linganligi; ▫️ko'chmas mulkning birlashtirilganligi. 📁Davlat reestri ko'chmas mulk, unga bo'lgan huquqlar, shuningdek huquq egalari to'g'risidagi ma'lumotlarning elektron bazasi tarzdagi tizimlashtirilgan ma'lumotlar to'plamidan iboratdir. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi. https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
نمایش همه...
Yangi Oʻzbekiston yoshlari

Yangi Oʻzbekiston yoshlari kanaliga xush kelibsiz! Kanalning rasmiy botidan foydalaning: @sss0959892bot

#Bilasizmi ❗️ Davlat organlari va tashkilotlari pochta jo'natmalarini Yagona milliy tizim orqali yuboradi 🔰 Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari jismoniy va yuridik shaxslar nomiga yo'llanuvchi xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qog'ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni Yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta aloqasi obyektlari tarmog'i orqali yetkazib beradi. 🏢 Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi pochta jo'natmalari Yagona milliy tizim orqali yo'llanadi: 🔹 yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yuboriluvchi xat-xabarlar, shu jumladan, ular tomonidan yo'llangan murojaatlarga yozilgan javob xatlari; 🔹 to'lov xabarnomalari va bildirishnomalar; 🔹 chaqiruv qog'ozlari, sud xabarnomalari va prosessual hujjatlar; 🔹 davlat xizmatlarini ko'rsatishning natijalari; 🔹 ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun jarimaga tortish to'g'risidagi qarorlar. https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
نمایش همه...
Yangi Oʻzbekiston yoshlari

Yangi Oʻzbekiston yoshlari kanaliga xush kelibsiz! Kanalning rasmiy botidan foydalaning: @sss0959892bot