fa
Feedback
Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi

Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi

رفتن به کانال در Telegram

Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi yangiliklari 📞 (71) 207-03-43 . info@devedu.uz . www.devedu.uz . Facebook.com/deveduuz . Youtube.com/@deveduuz ☎️ @DevEduTakliflarBot

نمایش بیشتر
759
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-47 روز
+1830 روز
آرشیو پست ها
Repost from Edu.uz
#IChO_2026 #live ICHO-2026 — 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali ochilish tadbiri boshlandi. Unda O’zbekiston Respubli
+3
#IChO_2026 #live ICHO-2026 — 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali ochilish tadbiri boshlandi.
Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o’rinbosari Ilxom Siradjev, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, ta’lim sohasi mas’ullari, olimpiada ishtirokchilari, xorijiy davlatlar elchixonalari, yurtimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda.
Tadbir poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tmoqda. Ma’lumot uchun: mazkur olimpiada bahslarida dunyoning 90 dan ortiq davlatlaridan kelgan 1000 nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etmoqda. Jarayonlarni quyidagi havola orqali JONLI EFIRda kuzatishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kun_hikmati Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa a’zolarning amali o‘z
#Kun_hikmati
Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa a’zolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobedir.
Imom G‘azzoliy
Markazning rasmiy sahifalari:
Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook

Repost from Edu.uz
#IChO_2026 1 kun qoldi! Boshqaruv qo‘mitasi raisi JL Kiappesning murojaati: ertaga uzoq kutilgan kun yetib keladi! Ertaga O‘zbekistonning Toshkent shahrida 58-xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi. Bunda har bir ishtirokchi, ustoz, kuzatuvchi va ko‘ngillilar — Sizlar oddiy musobaqadan ko‘ra kattaroq jarayonning bir qismiga aylanmoqdasiz!
Olimpiada davomida sizlar nafaqat o‘z bilimingizni sinaysiz, g‘oyalar almashasiz, balki xalqaro do‘stlik aloqalarini o‘rnatasiz va ilm-fanning umuminsoniy tilini ulug‘laysiz.
Xalqaro kimyo olimpiadasi faqat javob topish emas: — Bu — bilishga bo‘lgan qiziqish. — Bu — birgalikda ishlash. — Bu — kelajak olimlarini ilhomlantirish. Dunyo bir joyga yig‘ilishga tayyor — O‘zbekiston sizlarni kutib olishga tayyor! Toshkent — 2026-yil 10 –19-IYUL.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#IChO_2026 O’zbekiston Milliy universiteti 58-xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyor Ilk bor mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro kimyo olimpiadasining amaliy bosqichi Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkaziladi.
⏺Kimyo fakulteti binosi, laboratoriya xonalari, amaliy imtihonlarda qo‘llanilishi rejalashtirilgan zamonaviy jihozlar, texnologik imkoniyatlar va infratuzilma shay holatda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🌍Bilasizmi? UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘ylab 6 milliondan ortiq talaba o‘z mamlakatidan tashqarida o
🌍Bilasizmi? UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘ylab 6 milliondan ortiq talaba o‘z mamlakatidan tashqarida oliy ta’lim olmoqda. Xalqaro ta’lim: ✔️ zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash; ✔️ ilmiy hamkorlikni kengaytirish; ✔️ madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish; ✔️ global mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladi. Ilm-fan chegaralarni bilmaydi, hamkorlik esa uning rivojlanishiga yo‘l ochadi.
Markazning rasmiy sahifalari:
Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook

#kun_hikmati Kishi qanchalik ko‘p sukut saqlasa, shunchalik mulohaza bilan gapira boshlaydi. 😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ ✏️Fridrix Nitss
#kun_hikmati
Kishi qanchalik ko‘p sukut saqlasa, shunchalik mulohaza bilan gapira boshlaydi.
😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ ✏️Fridrix Nitsshe
Markazning rasmiy sahifalari:
Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook

Repost from Edu.uz
#IChO_2026 1 kun qoldi! Boshqaruv qo‘mitasi raisi JL Kiappesning murojaati: ertaga uzoq kutilgan kun yetib keladi! Ertaga O‘zbekistonning Toshkent shahrida 58-xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi. Bunda har bir ishtirokchi, ustoz, kuzatuvchi va ko‘ngillilar — Sizlar oddiy musobaqadan ko‘ra kattaroq jarayonning bir qismiga aylanmoqdasiz!
Olimpiada davomida sizlar nafaqat o‘z bilimingizni sinaysiz, g‘oyalar almashasiz, balki xalqaro do‘stlik aloqalarini o‘rnatasiz va ilm-fanning umuminsoniy tilini ulug‘laysiz.
Xalqaro kimyo olimpiadasi faqat javob topish emas: — Bu — bilishga bo‘lgan qiziqish. — Bu — birgalikda ishlash. — Bu — kelajak olimlarini ilhomlantirish. Dunyo bir joyga yig‘ilishga tayyor — O‘zbekiston sizlarni kutib olishga tayyor! Toshkent — 2026-yil 10 –19-IYUL.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#maqola Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Be
#maqola Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Begali Xolmirovning “Ovora­garchilikdan qulay xizmatlar tizimiga: ta’limda yana bir samaradorlik yo‘li” nomli maqolasi UzA axborot agentligida e’lon qilindi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda byurokratik jarayonlarni qisqartirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday muhim yangiliklardan biri oliy ta’lim tashkilotlarida Registrator ofislarining tashkil etilishi bo‘ldi.
Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#maqola Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi boshqarma boshlig‘i Vohidxon Zayniddinovning “Bugun dunyonin
#maqola Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi boshqarma boshlig‘i Vohidxon Zayniddinovning “Bugun dunyoning ko‘plab mamlakatlarida pedagogik ta’lim mazmunini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda” mavzusidagi maqolasi UzA axborot agentligida e’lon qilindi.
Ta’lim tizimida eng ko‘p muhokama qilinadigan masalalardan biri — bu pedagog kadrlar tayyorlash sifati. Chunki maktabdagi har qanday islohot, eng zamonaviy darslik yoki innovatsion texnologiyalar sinf xonasida aynan o‘qituvchi orqali namoyon bo‘ladi.
Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#kun_hikmati "Sabr va qat'iyat mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantiradi." 😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ 🖌 Napoleon Hill Bizni kuzating Faceboo
#kun_hikmati
"Sabr va qat'iyat mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantiradi."
😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ 🖌 Napoleon Hill
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Ovozli_chat #Onlayn_seminar Amaliy onlayn-seminarga taklif etamiz Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy izlanuvchilarga amaliy
#Ovozli_chat #Onlayn_seminar Amaliy onlayn-seminarga taklif etamiz Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy izlanuvchilarga amaliy ko‘mak berish maqsadida ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklarda dolzarb mavzularni tanlash va ularni shakllantirish masalalari yuzasidan Telegram kanalida ovozli chat orqali ochiq muloqot tashkil etmoqda. Mavzu: Ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklarda dolzarb mavzularni tanlash va ularni shakllantirish masalalari Moderator:  Jumabayeva Jamila Sharipovna O‘zbekiston milliy universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor 🗓  Sana: 2026-yil 9-iyul ⏰   Vaqt: 11:00 📜 Ma’ruza tili: o‘zbek tili 🔐 Havola: Telegram: @attestatsiya Mavzu yuzasidan barcha savollaringizga ushbu efirda jonli ravishda javob olishingiz mumkin. 👉🏻 Batafsil: https://oak.uz/pages/30899
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🗣Sizni qiziqtirgan savollarga javob beramiz! Hurmatli obunachilar! Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi
🗣Sizni qiziqtirgan savollarga javob beramiz! Hurmatli obunachilar! Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi faoliyatiga oid o‘zingizni qiziqtirgan savollar, takliflar va murojaatlaringizni @DevEduTakliflarBot orqali bizga yuborishingiz mumkin. Siz yuborgan savollar muntazam ravishda ko‘rib chiqiladi va eng dolzarb mavzular yuzasidan ushbu kanalda rasmiy javoblar hamda batafsil ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.
Markazning rasmiy sahifalari:
Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook

#kun_hikmati 📚 Kitob (bitik) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni oʻrgatuv
#kun_hikmati 📚 Kitob (bitik) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni oʻrgatuvchi murabbiydir. 😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ ✏️Amir Temur
Markazning rasmiy sahifalari:
Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook

Repost from Edu.uz
#IChO_2026 IChO 2026: Ilk delegatsiya Oʻzbekistonga yetib keldi! Yangi Zelandiya terma jamoasi mamlakatimizga yetib kelgan birinchi delegatsiya sifatida kutib olindi.
🇺🇿Olimpiada boshlanishidan avval jamoa Oʻzbekistonning bebaho tarixiy merosini yaqindan kashf etish maqsadida qadimiy Buxoro shahriga yoʻl oldi. U yerda ular betakror meʼmoriy obidalar, boy madaniyat va asrlarga tutash tarix bilan tanishadilar.
Nufuzli xalqaro olimpiada boshlanishiga 3 kun qoldi… 🦅Dunyoning eng iqtidorli yosh kimyogarlari Oʻzbekistonda jam boʻlmoqda!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

➡️O‘zbekiston oliy ta’limi: xorijlik talabalar e’tirofida
Markazning rasmiy sahifalari:
Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook

#kun_hikmati Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat. ✍️Jaloliddin Rumiy Markazning
#kun_hikmati Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat. ✍️Jaloliddin Rumiy
Markazning rasmiy sahifalari:
Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook

#Xalqaro_hamkorlik 📌Nima uchun xalqaro hamkorlik oliy ta’lim uchun muhim? Bugungi globallashuv davrida oliy ta’lim muassasal
#Xalqaro_hamkorlik 📌Nima uchun xalqaro hamkorlik oliy ta’lim uchun muhim? Bugungi globallashuv davrida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik ta’lim sifatini oshirishning eng muhim omillaridan biridir. Xalqaro hamkorlik quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
✔️Akademik almashinuv – talabalar va professor-o‘qituvchilarning xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi va tajriba orttirishi. ✔️Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar – xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish, zamonaviy tadqiqot metodlarini o‘zlashtirish hamda ilmiy natijalarni nufuzli jurnallarda chop etish imkoniyati. ✔️Qo‘shma ta’lim dasturlari – hamkor universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish orqali bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish. ✔️Innovatsion tajribalarni joriy etish – ilg‘or pedagogik yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va zamonaviy ta’lim boshqaruvi tajribalarini tatbiq etish. ✔️Strategik sheriklik – dunyoning nufuzli universitetlari va xalqaro tashkilotlari bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish.
🟡Sifatli ta’lim, ilmiy salohiyat va xalqaro tajriba uyg‘unligi — oliy ta’lim taraqqiyotining muhim omilidir.
Markazning rasmiy sahifalari:
Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook

#Xalqaro_imkoniyat 🌍Xalqaro imkoniyatlar haqida nimalarni bilasiz? Bugungi kunda xalqaro ta’lim dasturlari talaba, tadqiqotc
#Xalqaro_imkoniyat 🌍Xalqaro imkoniyatlar haqida nimalarni bilasiz? Bugungi kunda xalqaro ta’lim dasturlari talaba, tadqiqotchi va professor-o‘qituvchilar uchun bilim va tajriba almashish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda kasbiy rivojlanishning muhim vositasiga aylandi. Xo‘sh, bu borada qanday imkoniyatlar mavjud?
1.Xalqaro grantlar Magistratura, doktorantura yoki qisqa muddatli o‘quv dasturlarida moliyaviy ko‘mak asosida tahsil olish imkoniyati. 2.Akademik almashinuv dasturlari Bir yoki ikki semestr davomida xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qish yoki ilmiy faoliyat olib borish imkonini beradi. 3.Ilmiy stajirovkalar Nufuzli universitetlar va ilmiy markazlarda zamonaviy tajribalarni o‘rganish hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. 4.Xalqaro konferensiyalar va seminarlar Dunyoning yetakchi olimlari bilan fikr almashish, ilmiy natijalarni taqdim etish va professional tarmoqni kengaytirish imkonini yaratadi. 5.Onlayn kurslar va sertifikat dasturlari Nufuzli xorijiy universitetlar hamda ta’lim platformalari orqali zamonaviy bilim va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritish mumkin.
Bilim va tajriba chegaralarni bilmaydi. Xalqaro imkoniyatlardan unumli foydalaning!
Markazning rasmiy sahifalari:
Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook

#kun_hikmati “Muvaffaqiyat tez yuguradiganlarga emas, har kuni to’xtamay bir qadam tashlaydiganlarga nasib etadi.” 😵🤔🙁😝😤
#kun_hikmati
“Muvaffaqiyat tez yuguradiganlarga emas, har kuni to’xtamay bir qadam tashlaydiganlarga nasib etadi.”
😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ ✏️ Simon Sinek
Markazning rasmiy sahifalari:
Veb sayt | Telegram |YouTube | Facebook